Научная статья на тему 'BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLARNI AUDITORLIK TAHLILI II'

BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLARNI AUDITORLIK TAHLILI II Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
401
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AUDITORLIK TAHLILI / BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR / SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLAR / DEBETORLIK QARZNI / KREDITORLIK QARZI

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Shirinov U.A., Amonov, Toxirov B.

Maqolada baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlarni auditorlik tahlilini o’tkazish masalalar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AUDIT ANALYSIS OF ASSESSED LIABILITIES, CONTINGENT ASSETS AND CONTINGENT LIABILITIES II

The article discloses the issues of auditor analysis of estimated liabilities, contingent assets and contingent liabilities.

Текст научной работы на тему «BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLARNI AUDITORLIK TAHLILI II»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Toxirov B. magistranti SamISI

BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLARNI AUDITORLIK TAHLILI

Annotatsiya. Maqolada baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlarni auditorlik tahlilini o'tkazish masalalar ochib berilgan.

Kalit so'zlar: auditorlik tahlili, baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlar, debetorlik qarzni, kreditorlik qarzi.

Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES Tokhirov B. graduate student SamIES

AUDIT ANALYSIS OF ASSESSED LIABILITIES, CONTINGENT ASSETS AND CONTINGENT LIABILITIES

Abstract. The article discloses the issues of auditor analysis of estimated liabilities, contingent assets and contingent liabilities.

Key words: audit analysis, estimated liabilities, contingent assets and contingent liabilities, receivables, payables.

Jahonda resurslar taqchilligi muammosi moliyaviy aktivlardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Dunyo moliya bozorida moliyaviy aktivlarga bo'lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Shu bois, xalqaro hisob amaliyotida "moliyaviy aktivlar" buxgalteriya hisobining muhim obyekti sifatida tan olinishiga katta e'tibor qaratilmoqda. Biroq, bugungi kunda xalqaro amaliyotda qo'llanilayotgan moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotda korxonalarning moliyaviy aktivlari to'g'risida ma'lumotlari axborot foydalanuvchilarning talablariga to'liq muvofiq, deb bo'lmaydi. Shuningdek, moliyaviy aktivlar

hisobini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish, ushbu aktivlar hisobiga oid rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan milliy darajada samarali foydalanilishiga erishish barcha mamlakatlar uchun eng muhim va dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda.

Baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlar haqida 37-son "Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar" nomli standartda quyidagicha tariflar berilgan.

Baholangan majburiyat- bu noaniq bajarish muddatiga yoki noaniq qiymatga ega bo'lgan majburiyatdir.

Shartli majburiyat - bu oldingi hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan va uning mavjudligi faqatgina tashkilotning to'liq nazorati ostida bo'lmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo'lishi yoki sodir bo'lmasligi natijasida tasdiqlanadigan ehtimolli javobgarlikdir.

Shartli aktiv - bu oldingi hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan va uning mavjudligi faqatgina tashkilotning to'liq nazorati ostida bo'lmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo'lishi yoki sodir bo'lmasligi natijasida tasdiqlanadigan ehtimolli aktivdir.

Korxonalar o'rtasida bo'ladigan, shuningdek, kredit tashkilotlari va nazorat tashkilotlari o'rtasidagi hisob kitoblarda to'lovlar bo'yicha kechiktirilgan vaqt bo'yicha farqlanishlar kelib chiqadi. Bunda korxona tomonidan to'lanishi lozim bo'lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo'lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlariga quyidagicha sharx berish mumkin. Qarshi tamonga to'lanishi lozim bo'lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, qarshi tamondan olinishi lozim bo'lgan majburiyatlar debitorlik majburiyatlari deyiladi.

Baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlar auditorlik tekshiruvidan o'tkazish maqsadi buxgalteriya hisoboti debetorlik va kreditorlik bo'limining ishonchliligi to'g'risida fikr shakllantirish va korxonada baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlar bilan bog'lik muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy xujjatlarga hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob kitoblarning doimiy yo'ldoshi hisoblanadi. Lekin ularning to'lov muddatining oshib ketishi korxonalar moliyaviy ahxvoliga katta ta'sir o'tkazadi. Shu maqsadda korxonalar faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini to'g'ri boshqarish masalasiga alohida ahamiyat beriladi.

Muddati o'tgan debitorlik majburiyatlarining oldini olish bevosita davlat nazorati va e'tiboridagi masala ham hisoblanadi. Negaki, korxonalar va tashkilotlar o'rtasida bo'ladigan o'zaro munosabatlarda majburiyatlarni

tartiblash asosida davlat naqd pul muomalasini boshqarish va iqtisodiy tadbirlar rejasini tuzib chiqish chora tadbirlari belgilanadi.

