Научная статья на тему 'MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI'

MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2323
186
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muammoli vaziyat / muammoli-modulli ta’lim texnologiyasi / tanqidiy fikrlash / tafakkur / ijodiy faollik / aqliy hujum / keys stadi / Problem situation / problem-modular learning technology / critical thinking / thinking / creative activity / brainstorming / case study.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Himmataliyev, Do‘Stnazar Omonovich, Xojiyev, Xayrulla G‘Ulomqodirovich

Ushbu maqolada muammoli ta’lim texnologiyasining mazmunmohiyati ochib berish bilan bir qatorda uning xususiyati, ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Bundan tashqari muammoli ta’lim texnologiyasining turlari va har biriga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha mualliflar tomonidan kerakli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESSENCE OF PROBLEM EDUCATIONAL TECHNOLOGY

This article not only explains the content of problem-based learning technology, but also discusses its features and significance. In addition, the authors provide information about the types of problem-based learning technologies and the requirements for each of them.

Текст научной работы на тему «MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI

Himmataliyev Do'stnazar Omonovich1, Xojiyev Xayrulla G'ulomqodirovich2

1Chirchiq davlat pedogogika instituti professori, 2Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali katta o'qituvchisi.

Ushbu maqolada muammoli ta 'lim texnologiyasining mazmun- mohiyati ochib berish bilan bir qatorda uning xususiyati, ahamiyati haqida so 'z yuritiladi. Bundan tashqari muammoli ta'lim texnologiyasining turlari va har biriga qo'yiladigan talablar bo 'yicha mualliflar tomonidan kerakli ma 'lumotlar keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Muammoli vaziyat, muammoli-modulli ta'lim texnologiyasi, tanqidiy fikrlash, tafakkur, ijodiy faollik, aqliy hujum, keys stadi.

В данной статье не только объясняется содержание технологии проблемного обучения, но и рассматриваются ее особенности и значение. Кроме того, авторы приводят информацию о видах технологий проблемного обучения и требованиях к каждому из них.

Ключевые слова: Проблемная ситуация, проблемно-модульная технология обучения, критическое мышление, мышление, творческая деятельность, мозговой штурм, кейс-стади.

This article not only explains the content of problem-based learning technology, but also discusses its features and significance. In addition, the authors provide information about the types of problem-based learning technologies and the requirements for each of them.

Keywords: Problem situation, problem-modular learning technology, critical thinking, thinking, creative activity, brainstorming, case study.

Biz pedogoglar talabalarda bilim berishda ularda berilayotgan materialllarni ko'r-ko'rona yodlab olish emas balki tafakkur va anglab yetishlarini ta'minlalishimiz, ulaming ijodiy qobiliyatini shakllantirishimiz lozim bo'ladi. Bunday qarashlarni qancha-qancha allomalar o'zlarining asarlarida keltirib o'tganlar. Jumladan, Sharqning buyuk allomalaridan biri bo'lgan Muhammad Muso al-Xorazmiy shunday firlarni bayon etib ketgan:

- o'qitishda mustaqillik (ijodiy faollik);

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- kuzatilgan voqea va hodisalarni tushintirishda muntazamlik, ketma-ketlik;

- tajriba;

-o'qitishning har bir vaziyatli, savol-javob shakli bilish jarayonini rivojlantiriladi[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'tgan asrning 60-yillarida muammoli ta'lim L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Y.Lerner kabi tadqiqotchilarning qarashlari negizida yanada rivojlangan. S.L.Rubinshteynning "Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi" degan g'oyasi muammoli ta'limning psixologik asosi sifatida qabul qilingan.

Muammoli ta'lim texnologiyasining eng asosiy yutuq tomoni va ahamiyati shundan iboratki, ta'lim oluvchi o'zida tanqidiy fikr yuritish bo'yicha ko'nikmalar hosil qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta'limiy maqsadga to'liq erishish uchun jarayonni to'g'ri tashkil etish, talabalarda o'rganishga nisbatan motvatsiya hosil qilish, ularni tanqidiy fikrlashga o'rgatish lozim bo'ladi. Oliy ta'lim tizimida yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda eng maqbul ta'lim texnologiyalardan biri bu-muammoli-modulli ta'lim texnologiyasidir. Rus olimi M.Choshanov ushbu texnologiya haqida quyidagilarni bayon qiladi- "Muammoli-modul texnologiyasi orqali o'qitishda asosiy e'tiborni biz talabalarning tanqidiy fikrlash orqali masalalarni hal qilishga o'rgatilishiga qaratishimiz lozim bo'ladi"[2]. Yana bir taniqli rus pedogog olimi A. Matyushkin fikriga ko'ra "muammoli ta'lim texnologiyasi ta'lim oluvchilarning fiklash qobiliyatini yanada rivojlantiradi[3]" Muammoli ta'lim deganda o'kuv materialini o'kuvchilar ongiga ilmiy izlanishga o'xshash vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo'sinda o'rganish tushuniladi. O'kuvchi (talaba)ning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular talaba (o'kuvchi)ni ob'ektiv ravigsda izlanishga va mantikdn to'g'ri ilmiy hulosalar chiqarishni o'rganishga da'vat etadi[4].

