Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
CHO'LLANISHGA QARSHI KURASHDA MARKAZIY OSIYO TAJRIBASI: MUAMMOLAR, HUQUQIY ASOSLAR VA HAMKORLIK
Ro'ziqulova Feruza
Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti Davlat huquqiy faoliyati yo'nalishi 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasidagi cho 'l va cho 'llanish jarayoni, uni vujudga keltiruvchi asosiy omillar va natijada yuzaga kelayotgan ekologik xavf haqida so'z boradi. Shuningdek, cho'llanish jarayonining geoekologik muhitga ta 'siri, Markaziy Osiyo mintaqasiga keltirayotgan salbiy oqibatlari atroflicha tahlil qilingan. Mamlakatimizda ushbu muammoga qarshi kurashdagi harakatlarning samaradorligiga erishish maqsadida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, mavjud muammoga qarshi kurashda Markaziy Osiyo va xalqaro tajriba o 'rganilgan holda, mamlakatimizda va jahon miqyosida olib borilayotgan izchil islohotlar va hamkorlik munosabatlariga alohida e'tibor qaratilgan.
Kalit soizlar: Cho'l tuproqni degrodatsiyalanishi, voha, eroziya, geoegoligik muammolar, subtropik, antropogen, CADI — "Markaziy Osiyodagi cho'llar bo'yicha tashabbus "
ОПЫТ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ В БОРЬБЕ С ОПУСТЫНИВАНИЕМ: ПРАВОВЫЕ РАМКИ И СОТРУДНИЧЕСТВО ПО ВОПРОСАМ
Рузикмлова Феруза
Ташкентский государственный юридический университет Факультет публичного права Направление государственно-правовой деятельности студенты 2 курс
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассказывается о пустыне и процессе опустынивания в Централъноазиатском регионе, основных факторах, которые к нему приводят и вытекающей из этого экологической опасности. Также тщательно проанализировано влияние процесса опустынивания на геоэкологическую среду и негативные последствия, которые он несет для региона Центральной Азии. Особое внимание уделено научным исследованиям, проводимым в нашей стране
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
с целью достижения эффективности действий против этой проблемы, последовательным реформам и отношениям сотрудничества, проводимым в нашей стране и в глобальном масштабе, изучению центральноазиатского и международного опыта в борьба с существующей проблемой.
Ключевые слова: деградация пустынных почв, оазис, эрозия, геологические проблемы, субтропические, антропогенные, CADI -«Инициатива пустыни в Центральной Азии».
CENTRAL ASIAN EXPERIENCE IN COMBATING DESERTIFICATION: PROBLEMS, LEGAL FRAMEWORKS AND COOPERATION.
The article talks about the desert and the process of desertification in the Central Asian region, the main factors that lead to it and the resulting ecological danger. Also, the impact of the desertification process on the geo-ecological environment and the negative consequences it brings to the Central Asian region have been thoroughly analyzed. Special attention is paid to the scientific research conducted in our country in order to achieve the effectiveness of actions against this problem, the consistent reforms and cooperation relations carried out in our country and on a global scale, having studied the Central Asian and international experience in the fight against the existing problem.
Key words: desert soil degradation, oasis, erosion, geological problems, subtropical, anthropogenic, CADI - "Desert Initiative in Central Asia"
XXI asrga qadam qo'ygan insoniyat dunyo miqyosida turli jabhalarda turli xildagi muammolarga duchor bo'ldi. Ushbu muammolarning ro'y berishi iqlim, tabiat, atrof-muhit bilan bog'liq holatda yuz berayotgan o'zgarishlarga bevosita aloqadorligini hisobga olgan holda, ularga misol qilib buyuk iqtisodiy inqiroz holatlari, turli epidemiologik kassaliklarning vujudga kelishi va shu bilan birgalikda iqlimdagi muammolar ham ko'zga tashlanganligini keltirishimiz mumkin. So'ngi yillar davomida butun dunyoda cho'llanish bilan bog'liq muammolar azon qatlamining yemirilishidan tortib, atrof-muhit, xatto nafas olayotgan havomizning
Ruzikulova Feruza
Tashkent State University of law
Faculty of Public Law The direction of state legal activity 2nd year students
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
ham ifloslanish darajasi ro'y berishigacha olib bordi. Bu o'rinda, dunyo miqyosida ekologik muhitning yomonlashuvi jadallashayotgani va bu holat nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyo mamalakatlarining iqtisodiyotiga hamda boshqa muhim sohalariga ham yomon ta'sir qilishni boshlaganini ta'kidlashimiz lozim. Bu holatda asosan Markaziy Osiyo davlatlarining oldida ham eko tizim bilan bog'liq bir qancha muammolar vujudga keldi. Ularni shartli ravishda 4 guruhga ajratib olish maqsadga muvofiq bo'lardi.
