Научная статья на тему 'MUBORAK TUMANI HUDUDINING TABIIY GEOGRAFIK SHAROITI VA GEOEKOLOGIK VAZIYAT'

MUBORAK TUMANI HUDUDINING TABIIY GEOGRAFIK SHAROITI VA GEOEKOLOGIK VAZIYAT Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tabiiy muhit / sharoit / geoekologiya / relyef / iqlim / tuproq / quruq iqlim. / Natural environment / conditions / geoecology / relief / climate / soil / dry climate.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Suyarova N.A.

Maqolada tuman hududining tabiiy sharoit shakllanishi va undagi ayrim masalalar aytib o’tilgan. Tumanning tabiiy geografik xususiyatlari ochib berilgan. Arid iqlimli mintaqa tabiati va undan foydalanish istiqbollari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATURAL GEOGRAPHIC CONDITIONS AND GEOECOLOGICAL SITUATION OF THE TERRITORY OF MUBARK DISTRICT

The article describes the formation of natural conditions of the district and some of its issues. The natural geographical features of the district are revealed. The nature of the arid climate region and the prospects for its use are highlighted.

Текст научной работы на тему «MUBORAK TUMANI HUDUDINING TABIIY GEOGRAFIK SHAROITI VA GEOEKOLOGIK VAZIYAT»

Suyarova N.A.

Kasbi tumani 57-maktab geografiya fani o'qituvchisi

MUBORAK TUMANI HUDUDINING TABIIY GEOGRAFIK SHAROITI

VA GEOEKOLOGIK VAZIYAT

Annotatsiya. Maqolada tuman hududining tabiiy sharoit shakllanishi va undagi ayrim masalalar aytib o 'tilgan. Tumanning tabiiy geografik xususiyatlari ochib berilgan. Arid iqlimli mintaqa tabiati va undan foydalanish istiqbollari yoritilgan.

Kalit so'zlar. Tabiiy muhit, sharoit, geoekologiya, relyef, iqlim, tuproq, quruq iqlim.

Suyarova N.A.

Kasbi District School No. 57 geography teacher

NATURAL GEOGRAPHIC CONDITIONS AND GEOECOLOGICAL

SITUATION OF THE TERRITORY OF MUBARK DISTRICT

Abstract. The article describes the formation of natural conditions of the district and some of its issues. The natural geographical features of the district are revealed. The nature of the arid climate region and the prospects for its use are highlighted.

Key words. Natural environment, conditions, geoecology, relief, climate, soil, dry climate.

Muborak tumani-O'zbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1978-yil 13-sentabrda tashkil etilgan. G'arbda Buxoro viloyati, shimolida Navoiy va Samarqand viloyatlari, sharqda viloyatning Koson tumani, janubida Kasbi va Mirishkor tumanlari bilan chegaradosh(l-rasm). Maydoni 3,07 ming km2. Muborak shahri Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan 78 km masofada joylashgan. Mazkur tuman Qashqadaryo viloyatidagi eng katta maydonga ega tumanlardan biri hisoblanadi. Dehqonobod tumani kattaligi bo'yicha birinchi o'rinda tursa ikkinchi o'rinda Mirishkor tumani hamda maydoni jihatdan uchinchi kattalikka Muborak tumani turadi. Qashqadaryo viloyati hududining eng shimoliy qismi tuman hududi hisoblanadi.

