Научная статья на тему 'MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLARNI HISOBDA YURITISH'

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLARNI HISOBDA YURITISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
164
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BAHOLANGAN MAJBURIYATLAR / BUXGALTERIYA HISOBI / XALQARO STANDARTLAR / YURIDIK MAJBURIYAT / KONSTRUKTIV JAVOBGARLIK

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shirinov U.A., Amonov A.A., Toxirov B.

Maqolada baholangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha tan olish, ularni hisob tizimida qanday aks ettirish masalalar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACCOUNTING FOR LIABILITIES ASSESSED ON THE BASIS OF INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS

The article reveals the issues of recognition of estimated obligations according to international standards of accounting and financial reporting, how to reflect them in the accounting system.

Текст научной работы на тему «MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLARNI HISOBDA YURITISH»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Toxirov B. magistranti SamISI

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLARNI HISOBDA YURITISH

Annotatsiya. Maqolada baholangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo'yicha tan olish, ularni hisob tizimida qanday aks ettirish masalalar ochib berilgan.

Kalit so'zlar: baholangan majburiyatlar, buxgalteriya hisobi, xalqaro standartlar, yuridik majburiyat, konstruktiv javobgarlik.

Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Amonov A.A. head teacher SamIES Tokhirov B. graduate student SamIES

ACCOUNTING FOR LIABILITIES ASSESSED ON THE BASIS OF

INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS

Abstract. The article reveals the issues of recognition of estimated obligations according to international standards of accounting and financial reporting, how to reflect them in the accounting system.

Key words: assessed obligations, accounting, international standards, legal obligation, constructive liability.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va liberallashtirish sharoitida xo'jalik yurituvchi subyektlarda hisob obyektlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z vaqtida, to'g'ri va to'liq shakllantirish masalalari muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, xo'jalik yurituvchi subyektlarda o'rinli va haqqoniy ma'lumotlarni shakllantirish, shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holatini tahlil qilish hamda baholashda baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur baholashda baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar hisobini to'g'ri tashkil etish, tan olish va baholash, hisobga olish va moliyaviy hisobotda aks ettirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki, milliy hisob va hisobot tizimimizga baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar tushunchasi yangi kirib kelayotgan iqtisodiy kategoriyalardan hisoblanib, ular milliy hisob va hisobot tizimimizda faoliyat yurituvchi xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotida aks ettirilmasdankelinmoqda.

1-jadval

Baholangan majburiyatning bos iqa majburiyatlardan farqi

Majburiyat tomonlari Boshqa majburiyatlar Baholangan majburiyat

Yetkazib beruvchilar Tovar hizmat yetkazib berganda Sud nizolari kelib chiqqanda

Xaridorlar Avans to'langanda Nizo kelib chiqqanda yoki zarar keltiruvchi shartnoma bo'lganda

Ishchi xodimlar Ish xaqi hisoblanganda Qo'shimcha daromadlar to'lanishi belgilangan bo'lsa, masalan yillik ta'til summalari

Davlat organi Soliq hisoblanganda Soliq bo'yicha noaniq talqin qilingan qismi bo'yicha

Sud nizolari kelib chiqqanda

Moliyalashtiruvchi tashkilotlar Mablag'lar ajratilganda Konstruktiv majburiyat yuzaga kelsa, masalan, qonunchilikda bo'lmasa xam faoliyat yakunida tashkilot tomonidan atrof-muhitni qayta tiklash bo'yicha majburiyat

Demak umumiy farq Bajarish muddati va qiymati ANIQ Bajarish muddati va qiymati NOANIQ

Xalqaro amaliyotda esa baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar tushunchalari keng qo'llaniladi va ularni hisobga olish va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish 37-sonli "Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar" nomli buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (BHXS) bilan tartibga solinadi. Ushbu standartning ahamiyatliligi va o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

• Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlarni ro'yxatga olish kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlari kelajakda har qanday favqulodda vaziyatga tayyor bo'lishini ta'minlaydi;

• Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlarni qayd etish kompaniyaning moliyaviy holatini to'g'ri baholashga yordam beradi;

• Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar hisobini tashkil qilish kompaniyaga o'z budjetini yaxshiroq rejalashtirishiga yordam beradi;

• Kredit kompaniyalari xo'jalik yurituvchi subyektlarga kredit berishda,

baholanganva shartli majburiyatlarning miqdori va xususiyatini hisobga oladi;

• Investitsiyalar qo'yishdan oldin investorlar kelajakda kompaniya to'lashi mumkinbo'lgan ehtimoliy majburiyatlarni bilishni xohlashlari mumkin.