Tahlil etishning asosiy maqsadi - debitorlik va kreditorlik majburiyatlari aylanish davrini tezlashtirish asosida korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilashdan iborat. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo'yicha hisobot, ma'lumotnoma har oyning 1-sanasida tuzilib, tegishli tashkilotlarga topshiriladi. Ushbu ma'lumotnomadan korxonaning majburiyatlar balansini ham tuzish mumkin.

Biz yuqorida belgilagan edikki, korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishining aso siy sababi hisob kitoblarda to'lovlar muddatining yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunda debitorlik kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishiga har qanday holda ham yo'l qo'yiladi. Agarda mahsulotlar ortib jo'natish orqali sotiladigan bo'lsa bunda to'lovlar amalga oshish sanasiga qadar, agarda tovarlar pulini oldindan to'lash asosida sotiladigan bo'lsa bunda ham tovarlarni jo'natish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida hisobda aks etttiriladi.

Debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo'yicha hisobot, ma'lumotnoma har oyning 1-sanasiga tuziladi va tegishli tashkilotlarga topshiriladi.

Debitorlik va kreditorlik qarzlari korxona balansi, ya'ni har chorakda tuziladigan korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlari holati to'g'risidagi hisobotda ham aks ettiriladi.

Korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlariga baho berishda ularni balans holatiga keltirib o'rganish ham mumkin bo'ladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansi ular orasidagi o'zaro tenglik nisbatini xarakterlaydi. Bunda debitorlik majburiyatlarining kreditorlik majburiyatlaridan ortib ketishi yoki aksincha holatlari ifodalanadi.

Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning to'laydigan majburiyatlarini xarakterlaydi. Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar kirishini va ularning yuzaga kelish sabablarini tarkiblab o'tgan edik. Kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ham tarkiblash mumkin.

Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo'lgan tomonlar bo'yicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni to'lash muddatlari bo'yicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek, debitorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarining aylanishi koeffitsiyenti va davri aniqlanadi. Lekin, bunda qatnashuvchi ko'rsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini o'rganishda assosiy ko'rsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli to'lanmagan mollar, ashg'lar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining haqiqiy ko'rsatkichlariga murojat qilinadi.

Biz tadqiqot olib boorish jarayonida "Samarqand don maxsulotlari" AJning ochiq malumotlaridan foydalangan holda korxona faoliyatini tahlil qildik va MXHS 37-son "Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli

aktivlar" nomli standar qo'llanilmagan, hamda baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlar bo'yicha hisob -kitoblar qilinmagan.

"Samarqand don maxsulotlari" AJ 2020 yil 29 fevral xolatiga byudjet va byudjetdan tashqari ajratmalar oldidagi 2636885,1 ming so'm boqimanda qarzdorlik Xukumat komissiyasining 2020 yil 26 fevraldagi№ 5-sonli bayonnomasiga asosan 28.02.2022 yilgacha uzaytirilgan, xamda 113061,2 ming so'm ustama summalari hisobdan chiqarilgan. Bundan tashqari 2020 yil 29 fevral xolatiga budjet oldidagi 8325224,7 ming so'm boqimanda qarzdorlik Xukumat komissiyasining 2020 yil 11 martdagi№ 6-sonli bayonnomasiga asosan 28.02.2022 yilgacha uzaytirilgan xamda 306270,4 ming so'm ustama summalari xisobdan chiqarilgan. Ichki auditorning yuqoridagi malulotiga asoslanga holda biz korxonaga 113061,2 ming so'm byudjet va byudjetdan tashqari ajratmalar bo'yicha shartli majburiyatni hamda 306270,4 ming so'm budjet oldidagi shartli majburiyatni aks ettirishni taklif qildik.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. «Auditorlik faoliyati to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining 25.02.2021 y. O'RQ-677-sonli Qonuni

2. Urazov K.B., Po'latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. -T.: «Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2020, 564 bet.

3. Аудит. Укув ^yraaHMa /Тyлaхyджaeвa М.М., Жyрaeв Т.И, Гулямoвa Ф.Г.лaрнинг умумий TaxptfpH oстидa. - Т.: БАМА шшр. Мaркaзи. 1 tom

4. Дустмурoдoв Р.Д. Аудит aсoслaри. Дaрслик.: Т.: Узбекистан миллий энциклoпeдияси, 2003;

5. Туйчиев А.Ж. Мaжбуриятлaр бухгaлтeрия хд^би Ba тaxлилининг нaзaрий мeтoдoлoгик муaммoлaри. Диссeртaция. и.ф.д. - ^шкет1. 2011. 71-б.

6. Мусaeв Х,.Н. Аудит. Дaрслик. - Т.: Мoлия, 2003

7.Djabbarova, Ch., & Abdullayeva, N. (2022). BHMS va MHXS konvergensiyasi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish. Novbiy Uzbekistan: uspeshnbiy mejdunarodnbiy opbit vnedreniya mejdunarodnbix standartov finansovoy otchetnosti, 1(5), 266-269.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.