1 - Toza havoning ifloslanish ko'rsatkichini kundan kunga yuqorilab borishi bilan bog'liq muammolar
2- Toza ichimlik suvining tanqisligi bilan bog'liq muammolar
3- Chiqindilar bilan bog'liq muammolar
4- Asosan cho'llashish bilan bog'liq muammolar
Shu muammolar zaminida aynan cho'llanish muammosining insoniyat uchun katta xavfga aylanib borayotgani va bu hodisaga qarshi vaqtida kurashilmasa kelgusida suv, oziq-ovqat hamda butun dunyo davlatlarining iqtisodiy qiyinchiligi kabi katta xatarlar vujudga kelish xavfining mavjudligi hech birimizga sir emas. Bevosita cho'llanish muammosini O'zbekiston uchun eng yosh geoekologik muammolar qatoriga qo'shish mumkin. Negaki, necha yillar davomida mamlakatimiz hududida azaliy dehqonlar o'z mehnati bilan ulkan hosil olib kelishgan. Undan tashqari, yaylovlarda hayvonlarni o'tlatish uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud edi. Lekin, hozirgi kunda nafaqat O'zbekistonda, balki, Markaziy Osiyo davlatlarida ham cho'llanish ko'rsatgichi yuqorilamoqda. Cho'llanish muammosidan aziyat chekayotgn Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarda cho'llanish ko'rsatkichiga to'xtalamiz. BMT ma'lumotlariga ko'ra, Markaziy Osiyoda 152,06 million gektar yoki 38,43 foiz yer maydoni qurg'oqchilik holatida bo'lib, shundan 1,33 foizi qattiq qurg'oqchilik, 0,23 foizi esa o'ta qurg'oqchilik holatidadir. Tojikistonda butun mamlakat hududining 47 foizi, ya'ni 6,7 million gektar yer turli darajada qurg'oqchilikka uchragan. Qirg'izistonda bu ko'rsatkich 42,4 foizni tashkil etadi. Vaziyat quyi oqimdagi uchta davlatda yomonroq - O'zbekistonda qurg'oqchilik butun mamlakat hududining 89,5 foiziga, Turkmanistonda - 88 foiziga, Qozog'istonda - 76 foiziga ta'sir qilgan"1. Ko'rishimiz mumkinki, ushbu ko'rsatkich ichida eng og'ir holat O'zbekistonda. Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston hududida har soniyada 9 kv metr hudud cho'llanmoqda. O'zbekiston, Qozog'iston va Turkmaniston hududining katta qismi cho'l zonalaridan iborat bo'lib, ushbu hududlarda cho'llanish ko'rsatgichi yildan yilga yomonlashmoqda. Fanlar
1 Mardiyev Sh.H. "Tabiiy sharoitlarni yaxshilash" 03.12.2023. 7-b
https://staff.tiiame.uz/storage/users/810/presentations/MLW27Je3pvWWM3RMrC3LHOJEbxiA0TEPi4YwCOwN.pdf
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
akademiyasi qoshidagi Seysmologiya instituti tadqiqotlariga ko'ra, O'zbekistonda cho'llanish jarayonini o'rganish va xaritaga solish o'tgan asrning 60-yillaridan boshlangan. Masalan, janubiy, sharqiy, shimoliy va borgan sari g'arbiy viloyatlarga qarab cho'llanish jarayoni tezlashyapti.
Shu o'rinda bizda bir nechta savol tug'ilishi tabiiy. Masalan, cho'llanish bilan bogliq muammoning vujudga kelishiga asosiy sabab nima? Bu masala Markaziy Osiyo mamlakatlariga qanday salbiy oqibatlar olib kelmoqda? Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikda qanday ishlarni amalga oshirmoqda? Cho'llanishishga qarshi kurashish, yoxud endi uning oldini olish bilan bog'liq samarali ishlar tahlili va natijalari qanday? Shu kabi savollarga ilmiy nazariy jihatdan yondashamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Global haroratning ko'tarilishi va yer yuzida aholi soning ko'payishi bilan Markaziy Osiyo mintaqasining ko'p qismi cho'llanishga, bir vaqtlar haydaladigan yerlarning doimiy tanazzulga uchrashiga olib kelmoqda.
