Научная статья на тему 'MUAMMOLI TA’LIMGA АSOSLАNGАN O‘QITISHNING BOSHLАNG‘ICH TА’LIM SАMАRАDORLIGINI OSHIRISHDАGI IMKONIYАTLАRI'

MUAMMOLI TA’LIMGA АSOSLАNGАN O‘QITISHNING BOSHLАNG‘ICH TА’LIM SАMАRАDORLIGINI OSHIRISHDАGI IMKONIYАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
muammoli ta’lim / muammoli vaziyat / muammoli vaziyatlar tipalogiyasi / muammoli dars.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamasaidova Muhabbatxon Abdusalomovna, Yoqubova Orastaxon Qahramonjon Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim matematika darslarini muammoli o‘qitishda o‘quvchilarning mantiqiy fikr yuritish opеratsiyalarini va o‘quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini hisobga olib tuzilgan ta’lim va o‘qitishning ilgari ma’lum bo‘lgan usullarini qo‘llanish qoidalarining yangi tizimi, ko‘proq o‘quvchi fiklash qobilyatining rivojlanishini, uning umumiy taraqqiyoti va e’tiqodi shaklanish masalalari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUAMMOLI TA’LIMGA АSOSLАNGАN O‘QITISHNING BOSHLАNG‘ICH TА’LIM SАMАRАDORLIGINI OSHIRISHDАGI IMKONIYАTLАRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

MUAMMOLI TA'LIMGA ASOSLANGAN O'QITISHNING BOSHLANG'ICH TA'LIM

SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI IMKONIYATLARI 1Mamasaidova Muhabbatxon Abdusalomovna, 2Yoqubova Orastaxon Qahramonjon qizi

1dotsent, FarDU, 2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11060199

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich ta'lim matematika darslarini muammoli o'qitishda o'quvchilarning mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini va o'quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini hisobga olib tuzilgan ta'lim va o'qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo'llanish qoidalarining yangi tizimi, ko'proq o'quvchi fiklash qobilyatining rivojlanishini, uning umumiy taraqqiyoti va e 'tiqodi shaklanish masalalari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: muammoli ta'lim, muammoli vaziyat, muammoli vaziyatlar tipalogiyasi, muammoli dars.

Аннотация. В данной статье рассмотрены правила применения ранее известных методик обучения и обучения, которые были созданы с учетом операций логического мышления учащихся и закономерностей исследовательской деятельности учащихся, в проблемном обучении начальных классов математики. Обсуждается новая система, развитие мыслительных способностей учащегося, его общее развитие и формирование убеждений.

Ключевые слова: проблемное обучение, проблемная ситуация, типология проблемных ситуаций, проблемный урок.

Abstract. This article discusses the rules for applying previously known methods of teaching and learning, which were created taking into account the operations of students' logical thinking and the laws of students' research activities, in problem-based teaching of primary mathematics. The new system, the development of the student's thinking abilities, his general development and the formation of beliefs are discussed.

Keywords: problem learning, problem situation, typology of problem situations, problem

lesson.

Muammoli ta'lim va muammoli vaziyat o'qitish tizimida faol, o'quvchilarni ijodiy fikrlashga yo'naltiruvchi metod sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Muammoli ta'lim deganda muammolilik prinsiplarining uyg'unlashuvini hisobga olgan holda tuzilgan hozirgi o'qitish jarayonini tushinish maqsadga muvofiqdir.

Muammoli ta'lim - bu mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini (analiz va sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tasniflash (klassifikatsiyalash) va o'quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ma'naviy ehtiyoj, o'quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy taraqqiyoti va e'tiqodi shaklanishini taminlashga xizmat qiladi. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasining asosiy bo'g'ini muammoli ta'lim yo'nalishi sanaladi.

Muammoli ta'lim - ta'lim jarayonini olib borishda o'quvchilar oldiga yechish uchun muammoni qo'yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg'ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o'qituvchi tomonidan yoki o'quvchilar tomonidan qo'yilishi mumkin.

Muammoli ta'lim texnologiyalari - o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan.

Muammoli ta'lim texnologiyasining asosi - insonni fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta'lim o'quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega.

Muammoli vaziyat yaratish usullari:

- o'qituvchi o'quvchilarga dars mavzusi bilan bog'liq ziddiyatli holatni tushuntirish va uni yechish yo'lini topishni taklif qilish;

- bir masalaga doir turli nuqtai nazarlarni bayon qilish;

- hal etish uchun yetarli bo'lmagan yoki ortiqcha ma'lumotlar bo'lgan yoki savolning qo'yilishi noto'g'ri bo'lgan masalalarni taklif etish.

Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:

- o'qituvchi muammoni qo'yadi va o'zi yechadi;

- o'qituvchi muammoni qo'yadi va uning yechimini o'quvchilar bilan birgalikda topadi;

- o'quvchilarning o'zlari muammoni qo'yadilar va uning yechimini topadilar anglashilgan mativ kabilarni) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o'qitishning ilgari ma'lum

bo'lgan usullarini qo'llanish qoidalarining yangi tizimidan iboratdir. Shu bois u ko'proq.

