Научная статья на тему 'МUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING TAVSIFI VA UNING SAMARADORLIGI'

МUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING TAVSIFI VA UNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
39
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muammo / ta’lim / muammoli ta’lim / muammoli ta’lim texnologiyalari / muammoli vaziyat / yechim / natija. / problem / education / problem-based education / problem-based educational technologies / problem situation / solution / result.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sulaymanova, Sevaraxon Bahodirjon qizi

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida muammoli ta’lim texnologiyasining ahamiyati, uning qo‘llanilishi va bu asosida ta’lim samaradorligiga erishish mumkinligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF PROBLEM EDUCATIONAL TECHNOLOGY AND ITS EFFECTIVENESS

This article highlights the importance of problem-based learning technology in the higher education system, its application, and the possibility of achieving educational efficiency based on this.

Текст научной работы на тему «МUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING TAVSIFI VA UNING SAMARADORLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASINING TAVSIFI VA UNING

SAMARADORLIGI

Sulaymanova Sevaraxon Bahodirjon qizi

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi e-mail: sevaraxon3108@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida muammoli ta'lim texnologiyasining ahamiyati, uning qo'llanilishi va bu asosida ta 'lim samaradorligiga erishish mumkinligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: muammo, ta'lim, muammoli ta'lim, muammoli ta'lim texnologiyalari, muammoli vaziyat, yechim, natija.

АННОТАЦИЯ

В данной статье освещена важность технологии проблемного обучения в системе высшего образования, ее применение и возможность достижения на ее основе образовательной эффективности.

Ключевые слова: проблема, образование, проблемное образование, проблемные образовательные технологии, проблемная ситуация, решение, результат.

ABSTRACT

This article highlights the importance of problem-based learning technology in the higher education system, its application, and the possibility of achieving educational efficiency based on this.

Key words: problem, education, problem-based education, problem-based educational technologies, problem situation, solution, result.

KIRISH

So'ngi yillarda ta'lim mazmunini samaradorligini oshiruvchi ta'limning bir qator ishonchli interfaol metod va yo'llari izlanmoqda. Hozirgi kun tajribasida muammoli ta'lim deganda mashg'ulotlarda o'qituvchi-pedagoglar tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o'quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilimlarga, ko'nikmalarga ega bo'ladi va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Muammoli ta'lim texnologiyasida quyidagilar asos qilib belgilanadi: ijtimoiy, konstruktsiyalash, badiiy ifodalash, ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: so'z, san'at asarlari, texnik qurilmalar, o'yinlar va boshqalar. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Muammoli

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

vaziyatning mohiyati - talabaga tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI.

Muammoli ta'limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894-yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo'llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo'nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. Muammoli o'qitishni chuqur o'rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo'lib, uning asosida "Tafakkur - muammoli vaziyatdan boshlanadi" degan g'oya yotadi.

Muammoli ta'lim - ta'lim jarayonini olib borishda o'quvchilar oldiga yechish uchun muammoni qo'yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg'ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o'qituvchi tomonidan yoki o'quvchilar tomonidan qo'yilishi mumkin.

Muammoli ta'lim texnologiyalari -o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan.

Fikrlash psixologiyasi nuqtayi nazaridan muammoli o'qitish g'oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Y.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.

Muammoli ta'lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko'rinishga ega.

1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.

2. Muammoning qo'yilishi.

3. Muammoning yechimini topish.

Muammoli vaziyatlar kiritilib, an'anaviy, bayon etish o'quv materialining eng maqbul tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, o'quvchini uni yechishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o'qitishni boshqarish pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.

O'quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o'qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, talabalar oldiga muammoli masalalar qo'yadi, ularni yechimining yo'llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o'zi yo'lga boshlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Shuni qat'iyatlik bilan ta'kidlash lozimki, yangi bilimlar ma'lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi. An'anaviy pedagogik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

usuldagi - bilimlardan muammoga qarab - talabalar mustaqil ilmiy izlanish ko'nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o'zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. Shablonlarni takrorlash bilan bog'liq bo'lgan reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi.

Agar inson muntazam tayyor bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga o'rgatilgan bo'lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so'ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a'lo darajada namoyon bo'ladi va rivojlanadi.