1-rasm Qashqadaryo viloyatida Muborak tumani chegarasi

Muboгak tumani гelyefi hosil bo'lishida 2 asosiy tabiiy geogгafik jarayonni keltirib o'tishimiz mumkin:

❖ Deflyatsiya (buzuvchi);

❖ Vujudga keltiruvchi (eol akkumlyatsiyasi);

Taqiг hamda sho'гxoq hosil bo'lishi jaгayonlaгi uncha katta ahamiyatga ega emas ammo o'ziga xos o'rin tutadi. Tumanda yanvar oyining mutlaq minimumi -27C ni, iyulda mutlaq maksimum esa +49C ni tashkil etadi. O'rtacha hararat misolida oladigan bo'lsak, yanvaг oyi izoteimasi -2C, iyul oyi +32C ga tengdir. Eng baland hararat va o'rtacha eng baland haгoгatlaг aynan Muborak tumani uchun xos. Iqlim ko^satkichlari Muborak gidrametreologik stansiyasida o^ganib, qayd etib boгiladi. Yog'in miqdori aгid va ekstгa aridga xos bo'lib, ko'pgina hududlaгida 100 mmga ham yetmaydi. Ba'zi yillaráa 200 mmga yaqin yog'in yog'ishi kuzatiladi. Bu ko'гsatkich Samaгqand viloyati, Kasbi hamda Kosonga chegaradosh qismlari uchun xosdir.

Muboгak tumani Qashqadaiyo viloyatining shimoli g'aгbida joylashgan bo'lib, hududi cho'l,chalacho'l, pasttekisliklaгdan iboгat. Turan plitasining sharqiy chekka qismida joylashgan. Uning ustini qum, gil, konglomerat kabi jinslar qamrab olgan. Hududi tabiiy sharoiti noqulay deb baholansada, ammo uzoq davom etgan tarixiy jarayonlar negizida tabiiy resurslar shakllanishiga asos bo'lib xizmat qilgan. Cho'l zamini paleozoy davrida vujudga kelgan. Keyingi geologik davгlaгda xuddi O'zbekistonning ko'plab qismlari singaгi biг necha marta suv ostida qolgan, ya'ni transgressiya va regressiya jaгayonlaгini o'tagan. Oгdovik, siluг va devon davriarida bu hududda dengiz bo'lgan, uning ohaktosh, qumtosh, giltosh tarkibli hosilalari bu davгdan keyin гo'y be^an geгtsin tog' buгmalanishi natijasida metamorflashgan. Yura davrining oxirida

Kellovey - Oksford bosqichida hozirgi hududning deyarli barcha qismlari janubi g'arbga tomon sayozlashib borgan Kopetdog' dengizi bilan qoplanadi. Bu dengizning yotqiziqlarida - ammonitlar, marjonlar va suv o'tlari kabi organizmlarning qoldiqlari uchraydi. Hozirgi neft va gaz konlarining vujudga kelishida ayni shu davrdagi dengiz yotqiziqlari bilan ham bog'liqli k mavjud. Yuqori bo'rning oxirida dengiz sayozlanib va gips to'plana boshlaydi. Butun Qashqadaryo viloyati hududining paleogeografik sharoitlari yura va bo'r yotqiziqlari neft va gaz konlarini qidirish uchun qulaylikni vujudga keltiradi. Jumladan, Muborak tumanida ham bu jarayon kechadi. Paleogen oxiri va neogen boshlarida dengiz suvi chekinib quruqlikka aylangan. Tuman hududining geomorfologiyasiga e'tibor beradigan bo'lsak, hozirgi (golotsin) yotqiziqlaridan iborat chag'irtosh, shag'altosh va qumlardan tashkil topgan yosh terrasalardan tuzilgandir. Albatta Qashqadaryoning flyuvial jarayonlarda ishtirok etganini inkor qilmaydi. To'rtlamchi davrda hozirgi relyef ko'rinishiga kelgan va eol jinslarning ishtirokida hozirgi ko'rinish shakllangan.

Hududning geografik muhitida suv havzalarining yo'qligi va doimiy oqar suv manbalariga ega bo'lmaganligi asosiy o'ringa chiqadi. Ammo shu o'rinda shuni qayd etish lozimki, yer osti suv manbalari zaxirasi yetarli salmoqqa egadir. Xo'jaligida haligacha quduqlar faoliyatidan foydalaniladi. Bundan tashqari esa intensiv xo'jalik faoliyatini yo'lga qo'ya boshlagan fermer xo'jaliklari artezian havzalar qazish ishlarini yo'lga qo'yishgan. Tuman hududining tabiiy sharoitini o'rganadigan bo'lsak, bu yerning maydonida asosiy landshaft ko'rinishini - qum barxanlari, saksovullar, yulg'unlar, isiriqzorlar va mavsumiy o'simiklar egallaydi.