BMT ning ta'rificha, "cho'llashuv bu - hudud biopotensialining kamayishi yoki buzilishi bo'lib, bundan keyin cho'l sharoitlariga o'xshash sharoitlarning vujudga kelishiga imkon beradi"2.
R.Nelsoning fikricha, "cho'llashuv ko'pgina hollarda inson faoliyati bilan bog'liq. C.Agnyu (Agnev)buni iqlim o'zgarishlari va inson faoliyati tufayli yuzaga keladigan degragatsiyalashuv bilan bog'liq deb hisoblaydi"3. Cho'llashuvga qarshi kurash bo'yicha Xalqaro Konvensiya, cho'llashuvni quyidagicha ta'riflaydi: "u iqlim tebranishi va inson faoliyatini ham o'z ichiga oladi hamda turli omillar tufayli qurg'oqchil hududlarda yerlarning degragatsiyasini bildiradi"4. O'rganilgan ilmiy izlanishlar va bizning fikrimizcha, Cho'llanish - yerning ekin ekilmaydigan yaroqsiz holga kelish jarayonidir. Bunda qurg'oqchil iqlimli o'lkalarda ekologik tizimlar buziladi, ulardagi organik hayotning barcha shakllari yomonlashadi.
Cho'llanishni yuzaga keltiruvchi 2 xil omil bor:
1- Antropogen omilar
2- Tabiiy omillar
Antropogen omil deb inson omili aralashishi natijasida ya'ni bevosita odamlar ta'sirida cho'llanishga doir muammolarning vujudga kelishiga aytiladi. Masalan, yaylovlardan noto'g'ri foydalanish, sug'orish tizimining noto'g'riligi orqasidan vujudga keladi. Bundan tashqari, juda katta miqdorda sug'orish uchun suvning
2 Masharipov Adamboy Atanazarovich. Matnazarova Malohat Islombayevna.Ilmiy maqola. 03.12.2023. https://cyberleninka.ru/article/n/cho-llanishning-atrof-muhitga-ta-siri/viewer
3 A^HÖeKOB .H.A. ^egpocT nycraHH. M., 1988.
4 Cho'llanishga qarshi kurash Konvensiyasi. 08.17.1994.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
sarflanishi qishloq xo'jaligida ham maishiy hayotda ham suvdan meyoridan ortiq foydalanishga sabab bo'ladi.
Tabiiy omil deb esa havo haroratining ko'tarilishi va turli tabiiy resurslarning kamayishi va ekologik muhitning og'irlashishi natijasida yerlarning cho'llanishiga aytiladi"5 . Hozirgi kunda butun dunyo bo'yicha cho'llanish ko'rsatkichining ko'tarilishiga antropogen omillar sabab bo'lmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Butun dunyo bo'yicha har soniyada 23 gektar maydon cho'llanib boryapti. Bu holat davom etaversa, 2050-yilga borib, yer yuzining 95 foizi cho'llanishi va bu milliardlab odamlarni oziq-ovqat tanqisligida qoldirishi mumkin.
"Qarnabcho'l, Mirzacho'l, Sherobod, Dalvarzin, Qoraqalpoq cho'llari chegaralari kengayishda davom etyapti. Ular qatoriga o'tgan yillar ichida eng yosh bo'lgan cho'l - Orolqum ham qo'shildi. Orolqum hozir 60 yoshga to'ldi va uni dunyodagi eng yosh cho'l desak, mubolag'a bo'lmaydi. "Orolqum cho'li Turkmanistondagi Qoraqum cho'li bilan O'zbekistondagi Qizilqumni birlashtirib yubordi. Avval bularning o'rtasidan Amudaryo oqib o'tardi. Orolning tubidan ko'tarilgan chang tuz, 300- 400 kilometr radiusda atrofga yog'ilayotgani 2018-yil cho'llanishning bevosita ta'siri deyishimiz mumkin" 6 . Mayda cho'l zonasidan ko'tarilgan qum changlar respublikamiz va Turkmaniston, hamda Qozog'istonga ta'sir ko'rsatdi. Ushbu muamoning Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida ham ko'rib chiqish maqsadga muvofiq bo'lardi. Masalan, Turkmaniston hududida cho'llanish ko'rsatkichlari yildan yilga ko'tarilmoqda va bu Qoraqum cho'li sarhadlarini kengayishiga sabab bo'lmoqda. Qozog'iston hududining ham katta qismini cho'l egallagan va hozirgi
kunda bu ko'rsatgich
yuqorilayotganligini ko'rishimiz mumkin. Birgina misol, cho'llanish jarayoni butun dunyo uchun sezilarli xavf, lekin, aynan Markaziy Osiyo davlatlarda ushbu xavf shiddat bilan ko'tarilmoqda. Ayrim statistik ma'lumotlarga qaraganda,
cho'llanish ko'rsatgichi bo'yicha Markaziy Osiyo davlatlari yuqori o'rinlarni qayd etmoqda. Masalan,
ushbu statistik ma'lumotlardan ham ma'lumki, Osiyo davlatlarida
I Afrika I Yevropa I Osiyo I Amerika I Avstraliya
5 Abbosov S.B Qizilqumda cho'llanishning antropogen omillari va uning oqibatlari. Tabiiy geografiyaning regional muammolari. Samarqand, 2002.
