Научная статья на тему 'MOLIYAVIY HISOBNING XALQARO STANDARTLARIGA ASOSAN MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAYYORLASHDA YO‘L QO‘YILADIGAN XATOLAR TURLARI VA ULARNI TUZATISH USULLARI'

MOLIYAVIY HISOBNING XALQARO STANDARTLARIGA ASOSAN MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAYYORLASHDA YO‘L QO‘YILADIGAN XATOLAR TURLARI VA ULARNI TUZATISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matematik yanglishishlar / asosiy (jiddiy) xatolar / BHXS (IAS) 8 / Hisobot davri / muxim xatolar / asosiy yondoshish / yo‘l qo‘yiladigan muqobil yondoshish. / mathematical errors / fundamental (serious) errors / BHXS (IAS) 8 / Reporting period / significant errors / fundamental approach / permissible alternative approach.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Soporboyev T.Sh.

Moliyaviy hisobotlar butun dunyoda tashqi foydalanuvchilar uchun ko‘pgina tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyorlanadi va taqdim qilinadi. Bunday moliyaviy hisobotlar turli davlatlarda bir-biriga o‘xshash bo‘lib tuyulsa ham, ular o‘rtasida turli ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlar hamda har xil davlatlarda milliy talablar o‘rnatilganida moliyaviy hisobotning turli foydalanuvchilarining talablari hisobga olinganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan farqlar mavjuddir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES OF ERRORS MADE IN THE PREPARATION OF FINANCIAL STATEMENTS BASED ON INTERNATIONAL STANDARDS OF FINANCIAL ACCOUNTING AND METHODS OF THEIR CORRECTION

Financial statements are prepared and presented by many business entities to external users around the world. Although such financial statements may appear to be similar in different countries, they may arise due to different social, economic and legal conditions between them, as well as the requirements of different users of financial statements when national requirements are imposed in different countries. There are differences.

Текст научной работы на тему «MOLIYAVIY HISOBNING XALQARO STANDARTLARIGA ASOSAN MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAYYORLASHDA YO‘L QO‘YILADIGAN XATOLAR TURLARI VA ULARNI TUZATISH USULLARI»

Soporboyev T.Sh.

"Ma'mun Universiteti"NTMIqtisodiyot vagumanitarfanlarfakulteti

MOLIYAVIY HISOBNING XALQARO STANDARTLARIGA ASOSAN MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAYYORLASHDA YO'L QO'YILADIGAN XATOLAR TURLARI VA ULARNI TUZATISH

USULLARI

Annotatsiya. Moliyaviy hisobotlar butun dunyoda tashqi foydalanuvchilar uchun ko'pgina tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyorlanadi va taqdim qilinadi. Bunday moliyaviy hisobotlar turli davlatlarda bir-biriga o 'xshash bo'lib tuyulsa ham, ular o 'rtasida turli ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlar hamda har xil davlatlarda milliy talablar o 'rnatilganida moliyaviy hisobotning turli foydalanuvchilarining talablari hisobga olinganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo 'lgan farqlar mavjuddir.

Kalit so 'zlar: matematik yanglishishlar, asosiy (jiddiy) xatolar, BHXS (IAS) 8, Hisobot davri, muxim xatolar, asosiy yondoshish, yo 'l qo 'yiladigan muqobil yondoshish.

Soporboyev T.Sh.

""Ma 'mun University"" NTM Faculty of Economics and Humanities

TYPES OF ERRORS MADE IN THE PREPARATION OF FINANCIAL STATEMENTS BASED ON INTERNATIONAL STANDARDS OF FINANCIAL ACCOUNTING AND METHODS OF THEIR

CORRECTION

Abstract. Financial statements are prepared and presented by many business entities to external users around the world. Although such financial statements may appear to be similar in different countries, they may arise due to different social, economic and legal conditions between them, as well as the requirements of different users of financial statements when national requirements are imposed in different countries. There are differences.

Key words: mathematical errors, fundamental (serious) errors, BHXS (IAS) 8, Reporting period, significant errors, fundamental approach, permissible alternative approach.

Kirish.

Moliyaviy hisobotlar butun dunyoda tashqi foydalanuvchilar uchun ko'pgina tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyorlanadi va taqdim qilinadi. Bunday moliyaviy hisobotlar turli davlatlarda bir-biriga o'xshash bo'lib tuyulsa ham, ular o'rtasida turli ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlar hamda har xil davlatlarda milliy talablar o'rnatilganida moliyaviy hisobotning turli

foydalanuvchilarining talablari hisobga olinganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan farqlar mavjuddir.

Shuningdek, moliyaviy hisobotlarni topshirishda xatoliklar bo'lishi mumkin, lekin bu xatoliklar moliyaviy hisobotlarni topshirilish davridamas, balki ma'lum bir davrlardan keyin aniqlanishi mumkin. Ushbu maqolada oldingi davrlarlarda yo'l qo'yilgan xatolar va ularni tuzatish usullari bilan tanishamiz.

