Научная статья на тему 'GAAP ASOSIGA QO’YILGAN MOLIYAVIY HISOB KONTSEPTSIYALARI'

GAAP ASOSIGA QO’YILGAN MOLIYAVIY HISOB KONTSEPTSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
101
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GAAP / SFAC / moliyaviy hisob / moliyaviy hisobning kontseptsiyalari.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Sirojiddinov Ikromiiddin Qutbiddinovich, Xolmirzayev Ulug’bek Abdulazizovich

Maqolada GAAP asosiga qo’yilgan moliyaviy hisob kontseptsiyalarining eng muhim xususiyatlari tadqiq etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GAAP ASOSIGA QO’YILGAN MOLIYAVIY HISOB KONTSEPTSIYALARI»

"Interpretation and researches"

International scientific journal volume 1 issue 3

GAAP ASOSIGA QO'YILGAN MOLIYAVIY HISOB KONTSEPTSIYALARI

Sirojiddinov Ikromiiddin Qutbiddinovich

Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan, O'zbekiston

Xolmirzayev Ulug'bek Abdulazizovich Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan, O'zbekiston el.pochta: xulugbek1984@gmail.com ORCID: 0000-0002-3589-373X https://doi.org/10.5281/zenodo.7599230

Annotatsiya. Maqolada GAAP asosiga qo'yilgan moliyaviy hisob kontseptsiyalarining eng muhim xususiyatlari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: GAAP, SFAC, moliyaviy hisob, moliyaviy hisobning kontseptsiyalari.

Аннотатция. В статье исследованы важнейшие особенности концепций финансового учета, положенных в основу GAAP.

Ключевые слова: GAAP, SFAC, финансовый учет, концепции финансового учета.

Abstract. The article examines the most important features of financial accounting concepts based on GAAP.

Key words: GAAP, SFAC, financial accounting, concepts of financial accounting.

GAAP asosiga qo'yiladigan tamoyillar FASB tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy hisobning kontseptsiyalari to'g'risidagi nizomlarda bayon etilgan. Bu kontseptsiyalar normativ — huquqiy kuchga ega emas. Biroq, ular hisob yuritish standartlari qanday bo'lishi lozimligini va ularni qanday mezonlarga tayanib ishlab chiqilishi zarurligini ko'rsatib beradi.

Moliyaviy hisob kontseptsiyalarining ahamiyati quyidagilarda ifodalanadi. Birinchidan, kontseptsiyalar standartlarning mantiqiy skeletini belgilab beradi hamda andrzalarni bir —biri bilan o'zaro bog'lashga ko'maklashadi. Ikkinchidan, kontseptsiyalar va standartlar iqtisodiy hayotdagi o'zgarishlarga muvofiq ravishda rivojlantirilishi lozim. Bunda har qanday o'zgarishlar muvofiq ravishda rivojlantirilishi lozim. Bunda har qanday o'zgarishlar kontseptsiyalar negiziga qo'yilgan tamoyillarga asoslanishi zarur bo'ladi. Uchinchidan, iqtisodiyot turli sohalarida iqtisodiy faoliyatning yangi tarmoqlari va turlari, yangi xildagi operatsiyalarvujudga keladi. Ular uchun standartlar ishlab chiqilishida xolis va ob'ektiv asos bo'lib kontseptsiyalar xizmat qiladi. Kontseptsiyalar moliyaviy xisobotdan foydalanuvchilar turli guruhlarining manfaatlarini kafolatlash va muvozanatlashtirish quroli bo'lib xizmat qiladi.

AQShda moliyaviy hisobning kontseptsiyalari haqida quyidagi Nizomlar mavjud:

SFAC №1. Tijorat korxonalari moliyaviy hisobotining maqsadlari. SFAC №2. Buxgalteriya xisobi axborotining sifat tavsiflari. SFAC №3. SFAC №6 bilan almashtirilgan. SFAC №4. Notijorat tashkilotlar hisobotining masalalari. SFAC №5. Tijorat korxonalarining moliyaviy hisobotlaridagi ko'rsatkichlarni tan olish va o'lchash. SFAC №6. Tijorat korxonalari moliyaviy hisobotlarining elementlari. Birinchi Nizomda eng avvalo moliyaviy hisobot yo'naltirilayotgan maqsadli auditoriya ta'riflab beriladi. Maqsadli auditoriyani tashkil etuvchi shaxslar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi. Ular kompaniyadan o'zlariga zarur axborotni talab qilib olish vakolatlariga ega emaslar va kompaniya rahbariyati taqdim etgan axborot bilan qanoatlznishga majburlar. Ular iktisodiy va tijorat faoliyatini oqilona darajada tushunadilar va o'zlariga taqdim etilayotgan axborotni (moliyaviy hisobotlardagi axborotni) etarli darajada astoydil o'rganib chiqadilar. Bu axborotni tahlil qilish va uning asosida o'zlarining manfaatlariga muvofiq keluvchi qarorlar qabul qilishga qodirlar. Bu mezon moliyaviy axborotdan manfaatdor shaxslar doirasini kengaytirishga yordam beradi.

Shuni unutmaslik kerakki, manfaatdor shaxslarning ba'zilari kompaniyadan o'zlari uchun zarur axborotni olish imkoniyatiga egadirlar. Masalan, institutsional investorlar (investitsion kompaniyalar, banklar va boshqalar) kompaniyadan zarur ma'lumotni talab qilib olishlari mumkin. Kompaniya ularning so'rovini rad etsa, ular berishi mumkin bo'lgan mablag'lardan mahrum bo'ladi. Demak, moliyaviy axborot kompaniyadan bevosita ma'lumotlar talab qila olmaydigan mayda investorlarga kompaniyaga mablag' solish yoki solmaslik haqida asosli qaror qilishga imkon berishi lozim. Birinchi Nizom moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar doirasiga bulardan tashqari kompaniya faoliyati haqidagi axborotdan manfaatdor bo'lgan shaxslarni ham kiritadi: kompaniyaning rahbarlari, tovar etkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, mahalliy jamoatchilik, soliq organlari, advokatlar, tadqiqotchilar, qimmatli qog'ozlar birjalari va hokazo.

Moliyaviy hisobot yo'naltirilgan maqsadli auditoriya aniqlab olingach, moliyaviy hisobot maqsadlarini ta'riflab berish mumkin bo'ladi.

SFAC №1 ga binoan moliyaviy hisobotlar quyidagi masalalarning echilishiga ko'maklashishi lozim:

— mavjud potentsial investorlarga, boshqa foydalanuvchilarga, kompaniyaga mablag' solish, unga kreditlar berish bo'yicha qarorlar qabul qilishda foydali axborot bo'lib xizmat qilish;

—mazkur shaxslarga kompaniya faoliyatidan ularga tegishli bo'ladigan foizli

to'lovlar, dividentlar va boshqa daromadlar kelib tushish ehtimoli va vaqtini baholashga imkoniyat yaratish;

—kompaniya iqtisodiy resurslarini haqiqiy ravishda aks ettirish. Bunda kompaniyaning tashqi muhiti, bitishuvlar bo'yicha kompaniya resurslari hajmiga ta'sir etishi mumkin bo'lgan bajarilayotgan majburiyatlar, kompaniyaning qarz majburiyatlari yuzasidan uchinchi shaxslarning kompaniya resurslariga da'volari bo'lishi mumkinligi ham yoritib berilishi lozim.

Ikkinchi Nizom (SFAC №2) buxgalteriya hisobi axborotning sifat tavsiflarini yoritib beradi. Buxgalterlik ma'lumotlarining anchagina qismi baho berish yo'li bilan hosil qilinadi. Ya'ni bu ma'lumotlarni tayyorlovchilarning sub'ektiv mulohazalariga bog'liq bo'ladi. Natijada moliyaviy axborot undan foydalanuvchilarni chalg'itish ehtimoli vujudga keladi. Buning oldini olish uchun buxgalteriya axboroti muayyan talablarga javob berishi lozim. Nizomda birinchi darajali va ikkinchi darajali talablar ta'riflab berilgan.

Birinchi darajali talablar:

— axborotning foydalanuvchi uchun qadr — qimmatga egaligi. Moliyaviy hisobotning undan foydalanuvchi uchun qadrliligi, uning eskirmagan va ahamiyatini yo'qotmagan holda, ya'ni o'z vaqtida etkazib berilishi, kompaniya faoliyati kelajagini aniq bashorat qilishga xizmat qila olishi, avval qilingan bashoratlarga tuzatishlar kiritilishi yoki tasdiqlanishi uchun ahamiyatliligi bilan belgilanadi;

— ishonchlilik yoki rostlik. Moliyaviy hisobotning ishonchliligi birinchi navbatda uni tuzuvchilarning kasbiy layoqatiga bog'liq bo'ladi. Nizomga binoan moliyaviy axborotning ishonchliligi kompaniya faoliyatining haqqoniy tasvirlab berilishida, hisobotlar to'g'riligini tekshirib ko'rish mumkinligida, axborotning betarafligi yoki ob'ektivligida ifodalanadi.