6 Sayfiddinov Sh.S., Ashurmahmatov S.I. "O'zbekistonda cho'llanish jarayonlari va uning oqibatlari" Toshkent . 2002.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
bu ko'rsatgich yomon holatda. Qolgan hududlarga nisbatan Osiyo mamlakatlarida ahvol og'ir, hatto so'ngi yillarda Afrika davlatlarini ham ortda qoldirib yillik cho'llanish ko'rsatgichimiz 30% ni ko'rsatmoqda. 1-rasm. Jahon miqyosida cho'llanish ko'rsatgichi. (2023)
Bu ahvolni yomonlashuvi bevosita O'zbekistondagi ekologik tizimga bog'liq deb hisoblaymiz. Aynan Orol muammosi nafaqat O'zbekiston uchun balki unga tutash bo'lgan Turkmaniston uchun ham jiddiy xavf tug'dirmoqda. Orolning qurishi sababli sho'r tuzlarni havoga ko'tarilib kelishi natijasida cho'llashuv yanada keskin oshmoqda. Masalan,
2-rasm. Orol dengizining 1977-2020-yillardagi holati.
ushbu ko'rinish hozirgi kunda dunyo bo'yicha eng yosh cho'l deb e'tirof etilgan Orolqumning vujudga kelishi haqida. 1977-yilda o'zida juda ko'p suv saqlagan va anchagina suv ta'minotimiz bor bo'lgan, lekin, afsuski, ushbu ko'rsatkich hozirda butkul yo'q. Bundan 2020-yilga kelib ahvol qanchalar og'irlashganini ko'rishimiz mumkin.
Hozirgi kunda Orolqum cho'li hududi butkul yaroqsiz holatga kelgan va to'liq cho'llanib bo'lgan.
3-rasm. Markaziy Osiyo davlatlaridagi hududlarning cho'llanganlik darajasi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
cho'llanmagan hududlar
Qattiq cho'llanish
juda kuchli cho'llanish
Giper cho'llangan hududlar
O'rtacha cho'llangan hududlar
E'tiborimizni Markaziy Osiyo davlatlariga qaratadigan bo'lsak, ushbu ko'rsatkich yuqorida ta'kidlaganimizdek, O'zbekiston va Turkmaniston hududida ancha og'ir va mamlakat hududining deyarli katta qismi cho'llanib bo'lgan.
Umuman olganda cho'llanish Markaziy Osiyo davlatlari uchun real xavfga aylanib bo'ldi va ushu muammoni oldini olishga kech. Ushbu vaziyatda faqat cho'llanishga qarshi kurashish maqsadga muvofiq bo'ladi va bu borada xalqaro tajribaga yuzlanadigan bo'lsak, Xitoy samarali islohotlarni amalga oshirmoqda deyishimiz mumkin. Bunga yorqin misol «Xitoyning Buyuk yashil devori» loyihasi Gobi sahrosi hududiga daraxt o'tkazib, u yerni 2050-yilgacha to'liq o'rmonga aylantirishdan iborat"7. Xitoy bu loyihani 1978 yilda boshlagan va unga 9,9 milliard dollar pul ajratgan. Loyiha 1978-2000, 2001-2020 va 2021-2050 yillarga mo'ljallangan 3 bosqichda davom etadi. 2021 yil oxirigacha Gobi sahrosining qariyb 60 foizini o'rmonlashtirish reja qilingan. Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoyning sun'iy o'rmoni 2009 yil holatiga ko'ra, 12 foizdan 18 foizga o'sgan. Bu - Yer yuzidagi inson ta'sirida yaratilgan eng katta o'rmon hisoblanadi"8.
