Научная статья на тему 'MILLIY HISOB TIZIMIDA BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLARNI TAN OLISH MASALALRI'

MILLIY HISOB TIZIMIDA BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLARNI TAN OLISH MASALALRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
111
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR / SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLARBUXGALTERIYA HISOBI / XALQARO STANDARTLAR

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shirinov U.A., Amonov A.A., Toxirov B.

Maqolada baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlarni buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bo’yicha buxgalteriya hisobida tan olish va aks ettirish masalalar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF RECOGNITION OF ASSESSED LIABILITIES, CONTINGENT ASSETS AND CONTINGENT LIABILITIES IN THE SYSTEM OF NATIONAL ACCOUNTING

The article reveals the issues of recognition and reflection of estimated liabilities, contingent assets and contingent liabilities in accounting according to international accounting standards.

Текст научной работы на тему «MILLIY HISOB TIZIMIDA BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLARNI TAN OLISH MASALALRI»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Toxirov B. magistranti SamISI

MILLIY HISOB TIZIMIDA BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLARNI TAN

OLISH MASALALRI

Annotatsiya. Maqolada baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlarni buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bo'yicha buxgalteriya hisobida tan olish va aks ettirish masalalar ochib berilgan.

Kalit so'zlar: baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlarbuxgalteriya hisobi, xalqaro standartlar.

Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES Tokhirov B. graduate student SamIES

ISSUES OF RECOGNITION OF ASSESSED LIABILITIES, CONTINGENT ASSETS AND CONTINGENT LIABILITIES IN THE SYSTEM OF NATIONAL ACCOUNTING

Abstract. The article reveals the issues of recognition and reflection of estimated liabilities, contingent assets and contingent liabilities in accounting according to international accounting standards.

Key words: estimated liabilities, contingent assets and contingent liabilities, accounting, international standards.

Hozirgi kunda korxonalar mablag'laridan samarali foydalanish uchun debetorlik va kreditorlik qarzlarini o'z vaqtida qoplanishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Korxonalarda muddati o'tgan debetorlik va kreditorlik qarzlarini to'g'ri hisoblash va ularni to'g'ri tan olish muhim masalalardan biridir. Shu bois

ham baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlarni audit qilish metodologiyasini takomillashtirish o'ta dolzarb hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlarida shartli majburiyat tushunchasi yo'q. Shartli majburiyat asosan xalqaro amaliyotda qo'llanilib, buxgalteriya hisobining xalqaro standartining BHXS 37-son "Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar" nomli standartida quyidagicha ta'rif berilgan:

Baholangan majburiyat- bu noaniq bajarish muddatiga yoki noaniq qiymatga ega bo'lgan majburiyatdir.

Majburiyat - bu tashkilotning bo'lib o'tgan hodisalardan yuzaga keladigan mavjud javobgarligi bo'lib, so'ndirilishi natijasida tashkilotdan o'zida iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishi kutiladi.

Javobgarlik yuklaydigan hodisa - tashkilotning so'ndirishdan boshqa muqobil amaliy chorasi bo'lmasligi bilan natijalanadigan, yuridik yoki konstruktiv javobgarlikni yuzaga keltiradigan hodisadir.

Yuridik majburiyat - bu quyidagilardan yuzaga keladigan majburiyat:

(a) shartnoma (unda aniq ko'rsatilgan yoki nazarda tutilgan shartlar asosida);

(b) qonunchilik; yoki

(v) boshqa huquqiy normalarning qo'llanishi.

Konstruktiv javobgarlik - tashkilotning quyidagi holatlardagi xatti-harakatlaridan kelib chiqadigan majburiyat:

(a) oldingi shakllangan tajriba, e'lon qilingan siyosat yoki yetarlicha aniq bo'lgan joriy bayonot asosida, tashkilot boshqa tomonlarga ma'lum javobgarliklarni o'z zimmasiga olishini ko'rsatganligi; va

(b) buning natijasida, tashkilot o'z zimmasiga olgan javobgarliklarni bajarishi yuzasidan boshqa tomonlarda asosli kutishlarni xosil qilishi.

