Научная статья на тему 'MTTLARDA TA’LIM SIFATNI BOSHQARISH VA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

MTTLARDA TA’LIM SIFATNI BOSHQARISH VA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim sifati menejmenti / ta’lim muassasasi / ta’lim sifati / ta’lim samaradorligi / ta’lim jarayonlarini tashkil qilish / ta’lim jarayonlaribi boshqarish / vazifalar / tamoyillar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.Q. Alibayeva

Maqolada ta’lim sifatini boshqatish,ta’lim tizimini sifatli tashkil qilish, zamonaviy sifatli ta’lim tizimini yaratish, ta’lim samaradorligini oshirsh toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MTTLARDA TA’LIM SIFATNI BOSHQARISH VA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

MTTLARDA TA'LIM SIFATNI BOSHQARISH VA TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

M.Q. Alibayeva

Andijon viloyati Baliqchi tumani DMTT-7 direktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.11274267

Annotatsiya. Maqolada ta'lim sifatini boshqatish,ta'lim tizimini sifatli tashkil qilish, zamonaviy sifatli ta'lim tiziminiyaratish, ta'lim samaradorligini oshirsh to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim sifati menejmenti, ta'lim muassasasi,ta'lim sifati, ta'lim samaradorligi, ta'lim jarayonlarini tashkil qilish, ta'lim jarayonlaribi boshqarish, vazifalar, tamoyillar.

Aннотация. Статья содержит информацию об управлении качеством образования, качественной организации системы образования, создании современной системы качества образования, повышении эффективности образования.

Ключевые слова: управление качеством образования, образовательное учреждение, качество образования, эффективность образования, организация образовательного процесса, управление образовательным процессом, задачи, принципы.

Abstract. The article contains information on managing the quality of education, quality organization of the education system, creating a modern quality education system, and increasing the effectiveness of education.

Keywords: educational quality management, educational institution, educational quality, educational efficiency, organization of educational processes, management of educational processes, tasks, principles.

Ta'lim sifatini boshqarish (ta'lim sifati menejmenti) ta'limni boshqarishning umumiy tuzilmasi tarkibiga kiradi. Bunda ta'lim sifati menejmenti rahbarning yakkaboshchiligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan va amalda o'z samaradorligini ko'rsatgan boshqarishning chiziqli tuzilmasini inkor etmaydi. O'z o'rnida, sifat menejmentining joriy etilishi umumiy boshqaruv samaradorligini sezilarli darajada oshiradi - ta'lim muassasasi rahbari, xodimlari va manfaatdor jamoat tashkilotlari vakillari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Vazifalarning bajarilish ketma-ketligi, vazifalarning o'zi, bajarish yo'llari, alohida usul va xarakatlarning batafsil tartibi, ta'lim sifatini ta'minlovchi asos sifatida, qabul qilingan boshqaruv qarorlarining samarali ijrosini kafolatlaydi.

Demak, ta'lim sifatini boshqarish ta'lim tizimidagi boshqaruv faoliyatining mavjud nazariyasi va amaliyotini muhim elementlar bilan to'ldiradi, ya'ni u ta'limni boshqarish yaxlit tizimining tarkibiy qismi sifatida amalga oshiriladi.

Ta'lim sifati tashqi auditini jalb qilgan holda o'quv muassasasi faoliyatini tizimli va holis baholashga tayanuvchi ta'lim sifatini ta'minlash tizimining rivojlanish mantiqi ta'lim muassasalarida ta'lim sifati menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etishni taqazo qiladi.

Bundan tashqari, o'quv muassasalarida ta'lim sifati menejmenti tizimining mavjudligi kelajakda ta'lim jarayoni sifati va natijalarini baholashning tashqi nazorati tadbirlarini ichki nazorat va o'zini-o'zi baholash natijalaridan foydalanish bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi, mazkur jarayonlarning jamoatchilik nazoratiga ochiqligi esa ta'lim muassasasiga bo'lgan ishonch darajasini oshiradi.

Sifatni boshqarish nazariyasining shiddat bilan rivojlanishi davri o'tgan asrning 40-yillari oxiri va 50-yillariga to'g'ri keldi. Ushbu davrda A.Feygenbaum (Armand V.Feigenbaum) sifatni ishlab chiqish, sifatni qo'llab quvvatlash va sifatni yaxshilash bosqichlaridan iborat Sifatning Umumiy Nazorati (Total Quality Control, qisqacha - TQC) tushunchasini kiritdi.