Yer yuzida o't-o'simliklar qoplami siyrak, madaniylashgan hududlarida turli xildagi ekinlar, mevali daraxtlar ekilishi yo'lga qo'yilgan. Sug'oriladigan yerlarida paxta, g'alla kabilar yetishtiriladi. Tabiiy o'simliklaridan saksovullar anchagina maydonlarni egallaydi, ammo maydon ko'lami bilan solishtirilganda ma'lum miqdorda. Muborak buyurtmaxonasi ham aynan saksovullarni himoya qilish maqsadida barpo etilgan. Hududi - 80 ming gektarni tashkil etadi. Yaylovlar ham mavjud bo'lib, biroq unumi nisbatan past. Tuman hududlarida aynan juda ko'plab mayda mollar boqiladi. Qo'y va echkilar salmog'i yetakchi o'rinni egallaydigan Muborak tumani hududi bo'yicha ham mayda mollar hisobi bo'yicha ham uchinchi o'rinda turadi.

Muborak tumanida bundan qariyb 50 yillar ilgari antropogen ta'sir kam bo'lgan va hududda qalin saksovulzorlar areali mavjud edi. Afsuski bugungi

antropogen ta'siï evaziga ulaming maydoni kamayib ketdi. Xususan, saksovul cho'lga moslashgan, aгid iqlimni sevuvchi, tanasida suv miqdori boshqa o'simliklaгga nisbatan kam va asosiysi xalq xo'jaligida "o'tinbop" daгaxt tuгi hisoblanadi. Ammo atraf -muhitda uning bajaгadigan funksiyasi yuqoгidiг. Ma'lumki eol jinslar qum uyumlarini hosil qiladi va ba'zan bu

10%

baгxanlar ko'гinishida bo'ladi. Ayni

shu uchma qumlami tutib qoladigan narea bu o'simliklaгdiг. Muboгak tumanida cho'l landshafti vujudga kelgan bo'lib, hudud baгavariga tekislikdan tashkil topgan. Ba'zi joylaгda qum baгxan tepalarini uchratamiz. Ma'lumki, sho'гlangan tupгoqlaгga o^imliklaf uchun zaгaгli miqdoгda mineгal tuz^ mavjud bo'lgan tupгoqlaг kiгadi. Qishloq xo'jaligi ekinlaгining ezilishi profilidagi tuz miqdori tupraq massasining 0,25% dan ortiq bo'lganda bosЫanadi.Tupгoqning chuquг namlanishi bo'lmagan quгg'oqchil Manba:Muborak tumani irrigatsiya va melioratsiya suv xo'jaligi qo 'mitasi cho'l va chalacho'l zonalarida tuzlaming to'planishi ulaming biogen to'planishi,nurash, tuproq hosil bo'lishi, shuningdek, impuls hosil bo'lishi (shamol o'tishi) natijasida sodiï bo'lishi mumkin. Afsuski, tuman tupraqlari sho'гlanishga tez uchraydigan tupraq^ siгasiga kiгadi. Tupгoqlaгining sho'гlanganlik darajasi bo'yicha quyidagicha tasnifga ega:

S S % - sho'гlanmagan;

S 65 % -kuchsiz sho'гlangan;

S 1S % - o'rtacha sho'riangan;

S 9 % - kuchli sho'гlangan;

Bunda 1,99 ming km.kv. kuchsiz sho'гlangan, 0,55 ming km.kv. o'гtacha sho'гlangan, 0,28 ming km.kv. kuchli sho'riangan, 0,25 km.kv. esa sho'rianmagan. O'rtacha va kuchli sho'riangan tupraq^ asosan bo'z-qo'ng'iï tupгoqlaг hisoblanadi. Ba'zi hududlarida pastga tushgan sari sho'riik oгtib boгadi. Bizning o^ganishlarimiz natijasida bo'z-qo'ng'iг tupгoqlaг taгqalgan 8 sm chuquriikdagi gгunt suvlaг sho'riigi tekshiгilganda 1,29 gгammni tashkil etdi.