Muammoli ta'limda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha bo'ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma'lum muammoga (muammo -murakkab nazariy yoki amaliy masala bo'lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo'ladi, «gap nimada?» degan savol tug'iladi. Talaba noma'lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o'qituvchi yordamida izlanadi.

Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo'luvchi sub'ekt-ob'ekt-sub'ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.

Muammoli o'qitishning asosiy belgisi, bu ilmiy, o'quv yoki barcha faoliyat turlarida paydo bo'ladigan zaruriy ob'ektiv qarama-qarshiliklar aksi hisoblanadi. Bu esa barcha sohalarning harakatlantiruvchi va rivojlantiruvchi manbaidir. Shu sababli muammoli o'qitishni rivojlantiruvchi deb atash mumkin, zero uning maqsadi -bilimlarni, farazlarni shakllantirish, ularni ishlab chiqish va yechishdan iboratdir.

Muammoli o'qitishda fikrlash jarayoni faqat muammoli vaziyatni yechish maqsadida joriy etiladi, u nostandart masalalarni yechish uchun zarur bo'lgan fikrlashni shakllantiradi.

Muammoli o'qitish samaradorligining to'rtta bosh sharti mavjud:

• muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish uyg'otishni ta'minlash;

• muammo yechimidagi har bir bosqichda paydo bo'ladigan ishlarni bajara olish mumkinligini ta'minlash (ma'lum va noma'lumlar nisbatining maqbulligi);

• muammo yechimida olinadigan axborotni o'quvchilar uchun muhimligi;

• pedagog va o'quvchi orasidagi munosabat xayrixohlik ruhida kechishi, ya'ni o'quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar e'tiborsiz va rag'batsiz qolmasligi zarur.

Muammoli o'qitishning bosh psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagilardan iborat:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

• tahsil oluvchining fikrlash doirasi va qobiliyatlarini o'stirish, ijodiy ko'nikmalarini rivojlantirish;

• muammoni mustaqil yechishda va faol izlanish davrida olingan bilim va ko'nikmalarni tahsil oluvchilar tomonidan o'zlashtirilishi, buning natijasida ushbu bilim va ko'nikmalar an'anaviy o'qitishdagidan ko'ra ancha mustahkam bo'lishi;

• nostandart muammolarni ko'ra oluvchi, qo'ya oluvchi va yecha oluvchi o'quvchining faol ijodiy shaxsini tarbiyalash;

• kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish - har bir aniq faoliyatda o'zining xususiyatlariga egaligi.

Ta'limning an'anaviy usulidan muammoliga o'tish muvaffaqiyati, quyidagi ikki omil bilan belgilanadigan «muammolik darajasi»ga bog'liq bo'ladi:

• muammoning murakkablik darajasi - mazkur muammo doirasida tahsil oluvchi uchun ma'lum va noma'lumlar nisbatiga ko'ra aniqlanadi;

• muammo yechimida tahsil oluvchi ijodiy ishtirokining ham jamoaviy, ham shaxsiy hissalari hisobga olinadi.

Muammoli o'qitishning uchta asosiy shakli mavjud:

1. O'quv materialini muammoli bayon etish - ma'ruzaviy mashg'ulotlarda monolog tarzda, seminar mashg'ulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. O'qituvchi ma'ruza paytida o'quv materialini bayon etayotganida muammoli masalalar tuzadi va ularni o'zi yechadi, talabalar esa yechimlarni izlash jarayoniga faqat xayolan qo'shiladilar.

2. Qisman izlanuvchan faoliyat tajribalar, laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon bo'ladi. O'qituvchi muammoli savollar tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar bazasiga tayanadi, ammo ular oldingi bilimlarda mavjud emas, ya'ni savollar tahsil oluvchilarga intellektual qiyinchiliklar tug'diradi va maqsadga yo'naltirilgan ijodiy izlanishga undaydi. O'qituvchi imkoni boricha «boshqacha javoblar» yo'naltiruvchi savollarni tayyorlab qo'yishi lozim, u tahsil oluvchilar javoblariga tayanib, yakuniy xulosa qiladi. An'anaviy tushuntirish va reproduktiv o'qitishga esa, bilim-tanishi va bilim-nusxa shakllanadi, xolos.

