Научная статья на тему 'MUAMMOLI TA’LIM METODI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING FIKRLASH QOBLIYATINI RIVOJLANTIRISH'

MUAMMOLI TA’LIM METODI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING FIKRLASH QOBLIYATINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2735
182
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muammoli ta’lim / masala / masala muhokamasi / mikroguruhlar / analizsintez / xulosa chiqarish. / Problem-based learning / problem / problem discussion / microgroups / analysis / inference

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shaxlo Abdrimovna Qodirova

Bu maqolada boshlang’ich o’quvchilarining muammoli ta’lim metodi asosida o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish orqali xulosa chiqarish ko’nikmasini shakllantirish haqida ma’lumotlar yoritilgan. Bir masalani turli usullarda yechish bo’yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING THE THINKING ABILITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS ON THE BASIS OF PROBLEM EDUCATION

This article provides information on how to develop students 'reasoning skills by developing students' thinking skills based on problem-based learning methods. Here are some suggestions on how to look or get an appointment for hair extensions

Текст научной работы на тему «MUAMMOLI TA’LIM METODI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING FIKRLASH QOBLIYATINI RIVOJLANTIRISH»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

MUAMMOLI TA'LIM METODI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING FIKRLASH QOBLIYATINI RIVOJLANTIRISH

Shaxlo Abdrimovna Qodirova

Yangiariq tumani 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Bu maqolada boshlang'ich o'quvchilarining muammoli ta'lim metodi asosida o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish orqali xulosa chiqarish ko'nikmasini shakllantirish haqida ma'lumotlar yoritilgan. Bir masalani turli usullarda yechish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Muammoli ta'lim, masala, masala muhokamasi, mikroguruhlar, analizsintez, xulosa chiqarish.

DEVELOPING THE THINKING ABILITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS ON THE BASIS OF PROBLEM EDUCATION

ABCTRACT

This article provides information on how to develop students 'reasoning skills by developing students' thinking skills based on problem-based learning methods. Here are some suggestions on how to look or get an appointment for hair extensions

Keywords: Problem-based learning, problem, problem discussion, microgroups, analysis, inference

KIRISH

Muammoli ta'lim texnologiyasining asosiy maqsadi bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o'zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iborat. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda muammoli ta'limning ilmiy-na-zariy asoslari haqida gap borganda, uni ta'lim metodi, prinsipi yoki alohida tizim deb hisoblash holatlari uchraydi. Muammoli ta'limni qanday nomlashdan qat'iy nazar, uning asosiy xususiyati - bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil ijodiy izlanish, o'zi uchun yangi bilim, ko'nikma va malakalarni kashf etishdan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta'lim jarayoni tashkil etilgandan bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog'liq bo'lgan bosqichlari mavjud bo'lib, tayyor bilimlarni o'quvchi-talabalar ongiga yetkazish, xotiralash, xotirada saqlash, qayta xotiralash, so'zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlar bilish, tushunish darajasini ifodalaydi. Bu