Tumanda asosiy ekin ekiladigan hududlaridan biгi bo'lgan Guliston negizida tuman tuproqlari sho'гlanishini ko'гib chiqamiz. Hudud 267 ta

konturga bo'linib, 3 xil namuna asosida tuproqlar olinadi. Maxsus laboratoriyalarda esa ular tekshiruvdan o'tkaziladi. 1-namuna 0,0-30,0 smgacha, 2-namuna 30,0-70,0 smgacha, 3-namuna 70,0-100,0 smgacha bo'ladi. Bunda 30 sm gacha bo'lgan sathning tahlillari jihatidan umumiy 0,89 l/gr ga, 30,0 smdan 70,0 smgacha 1 l/gr ga yaqin, 1 metrgacha bo'lgan yuzada esa sho'rlik 0,75 l/gr ga tengdir.

Hudud miqyosida tanlab olingan nuqtalarning sho'rlanish darajasi,100%da: Tuman hududining asosan janubi g'arbiy va markaziy qismlarida aholi qalin qatlami yashaydi. Shimoliy qismida Muborak buyurtma maskani tashkil etilgan va muhofaza ostiga olingan. Maydoni 219534 ga tashkil etadi. Bundan tashqari Muborak o'rmon xo'jaligi maskani ham mavjud bo'lib uning maydoni 12209 ga. Mazkur maskanlarda - qushlardan oqbovur, qorabovur, saja, yo'rg'a tuvaloq (jek), hayvonlardan - barxan mushugi, tulki (qaraganka), sudralib yuruvchilardan - katta qum sichqoni, cho'l toshbaqasi, ingichka barmoq yumronqoziq, qorsaq kabilar uchraydi. Tuman hududida yoz oylarida vaqti vaqti bilan chang to'zonlar bo'lib turadi. Muborak tumani hududi arid cho'l mintaqasiga kiradi. Iqlimi qish oylarida Sibir antisikloni hisobiga juda sovib ketishi mumkin. Yoz oylarida esa Turon termik depresseyasi ta'sirida havo harorati 41-43°c gacha ko'tarilishi, qum yuzasi esa 70°c gacha qiziydi. Bug'lanish miqdori juda yuqori. O'simlik qoplami asosan bahor oylarida atrofni qoplaydi va yozga borib yalang hududga aylanishi mumkin.

So'nggi yillarda butunjahon miqyosida atrof-muhit muhofazasi va ekologik muammolarni o'rganish amaliy ahamiyatga ega bo'lib kelmoqda. Atmosfera havosining ifloslanish muammosi dolzarb muammoga aylanib bormoqda.Uzoq vaqt davomida yog'ingarchilikning yo'qligi, kuchsiz shamollar, havoning inersiyasi atmosfera havosining turg'unligiga olib keladi, natijada havoning ifloslanishiga qulay vaziyat tug'iladi.Atmosferaning ifloslanishi natijasida havoning tozaligi ham buziladi va bunga yirik 2ta sabab mavjud: - tabiiy xususiyatlariga ko'ra; - antropogen ifloslanish. Biz o'rganayotgan Muborak tumanida ham ekologik vaziyati barqaror emas. Xususan ekologik tomondan II zonaga tegishli hisoblanadi. Unda har ikki turdagi havoni ifloslantiruvchi xususiyatlar mavjud hisoblanadi. Tabiiy sharoitiga ko'ra, issiq mintaqada joylashuvi, shamollarning kuchsiz bo'lishi yoki umuman bo'lmasligi, "garmsel" esishi, o'simliklar qoplami siyrakligi, uzoq vaqt davomida yog'in yog'masligi ham yetakchi sabablardan biri bo'lib ta'sir ko'rsatsa, sanoati va avtomobillar orqali chiqayotgan chiqindilar antrogen sabablarga ko'ra yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari esa mustaqillikdan oldin