Bir yoki bir necha oldingi davrlar bo'yicha moliyaviy hisobotni tayyorlash paytida sodir etilgan xatolar joriy davrda aniqlanishi mumkin.

Xatolar:

• matematik yanglishishlar;

• hisob siyosatining noto'g'ri qo'llanishi;

• ma'lumot buzib ko'rsatilishi, aldash yoki e'tiborsizlik natijasida vujudga kelishi mumkin.

Ushbu xatolarni tuzatish odatda joriy davr bo'yicha sof foydani yoki zararni hisoblashda hisobga olinadi. Kam holatlarda xato bir yoki bir necha hisobot davrlari bo'yicha moliyaviy hisobotlarga shunchalik muhim ta'sir ko'rsatadiki, bunda endi ushbu hisobotlarni tayyorlangan sanaga ishonchli deb hisoblab bo'lmaydi. Ushbu xatolar asosiy (jiddiy) deb ataladi. Asosiy (jiddiy) xatolarning misoli tariqasida oldingi davrning moliyaviy hisobotlariga tugallanmagan ishlab chiqarishning ahamiyatli summalarini yoki kuchga kiritilishi mumkin bo'lmagan soxtalashtirilgan shartnomalar bo'yicha debitorlik qarzlarni kiritilishini keltirish mumkin.

Oldingi davrlarga taalluqli bo'lgan asosiy (jiddiy) xatolarni tuzatish solishtiriladigan ma'lumot yangilanishini yoki qo'shimcha istiqbolli ma'lumotni talab qiladi.

Xatolar moliyaviy hisobotning elementlarini tan olish, baholash, taqdim etish yoki ma'lumotlarni ochib berishda paydo bo'lishi mumkin. Tadbirkorlik subyektining moliyaviy holati, moliyaviy natijalari yoki pul oqimlarining o'zgacha taqdim etishga erishish maqsadida ataylab qilingan muhim xatolar yoki muhim bo'lmagan darajadagi bo'lgan xatolar mavjud bo'lsa moliyaviy hisobotlar MHXSlarga muvofiq taqdim qilingan bo'lmaydi. Joriy davrda topilgan ehtimolli xatolar moliyaviy hisobotlarni chiqarishga ruxsat etilishidan oldin tuzatilishi kerak. Ammo, muhim xatolar ba'zida keyingi davr kelmaguncha topilmaydi, va ushbu oldingi davrlarga tegishli xatolar mazkur keyingi davrning moliyaviy hisobotlarida taqdim etilgan qiyosiy ma'lumotlarida tuzatiladi.

«Hisob siyosati, buxgalteriya baholaridagi o'zgarishlar va xatolar» nomli standartga ko'rsatilgan etilgan cheklovlarni hisobga olgan holda, tadbirkorlik subyekti oldingi davrlardagi muhim xatolarni, ular topilganidan keyin e'lon qilinishi uchun tasdiqlangan moliyaviy hisobotlarning birinchi to'plamida, retrospektiv tarzda quyidagicha tuzatishi lozim:

(a) xato paydo bo'lgan, taqdim etilgan oldingi davr(lar) uchun qiyosiy ma'lumotlarni qayta hisoblash yo'li bilan; (b) agar xato taqdim etilgan oldingi davrlarning eng daslabki davridan oldin yuzaga kelgan bo'lsa, oldingi taqdim

etilgan davrlarning eng daslabki davridagi aktivlar, majburiyatlar va kapitalning boshlang'ich qoldiqlarini qayta hisoblash yo'li bilan.

Retrospektiv qayta hisoblashdagi cheklovlar:

Oldingi davr xatosi retrospektiv qayta hisoblash yo'li bilan tuzatilishi kerak, bundan xatoning biror-bir davrga tegishli ta'sirini yoki yig'ilgan ta'sirini aniqlashni amaliy imkoni yo'q bo'lgan holatlar istisno.

Xatoning taqdim qilingan bir yoki undan ortiq oldingi davrlar uchun qiyosiy ma'lumotga nisbatan biror-bir davrga tegishli bo'lgan ta'sirini aniqlashni amaliy imkoni bo'lmaganida, tadbirkorlik subyekti retrospektiv qayta hisoblashni amaliy imkoni bo'lgan davrlardan eng birinchi davridagi (bu joriy davr ham bo'lishi mumkin) aktivlarning, majburiyatlarning va kapitalning boshlang'ich qoldiqlarini qayta hisoblashi lozim.