7 Mardiyev Sh.H. "Tabiiy sharoitlarni yaxshilash" 2023.5-b. foydalanilgan sana. 2024-yil. 10-mart <https://staff.tiiame.uz/storage/users/810/presentations/MLW27Je3pvWWM3RMrC3LHOJEbxiA0TEPi4ywCQwN.pdf
8 Carnero Alado de Ribadoe. "Detender Al Desierto". Jullio 1977. 233b.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Undan tashqari, cho'lga qarshi kurash va ko'proq daraxtlarni ko'paytirish maqsadida Xitoy tuproq kam hududlarga tepadan urug' ekish va ko'proq qurg'oqchil bo'lgan hududlarga daraxt va butalar ekish uchun fermerlarga mablag' ajratyapti. Yana shuni aytishimiz mumkinki, loyiha Xitoyning shimoliy chegarasi bo'ylab sharqdan g'arbga taxminan 4500 kilometr masofani o'z ichiga oladi va Xebey, Ichki Mo'g'uliston, Ningsia, Shensi, Shansi va Gansu kabi viloyatlarni qamrab oladi. Hudud Uch-Shimoliy boshpana o'rmoni hududi sifatida tanilgan. "Yashil devor" loyihas i keng ko'lamli daraxt ekish ishlarini, jumladan, terak, tol, qarag'ay va lichinka kabi daraxtlarni yetishtirish, shuningdek, o'tloqlarni qayta tiklash va tuproqni saqlash bo'yicha tadbirlarni o'z ichiga oladi. Fermerlar bu borada samarali ishlarni aalga oshirmoqda. Usul mohiyati tuproq degragatsiyalashgan hududlarga unumdor tuproqlarni olib kelish va sun'iy ravishda o'rmonlar ko'lamini kengaytirish hisoblanadi.
https://staff.tiiame.uz/storage/users/810/presentations/MLW27Je3pvWWM3RMrC3LHOJEbxiA0TEPi4ywCOwN.pdf foydalanilgan sana. 2024-yil 12-mart
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Undan tashqari cho'llanishga qarshi kurashda Isroil ham yaxshi islohotlarni amalga oshirmoqda va bu Isroil uchun yaxshi natijalar bilan yakunlanmoqda. Isroil davlatining 95 foiz qismi quruq va qurg'oqchil iqlimga ega. Mamlakatning 60 foiz hududi Negav cho'lidan iborat. Shuning uchun ham Isroil cho'llanish va tuproq degradatsiya muammolari bilan doim kurashib yashashiga to'g'ri keladi. Isroilning cho'llanishga qarshi kurash dasturi suvni markazlashtirilgan boshqaruv asosida yo'naltirishga qaratilgan. Bunday boshqaruvga, suv nisbatan ko'p hududlardan suv tanqis mintaqalarga yetkazish, suv ko'p bo'lgan yillari zaxirada suv g'amlab, qurg'oqchil yillarda sarf qilish, chiqindi suvlarni qishloq xo'jaligida foydalanish uchun qayta tozalash, cho'l hududida daraxtlarni ko'paytirish, suv xususiyatiga moslashgan o'simliklarni iqlim va tuproq sharoitiga moslashtirish kiradi. Isroil bu vazifani amalga oshirishni Qishloq xo'jaligi Vazirligi zimmasiga yuklagan. Vazirlik tuproq eroziyasi bo'yicha dehqonlarga ko'maklashish uchun mutaxassislar yuboradi. Oxirgi 50 yil ichida Isroil 200ga yaqin maydonda 260 milliondan ortiq daraxt ekdi. Bu maydonlarning aksariyati iqlimi qurg'oqchil, tog'li, qishloq xo'jaligi uchun yaroqsiz yerlar edi.