mahalliy sharoitlarni inobatga olinmaganligi, aholi turar joy manzillariga konlarning yaqin holda joylashtirilganligi va resurslardan oqilona foydalanilmaganligi ham so'zimiz isbotidir. Antropogen omillar har bir hududga katta ta'sir ko'rsatadi, aholi yashaydigan joyda landshaft o'zgaradi, bunga sabab sanoat korxonalarining ko'pligi, foydali qazilmalarni kavlab oladigan konlar, avtomobil va temir yo'llarning mavjudligi, neft va gaz quvurlarining tortilishi ahvolning yomonlashganligini bildiradi. Hududda ahvolning yomonlashuvini bir qator belgilarning yig'indisidan ko'rish mumkin: botanik, tuproq, iqlimdagi o'zgarishlar. Yuqoridagi o'zgarishlar doimo bir-biri bilan bog'liq bo'lib, bir-biriga qarab o'zgaradi, ularning o'zgarish xulosasi bitta bo'ladi. Olingan natijalar ahvolning yomonligini tasdiqlasa shunda maktab yoki oliy ta'lim muassasi joylashgan hudud ekologik yomonlashgan deb hisoblanadi.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar turlicha bo'lib, ular ichida yetakchi moddalardan biri bu - oltingugurt hisoblanadi. Viloyatning 100% oltingugurt ixtisoslashuvini va ehtiyojini qondiruvchi ushbu nometall resurs ham ayni tuman hududida mavjud va yirik istiqbolli kimyo konlaridan biri sanaladi.

Tumanning asosiy iqtisodini ta'minlab beruvchi tabiiy resurs konlaridan chiqayotgan chiqindilar sabab tumanda noqulay ob-havo yuzaga kelmoqda. So'nggi yillarda iqlimning issiq kelishi, daraxt qoplamining siyrakligi va umuman yo'qligi sabab ham mahalliy aholi aziyat chekmoqda. Shu kabi muammolarni oldini olish maqsadida lokal miqyosda monitoring ishlarini tashkil etish,atmosfera va gidrosfera (tumandagi yer osti suvlari inobatga olingan)ga chiqarilayotgan chiqindilarni cheklash maqsadga muvofîqdir.

Respublikamiz kimyo sanoatining muhim obyekti bo'lgan Muborak oltingugurt zavodi viloyat ixtisoslashuviga sabab bo'lib, Respublikaning ehtiyojlarini ham qoplashdan tashqari eksportga ham chiqarilmoqda.Ushbu xorijiy marshrut Turkmaniston orqali Eron bilan bog'langandir. Ammo ushbu zavod negizida ham atrof-muhit ekologiyasi uchun zararli ta'sirga ega bo'lgan muhit hukmron bo'lib, u "zanjirli" ko'rinishdadir. Bunday deyishimizga sabab sifatida uning atrof-muhit ekotizimlariga ta'sirini olishimiz mumkin. Uyilgan oltingugurt "tog"lari atrofga tarqalishi eol jarayonlari negizida hamda yerosti va yerusti suvlari oqibatida yuz beradi.Ilmiy surishtiruv ishlarimiz shuni ko'rsatdiki, zavoddan qariyb 5km atrof hududdagi suv va tuproq tarkibida oltingugurt miqdori yuqoridir. Bu ko'rsatkich atrofga tomon pasayib boradi. Shamolga ro'para bo'lgan hududlarda havoning "ifloslanishi", ekinlar

hosilining juda pastligi yoki umuman bo'lmasligi, aholi salomatligi bilan bog'liq kasalliklar kuzatilmoqda. Turli inert gazlar yetkazgan zararga kóra eng kop ekologik muhiti yomon hisoblangan Muborak tumanining Sariq, Qoraqum, Xitoy kabi aholi punktlarida aholi kasallanish soni yuqoriligi, yer qoplami boniteti juda pastligi, deyarli ekinlar yetishtirish imkonsizligini kórishimiz mumkin.