Joriy davrning boshida xatoning hamma oldingi davrlarga bo'lgan yig'ilgan ta'sirini aniqlashni amaliy imkoni bo'lmaganida, tadbirkorlik subyekti qayta hisoblashni amaliy imkoni paydo bo'lgan eng dastlabki sanadan boshlab xatoni istiqbolli ravishda tuzatish maqsadida qiyosiy ma'lumotlarni qayta hisoblashi kerak.

Xatolarni tuzatish usullari va yoritish.

Xatolarni tuzatishning ikki usulini ajratadilar:

Oldingi davrlar bo'yicha moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda yo'l qo'yilgan xatolar tuzatilishining summasi hisobot davri bo'yicha daromad yoki zararga kiritiladi.

Oldingi davrlarga taalluqli asosiy (jiddiy) xato tuzatilishining summasi:

1. Taqsimlanmagan daromadning boshlang'ich qoldig'ini o'zgartirish yo'li bilan hisobotda aks etiladi.

2. Hisobot davri bo'yicha sof daromad yoki zararni aniqlashda kiritiladi.

Taqsimlanmagan daromadning boshlang'ich qoldig'ini o'zgartirish yo'li

bilan asosiy (jiddiy) xatoni tuzatishda (agar mumkin bo'lsa, solishtiriladigan ko'rsatkichlar tegishli ravishda tuzatiladi) quyidagilar yoritilishi lozim:

1. Asosiy (jiddiy) xatoning tavsifi.

2. Hisobot davri bo'yicha va har bir oldingi taqdim etilgan davr bo'yicha tuzatish summasi.

3. Solishtirma ko'rsatkichga kiritilgan davrlardan oldingi davrlarga taalluqli tuzatish summasi.

4. Qayta sanalgan solishtirma ko'rsatkichlar yoki ularni qayta sanash mumkin emasligining sababalari.

Oldingi davrning asosiy (jiddiy) xatosini hisobot davrining natijalariga kiritish yo'li bilan tuzatishda solishtirma ko'rsatkichlar oldingi davr bo'yicha moliyaviy hisobotda qanday aks ettirilgan bo'lsa, xuddi shunday ko'rinishda taqdim etilishi lozim.

Hisobot davri va har qanday oldingi davrlar bo'yicha sof foyda yoki zarar asosiy (jiddiy) xato yo'l qo'yilgan davrda tuzatilgan kabi aks ettirish uchun

qo'shimcha ma'lumot alohida jadvallar tarzida taqdim etilishi mumkin. Bunda huquqiy shaxs tomonidan quyidagilar yoritiladi:

1. Muhim hatoning tavsifi

2. Hisobot davrining sof daromadida yoki zararida tan olingan tuzatishlar summasi

3. Qo'shimcha ko'rsatkichlar taqdim etilgan har bir davrga kiritilgan tuzatishlarning summasi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga kiritilgan davrlardan oldingi davrlarga taalluqli tuzatishlar summasi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarni yoritish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, ushbu holat yoritilishi lozim.

ccni tuzatish bilan buxgalteriya baholarini o'zgartirish o'rtasida farqlanishlarni ajratish mumkin. Keyingilari o'zining tabiati bo'yicha, qo'shimcha ma'lumot olinishiga qarab qayta ko'rib chiqishni talab qilishi mumkin bo'lgan yaqinlashtirilgan ko'rsatkichlar hisoblanadi. Masalan, oldindan haqqoniy baholanishi mumkin bo'lmagan, favqulodda vaziyatlar oqibatida tan olingan foyda va zarar muxim xatoning tuzatilishi deb hisoblanmaydi.

8-BHXS "Xisob siyosati, buxgalteriya baholaridagi o'zgarishlar va xatolar" nomli standartga muvofiq muxim xatolarni tuzatish uchun ikki xil yondoshish tavsiya etiladi:

1. Asosiy yondoshish

Oldingi davrlarga taalluqli bo'lgan muxim xatoning tuzatilgan miqdori taqsimlanmagan foydaning boshlang'ich qoldig'ini tuzatish yo'li bilan taqdim etilishi lozim.

2. Yo'l qo'yiladigan muqobil yondoshish.

Muxim xatoning to'g'irlangan summasi joriy davr bo'yicha sof foyda yoki zararni hisoblashda hisobga olinishi lozim.

Oldingi davrlar bo'yicha tuzatishlar tegishli foyda soliqlari chegirilgan holda aks ettiriladi. Agar faqat joriy yil bo'yicha moliyaviy hisobotlar taqdim etilsa, tuzatishning oldingi davr bo'yicha sof foydaga ta'siri xam, shuningdek yoritilishi lozim. Agar solishtirish uchun oldingi davr bo'yicha moliyaviy hisobotlar taqdim etilsa, oldingi davr bo'yicha hisobotlar qayta tayyorlanishi va tuzatish summasi yoritilishi lozim. Quyidagi vaziyatni ko 'rib chiqamiz:

Kompaniya 1 yanvar 2016 yilda 100 000 sh.b. kompyuter sotib oldi. Foydali xizmat muddati 5 yil, tugatish qiymati nol so'mga teng. Kompaniya kompyuter bo'yicha eskirishni to'g'ri chiziqli usulda hisoblaydi. 2016 yilda foyda solig'ining stavkasi 20%.