Shuningdek, Isroil o'rmonzorlashtirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqdi. Bu yarim quruq va qurg'oqchil yerlarni savannalashtirish deyiladi. Savannalashtirish amaliyotida atrofi daraxtlar bilan o'ralgan tog' yonbag'irlaridan hosil yetishtiriladi. Bu esa bioxilma-xillikni saqlab qolib, tuproq unumdorligini oshiradi. Shu o'rinda Markaziy Osiyo mamlakatlarini cho'llanishga qarshi kurash borasidagi tajribasiga to'xtaladigan bo'lsak, Qozog'istonning Buyuk Yashil devori: Qozog'iston cho'llariga bostirib kirishning oldini olish va cho'llanish oqibatlarini yumshatish uchun Xitoy bilan chegaradosh hududlar bo'ylab daraxt ekishni maqsad qilgan "Buyuk yashil devor" loyihasini boshladi. Ushbu loyiha tuproqni barqarorlashtirish, eroziyani kamaytirish va cho'llanishga qarshi kurashishda yashil belbog'larni yaratish uchun qurg'oqchilikka chidamli daraxt turlarini ekishni o'z ichiga oladi. Ushbu rejadan ko'zlangan asosiy maqsad mamlakatni cho'llanish holatidan qutqarish hamda cho'llanish foizlarini pasaytirish hisoblanadi. Ushbu loyiha Qozog'iston uchun ancha foydali bo'ladi deb hisoblaymiz. Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida, xususan, mamlakatimizda ham jahon tajribasidan o'rnak olgan holda islohotlar amalga oshirilmoqda. Masalan, avvalari O'zbekistonda 1 tonna bug'doy uchun 1,5 ming tonna, 4-5 ming tonna paxta yetishtirish uchun 10 ming tonna suv sarflanardi. Ushbu sug'orish tizimining yaxshi tashkil qilinmaganligi b'azi hollarda bundan ham ko'p suvning isrof bo'lishiga olib kelgan. Suvni katta miqdorda sarflanishi cho'llanishnini yanada tezlashtirib yuborgan deb hisoblaymiz. Hozirgi kunda yurtimizda sug'orish bo'yicha Isroil texnologiyasi ya'ni tomchilab sug'orish
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
usulidan foydalanmoqda. Ushbu amaliyot birinchi marotaba 1998-yilda paxtachilik sohasida qo'llanildi va bu usuldan samarali natijalarga erishilmoqda, lekin tizim hali sust. Ushbu usul haligacha butun O'zbekistonni qamrab olmagan. Sababi, ushbu usul uchun kerakli maxsus quvurlarning narxi baland. Asosan paxta yetishtiradigan dehqonlar uchun tomchilatib sug'orish qimmatga tushadi. Zarur jihozlar va quvurlarni qo'yib ish boshlangan taqdirda ham paxtaning narxi jahon bozorida ancha pastga baholanadi va bu fermerlarni qilgan sarf xarajatlarini qoplamaydi. Shu sababli ham infratuzilmani yo'lga qo'yishda biroz qiyinchiliklar mavjud. Lekin ushbu tizimdan foydalansak cho'llanish ko'rsatkichi yuqorilab ketishini oldini olgan bo'lardik. Bundan tashqari, O'zbekistonda cho'llanish bilan bog'liq muammolarning bartaraf qilishga oid qonunchilikning xalqaro huquqiy asosiga to'xtalsak. Bu 1994-yilda BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish xalqaro Konferensiyasida qabul qilingan 3 ta Konvensiyaning biridir. Bular cho'llanishga qarshi kurash Konvensiyasi, Iqlim o'zgarishi Konvensiyasi va Biologik xilma-xillikni asrash Konvensiyalaridir. O'zbekiston Osiyo mintaqasida birinchilardan bo'lib Konvensiyaga a'zo bo'lgan davlatlardan hisoblanadi. Ushbu Konvensiya 1995-yil 3-avgustda O'zbekiston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinib, 1996-yildan kuchga kirdi. Bugungi kunda mazkur Konvensiyaga 196 ta davlat a'zo. Undan tashqari, mamlakatimizda "Barqaror rivojlanish konsepsiyasi" qabul qilingan bo'lib, 15-maqsadda "Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko'maklashish, o'rmonlardan oqilona foydalanish, cho'llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini to'xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yo'qolib ketish jarayonini to'xtatishni"9. o'z ichiga oladi.
Shuningdek, Turkmaniston atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va cho'llanishga qarshi kurashga qaratilgan xalqaro tashabbus va hamkorliklarda faol ishtirok etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo'yicha Dasturi (UNEP) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha konvensiyasi (UNCCD) kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatga yer degradatsiyasi muammolarini hal qilish uchun resurslar va ilg'or tajribalardan foydalanishga imkon beradi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha bir qancha hamkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Bulardan eng asosiysi, Markaziy Osiyo cho'l tashabbusi (CADI) mintaqaviy tashabbus bo'lib, Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror yer boshqaruvi, biologik xilma-xillikni saqlash va cho'llanishga qarshi kurashishga qaratilgan. CADI Markaziy Osiyo mamlakatlari,
9 O'zbekiston Respublikasi qonuni. "2030- yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar tog'risidagi Prezident qarori Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi,10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son) https://lex.uz/docs/-5870397
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
jumladan Qozog'iston, O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston duch keladigan cho'llanish, yerlarning degradatsiyasi va tabiiy resurslarni barqaror boshqarish bilan bog'liq umumiy muammolarni hal qilish uchun tashkil etilgan. A'zo davlatlar Xitoy, Eron,Qozog'iston, Mongoliya, Turmakniston, Uzbekiston" 10 . Tashabbus Markaziy Osiyoda cho'llanishga qarshi kurashish va ekologik barqarorlikni rag'batlantirish bo'yicha mintaqaviy hamkorlik va integratsiyalashgan yondashuvlar muhimligini e'tirof etadi.
