Научная статья на тему 'TAʼLIM XIZMATLARI BOZORI RIVOJLANISH KOʻRSATKICHLARINI KOʻP OMILLI BOGʻLANISHLAR ASOSIDA MODELLASHTIRISH VA BOSHQARISH ISTIQBOLLARI'

TAʼLIM XIZMATLARI BOZORI RIVOJLANISH KOʻRSATKICHLARINI KOʻP OMILLI BOGʻLANISHLAR ASOSIDA MODELLASHTIRISH VA BOSHQARISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
101
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim sifati / boshqaruv tizimi / menejment / ta’lim sifatini baholash / PDCA (Plan-Do-Check-Act) / ya’ni RBNH (Rejalashtirish-Bajarish-Nazorat-Harakat) / bаholаshning modellаri.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nargiza Muzaffarovna Babayeva, Yuldashev Shuxratjon Baxodirjon O‘g‘li

Maqolada taʼlim xizmatlari bozori rivojlanish koʻrsatkichlarini koʻp omilli bogʻlanishlar asosida modellashtirish va boshqarish istiqbollari, tahlil qilingan tadqiqotlar ta’lim sifati boshqaruvi yo‘nalishida turlicha yondashuvlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TAʼLIM XIZMATLARI BOZORI RIVOJLANISH KOʻRSATKICHLARINI KOʻP OMILLI BOGʻLANISHLAR ASOSIDA MODELLASHTIRISH VA BOSHQARISH ISTIQBOLLARI»

TA'LIM XIZMATLARI BOZORI RIVOJLANISH KORSATKICHLARINI KOP OMILLI BOGLANISHLAR ASOSIDA MODELLASHTIRISH VA BOSHQARISH

ISTIQBOLLARI

1Nargiza Muzaffarovna Babayeva, 2Yuldashev Shuxratjon Baxodirjon o'g'li

^Qo'qon davlat pedagogika instituti, Ta'lim menejmenti kafedrasi dotsenti, i.f.d.,

2Qo'qon davlat pedagogika institu ti, Ta'lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.11181843

Annotatsiya. Maqolada ta'lim xizmatlari bozori rivojlanish ko'rsatkichlarini kop omilli bog'lanishlar asosidamodellashtirish va boshqarish istiqbollari, tahlilqilingan tadqiqotlar ta'lim sifati boshqaruvi yo'nalishida turlicha yondashuvlar yoritilgan.

Kalit so^zlar: ta'lim sifati, boshqaruv tizimi, menejment, ta'lim sifatini baholash, PDCA (Plan-Do-Check-Act), ya'ni RBNH (Rejalashtirish-Bajarish-Nazorat-Harakat), baholashning modellari.

Abstract. The article highlights the perspectives of modeling and management of educational services market development indicators on the basis of multi-factor relationships, various approaches in the direction of educational quality management in the analyzed studies.

Key words: educational quality, management system, management, educational quality assessment, PDCA (Plan-Do-Check-Act), i.e. RBNH (Planning-Execution-Control-Action).

Ta'lim sifatini boshqarish ta'limni boshqarishning umumiy tuzilmasi tarkibiga kiradi va uning samaradorligi ta'limning umumiy boshqaruvini sezilarli darajada oshishini ta'minlashi mumkin bo'lgan tuzilma hisoblanadi.[1]. Shuning uchun ham ta'lim sifati menejmenti ta'lim tizimidagi boshqaruv faoliyatining mavjud nazariyasi va amaliyotini muhim elementlar bilan to'ldiradi va samarali natijaviyligini ta'minlaydi.

Ta'lim sifati menejmenti - ta'limning oldindan bashoratlangan natijalariga erishishga yo'naltirilgan boshqaruv bo'lib, sifatni ta'minlash tadbirlarini loyihalashtirish, ta'lim jarayoni ishtirokchilarini samarali mehnatga qiziqtirish, maqsadlardan chetga chiqishlarni aniqlash, o'zgarishlarni kuzatish va tahlil qilish jarayonlaridan iborat bo'lgan, ta'lim muassasasi faoliyatining barcha yo'nalishlarini o'zini-o'zi baholash asosida doimiy takomillashtirib borish tizimidir.