Muammoli o'qitish - o'quvchining muammoli taqdim etilgan ta'lim mazmuni bilan faol o'zaro bog'lanishini tashkil etadi. Bu jarayonda o'quvchi ilmiy bilimning ob'ektiv zidliklari va ularning yechimlariga yaqinlashadi, fikrlash, bilimlarni ijodiy o'zlashtirishga o'rganadi. Fanda muammoli o'qitish bilan aloqador ikkita tushuncha ishlatiladi: "muammo" va "muammoli vaziyat" tushunchalari. Ayrim hollarda ular sinonimdek tushunilsada, lekin bu atamalar bilan belgilangan ob'ektlar o'z hajmi bilan farqlanadi. Muammo muammoli masalalar ketma-ketligiga ajraladi. Demak, muammoli masalani muammoning oddiy, hususiy bir masaladan iborat holati sifatida ko'rish mumkin. Muammoli o'qitish ijodiy faoliyatni hamda unga ehtiyojni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, bu jarayonda o'quvchilar ijodiy fikrlashining rivojlanishi an'anaviy o'qitishdagiga nisbatan jadalroq bo'ladi. Lekin muammoli o'qitishning bu funksiyasi oshishi uchun o'quv jarayoniga muammolarning tasodifiy majmuasini kiritish yetarli emas. Muammolar tizimi bilimning mazkur sohasiga xos muammolarning asosiy turlarini qamrab olishi kerak. Muammoli o'qitishni ta'lim jarayoniga tatbiq etishda o'qituvchi ilmiy va o'quv muammolar orasidagi umumiylikni va farqni ajratishi lozim. Ularning umumiyligi - har ikkalasida ham ob'ektiv zidliklar mavjudligi bo'lsa, ilmiy va o'quv muammolarini farqi shuki, ilmiy muammoda qo'yilgan masala hali yechilmagan, o'quv muammoda esa masala yechilgan, uni yechish yo'li va natijasi ma'lum. Faqat bu yo'llar va natijalarni o'quvchilar izlab topishi kerak. Muammoli o'qitishning yakuniy maqsadi - o'quvchilarni muammolarni ko'rish va yechishga o'rgatishdan iborat bo'lib, bu faqat fikrlash faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. S.L. Rubinshteyn «tafakkur - inson oldida turgan masala va muammolarni yechishga olib keladigan idrok bo'lib, tafakkur muammoli vaziyatdan kelib chiqadi va muammoni yechishga qaratilgan bo'ladi»-deb ta'kidlaydi. Bundan quyidagi mantiq hosil bo'ladi. Shaxsning ijodiy, mustaqil, fikrlovchi bo'lishi jamiyat uchun zarur bo'lib, fikrlash jarayoni muammoli vaziyatdan boshlanadi.

Muammoli vaziyat - psixik qiyinchilik, ziddiyatli vaziyati bo'lib, o'quvchilarni muammoli vaziyat holatiga tushirish orqali ularda fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi. Muammoli o'qitish usullariga quyidagilar kiradi: tadqiqiy usul, evristik usul, muammoli vaziyatlar yaratish usuli. Muammoli ta'limning barcha turlari o'quvchi faoliyatida ijodiylikni rivojlantirish maqsadida muammoni izlash va topilgan muammoni o'quvchi tomonidan hal qilinishi mavjudligi bilan tavsiflanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Maktab matematika kursida o'rganiladigan nazariy mavzu materiallari masala va misollarni ularning mazmuniga ko'ra muammoli va muammoli bo'lmagan turlarga ajratish mumkin.

Agar o'rganilayotgan mavzu materialidagi masala va misollari yechish jarayoni o'quvchilar uchun yangi matematik tushuncha, daili va qoidalarni o'z ichiga olgan bo'lib, avvalgi usul bilan yechish mumkin bo'lmasa-yu, yechishning yangi usullari talab etilsa, u holda bunday masala yoki misol mazmunan muammolidir, aksincha, shunday masala yoki misollar o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga yechish uchun berilishi mumkinki, bunday masala va misollar o'quvchilar uchun muammoli bo'lmay qoladi, chunki ular masala va misol yechilishining yangi usullarini mustaqil izlanmasdan, o'qituvchining tushuntirishiga qarab o'zlashtirib oladilar, berilgan masala yoki misol faqatgina koeffitsientlari bilan avvalgilaridan farq qiladigan darajada bo'ladi.

1-misol. Masalan, boshlang'ich sinf o'quvchilariga quyidagi misollarni berish mumkin:

6 + 2 x 3 = 24

6 + 2 x 3 = 12

Mazmuniga ko'ra, bu masala muammoli bo'ladi, chunki bir xil toifadagi ikkita misol har xil natijaga ega bo'lyapti. Bas, shunday ekan, misollarni yechish usullari ham har xil bo'lishi kerak. O'quvchilarga esa faqatgina bitta ketma-kethisoblash usuli ma'lum, xolos. Ikkinchi usuli esa ular uchun noma'lumdir. Mana shu yerda muammoli vaziyat hosil boladi. Yuqoridagi qo'yilgan misollarning ikkinchi sinfdagi yuqori o'zlashtiruvchi o'quvchilar tomonidan yechilishi mumkin. Agar o'qituvchi dastlab o'quvchilarga bir xil miqdorlardan tuzilgan misollarni turlicha usullar bilan yechish namunalarini ko'rsatgan bolsa edi, ular bu misollarni namunadan foydalanib yecha oladilar, natijada bu misollarni yechish jarayoni hech qanday muammoli vaziyatni hosil qilmaydi.