CADIning asosiy maqsadlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin.
❖ cho'llanish va yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish uchun barqaror yer boshqaruvi amaliyotini ilgari surish.
❖ qurg'oqchil va yarim qurg'oqchil hududlarda bioxilma-xillikni saqlash va ekotizimlarni tiklashni kuchaytirish.
❖ Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida umumiy ekologik muammolarni hal qilish uchun mintaqaviy hamkorlikni, bilim almashishni va salohiyatni oshirishni qo'llab-quvvatlash.
❖ Mintaqadagi tabiiy resurslarni barqaror boshqarish va iqlim barqarorligi uchun siyosat asoslarini va institutsional salohiyatni mustahkamlash.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida cho'llanish va barqaror yerlarni boshqarish bo'yicha muloqot va hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida mintaqaviy uchrashuvlar, seminarlar va konferensiyalar o'tkazish, barqaror yerni boshqarish va ekotizimni tiklash uchun texnik ko'rsatmalar, vositalar va monitoring tizimlarini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda. CADI turli mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha konventsiyasi (UNCCD), Global ekologik fond (GEF), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va boshqa tegishli manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qiladi. O'z faoliyatini qo'llab-quvvatlash va Markaziy Osiyoda cho'llanish va yerlar degradatsiyasini bartaraf etishda sinergiyani rivojlantirish, CADI kabi mintaqaviy tashabbuslar orqali cho'llanishga qarshi kurashish va iqlim barqarorligini oshirish bo'yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida hamkorlikni amalga oshirish oldimizdagi ushbu muammolarni hal etishning ma'lum ma'nodagi yechimi bo'lib xizmat qiladi.
Umuman olganda, CADI Markaziy Osiyoda yerni barqaror boshqarish, biologik xilma-xillikni saqlash va ekotizim barqarorligini rag'batlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi, mintaqadagi cho'llanish va yerlarning degradatsiyasiga qarshi
10 Central Asian Desert Initiative (CADI) - conservation and sustainable use of winter-cold deserts in Central Asia CADI Markaziy Osiyo cho'l tashabbusi loyhasi. 2002-yil https://www.international-climate-initiative.com/en/proiect/central-asian-desert-initiative-cadi-conservation-and-sustainable-use-of-winter-cold-deserts-in-central-asia-16-iv-052-asien-a-central-asian-desert-initiative-cadi/
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
kurashish va kelajak avlodlar uchun ekologik barqarorlikni ta'minlashga hissa qo'shadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, dunyo bo'ylab cho'llanish ko'rsatkichlari yuqorilamoqda va bu Markaziy Osiyo mintaqasida ancha tez sur'atda kuchaymoqda. Cho'llanish muammolarining o'zgaruvchan va katta ahamiyatga ega ekanligni inobatga oladigan bo'lsak, Markaziy Osiyoda cho'llanish suv resurslarining egallanishida o'sishning kamayishi, tabiiy ekinlarning qisqarishi, ekologik muhitning buzilishi va o'zgaruvchan iqtisodiy tizimlar bilan bog'liq muammolar vujudga kelishiga sabab bo'ladi deyishimiz mumkin. . Ushbu sohada CADI da o'z pozitsiyamizni mustahkamlashimiz kerak. Va Xitoy va Qozog'iston amalga oshiryotgan "buyuk yashil devor" loyihasini Markaziy Osiyo davlatlariga ham masalan, Turkmaniston va O'zbekiston hududiga qo'llash mumkin. Undan tashqari Turkmanistonda cho'llanishga qarshi kurashish maqsadida "Almashlab ekish" usuli qo'llanilmoqda. Bu usul - dalalarda o'tkaziladigan barcha agrotexnik tadbirlarning aosi . U to'g'ri tashkil qilinsa tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishni, begona o'tlar va zararkunanda hamda kasalliklarni keskin kamayishini ta'minlaydi. Bu bitta yerda bitta ekinni surunkasiga yetishtirmasdan yerni va ekinni o'rnini almashtirgan holda yetishtirishni anglatadi.