Bugungi kunga kelib TQCning bir-nechta asosiy (Yaponiya, Amerika, Yevropa) "maktabgacha ta'lim tizimi"lari mavjud. Shuning uchun, TQC asosini belgilovchi tamoyillar miqdori haqida mutaxassislar o'rtasida yagona bir fikr yo'q. Asosiylar sifatida quyidagi sakkizta tamoyil tan olingan:

> tashkilotning iste'molchiga yuz tutganligi;

> rahbarlikning roli;

> xodimlarni jalb etish;

> jarayonli yondashuv;

> boshqarishga tizimli yondashuv;

> muntazam takomillashtirish;

> dalillarga asoslangan qarorlarni qabul qilish;

> ta'minlovchilar bilan o'zaro manfaatli munosabat.

Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida mahsulot, xizmat, ish va jarayonlarning yuqori sifatini ta'minlashga yo'naltirilgan hukumat, firma va kompaniyalar rahbariyatining sa'y-harakatlari natijasida sifatni oshirish milliy g'oyaga aylandi.

Turli yondashuvlarning integratsiyasi natijasida Sifatning umumiy boshqaruvi (TotalQualityManagement - TQM) kontseptsiyasi shakllandi.

Zamonaviy TQMning asosini oliy darajadagi rahbarlikning tashkilot, uning xodimlari, iste'molchilari va jamiyatning manfaatlarini ko'zlab sifat sohasidagi uzoq muddatga mo'ljallangan strategiyasini ishlab chiqish va barcha xodimlarning uni amalga oshirishdagi ishtiroki tashkil qiladi.

Ta'lim tashkilotlari rahbariyatining sifatni boshqarishdagi doimiy va muntazam shaxsiy ishtiroki - ta'lim muassasasining sifatni ta'minlash ishida muvaffaqiyat garovi hisoblanadi.

Sifatning umumiy boshqaruvini joriy etish uchun rahbar quyidagilarni amalga oshirishi

lozim:

> sifat menejmentini joriy etish, raqobat sharoitida ta'lim muassasasining maqsadi, umumiy mafkurasi, rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqish to'g'risida strategik qarorni qabul qilishi;

> tashkilot maqsadlari tarkibiga sifatni ta'minlashni kiritish, uni ham ma'naviy va ham moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash;

> tashkilot oliy boshqaruvi tarkibidan sifat uchun mas'ul vakilni tayinlash;

> jarayonlarni boshqarishning statistik usullari va sifat menejmenti sohalari bo'yicha xodimlarni (shu jumladan, yuqori pog'ona rahbarlar tarkibidan) tayyorlash;

> xodimlar bilan qayta aloqani tashkil qilish (ichki iste'molchilarning fikrlari va talablarini inobatga olish);

> ichki audit va tashkilotdagi kamchiliklar tahlilini muntazam o'tkazib turish.

Ta'lim samaradorligi: Ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta'lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko'nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta'minlash maqsadida o'quv tarbiya jarayonida interfaol metodlardan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda. Hozirgi kunda o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish, uning mazmun mohiyatini bilish, uni ta'lim

jarayoniga tadbiq qilish va metodikasini yaratish juda muhimdir. Pedagogik kadrlarni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning metodik tayyorgarligini shakll antirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish mazkur jarayonning samaradorligini orttirishga zamin tayyorlaydi. O'qitishning interfaol usulubiyotlari bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo'lib, unda ta'lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo'ladilar, ular biladigan va o'ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Interfaol darslarda pedagogning o'rni qisman o'quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo'naltirishga olib keladi. Bu uslublarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchilarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bundan pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga pedagogining dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi, o'quvchilarning o'quv jarayonida fanga bo'lgan qiziqishlarini domiyligini ta'minlanishi, pedagoglarning fanga bo'lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har birga yondashgan holda kuchaytirilishi, pedagogik va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari kiradi.

Ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko'maklashish imkoniyatlariga ko'ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o'quv axborotlarining uyg'unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko'ra multimedia foydali va mahsuldor ta'lim texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning ta'minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta'lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi.

REFERENCES

1. S.X. Dexqonova https://cyberleninka.ru/journal/n/talqin-va-tadqiqotlar-ilmiy-uslubiy-jurnali-2G22.

2. Qurbonov SH, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. /T.: "Turon-Iqbol", 2006. 592 b.

3. Total Quality Management - всеобщее управление качеством. - Журнал "Директор-Иваново", № 1-2 (12G-121), январь-февраль 2011 г.

4. R.Ishmuhammedov, M.Yo'ldoshev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar (Ta'lim tizimi hodimlari metodistlar, o'qituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar uchun o'quv qo'llanma) - T: 2G13.

5. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Moliya,

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2G21 Pages: 135139.5 bet

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 245б - 647g 2G21

В. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

б59

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.