Ta'lim turlarining muammo qo'yish nuqtai-nazardan o'xshash va farqli tomonlari quyidagi jadvalda umumlashtirilgan holda berilgan: Ta'lim turlarini Didakt Xotira Mantiq Didakt

iy ik

fikrlash fiklash

ajratish o'lchovi

ik

ishlov berish

ga

mo'ljal lash

Dasturlashtiril gan ta'lim

Tafakkurgamo'lj al lash

Ta'lim turlari

Chiziqli _ + _ _ + _

ko'rgazmali ta'lim

Muammoli ta'lim + _ _ + _ +

Topshiriqli ta'lim + + + + _ +

Differensial + _ + _

ta'lim

Dasturla + _ + _

shtiril gan ta'lim

Algoritmlashtiril + _ + _ _

gan ta'lim

Jadvalda ta'lim turining asosiy o'lchovining boshqa turlardan farqini ko'rsatuvchi «+» belgisi bilan beriladi; «-» shunday belgining zaif yoki yo'qligini bildiradi. Masalan, izohli

+

+

+

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ko'rgazmali ta'limning ikkita asosiy belgisi bor: Xotiraga mo'ljallanganlik, o'quvchining ta'limda sust ishtiroki.

Dasturlashtirilgan ta'limda shunday belgilar uchta: Didaktik mateiallarga ishlov berilganlik, mantiqiy fikrlashga yo'na ltirilganlik, ta'limda ishtirok etish.

Muammoli ta'lim qator afzalliklarga ega.Ta'limning bolalar tafakkuriga mo'ljallanganligi. Bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyatlariningko'pligi ta'limning o'ziga xos xususiyatlaridir. Shu bilan uning ayrim kamchiliklari mavjud: avvalo o'quv fanlariga oid barcha o'quv materiallari bo'yicha bolalarning real berish imkoniyatlariga mos keladigan muammolarni tanlash o'ta og'ir aqliy mehnatni talab etadi; muammoli ta'lim o'quv tarbiya jarayonining faqat birzvenosi-yangi bilimlarni yangicha bilim usullarini egallash jarayonlari bilan aloqador. 3-sinf matematikaga doir misollar:

l.Og'zaki ko'paytirish va bo'lish a) Yechilishini tushuntiring: 1000 • 5 =1 minglik 5 marta ko'paytirilsa, natijada 5 minglik hosil bo'ladi.

Demak: 1000 • 5 = 5000 yoki 5 • 1000 = 5000. Bundan, 5000 : 1000 = 5 yoki 5000 : 5 =

1000

b) Yechilishini tushuntiring: 3200 • 3 = 1-usul: 3200 3 = 32 100 3 = 32-3-100 = 96 100 = 9600, 2-usul: 3200 3 = (3000 + 200) 3 = 3000 3 + 200 3 = 9000 + 600 = 9600

2.O'yinchoqlar do'konidan sovg'a uchun 3 ta bir xil o'yinchoq sotib olindi. Buning uchun necha pul to'landi?

2900 so'm; 3100 so'm; 2700 so'm; 3300 so'm

3. 2459 + 54 • 100 2784 - (537 - 22 • 6) 56 • 100 + 470 3608 - 12 • 8 + 150

4. a) 750 hosil bo'lish uchun qanday sonni 15ga ko'paytirish kerak? b) 70 hosil bo'lishi uchun 910 ni qanday songa bo'lish kerak?

REFERENCES

1. Madyarova S.A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.:Iqtisod-Moliya, 2009 y

2. Golish L.V., Fayzullayeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. -T.: "Iqtisodiyot", 2012 y

3. Jumaboyev M.E., Gadjiyev Z.G'. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. -T.: "O'qituvchi", 2005 y.

4. Sultanov R. O., Yusupov M. R. (2020). Ta'limda matematika fanini o'qitishdagi muammolar va ularning yechimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati. OzMU xabarlari, 2(1/2/1), 144-147.

5. Султанов, Р. О. (2020). Idea блокли шифрлаш алгоритмини такомиллаштириш мeтодлари. Academic Research in Educational Sciences, 1(3), 397-404.

6. Жyраeва, Н. В., Султанов, Р. О., Абдуллаeва, С. А., Рахимжонова, В. А. (2020). Systematization of word combinations in the uzbek language. Наука и Мир, 2(6),

7. 65-68

8. Kamolov, E. R., Raximov, S. M., Sultanov, R. O., Maxmudov, M.A., (2021). Innovative method of developing creative thinking of students. Экономика и социум, 1(80).

9. www.edu.uz

10. www.ziyonet.uz

11. www.fayllar.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.