2017 yil iyun oyida buxgalter 2016 yilda sotib olingan kompyuter bo'yicha eskirish hisoblamaganligini aniqladi.

1. Agar buxgalter aniqlangan xatolikni joriy yilda to'g'rilamoqchi bo'lsa, 2016 yil uchun eskirish summasi 20 000 sh.b. (100000/5yil)ni 2017 yil xarajatlariga qo'shadi va quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:

Dt Kompyuter eskirishi bo'yicha xarajatlar 20 000

Kt Kompyuter bo'yicha jamg'arilgan eskirish20 000

2. Buxgalter aniqlangan xatolikni taqsimlanmagan foyda saldosi hisobidan to'g'irlashga qaror qildi (buxgalteriya o'tkazmasidagi daromad va xarajatlari scheti o'rnida "Taqsimlanmagan foyda" scheti aks ettiriladi). Dt Taqsimlanmagan foyda (Kompyuter eskirishi) 20 000 Kt Kompyuter bo'yicha jamg'arilgan eskirish 2О 000

2016 yilda eskirish xarajatlarini hisoblamaganligi uchun, buxgalter 2016 yil foydasini oshirib ko'rsatgan. Shunday ekan, foyda solig'i oshirib ko'rsatilgan foyda summasidan hisoblangan. Buxgalter foyda solig'i bo'yicha xarajatlar summasini ham kamaytirishi lozim (yuqorida aytilganidek - buxgalteriya o'tkazmasidagi daromad va xarajatlari scheti o'rnida "Taqsimlanmagan foyda" scheti aks ettiriladi).

Foyda solig'i bo'yicha hisob-kitoblarni tuzatish (2016 yilda hisoblangan foyda solig'i summasini kamaytiramiz): 2О ООО * 2О % = 4 ООО

Dt Foyda solig'i bo'yicha to'lovlar (budjetga to'langan avans) 4 ООО Kt Taqsimlanmagan foyda4 000

Xatolikni to'g'rilashda murakkab buxgalteriya o'tkazmasi berish orqali aks ettirish mumkin. Avval eskirish summasi, keyin soliq summasi aniqlanadi va qolgan summa (soliq summasi ayirib tashlagandan keyin) taqsimlanmagan foyda schetida aks ettiramiz.

Dt Taqsimlanmagan foyda (Kompyuter eskirishi) 16 000 Dt Foyda solig'i bo'yicha to'lovlar (budjetga to'langan avans) 4 ООО Kt Kompyuter bo'yicha jamg'arilgan eskirish 2О ООО Yuqorida ko'rsatilganidek, agar taqsimlanmagan foyda kamaysa (schetning debeti bo'yicha aks ettirilsa), u holda soliq bo'yicha majburiyat ham kamayadi.

Quyidagi boshqa bir vaziyatni ko'rib chiqamiz:

1 iyul 2016 yilda kompaniya oldindan ijara haqi sifatida 120 000 sh.b. miqdorida pul mablag 'ini oldi. Buxgalter ushbu summani "Muddati uzaytirilgan daromad" schetida aks ettirgan.

Taqsimlanmagan foyda scheti 31 dekabr 2016 yilda buxgalteriya balansida 85О ООО sh.b. tashkil qiladi. Foyda solig'i stavkasi 3О%.

2017 yilda buxgalter 2016 yilning olti oyi uchun daromadni tan olmaganligini aniqladi. Buxgalter aniqlagan xatolikni taqsimlanmagan foyda scheti saldosini tuzatish orqali amalga oshirmoqchi.

2017yilda sof foyda 410 000 sh.b. tashkil qiladi. 2017yil may oyida 300 ООО sh.b. miqdorida dividend e'lon qilindi va to 'landi. Topshiriq:

1) 2О16yil uchun xatolikni to 'g'rilang.

2) 2017 yil uchun taqsimlanmagan foyda to 'g'risidagi hisobot tuzing. Topshiriqning yechimi:

1) Buxgalter 2016 yilning olti oyi uchun daromadni tan olishi kerak (12О ООО*6/12) = 6О ООО sh.b. va "Muddati uzaytirilgan daromad" schetini kamaytirish (debetlash) lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Karimov A., Ibragimov A., Rizayev N., Imamova N.M., Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari. Darslik. -T.:TMI. "NIHOL PRINT", 2021-332b

2. Палий В.Ф. Международные стандарты учета и финансовой отчетности. Учебник. М.: Инфра-М, 2014. -472 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.