3. Mustaqil tadqiqot faoliyatida tahsil oluvchilar mustaqil ravishda muammoni ifoda etadilar va uni yechadilar (kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) va o'qituvchi nazorati bilan yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (ijod) va 4-darajali eng samarali, mustahkam bilimni (bilim - qayta shakllanish) egallashni ta'minlaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

XULOSA

Talabalar bilim olish jarayonida juda ko'p muammoli vaziyatlarga duch kelishi mumkin. Talabalar dars mashg'ulotlari borishi davomida muammoli vaziyatlar orqali mavzuni qabul qilishlari, anlash faoliyati, ijodkorlik qobiliyatlari yanada rivojlanadi. Ta'limda muammoli vaziyatlar yaratilgan dars mashg'ulotlari samarasi orqali yangi bilimlardan kelajakda unumli foydalana olish, ta'lim muammolarini yecha olish, mustaqil izlanishga o'rganish, ijodiy tajribalarning rivojlanishi, ta'lim jarayonining vazifalarini tahlil qilishgfa keng imkoniyatlar yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. N.N.Azizxo'jayeva Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - Toshkent: TDPU, 2006. - 160 b.

2. H.T.Omonov, N.X.Xo'jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi., Toshkent Moliya instituti. - T.: "Iqtisod-moliya". 2009. - 240 b.

3. Педагогика профессионального образования. Под ред. В.А. Сластенина. -M.: Академия, 2004.

4. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY YO 'NALISHDAGI OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN'ATDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK NAZARIYA VA TA'LIM AMALIYOTIDAGI TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 16-23.

5. Сулайманова, С. Б. К. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

6. Сулайманова, С., Омонов, Д., & Аъзамжонов, А. (2022). Алишер Навоий асарларидан бадиий олий таълим муассасаларида тасвирий санъатни укитиш жараёнида фойдаланишнинг зарурияти. Research Focus, 1(2), 272-277.

7. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND.

8. Akhmedova, N. E. (2023). DEVELOPING ARTISTIC AND AESTHETIC COMPETENCE IN THE EDUCATION OF FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS IN TRADITIONAL AND FOLK ART. Science and innovation, 2(Special Issue 14), 170-173.

9. A'Zamjonov, A. A. Z. (2022). UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV YO'LLARI

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

MAVZUSI BO'YICHA AMALIY ISHLANMA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 56-60.

10. A'zamjonov, A., & Hamdamov, K. H. (2022). TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARI MAZMUNINING DAVLAT TA'LIM STANDARTLARI BILAN BOG'LIQLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 71-77.

11. Yunusaliev, M. (2023). THE IMPORTANCE OF THE SCALE OF THE VIEWING ANGLE IN PERSPECTIVE. Science and innovation, 2(A4), 15-20.

12. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.

13. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 7(2), 296-300.

14. Qurbonova, B., & G'ulomova, O. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA BADIIY MATNNI TAHLIL QILISH METODIKASI. Educational Research in Universal Sciences, 2(4), 750-752.

15. Kurbonova, B. M. (2023). AESTHETIC PERCEPTION IS A PRODUCT OF ARTISTIC THINKING. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, 3(26), 97-101.

16. Sulaymanova, S. B. Q. (2023). BADIIY AN'ANALARGA YO 'G 'IRILGAN QUROQCHILIK SAN'ATI NAMUNALARINING TASVIRIY SAN'ATDAGI O 'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(9), 106-111.

17. Qurbonova, B., Sulaymanova, S., Akhmedova, N., & Yunusaliyev, M. (2023). Big Data, Artificial Intelligence and Smart Cities. In E3S Web of Conferences (Vol. 402, p. 03013). EDP Sciences.

18. Сулайманова, С., Омонов, Д., & Аъзамжонов, А. (2022). Алишер Навоий асарларидан бадиий олий таълим муассасаларида тасвирий санъатни укитиш жараёнида фойдаланишнинг зарурияти. Research Focus, 1(2), 272-277.

19. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

20. Юнусалиев, М., Мадаминов, Н., & Мамуров, А. (2022). МЕТОДИКА РАБОТЫ НАД РИСОВАНИЕМ НАТЮРМОРТА. Research Focus, 1(2), 326-332.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.