Agar hozir ushbu geoekologik muammoga jiddiy qaramaydigan bo'lsak, 2050-yilga kelib dunyo aholisi ochlikdan va ichimlik suvini yetishmasligidan aziyat chekishlari mumkin. Cho'llanish Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi tabiiy hol va bu kelgusida mamlakatlar uchun jiddiy xavfni yuzaga keltiradi. Mavjud muammoga yechim berish uchun, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan hamkorlik talab qilinadi. Mamlakatlararo hamkorlik Markaziy Osiyoda cho'llanish muammolari bilan kurashishda o'z ahamiyatini ko'rsatadi. Ushbu vaziyatda, ekologik muhitni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya resurlarini samarali boshqarish uchun katta mazmunlarda hamkorlik talab etiladi. Shuningdek, mamlakatlararo iqtisodiy integratsiya va yagona tizimlarni yaratish chollanishga qarshi kurashda samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Bunda birgalikda ishtirok etish, resurslarni birlashtirish katta ahamiyatga ega. Undan tashqari, qimmatga tushsa ham tomchilatib sug'orish fermerchilik sohasiga tatbiq qilish kerak. Aholini suvni isrof qilmaslikka chaqirish lozim. Shuni aytishimiz mumkinki, birgina davlatning cho'llanishga qarshi kurashishi katta samara bermasligi aniq. Qachonki aholi ham ekin sug'orishda va boshqa qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanayotganda meyoridan ortiq suv sarflmay ishlasa, uni tejashga o'z xissasini qo'shsa kutilgan natijaga erishishimiz tezlashadi. Davlat tomonidan noto'g'ri
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
sug'orish tarmoqlarini aniqlab uni to'g'risi bilan almashtirish tizimini takomillashtirishi kerak. Undan tashqari, o'rmonlar barpo etish va o'rmonlarni qayta tiklash, daraxtlar ekish va buzilgan o'rmonlarni tiklash cho'llangan hududlarda tuproqni barqarorlashtirish, eroziyani kamaytirish va biologik xilma-xillikni tiklashga yordam beradi. O'rmonlarni o'stirish va qayta tiklash loyihalari Markaziy Osiyoda cho'llanishga qarshi kurashning muhim tarkibiy qismidir. Suvni boshqarish va sug'orish, samarali sug'orish tizimlari, suvni tejash usullari va suvni to'g'ri taqsimlash kabi suvni boshqarish amaliyotini takomillashtirish suv resurslariga bosimni kamaytirishga va Markaziy Osiyoda suv tanqisligi oqibatida cho'llanishning oldini olishga yordam beradi. Yana shuni aytish mumkinki, chóllanishga qarshi kurashda ilmiy, texnologik va texnikaviy almashish muammoni samarali hal qilish uchun zarurdir. Yangi texnologiyalar, energiya tasarrufi va atrof muhitga zarar bermaydigan texnologiyalarni o'z vaqtida qo'llash chóllanish muammolariga yechim topishda muhim ahamiyatga ega. Shu kabi islohotlarni davlat o'zining ekologik funksiyasi doirasida amalga oshirsa va bunga jamoatchilik ishtiroki aralashsa ushbu islohotlar albatta o'z samarasini beradi. Zero yer bizning umumilliy boyligimiz va uni asrash har birimizning burchimizdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES).
1. Masharipov Adamboy Atanazarovich. Matnazarova Malohat Islombayevna. Ilmiy maqola. 03.12.2023.
2. Алибеков Л.А. Щедрост пустыни. М., 1988.
3. Cho'llanishga qarshi kurash Konvensiyasi. 08.17.1994.
4. Masharipov Adamboy Atanazarovich. Matnazarova Malohat Islombayevna.Ilmiy maqola. 03.12.2023
5. Mardiyev Sh.H. "Tabiiy sharoitlarni yaxshilash"
6. Sayfiddinov Sh.S., Ashurmahmatov S.I. "O'zbekistonda cho'llanish jarayonlari va uning oqibatlari" Toshkent . 2002.
7. Carnero Alado de Ribadoe. "Detender Al Desierto". Jullio 1977.
8. Central Asian Desert Initiative (CADI) - conservation and sustainable use of winter-cold deserts in Central Asia
9. Cho'llanishga qarshi kurash Konvensiyasi. 08.17.1994.
10. 2030- yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar tog'risidagi Prezident qarori