Tahlil qilingan tadqiqotlar ta'lim sifati boshqaruvi yo'nalishida turlicha yondashuvlar mavjudligini ko'rsatdi va ularni izohlab o'tish maqsadga muvofiq. Sifat menejmenti asoschisi V.Shuxart mahsulot sifatini har bir qismini nazorat qilishga asoslangan yondashuvni texnologik jarayonlarning bir me'yorda ishlashini ta'minlashga qaratilgan metodika bilan almashtirishni taklif qilgan. Uning sifatni doimiy yaxshilab borish zarurligi to'g'risidagi g'oyasi E.Deming tomonidan rivojlantirilib, ishlab chiqarish amaliyotiga PDCA (Plan-Do-Check-Act), ya'ni RBNH (Rejalashtirish- Bajarish-Nazorat-Harakat) - "Shuxart-Deming metodi" yoki "Deming sikli" nomi bilan joriy etildi. Keyingi sifat menejmenti mutaxassisi A.Feygenbaum sifatni ishlab chiqish, qo'llab-quvvatlash va yaxshilash bosqichlaridan iborat bo'lgan Sifatning Yalpi Nazorati (Total Quality Control) tushunchasini kiritdi.

Aksariyat xorijiy davlatlarda ta'lim sifatini baholash ikki tarkibiy qismdan, ya'ni ichki (o'zini-o'zi baholash) va tashqi baholashdan iborat bo'lishi lozimligi, shuningdek, mazkur tashkil etuvchilarning aniq mexanizmlari har xil bo'lishi mumkinligi tan olinadi. Sifatni tashqi baholash tizimi ko'proq standartlar va iqtisodiy samaradorlik bilan, ichki baholash tizimi esa raqobatbardoshlik va rivojlanishga yo'naltirilgan takomillashtirishlar bilan aloqadorlikda tushuniladi.[2]. Dunyoda mavjud ta'lim sifatini baholash tizimlarini ham ularda tashqi yoki ichki baholashga urg'u berilishiga qarab, shartli ravishda, ikki modelga bo'lish mumkin.

Birinchi, ta'lim muassasalarining jamiyat va davlat oldidagi mas'uliyatini attestasiya, akkreditasiya va nazorat qilish vositasida tashqi baholashga asoslangan "fransuz" modeli. Bunda ta'lim muassasasi tomonidan o'zini-o'zi baholashga yuzaki qaraladi, chunki asosiy e'tibor tashqi baholashni samarali o'tkazishga qaratiladi.

Ta'lim sifatini baholashning ikkinchi - "ingliz" modeli asosini ta'lim muassasasi tomonidan ichki baholash tashkil qiladi. Fransuz modeli Fransiya, Norvegiya, Chexiya, Latviya, Estoniya kabi Yevropa mamlakatlarida, ingliz modeli Buyuk Britaniya, Daniya, Germaniya, Sloveniya, Polsha, AQSH, Lotin Amerikasi davlatlarida qo'llaniladi. AQSH, Finlyandiya va boshqa ayrim mamlakatlarda ta'lim sifatini baholashning har ikkala modelidan samarali foydalanib kelmoqda.[3].

Demak ta'lim sifati nazorati ichki va tashqi baholashdan iborat bo'lib, mazkur baholashlarning mexanizmlari turlicha bo'lishi va ta'lim sifatini ta'minlashda ichki baholash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.

Ta'lim dasturini amalga oshirish samaradorligi ta'lim berish metodi, o'qitish sifatini baholash mexanizmining mavjudligi va samaradorligi kabi ko'rsatkichlar orqali baholanadi. Ta'lim dasturlarini ichki baholash natijasida ta'lim muassasasi tomonidan o'qitishning an'anaviy va interfaol shakllari, ularning o'zaro nisbati, ta'lim oluvchilarning yakuniy natijalari, o'qitish metodlari va ularning qabul qilinishi haqidagi ma'lumotlar shakllantiriladi. Mazkur ma'lumotlarni e'tiborga olgan holda ta'lim dasturini o'qitish metodlari, talabalar bilimini baholash mexanizmlarining mavjudligi va samaradorligi hamda o'qitish sifati nazorati mexanizmlari kabi ko'rsatkichlar asosida tashqi baholash amalga oshiriladi [4]. Shuningdek, ekspertlar ta'lim dasturini tashqi baholash jarayonida uning sifatini baholash mezonlariga (yuqori, o'rtacha, past darajada) mosligini aniqlaydilar va dasturning o'quv-uslubiy ta'minoti, zarur o'quv adabiyotlarning mavjudligi va miqdorining yetarliligi, o'quv jarayonining moddiy-texnika ta'minoti kabi asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha baholashni amalga oshiradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ichki nazorat tizimi yordamida to'plangan ma'lumotlar asosida muassasadagi ta'lim sifatining tashqi ekspertizasini yetarli darajada xolis o'tkazish mumkin bo'ladi.