Hudud uchun xos bo'lgan yana bir xarakterli holat bu - gaz yong'inlari hisoblanadi. Bunday jarayon dimiqib qolgan gaz bosimini tushirish uchun sun'iy ravishda tashkil etiladi va yong'in ta'siri havoda ko'lamiga qarab saqlanadi. Natijada atrof-muhit va atmosferaga yana bir salbiy holat sodir etiladi. Atmosfera gaz tarkibi almashinadi. Va uning tarkibida inert gazlar miqdori faollashadi, garchi shunday bo'lsada, tumanning dinamik belgilariga ko'ra ekologik baholash tasnifida ekologik me'yor buzilmagan deb kiritishimiz mumkin. Buning sababi sifatida shu hududga tegishli bir yillik ko'rsatkichlar inobatga olinadi, ahvolning buzilish tezligi bir yilda 0,5%dan kam bo'lsa, ekologik me'yor buzilmagan deb aytishimiz mumkin bo'lib, Muborak tumani hududi ayni shunday mintaqalar sirasiga kiradi.

Muborak tumanining tabiatini yanada yaxshilash biz uchun shu hududda yashaydigan aholi salomatligi uchun ham muhimdir. Bunga qarshi bir qancha ekotadbirlar o'tkazilmoqda:

1. Ihota daraxtzorlari barpo etilmoqda;

2. Mavsumiy ósimliklar qoplamini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda;

3. Intensiv sugorma dehqonchilik faoliyati yo'lga qo'yilmoqda;

4. Taqirli tuproqlar qatqaloqligini oldini olish maqsadida qum bilan aralashtirish ishlari yo'lga qo'yilgan;

5. Sho'rlarni yuvish ishlari har 5 yilda amalga oshirib borilmoqda;

6. Qishloq xo'jalik ekinzorlarini mineral o'g'itlar bilan boyitish tadbirlarida zararli moddalar berish kamayib bormoqda.

7. Pestitsidlardan himoyalanish va hokazo.

Muborak tumanida biz kichik monitoring kuzatuvlarini olib bordik, bunda o'zimizning kichik surishtiruv ishlarimiz va sotsiologik so'rovnomalar hamda ekologiya inspeksiyasi ma'lumotlari jamlangandir. Bunga ko'ra, Tuman ekologiyasini ko'rsatkichlari past bo'lib, iqlimining yashash uchun noqulayligi va havosining notozaligi asosiy sababchidir. Jahon ekologik krizis muhitida Muborak tumani hududi sariq rang bilan berilgan bo'lib, zararlangan tabiiy

muhitlar sirasiga kiritilgan. Monitoringni hududni ikkiga bo'lib o'rganish orqali davom etdirganda:

- antropogen omillar yetakchi bo'lgan markaziy, janubi-sharqiy qism;

- nisbatan kam o'rganilgan g'arbiy va shimoli-g'arbiy qism.

Muborak tumanida statistik ma'lumotlarga ko'ra va olib borilgan kuzatishlar natijasida monitoring ko'rsatkichi to'rt ballik shkalada ekologik buzilish boshlangan deya baholashimiz mumkin. Bularga asosiy sabab sifatida yuqorida va quyida keltirilgan omillar kuchli ta'sir ko'rsatganligi shubhasizdir. Shu sababli ham tuman ekologiyasini doimi o'rganib borishimiz, qayd etishimiz, kuzatishimiz va eng muhimi asrashimiz tabiat bilan yuksak muvozanat o'rnatishimizga sababchi bo'ladi.

