Научная статья на тему 'MTT TARBIYALANUVCHILARNI IKKINCHI TILGA O‘RGATISHDA MULTIMEDIA VOSITALARINING O‘RNI'

MTT TARBIYALANUVCHILARNI IKKINCHI TILGA O‘RGATISHDA MULTIMEDIA VOSITALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
multimedia / tovush / axborot texnologiyalar / ikkinchi til / pedagoglar / videofilmlar / audio axborotlar / bolalar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Hamroyeva N.M

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ikkinchi tilga o‘rgatishda multimedia vositalarining o‘rni va ular orqali ta’lim samaradorligini oshirish usullari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MTT TARBIYALANUVCHILARNI IKKINCHI TILGA O‘RGATISHDA MULTIMEDIA VOSITALARINING O‘RNI»

MTT TARBIYALANUVCHILARNI IKKINCHI TILGA O'RGATISHDA MULTIMEDIA VOSITALARINING O'RNI

Hamroyeva N.M.

Buxoro viloyati Jondor tumani 24-DMTTdirektori https://doi.org/10.5281/zenodo.11259550

Annatatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ikkinchi tilga o'rgatishdamultimedia vositalariningo'rni vaular orqali ta'limsamaradorliginioshirishusullari keltirilgan.

Kalit so'zlar: multimedia, tovush, axborot texnologiyalar, ikkinchi til, pedagoglar, videofilmlar, audio axborotlar,bolalar.

Аннотация. В данной статье представлена роль мультимедийных средств при обучении второму языку в дошкольных образовательных организациях и пути повышения эффективности обучения с их помощью.

Ключевые слова: мультимедиа, звук, информационные технологии, второй язык, педагоги, видеофильмы, аудиоинформация, дети.

Abstract. This article presents the role of multimedia tools in teaching a second language in preschool educational organizations and ways to increase the effectiveness of education through them.

Keywords: multimedia, sound, information technologies, second language, pedagogues, video films, audio information, children.

Multimediy vositalari (multimedia - ko'pvositalilik) — bu insonga o'zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo'lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedia — gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:

❖ axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro'yxatdan o'tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;

❖ muayyan vaqtdagi ish, o'z tabiatiga ko'ra statik bo'lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig'ida ko'rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o'zatish shinasining o'tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig'imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo'yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;

❖ "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.

Kompyuterlarning 70-yillarda ta'lim soxasida keng qo'llash yo'lida urinishlar zoye ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining nixoyatda pastligi bilan bog'liq edi. Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida bolailarni o'qitish ikki barobar unumlidir va

vaqtdan yo'tish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo'lib, olingan bilimlar esa xotirada o'zoq muddat saqlanib qoladi. Agar pedagoglarga berilayotgan materiallarni ko'rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo'shimcha sifatida o'quv materiallari audio, video va grafika ko'rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini o'rganish jarayenida yana bir bor ishonch xosil qildik. Multimedia vositalari asosida bolalarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo'lga qo'yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o'zi nima degan savol tug'iladi? Ko'pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia — bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o'quv materiallarini bolalarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko'rinishidir. Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oliy ma'lumotli til bo'yicha maxsus pedagog kadrlar samarali faoliyat ko'rsatib kelmoqdalar. Til o'qituvchilaridan MTT tarbiyalanuvchilari bilan ikkinchi tilni o'rgatish jarayonida AKT dan foydalanish ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.Bu borada ishlarni tashkil qilish pedagogdan yuqori malakani talab etadi. Tarbiyachilarning ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish bolalarga:

> fanga qiziqish uyg'otish, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;

> ensiklopedik ko'rinishdagi axborotlarni tezkor olish;

> mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bo'lgan tezlik va o'zlashtirish darajasini

tanlash;

> zamonaviy axborot — kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.

Multimedia — bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir. Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi:

> fan bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirish;

> o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash;

> o'z — o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish;

> bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish;

> bolalarni - o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash;

> o'z — o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish;

> bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish;

> pedagoglar o'quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o'quv - metodik

yordam ko'rsatish.

Tarbiyachilar multimedia texnologiyalari asosida o'qitish katta samara beradi. Buning uchun esa mashg'ulotlarning har bir mavzusi bo'yicha dars ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo'lgan nazariy va amaliy materiallarning electron taqdimoti shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib,videoproyektorlar orqali bolalarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko'rgazmali balki ovozli, animatsiyali bo'lishi bolalar tomonidan mavzuni mukammal o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bugungi kunda bolalar rivojiga kompyuter texnologiyalari ta'sirining ko'zga tashlanib turgan ayrim jihatlarini ko'rib chiqaylik. Oilalarda mediatexnologiyalardan qanchalik ko'p

foydalanilib borilishi bilan bolalarga bilim beruvchi, savodxonlikni o'rgatishga yordam beruvchi dasturlar soni ham ko'payib bormoqda. Bundan tashqari, Internet tarmog'iga ulangan televideniye va kompyuter qurilmalari bolalar uchun atrof-muhitni va hayotiy vaziyatlar bilan tanishib borishda katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Haqiqatdan ham zamonaviy ta'limiy muhit ko'z oldimizda kompyuter texnologiyalarisiz shakllana olmaydi. Bolalar bilimi va dunyoqarashini kengaytirisda Internetga ulangan qurilmalar taqdim etadigan turli ta'limiy resurslar muhim ahamiyatga molik. Kompyuter o'yinlarining mazmunida fan bo'yicha ta'limiy materiallarning berilishi o'qishida muammosi bo'lgan bolalar uchun juda foydali omil bo'ladi. Kompyuterni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tizimiga joriy etayotgan tarbiyachi hamda pedagoglar kompyuterni samarali zamonaviy ta'limiy texnik vosita deb hisoblaydilar, uning yordamida bolalar rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi ta'lim va tarbiya jarayonini qiziqarli tarzda rang-barang mazmun bilan boyitish mumkin.

Ma'lumki, kompyuter qurilmasining o'ziyoq bolani o'ziga qiziqtirib jalb etadi, bolani tezroq bilishga undaydi. Axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib, o'tilgan har bir mashg'ulot emotsional ko'tarinkilikka, muvaffaqiyatga erishishga, topshiriqlarni bajarish uchun intilishga majbur etadi.

Mamlakatimizda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qaror, qonun va qonun osti hujjatlari yaratildi.

Kuzatishlar shuni ko'satadiki, 80-90 % bolalar AKTdan foydalanish undan o'yin orqali bilim olish va o'ynashga qiziqishar ekan. Bundan dalolat beradiki, yosh bolalarni qiziqishlariga qarab turli xildagi o'yinlar, mashg'ulotlar, rangli tas'virdagi chizmalarni ko'rsatish orqali ularning dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini shakllantirish mumkin ekan.

REFERENCES

1. Aripov M., Fayziyeva M., Dottoev S. Web-texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.; «Faylasuflar jamiyati», 2013.

2. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. -T.: Fan, 2007.

3. Bent B.Andresen and Katja van den Brink. Multimedia in Education.UNESCO Institute for Informatsion Technologis in Education. 2013.ISBN 978-5-7777-0556-3.

4. D.Sayfurov, Fayziyeva M. Ta'limda ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi. 2017 y.

5. Fozilov Sh.X., Jumanazarov S.SAxborotli olam. Ilmiy-ommabop risola. Fan va texnologiya» nashriyoti. 2007 yil.

6. http://elearning.zn.uz/ Elektron ta'lim bo'yicha V.S. Hamidovning shaxsiy blogi http://uzadmin.blogspot.com/2015/04/onlayn-t

7. Ishmuxammedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari. Toshkent: 2000 y/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.