1-rasm. Baholangan majburiyatlarni tan olish

Baholangan majburiyat- bu noaniq bajarish muddatiga yoki noaniq qiymatga ega bo'lgan majburiyatdir.

Majburiyat - bu tashkilotning bo'lib o'tgan hodisalardan yuzaga keladigan mayjud javobgarligi bo'lib, so'ndirilishi natijasida tashkilotdan o'zida iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishi kutiladi.

Javobgarlik yuklaydigan hodisa - tashkilotning so'ndirishdan boshqa muqobil amaliy chorasi bo'lmasligi bilan natijalanadigan, yuridik yoki konstruktiv javobgarlikni yuzaga keltiradigan hodisadir.

Yuridik majburiyat - bu quyidagilardan yuzaga keladigan majburiyat:

(a) shartnoma (unda aniq ko'rsatilgan yoki nazarda tutilgan shartlar asosida);

(b) qonunchilik; yoki

(v) boshqa huquqiy normalarning qo'llanishi.

Konstruktiv javobgarlik - tashkilotning quyidagi holatlardagi xatti-harakatlaridan kelib chiqadigan majburiyat:

(a) oldingi shakllangan tajriba, e'lon qilingan siyosat yoki yetarlicha aniq bo'lgan joriy bayonot asosida, tashkilot boshqa tomonlarga ma'lum javobgarliklarni o'z zimmasiga olishini ko'rsatganligi; va

(b) buning natijasida, tashkilot o'z zimmasiga olgan javobgarliklarni bajarishi yuzasidan boshqa tomonlarda asosli kutishlarni xosil qilishi.

2-rasm. Baholangan majburiyat turlari.

Xisoblangan majburiyatlar hisobotda ko'pincha savdo kreditorlik qarzlari va boshqa kreditorlik qarzlarning bir qismi sifatida taqdim etiladi, baxolangan majburiyatlar esa hisobotda alohida taqdim etiladi.

Umuman olganda, barcha baxolangan majburiyatlar muddati yoki qiymati bo'yicha noaniqligi sababli shartlidir. Biroq, mazkur standart doirasida "shartli" atamasi, mavjudligi faqat tashkilotning to'liq nazorati ostida bo'lmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo'lishi yoki sodir bo'lmasligi natijasida tasdiqlanadigan, tan olinmaydigan aktivlar va majburiyatlarga nisbatan ishlatiladi. Bundan tashqari, 'shartli majburiyat' atamasi tan olish mezonlariga javob bermaydigan majburiyatlarga nisbatan ishlatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Urazov K.B. Moliyaviy hisob va hisobot. O'quv qo'llanma.- T.: "Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2020. 408 bet

2. Urazov K.B., Po'latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. -T.: «Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2020, 564 bet.

3. Karimov А., Kurbanbayev J., Jumanazarov S. Buxgalteriyahisobi. Darslik. -T.: Iqtisod-moliya, 2019. - 512 b.

4. Tashnazarov S.N.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari: Oliy o'quv yurtlari magistratura mutaxassisliklari uchun darslik. - Toshkent: «IQTISOD-M0LIYA»,2019. - 584-b.

5. Туйчдав А.Ж. Мaжбуриятлaр бухгaлтeрия хд^би Ba тaxлилининг нaзaрий мeтoдoлoгик муaммoлaри. Диссeртaция. и.ф.д. - Тoшкeнт. 2011. 71-б.

6.Rajabova, N. U. (2023, April). "Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar" (bhxs 37) standartning o 'ziga xos

xususiyatlari. In Proceedings of International Educators Conference (Vol. 2, No. 4, pp. 1-4).

7.Djabbarova, Ch., & Abdullayeva, N. (2022). BHMS va MHXS konvergensiyasi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish. Novbiy Uzbekistan: uspeshnbiy mejdunarodnbiy opbit vnedreniya mejdunarodnbix standartov finansovoy otchetnosti, 1(5), 266-269.

8. Плотников В.С., Канапинова С.С. Концептуальные основы: договорные обязанности и обязательства как элемент финансовой отчетности. //Ж. Международный бухгалтерский учет. 2020 июль.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.