Ta'lim muassasalarida sifat menejmentining joriy etilishi iste'molchilarning ehtiyojlarini o'rganish asosida ta'limni rivojlantirish strategiyasining barqaror taraqqiyot, uzluksiz ta'lim, bilimlarning globallashuv konsesiyalarini e'tiborga olgan holda sifat muammolarini hal qilish imkoniyatini beradi [5]

Ta'lim muassasalarida sifat menejmentining joriy etilishi iste'molchilarning ehtiyojlarini o'rganish asosida ta'limni rivojlantirish strategiyasining barqaror taraqqiyot, uzluksiz ta'lim, bilimlarning globallashuv konsesiyalarini e'tiborga olgan holda sifat muammolarini hal qilish imkoniyatini beradi.

Universitetning professor-o'qituvchilari, fakultetlari va kafedralarining kasbiy faoliyati sifatini baholash tizimini yaratishda bir qator muhim parametrlar bilan tavsiflangan modelga ega

bo'lgan haqiqiy ob'ekt yoki jarayonni almashtirish vazifasi hal etiladi va uning samaradorligini baholash tizimi quriladi. Mazmunga qarab modellar mantiqiy (nima baholanishi) va protsedurali (qanday baholanishi) baholash modellari ajratilgan.

1. Baholashning mantiqiy modellari: Bu yerda professor -o'qituvchilar faoliyat sifatini baholash uchun beshta asosiy model ko'rib chiqilgan bo'lib, bular quyidagilar:

- Ta'lim tizimidagi ichki ko'rsatkichlar doirasida baholash

- Resurs ko'rsatkichlar yoki potensial orqali baholash

- Faoliyat natijalarini baholash modeli

- Murakkab yoki kompleks baholash modeli

- Erkin baholash modeli

2. Ta'lim tizimi ichki ko'rsatkichlar doirasida baholash modeli.

Ba'zida ushbu model yo'naltirilgan model deb nomlanadi, chunki u qiymat jihatdan yo'naltirilgan parametrlarni (baholanishdagi ustuvorliklarga qarab) ustuvor tanlovchi baholash tizimi hisoblanadi. Ushbu modelning tub mohiyatini kasbiy faoliyatdagi ta'lim jarayoni deb tushuntirish mumkin. Aynan jarayon, natija emas.

Negaki, pedagogik faoliyat natijalarini standartlashtirish mumkin bo'lmaganda, jarayonni standartlashtirish mumkin. Bunday modelga misol sifatida biz Robert Glazerning - "teaching-learning- evalution model" (o'qitish va ta'lim jarayonini baholash modeli) ni keltirishimiz mumkin.

Ushbu modelning o'ziga xos tomonlari:

- O'qituvchilar va talabalar guruhlarining umumiy va o'ziga xos ta'lim maqsadlari va vazifalarini aniqlash;

- Faqat ta'lim tizimidagi ko'rsatkichlar asosida belgilangan harakatlarni aniqlash;

- Ta'lim berish sifatini baholash (pedagogik tehnologiyalar, axborot uzatish usullari, o'quv materiallari va qo'llanmalari, axborot almashish usullari)

- Dastlabki uch bosqichda natijalarni baholash: maqsadlarni aniqlash, shartlarni qo'yish, jarayonni tashkil etish;

1. Resurs ko'rsatkichlar yoki potensial orqali baholash.

Bu modelni quyidagicha tushunishimiz mumkin: Bu boshqaruvchi subyektlar tomonidan tanlangan ustuvor boshqariluvchi yo'nalishdir. Bizning holda normalangan- rasmiy ravishda nazorat qilinadigan parametrlardir. Ushbu modelni standartlarga asoslangan model deb atasak bo'ladi. Ushbu modelning asosi-prinsiplardir. Belgilangan normativ, standartlarga amal qilish ta'lim sifatidan kutiladigan samaradorlik va natijalarni ta'minlaydi. O'rnatilgan amaliyotga asoslanib ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini baholash uchun an'anaviy tashqi nazorat modelini

^ \

* *r

tasvirlash mumkin. Bunday holatda pedagogik faoliyatning sifat ko'rsatkichlarini baholash malaka oshirish va o'qituvchilar malakasini oshirish uchun rasmiy talablarga muvofiqligini tekshirish orqali baholanadi. Ta'lim sifatiga ijobiy baho berishning sharti ushbu talablarga aniq rioya qilishdir. Tashqi baholash funksiyalari quyidagicha:

• Normativ talablarni aniqlash;

• Muntazam muvofiqlikni nazorat qilish;

• Ta'lim muassasalari hisobotlari standartlarga muvofiqligini yig'ish;

Ushbu modelning afzalligi sifatli kadrlarga e'tibor qaratishdadir. Kamchiligi esa ko'rsatkichlar sistemalashtirilmagan va tahlil qilinmagan, faqat baholash natijalaridan iborat holdagi axborotdir.