Muammoli ta'lim texnologiyasidan nafaqat oliy ta'limda balki ta'limning barcha bo'g'inlariga tadbiq etish lozim. Chunki bog'cha yoshidanoq ta'lim-tarbiya jarayonida muammoli ta'lim texnologiyalarini qo'llash orqali ta'lim oluvchilarni fikrlash va tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirishimiz mumkin bo'ladi. Bu amaliyot ta'limning qolgan bo'g'inlarida ham davom ettirilsa, ularda hosil bo'lgan ko'nikmalar orqali ta'lim beruvchining pedogogik vazifalarni bir muncha onsonlashishiga sababchi bo'ladi. Tafakkurning rivojlanishi orqali ta'lim oluvchi

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

nafaqat bilim olish jarayonida, balki hayotda ham qoqilmay to'g'ri faoliyat yuritishlariga sababchi bo'lishi mumkin.

Ta'lim jarayonida muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalanishdagi ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining faoliyati taqsimoti quyidagi jadvalda berilgan.

Ta'lim beruvchi: Talaba:

• muammoli vaziyatni yaratadi; • mantiqiy fikrlar va tadbirlarni tashkil etadi; • tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarini shakllantirish orqali bilish faoliyatini jonlantiradi. • muammoli vaziyatni tahlil qiladi; • umumlashtirish, intelektual mashaqqatlarni hal qilish va xulosa chiqarish orqali bilishga bo'lgan qiziqishini qondiradi.

Yuqoridagi jadvalda ko'rinib turibdiki, birinchi navbatda ta'lim beruvchi mavzuga doir muammoli vaziyatni yaratishi lozim bo'ladi. Bunda muammoli vaziyat juda ham onson ham emas va ta'lim oluvchilar yecha olmaydigan juda ham qiyin bo'lmasligi lozim. Qo'yilgan masala juda onson va jo'n bo'lsa, ta'lim oluvchilar masalani juda ham onson hal qiladilar va uning mohiyati past darajada bo'ladi. Agar qo'yilgan vazifa juda qiyin darajada bo'lsa, faoliyat davomida ta'lim oluvchi uni yecha olmasa ularda motivatsiya yo'qolishi mumkin.

Ta'lim beruvchining 2-navbatda qiladigan ishi muammoli vaziyat bo'yicha ta'lim oluvchilarga kerakli yo'nalishlar berib boradi. Buning mohiyatini bir misol tariqasida tushintirish mumkin, masalan: avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchiga yo'llarga o'rnatilgan yo'l belgilari. Bu belgilarga qarab haydovchi ham qoidalarga rioya qilib borish bilan birga, tegishli yo'nalishga harakatlanishini amalga oshiradi.

Muammoni hal etish davrida ta'lim oluvchilarda paydo bo'ladigan to'siqlarni hal etishda ta'lim beruvchi ularga kerakli paytlarda motivatsiyalar hosil qilib borishi lozim bo'ladi. Bu ta'lim beruvchi faoliyatning 3-vazifasiga kiradi.

Muammoli ta'limda o'qitish bosqichlari 6 tani tashkil etadi.

Muammoli ta'limda o'qitish bosqichlari quyidagilardan iborat:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yuqoridagi bosqichlardan samarali o'tishda talabalar nazariy bilimlami o'zlashtirish bilan birgalikda, amaliy-tadqiqot faoliyati bilan ham shug'ullanadilar, ko'pgina man'balarga e'tibor qaratadilar.

Pirovard natijada ko'zlanga maqsadga erishib, o'zlaridagi bilimga bo'lgan ehtiyojni qondiradilar. Pedogogning muammoli ta'limdagi eng asosiy vazifasi ana shu ehtiyojni ularda hosil qilish hisoblanadi.

Muammoli ta'limning eng jo'n shakli "aqliy hujum" taktikasi bo'lib, bu orqali auditoriyani jonlantirib olish, ta'lim oluvchilarning mavzu bo'yicha dastlabki qarashlarini, bilimlarini aniqlash mumkin bo'ladi. Bunda ta'lim oluvchilar auditoriyasiga qisqa savol o'rtaga tashlanadi. O'rtaga tashlanayotgan savol qisqa va jo'n bo'lishi kerak. Ushbu metodning asosiy sharti berilayotgan javoblar muhokama, tanqid qilinmaydi va javob berayotganlar baholanmaydi.

XULOSA

Eng nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonida muammoli ta'limning "Keys stadi" metodidan keng ko'lamda foydalaniladi.

"Keys"-"vaziyat", "holat", "stadi" esa "o'rganmoq" ma'nolarini anglatadi. Dunyo reytinglarida yuqori turuvchi nufuzli oliy ta'lim muassasalarida umumiy o'quv yuklamaning 30% gacha qismini ana shu texnologiya asosida tashkil etiladi.

Keyingi texnologiya muammoli-modulli ta'lim texnologiyasi bo'lib, bunday ta'lim texnologiyasini "kompleksli ta'lim texnologiyasi" deb ham atash mumkin. Bunday texnologiya orqali ta'lim oluvchilar nazariy bilimga ega bo'lish bilan birgalikda amaliy ko'nikmalarni ham samarali o'zlashtirib oladilar. Bu pedogogik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

vazifani bajarish uchun avvalambor, muammo sifatida qo'yilayotgan masala auditoriyaning intelektual darajasidan yuqori bo'lmasligi lozim bo'ladi.

REFERENCES

1. Hoshimov K. O'zbek pedogogikasi antologiyasi - T. "O'qituvchi" 2010 yil. 72-bet

2. Чошанов М.А. Гибкая технология проблемно-модульного обучения-М: "Народное образования"№2, 1996.

3. Матюшкин А.М. Проблемные ситуации мышлении и обучении-Москва "Директ-медиа" 2014.

4. З.К.Исмоилова , Р.С.Мусаев, А.А.Шоюсупова. Укдтишнинг замонавий технологиялари. Тошкент 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.