Muborak tumani ekologik inspeksiya ma'lumotlariga kora, eng kop ularni qiynaydigan muammo chiqindi muammosi hisoblanadi. Kanalizatsiya tizimining ishlamasligi va oqova suvlar yerosti suv zaxiralariga aralashuvi ham hudud uchun noqulay sharoitni keltirib chiqaradi. "Toza hudud" va "Obod qishloq" doirasidagi tadbirlar bugungi kunlikda birmuncha vaziyatni yengillashtiradi. Respublikamizda va qonunchiligimizda ham aynan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga e'tibor katta. Tuman hududida tabiiy sharoitini qulaylashtirish maqsadida quyidagicha taklif va tavsiyalar berish mumkin:

- Tumanning o'simlik va hayvonot olami ham o'ziga xosdir. Faqatgina Qarshi, Qarnob, Malik, Jom, Muborak cho'li joylashgan hamda aholi siyrak hududlarda endemik o'simlik va hayvonot olami vakillari uchraydi. Muborak davlat buyurtma maskani maydonini kengaytirish va ushbu yerda yirik pitomnik markazni tashkil etishni tavsiya qilaman.

- Shuningdek tuman hududida suvni kam bug'latadigan mevali, manzarali hamda tuman hududiga moslashtirilgan pavloniya ekish maqsadga muvofiqdir.

- Hudud uchun xos bo'lgan sharoitdan kelib chiqib tuyaqushlar yetishtirishni yo'lga qo'yish;

- Sho'r bosgan va quruq iqlimli hududlarida (shimoli sharqiy hududlar) intensiv bog'dorchilikni barpo etish (anor va tarvuz yetishtirishni yo'lga qo'yish);

- Zarbuloq, G'allakor, O'tror hududlaridagi sho'rxok va qum barxanlarini tekislab yangi ekin maydonlarini barpo etish hamda tabiatga chiqarilayotgan zararli birikmalarni bartaraf etish,

zararsizlantirish punktlarini aholi yashash manzilgohlaridan uzoqroq qurish lozim va hokazo.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'.Abdunazarov, M.Mirakmalov, Sh.Sharipov, R.Ibragimova "Umumiy tabiiy geografiya" «VNESHINVESTPROM», 2019.

2. H.Vahobov, O'.Abdunazarov, A.Zaynutdinov, R.Yusupov "Umumiy yer bilimi" «Bilim» nashriyoti. 2005 y.

3. P.Baratov "O'zbekiston tabiiy geografiyasi" «O'qituvchi» nashriyoti. 1996 y.

4. "O'zbekiston Geografiya jamiyati axboroti" 58-jild. Ilmiy jurnal. -Toshkent, 2020. - 374 b.

5. Ш.С.Зокиров «Ландшафтшунослик асослари» Тошкент_2010. «Университет».

6. K.M.Boymirzayev "Geosestemalar nazariyasi" o'quv-uslubiy majmua. Namangan 2020.

7. Варшанина Т.П. //Интер Карто/Интер ГИС 11: Устойчивое развитие территорий: Теория ГИС и практический опыт. Ставропол, 2005. С 54.

8. «Особенности и функции агроландшафта» S.I.Abdullayev, I.H.Muqimova, "Life Sciences and Agriculture" 23-2020.

9.Лопырев, М.И. «Основы агроландшафтного земледилия»/М.И.Лопырев. -Воронеж: изд - во Воронежского ун-та, 1995. 339 с.

10. Agrolandshaftlarni o'rganishning nazariy va metodik asoslari "Geografiya: tabiat va jamiyat" № 1. 2021 yil. 2 jild. 1-son.

11. «Агроландшафтные исследования: теория и практика» научные ведомости серия Естественные науки. 2011. № 15(110). Выпуск 16. 217221.

12. P.A.Xasanov "Tabiiy landshaftlarning antropogen modifikasiyalanishi va agrolandshaftlar o'rganilish tarixi" "Экономика и социум" №12(115) 2023 www.iupr.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.