188

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

darajalarda bilim oluvchidan ijodiy yondashuv talab etilmaydi. O'zlashtirishning keyingi darajalarida olgan bilimlarini amalda tatbiq etishi, ma'lum natijalarni qo'lga kiritishi, to'ldirishi, boyitishi, o'zgartirishi, o'zining mustaqil nuqtayi nazariga ega bo'lishi talab etiladi. Bu o'zlashtirish darajalari uchun muammoli yondashuv zarur [3] . O'quv jarayonini muammoli tarzda tashkil etish auditoriyaga o'ziga xos psixologik jihatdan yondashuvni talab etadi. Buning uchun o'qituvchi va tahsil oluvchilar o'rtasida hech qanday psixologik to'siq bo'lmasligi, iliq psixologik muhit yaratilishi lozim. So'ngra bugungi mashg'ulotni samarali o'tkazish qoidasi qabul qilinadi. Ushbu jarayon auditoriyadagi barcha tahsil oluvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI O'qituvchi bugungi mashg'ulotning samaradorligini ta'minlash uchun o'quvchi-talabalar qanday qoidalarga amal qilishi lozimligini auditoriyadan so'raydi. Mashg'ulotning samaradorligini ta'minlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilinishi tavsiya etiladi: gapni bo'lmaslik; bir-birini eshita bilish; bir-birini tinglay olish ko'nikmasi; navbat bilan gapirish ko'nikmasi: qo'l ko'tarish qoidasiga amal qilish; sabr-toqatli bo'lish, o'zaro hurmat. Darsni muammoli tarzda tashkil etish uchun birinchi galda o'quvchi-talaba bahs-munozara yuritishga, fikrlarini erkin bayon etishga, tanqidiy munosabat bildirishga tayyor bo'lishi lozim. Buning uchun qo'yiladigan muammolarga bog'liq bo'lgan tushunchalar yuzaga chiqariladi. So'ngra muammoga aniqlik kiritilib, ma'lum xulosalar chiqariladi. Bu jarayon fikr-mulohazalarda ifodalanadi [1] . Muammoni hal etish bosqichida o'quvchi-talabalarning faol ishtirokini ta'minlash maqsadida bu jarayonni shartli ravishda quyidagi uch bosqichga ajratish mumkin:

- aniqlash bosqichi;

- anglash bosqichi;

- fikrlash bosqichi.

Birinchi, aniqlash bosqichida o'quvchi-talabalarda mavjud bo'lgan tushunchalar aniqlab olinadi va ularning diqqati muammoga jalb qilinadi. Aniqlash bosqichini tashkil etish uchun quyidagi savollardan unumli foydalanish mumkin: Bu haqda qanday ma'lumotlarga egasiz? Bu xususda nimani bilishni xohlaysiz? Nima uchun bu muhim?

Ikkinchi, anglash bosqichida asosiy maqsad o'qish jarayonining dinamikasini ta'minlash, yangi o'quv ma'lumotlarini o'zlashtirishdan iborat. Bunda qo'yilgan muammoni mohiyatini anglab yetish va hal etish nazarda tutiladi. Ushbu bosqichda ta'limning turli faol usullaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Jumladan,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

mikroguruhlar tuzish, munozara tashkil etish va quyidagi tartibda savollar qo'yish mumkin:

Siz uchun yangi ma'lumotlar bormi? Ushbu masala yuzasidan sizning fikringiz qanday? Sizda qaysi jihat eng katta taassurot qoldirdi? Buning ahamiyati nimada deb o'ylaysiz? Qanday natija beradi deb o'ylaysiz?

Uchinchi, fikrlash bosqichida muammoning yechimi chiqarilib, fikr-mulohazalar

bildiriladi. O'quvchi-talabalarni fikrlashga jalb etish uchun ularga quyidagi savollar

bilan murojaat qilish samarali sanaladi:

Bu haqda qanday o'ylaysiz?

Qanday yangi fikrlar keldi?

Fikringizni asoslay olasizmi?

Ushbu savollarga javob berish mobaynida o'quvchi-talabalar yangi tu-shunchalarni bayon etishga harakat qilishlari zarur. Hosil bo'layotgan fikrlarning moslashuvchan, rang-barang bo'lishiga e'tibor qaratish lozim. MUHOKAMA

Ta'lim jarayoniga o'ziga xos psixologik jihatdan yondashuv o'quvchi-talabalarni mustaqil fikrlashga, o'z fikrini erkin bayon etishga un-daydi. Shu bilan birga, qo'yiladigan muammoni ijodiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Bunda quyidagi faol usullardan foydalanish mumkin [2] . Mikroguruhlarda ishlash. O'quvchi-talabalar besh-oltitadan kichik guruhlarga ajratilib, muammoni erkin munozara-muhokama qiladilar. Masalan: shu guruhda analiz qiladilar va har bir a'zo yoki o'zlari belgilangan biror o'quvchi-talaba fikrlarini bayon etadi. Bu guruhlar tasodifiy tashkil etilishi mumkin. Masalan, "oq, qizil, qora, yashil, sariq" ranglar beriladi. "Oq"lar birinchi mikroguruh, "Qizil"lar ikkinchi mikroguruh va h.k. yoki ikkinchi usul: dastlab eng a'lochi 6 ta o'quvchi-talaba aniqlab olinadi, so'ng nisbatan pastroq o'zlash-tiruvchi 5-6 o'quvchi-talaba so'ng, past o'zlashtiruvchi o'quvchi-talabalar teng guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlar doimiy faoliyat ko'rsatadilar.