Shartli majburiyat - bu:

(a) oldingi hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan va uning mavjudligi faqatgina tashkilotning to'liq nazorati ostida bo'lmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo'lishi yoki sodir bo'lmasligi natijasida tasdiqlanadigan ehtimolli javobgarlikdir; yoki

(b) oldingi hodisalardan yuzaga keladigan mavjud javobgarlik, lekin ular tan olinmaydi, chunki:

(i) javobgarlikni bajarish uchun o'zida iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan

resurslarning chiqib ketishining talab etilishi ehtimoli yo'q; yoki

(ii) javobgarlikning qiymati yetarli darajada ishonchli baholana olmaydi.

Shartli aktiv - bu oldingi hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan va

uning mavjudligi faqatgina tashkilotning to'liq nazorati ostida bo'lmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo'lishi yoki sodir bo'lmasligi natijasida tasdiqlanadigan ehtimolli aktivdir.

Zarar keltiruvchi shartnoma- bu shartnoma bo'yicha javobgarliklarni bajarish uchun muqarrar sarflar ushbu shartnoma bo'yicha olinishi kutilayotgan iqtisodiy nafdan oshib ketadigan shartnomadir.

Restrukturizasiya - bu rahbariyat tomonidan rejalashtirilgan va nazorat qilinadigan dastur bo'lib, quyidagilarni muhim darajada o'zgartiradi:

(a) tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan biznes ko'lamini; yoki

(b) ushbu biznes boshqarilishi tarzini.

Baholangan majburiyatlar hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun talab qilinadigan kelgusi sarflarning muddati yoki qiymatida noaniqlik mavjudligi jihatidan savdo kreditorlik qarzlari va hisoblangan majburiyatlar kabi boshqa majburiyatlardan farq qiladi. Qiyoslash uchun:

(a) savdo kreditorlik qarzlari - bu olingan yoki yetkazib berilgan tovarlar yoki xizmatlar uchun to'lanadigan va yetkazib beruvchi tomonidan hisobvaraq faktura taqdim qilingan yoki u bilan rasmiy kelishilgan majburiyatlardir; va

(b) hisoblangan majburiyatlar - bu olingan yoki yetkazib berilgan tovarlar yoki xizmatlar uchun to'lanadigan, lekin xali to'lov amalga oshirilmagan va yetkazib beruvchi tomonidan hisobvaraq faktura taqdim qilinmagan yoki u bilan rasmiy kelishilmagan majburiyatlardir, shu jumladan xodimlarga to'lanishi lozim bo'lgan summalar (masalan, hisoblangan ta'til uchun xaqlar). Ba'zida xisoblangan majburiyatlarning muddati va qiymatini baholash talab etilishiga qaramay, xisoblangan majburiyatlarning noaniqlik darajasi, odatda, baxolangan majburiyatlarga nibatan ancha pastdir.

Tashkilotning kelgusi xatti-harakatlaridan (ya'ni kelgusidagi faoliyatni amalga oshirishidan) mustaqil tarzda, o'tgan hodisalar natijasida yuzaga keladigan javobgarliklargina baholangan majburiyatlar sifatida tan olinadi. Bunday javobgarliklarga tashkilotning kelgusi xatti- harakatlaridan qat'iy nazar so'ndirish uchun o'zida iqtisodiy nafni mujassamlashtirgan resurslarning chiqib ketishiga olib keladigan jarimalar yoki atrof-muhitga noqonuniy yetkazilgan zararni bartaraf etish sarflari misol bo'la oladi. Shunga o'xshash, tashkilot neft qazib oladigan qurilma yoki atom elektrostansiyasini foydalanishdan chiqarish bo'yicha sarflari uchun, tashkilot yetkazilgan zararni qoplab berishga javobgarligi darajasida baholangan majburiyatni tan oladi. Aksincha, tijorat bosimlari ostida yoki qonuniy talablar sababli tashkilot kelgusida muayyan yo'nalishda faoliyat yuritish uchun sarflarni amalga oshirishni rejalashtirishi yoki bunday sarflarni amalga oshirishi zarur bo'lishi mumkin (masalan, muayyan turdagi zavodda tutunga qarshi filtrlarni o'rnatish). Tashkilot o'zining kelgusi xatti-harakatlari yordamida, masalan faoliyat yuritish usulini o'zgartirish orqali, kelgusi sarflarni chetlab o'tishi mumkinligi sababli, unda kelgusi sarflar uchun hyech qanday mavjud javobgarlik bo'lmaydi va hyech qanday baholangan majburiyat tan olinmaydi.