2. Faoliyat natijalarini baholash modeli.

Ushbu model yutuqlarni baholash tizimidir, ya'ni maqsadli parametrlarni tanlash va maqsadlarga erishish darajasi bilan tavsiflanadi. Shu sababli yana uni maqsadga yo'naltirilgan deb ham nomlanadi. Ushbu Ralf Teylor tomonidan taklif etilgan yondashuv pedagogik faoliyatning ko'rsatkichlari bo'yicha ta'lim maqsadlariga erishish darajasini aniqlash bilan bog'liq. Teylorning asosiy g'oyasi jamiyat talabalari va o'qituvchilarining manfaatlarini hisobga olgan holda ta'lim maqsadlarini shakllantirishdir. Faoliyat samaradorligi bevosita maqsadlarni aniq belgilashga bog'liq. Bu modelga misol sifatida Metfessel va Mixail tomonidan taqdim etilgan "Eight stage evalution process" (8 qadam modeli) modelini keltirishimiz mumkin: maqsadlar va aniq vazifalarni belgilash; baholash jarayonida jamoani targ'ib qilish va tayyorlash; o'lchov vositalarini tanlash; pedagogik o'lchovlarni o'tkazish; natijalarni tahlil qilish;

natijalarni talqin qilish (taqqoslash, korrelyatsiya va h.k) Ko'pgina hollarda maqsadlarga erishish darajasini baholash modeli professor-o'qituvchilar faoliyati sifatini baholash tartibini ishlab chiqishda metodologik nazariy asosdir. 3. Murakkab yohud kompleks baholash modeli.

Bu holda maqsadga yo'naltirilgan, normaga yo'naltirilgan va qiymatga yo'naltirilgan yondashuvlarning kombinatsiyasi haqida so'z bormoqda. Modelning asosida" kirish-jarayon-chiqish" paradigmasi yotadi. Bunda jarayonning natijalarini va yagona indikator ko'rsatkichlarini baholashni o'z ichiga oladi. Ya'ni bu moddel oldingi 3 ta modelning xususiyatlariga ega: ichki ko'rsatkichlar asosida baholash, resurs ko'rsatkichlar asosida baholash, faoliyat natijalarini

baholash. Kompleks yondashuvli baholash 1950- yillarda shakllangan. Ushbu modeldagi asosiy baholash bosqichlari qat'iy algoritmga ega:

• masalaning qo'yilishi;

• maqsadga erishish imkoniyatlarini tavsiflash;

• kutilgan natijaga erishish mexanizmini yaratish;

Ushbu modeldagi aniqlanuvchi ko'rsatkichlar jarayon ko'rsatkichlaridir. Ushbu ko'rsatkichlar samaradorlik va sifat bilan baholanadi. Ta'lim tizimining monitoringini rivojlantirishni rag'batlantiradi. Daniel Stafflebima rahbarligidagi mutaxassislar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan CIPP (the context-input-process product evalution) modeli so'z yuritayotgan modelimizning yorqin na'munasidir. Ushbu model o'zida 4 turdagi baholashni muj assamlashtiradi:

• Faoliyat tarkibini baholash (mazmun, mohiyat);

• Ishlab chiqarish ko'rsatkichlari (potensial, shartlar)

• Jarayonning o'zi baholanadi

• Ta' lim j arayoni natij alari baholanadi

Natija quyidagi 3 ko'rinishda bo'lishi mumkin:

- Natija ta'lim tizimida normal muvozanatni ta'minlaydi;

- Ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan sifatli o'sish, innovatsion g'oyalar