NATIJALAR

"Muzyorar" va taqdimot - mashg'ulot mavzusidan kelib chiqib erkin munozara tashkil etish.

"Aqliy hujum" - iloji boricha qisqa, lo'nda va ko'proq fikrlar to'plash, vaqt chegaralangan bo'lib, tezkorlik talab qilinadi. Replika tarzida bildirilgan fikrlar ham qabul qilinadi, inobatga olinadi. "Rolli o'yinlar" - drama, ma'lum holatlarni imitatsiya qilish, ssena-riylar tuzish. Har bir ishtirokchi biror rolni erkin shu

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

personajning fikrlarini aniq anglash va uning nomidan so'zlashi shart. Shu o'yin orqali o'quvchi-talabalar ma'lum ibrat va xulosalar olishi lozim.

"Ijodiy faoliyat" - rasm chizish, ijodiy insho yozish, rollar o'ynash va h.k. "Muammoli vaziyatlar" - ma'lum holatlar, vaziyatlar hosil qilinib, mikroguruhlarda va individual tarzda muhokama qilish. "Roven doirachalari" - bunda o'quvchi-talabalarga ikkita fikr, yo'nalish, ma'lumot berilib, ularning o'ziga xos va umumiy jihatlari ajratiladi.

Mustaqil fikrning hosil bo'lishi uchun birinchi navbatda ma'lum shart-sharoitlar yaratilishi maqsadga muvofiq, vaholanki mustaqil fikrni hosil qilishning aniq formulasi yo'q.Chunonchi: -mustaqil fikrlash ko'nikmasini hosil qilish uchun vaqt va imkoniyat berish zarur. XULOSA

O'quvchi-talaba mulohaza qilish uchun sharoit yaratadi; - o'quvchi-talabalarni o'quv jarayonidagi faolligini ta'minlash;

- har bir shaxsning o'z fikr-mulohazasi mavjudligiga o'quvchi-talabalarni ishontirish;

- ijodiy mustaqil fikrni qadrlashga o'rgatish. Bunda o'quvchi-talabalar, albatta:

- o'z-o'ziga va o'qituvchiga ishonishi;

- faol o'quv-bilish faoliyatida ishtirok etishi;

- turli fikr-mulohazalarni diqqat va hurmat bilan eshitishi;

- yangi fikr-mulohazani bildirishga va o'zlashtirishga ruhan tayyor turishlari zarur.

Adabiyotlar

1. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - T:TDPU. 2003-yil. 174 6. 92-bet.

2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat (O'quv qo'llanma). - T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006-y. - 160 b. 66-bet.

3. Yo'ldoshev J.G'., Hasanov S. Pedagogik texnologiyalar. - T.: "Iqtisod-moliya" ashriyoti, 2009-y. - 492 b. 41-42 betlar. 48-49 betlar.

191

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

4. Sultanov R. O., Yusupov M. R. (2020). Ta'limda matematika fanini o'qitishdagi muammolar va ularning yechimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati. O'zMU xabarlari, 2(1/2/1), 144-147.

5. Султанов, Р. О. (2020). Idea блокли шифрлаш алгоритмини такомиллаштириш методлари. Academic Research in Educational Sciences, 1(3), 397-404.

6. Жураева, Н. В., Султанов, Р. О., Абдуллаева, С. А., Рахимжонова, В. А. (2020). Systematization of word combinations in the uzbek language. Наука и Мир, 2(6), 65 -68

7. Kamolov, E. R., Raximov, S. M., Sultanov, R. O., Maxmudov, M.A., (2021). Innovative method of developing creative thinking of students. Экономика и социум, 1(80).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.