Javobgarlik uning mavjud bo'lishi xar doim boshqa bir tomon oldida ekanini nazarda tutadi. Lekin, bu tomon aynan kim ekanligi muhim emas — aslida, javobgarlik butun jamiyat oldida vujudga kelishi ham mumkin.

Javobgarlik har doim boshqa tomon oldidagi shartnomaviy majburiyatni nazarda tutganligi sababli, rahbariyat yoki direktorlar kengashining qarori, agar ushbu qaror hisobot davri oxiridan oldin ta'sirlanadigan tomonlarga, ushbu tomonlarda tashkilot o'z zimmasiga olgan javobgarliklarni bajarishi yuzasidan asosli kutishlar xosil qilinganini yetarlicha aniq tarzda yetkazilmagan bo'lsa, hisobot davri oxirida konstruktiv javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.

Javobgarlikni darhol keltirib chiqarmaydigan hodisa, qonunchilikdagi o'zgarishlar yoki tashkilotning konstruktiv javobgarlikni yuzaga kelishiga sabab bo'ladigan xatti-harakati tufayli (masalan, yetarlicha aniq ijtimoiy bayonot), uni keyingi sanada yuzaga keltirishi mumkin. Masalan, atrof-muhitga zarar yetkazilganda uning oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha javobgarlik yuzaga kelmasligi mumkin. Lekin, yetkazilgan zarar, uni bartaraf etish yangi kiritilgan qonunlarda talab qilganida yoki tashkilot konstruktiv javobgarlikni keltirib chiqaradigan shaklda zarar bartaraf etish bo'yicha javobgarlikni ommaviy tarzda o'z zimmasiga olganda, javobgarlik yuklaydigan hodisa hisoblanadi.

Taklif etilgan yangi qonunning tafsilotlari hali oxirigacha yakunlanmagan bo'lsa, javobgarlik yangi qonun loyihasida keltirilgan tahrirda amal kilishi deyarli aniq bo'lganda, yuzaga keladi. Mazkur standart maqsadlarida, bunday javobgarlik yuridik javobgarlik sifatida qaraladi. Qonun xujjatlarini qabul qilish tartibidagi farqlar, qonun xujjatlarining qabul qilinishini deyarli aniq ta'minlaydigan yagona hodisani aniqlashning imkonsizligiga olib keladi. Ko'p holatlarda, qonun xujjati rasmiy qabul qilinmaguncha uning qabul qilinishini deyarli aniq deb bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Уразов К.Б. Бошка тармокларда бухгалтерия хдсобининг хусусиятлари. Дарслик. К,айта ишланган ва тулдирилган 2-нашр.- Т.: «Фан ва технология», 2019. - 540 б.

2. Ташназаров С.Н. Молиявий бухгалтерия хдсоби ва хдсоботи: халкаро ва миллий жихдтлар. Монография. - Т.: Иктисод-молия, 2009. - 168 б.; З.Чайковская, Л. А., & Якушева, Ю. А. (2007). Организационные и методологические подходы к отражению условных активов и обязательств хозяйственной деятельности. Международный бухгалтерский учет, (2), 3348.

4.Чайковская, Л. А., & Якушева, Ю. А. (2006). Организационные и методологические подходы к отражению условных активов и обязательств хозяйственной деятельности. Все для бухгалтера, (21), 16-27.

5. Rajabova, N. U. (2023, April). "Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar"(bhxs 37) standartning o 'ziga xos xususiyatlari. In Proceedings of International Educators Conference (Vol. 2, No. 4, pp. 1-4).

6. Djabbarova, Ch., & Abdullayeva, N. (2022). BHMS va MHXS konvergensiyasi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish. Novbiy Uzbekistan: uspeshnbiy mejdunarodnbiy opbit vnedreniya mejdunarodnbix standartov finansovoy otchetnosti, 1(5), 266-269.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.