- Muhim muammolarni hal qilish uchun yo'naltirilgan innovatsion o'zgarishlar

4. Erkin baholash modeli.

Bu yerda so'z ma'lum bir qolipga solinmagan, tavsiflanmagan baholash modeli haqida so'z boradi. Ushbu model yakuniy qarorni olish uchun ma'lum bir baholash ko'rsatkichlari va usullari yo'qligi bilan tavsiflanadi. Odatda ularning barchasi yuqori malakali mutaxassislarni baholash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Misol uchun Niderlandiyadagi Universitetni akkreditatsiya qilish uchun ekspert baholash o'tkaziladi. Bu esa erkin baholash modelining bir ko'rinishi desak bo'ladi. Erkin baholash modeli turli xil qo'llanilish shakliga ega va ulardan foydalanishning juda keng turlari mavjud. Qoida tariqasida, baholashning yangi shakllarini (tizimni shakllantirish) yoki yetarli darajada katta baholash tajribasini (tizimning barqaror faoliyat yuritishi) joriy etishni qo'llaydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori PQ-3151-sonli qarorida [6] universitetning professor-o'qituvchilari, fakultetlari va kafedralari faoliyatining sifatini baholash oliy ta'lim menejmentining vazifalaridan biridir. Nazorat rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat qilish nazariyasida qabul qilingan funktsiyalarning har birining vazifalari, tarkibi, shakllari va faoliyat natijalari mavjud va har biri o'z navbatida ma'lum bir algoritmga ega. Masalan, nazorat funktsiyasi maqsadlar, tarkiblar, nazorat shakllari bilan belgilanadi va ma'lum natijalarga ega. Shu bilan birga, boshqaruv funktsiyasi sifatida rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya va nazorat qilish funktsiyasidir. Har bir funktsiyaning samaradorligi ta'lim faoliyati va umuman ta'lim tizimini takomillashtirishni

rag'batlantiradi va taraqqiyotni maqsadli o'zgarish sifatida belgilaydi. Jahon iqtisodiyotining

globallashuvi, taqdim etilayotgan ta'lim dasturlari tarkibi va sifati bo'yicha mutaxassislarni o'qitish

sifatiga yangi talablar qo'yadi.

ADABIYOTLAR ROYXATI

1. Isroilov B.I. Ta'lim tizimida innovatsion korporativ hamkorlikni rivojlantirishda iqtisodiy mexanizmlar rolini oshirish.65-bet

2. Ergashev A.O. Ta'lim tizimining iqtisodiy boshqaruv asoslarini takomillashtirish (o'rta-maxsus, kasb-hunar tizimi misolida). I.f.n. dis.avtoreferati.-T.: TDIU, 2006. 34 b.

3. Isaqulova N., Qosimova Z. "Xorijiy mamalakatlarda ta'lim". -Toshkent. 2011. 136- bet

4. Alferov Yu.S. Dunyoda ta'limning rivojlanishini monitoring qilish // Pedagogika. 2008. № 7. S. 73-84

5. Qurbonova B. Tizimlilik tamoyili va uning ta'lim samaradorligini ta'minlashdagi roli. Maqola. ADU-2016. 38-bet

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori PQ-3151-sonli qarori, 2017 yil 27-iyul// O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami, 2017-yil., 30-son

7. Saidova, X. R. "Effectiveness of quality management in the organization of activities of educational institutions." PublishingHouse "BaltijaPublishing" (2023).

8. Saidova, X. R. "Mechanism for attracting staff to improve the quality of education." internationaljournal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.07 (2022): 59-67.

9. Ustadjalilova, K. (2022). Improving The Mechanisms Of The System Of Advanced Training Of University Teachers Using Alternative Methods. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(8).

10. Ustadjalilova, X. (2023). Pedagogik tadqiqotlar metodlari va statistik gipotezalarning nazariy jihatlari. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

11. Umarovna Radjabova Gavhar "Features of the market of educational services and the problem of interaction of higher educational institutions with employers. " E Conference Zone. 2022.

12. Umarovna Rajabova Gavkhar "Conceptual foundations for improving the organizational and economic mechanism of the university management system." International Journal of Early Childhood Special Education 14.8 (2022).

13. Xusnida Madaminova. "Specific aspects of the development of teachers'professional development in educational institutions" Open Access Repository 9.12 (2023): 176-181.

14. Rashidovna, MadaminovaKhusnida. "Development Of Independent Thinking Skills Of Children In A Preschool Educational Organization." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 44-47.

15. Nurmatova M.I. "The nature and theoretical description of the concept of" economic competence"." international journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.07 (2022): 16-20.

16. HypMaTOBa М. И. "Teopera4ecKoe on^aH^ noraTra "экoнoмическaя кoмпенсaция"." шврементая HayKa: aктyaльные Bonpocbi, дoстижения и иннoвaции. 2022

17. Rahmonova Manzura. "The Understanding Of Human Capital Index And Analysis Of Its Situation In Uzbekistan." Interpretationandresearches 1 (2023).

18. Shokirovna R.M. (2024). Smart texnologiyalar" ning ilg 'or pedagogik texnologiyalardagi o 'rni va ilmiy nazariy asoslari "ta'lim menejmenti" fani tahlilida. Science and innovation, 3 (Special Issue 18), 694-697.

19. Sultonmurodovna, Otajonova Maftuna. "Formation Of Independent Education Of Students Based On Time Management Technologies" Open Access Repository 9.12 (2022):143-149.

20. Sultanmurodovna, Otajonova Maftuna. "Essential Characteristic and Advantage of "Time Management"." Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance 3.10 (2022): 32-36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.