Ikkinchi darajali talablar:

—taqqoslanuvchanlik. Muayyan kompaniyaning ish faoliyati haqida hisobotlar ma'lumotlari boshqa kompaniyalar bo'yicha ma'lumotlar keng doirasi bilan taqqoslana olishi lozim. Shuningdek, ma'lumotlarni o'tgan davr bilan, . tarmoq o'rtacha ko'rsatkichi va hatgo boshqa mamlakatlar ma'lumotlari taqqoslashga ehtiyoj mavjud bo'ladi;

—doimiylik (muntazamlik). Bu talab hisobotni tuzish tartib — qoidalari davrdan — davrga bir xil bo'lishi zarurligini ifodalaydi. Ayni paytda GAAPda hisob yuritishdagi tamoyillar o'zgartirilishi imkoniyati ham nazarda tutilgan. Bu holda kompaniyada hisob yuritishda avval qanday usul qo'llanayotganligi, o'zgarish nima uchun yuz berganligi, eski usulda hisoblangan ko'rsatkichlar yangichasiga qay tarzda qayta hisoblab chiqilishi kompaniya hisobotiga tushuntirishda sharhlab beriladi.

Oltinchi Nizom (SFAC №6) tijorat korxonalari moliyaviy hisobotlarining elementlarini tushuntirib beradi. Oltinchi Nizom 1985 yil dekabr oyida uchinchi

Nizom o'rniga qabul qilingan. Unda halqaro tan olingan normalarga muvofiq ravishda tuziladigan moliyaviy hisobotning 10 ta eng muhim elementlari ta'riflab berilgan: daromadlar, xarajatlar, boshqa foydalar (noasosiy faoliyatdan tushum), noasosiy faoliyatdan zararlar, aktivlar, majburiyatlar (passivlar) o'z (aktsiyadorlik) kapitali (sof aktivlar), kompaniya egalarining investitsiyalari, korxonaning egalariga mablag'lar o'tkazib berilishi, jami (yakuniy) foyda.

Oltinchi Nizomdagi muhim nazariy qoida aktivlar va passivlarning daromadlar va xarajatlarga nisbatan birlamchi ekanligining tan olinishidir. Daromadlar va xarajatlar aktivlardan foydalanish va majburiyatlarni qabul qilish oqibati deb qaraladi. Daromadlar yoki aktivlarning ortishi deb, yoki majburiyatlarning tugatilishi deb, xarajatlar esa aktivlardan foydalanish yoki kompaniya faoliyati bilan bog'liq holda majburiyatlar olinishi deb talqin etiladi.

To'rtinchi Nizom AQShda notijorat tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritilishi va hisobotlar tuzishdagi xususiyatlarni aks ettiradi hamda buxgalteriya hisobi yuritilishi halqaro standartlari bilan bevosita bog'langan emas.

Beshinchi Nizom (SFAC №5) tijorat korxonalarining moliyaviy hisobotlaridagi ko'rsatkichlarning tan olinishi va o'lchanishi nazariy asoslarini bayon qilib beradi. Beshinchi Nizom ikkinchi va oltinchi Nizomlarning mantiqiy davomi bo'lib, u oltinchi Nizomda sanab o'tilgan va ikkinchi Nizomda bayon etilgan sifat tavsiflariga javob beradigan elementlarni o'z ichiga oladigan moliyaviy hisobotni qanday tayyorlash lozimligini tushuntirib beradi. Beshinchi Nizom o'z ichiga quyidagi bo'limlarni tan olgan:

— moliyaviy hisobda ma'lumotlarning tan olinishi mezonlari; —ko'rsatkichlarning o'lchanish mezonlari; —hisob yuritish ob'ektlariga nisbatan farazlar; —moliyaviy hisob olib borilishi tamoyillari; —moliyaviy hisob olib borilishi chegaralari; —umumiy maqsadlardagi moliyaviy hisobotlarning ro'yxati. Moliyaviy hisobda ma'lumotlar tan olinishining mezonlari quyidagilardan iborat:

1)ko'rsatkichlarning aniqlanuvchanligi — xo'jalik operatsiyalari haqidagi ma'lumotlar moliyaviy hisobotning oltinchi Nizomda keltirilgan biror elementi ta'rifiga mos kelishi lozim. Ya'ni aktivlarga yoki passivlarga, xarajatlarga va daromadlarga, foyda yoki zararlarga taalluqli bo'lishi lozim;

2)ma'lumotlarning o'lchanuvchanligi - xo'jalik operatsiyalari ishonchli ravishda o'lchanishi mumkin bo'lgan tavsifga ega bo'lishi lozim;

3)foydalanuvchi uchun qadr - qimmatga ega bo'lishi;

4)ishonchlilik (rostlik).

Ma'lumotlarning foydalanuvchi uchun qadr —qimmati ularning o'z vaqtida etkazib berilishiga bog'liq. Biroq, xo'jalik operatsiyasi to'g'risida to'la va ishonchli axborot olish uchun ba'zan anchagina kutishga to'g'ri keladi.

Beshinchi Nizom pul birliklarida ifodalangan barcha baholashlar u yoki bu aktyvni qo'lga kiritish bo'yicha xarajatlar asosida qilinishi kerakligini uqtiradi. Ya'ni aktivlarni ularning balans qiymati bo'yicha, inflyatsiya yoki deflyatsiya bilan bog'lik tuzatishlarsiz baholash lozim.

Beshinchi Nizom hisob ob'ektiga nisbatan muayyan farazlarni nazarda tutadi:

1)hisob yuritish ob'ekti — mustaqil xo'jalik birligidir (huqukiy shaxs). Bu faraz doirasida hisob yuritish ob'ekti huqukiy va xo'jalik jihatlaridan uning kapitali egalariga yoki boshqa xo'jalik birliklariga qaram bo'lmagan iqtisodiy birikma deb qaraladi. Kompaniyani uning egasidan mustaqilligi buxgalteriya xisobi yuritilishi maqsadlarida farq qilinadi. Kompaniya bilan uning egasi o'rtasidagi munosabatlar kompaniyaning huquqiy maqomiga muvofiq holda qonunchilikda belgilab qo'yilgan bo'ladi;

2)hisob yuritish ob'ektining faoliyati uzluksiz deb tan olinadi. Bunda korxona o'zining mavjud majburiyatlarini bajarish uchun etarli bo'lgan davrda o'z faoliyatini davom ettiradi deb qabul qilinadi. Mazkur farazga tayangan holda kompaniyaning aktivlari va passivlari joriy va uzoq muddatli qismlarga bo'linadi;

3)o'lchov birligi mavjudligi. Buxgalteriya hisobi pul birliklarida amalga oshiriladi deb faraz qilinadi. Pul birliklarida o'lchov turli tuman natural ko'rsatkichlarni jamlash imkonini beradi. AQShdagi hisob yuritish amaliyotida valyutaning xarid qobiliyati o'zgarishi inkor qilinadi (e'tiborga olinmaydi);

4)hisob yuritishning muayyan vaqt oralig'iga nisbatan amalga oshirilishi. Hisob yuritishning halqaro standartlariga ko'ra bir yillik davr hisob yuritish uch un asos sifatida qabul qilingan. Kompaniya hisob yuritishda bundan qisqaroq yoki uzoqroq davrni qo'llasa, buni asoslab berishi lozim. Kompaniyaning moliyaviy hisobotlari muayyan sanaga (balans) yoki muayyan davr uchun (foyda va zararlar haqida hisobot) tuziladi.

Moliyaviy hisobning yuritilish tamoyillari kompaniya hisobotida daromadlar va xarajatlar qanday aks ettirilishini aniqlab beradi. Xarajatlarni aniqlash tamoyiliga binoan aktivlarni qo'lga kiritishda va bu operatsiyani birlamchi aks etgirishda mazkur aktivlarni ularni qo'lga kiritish bihosi bo'yicha baholash lozim. Lekin bu aktivlarni qayta baholash tiklanish qiymati yoki tugatish qiymati bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Aktivlardan foydalanish jarayonida ularning dastlabki qiymati eskirishiga yoki amortizatsiya ajratmalariga muvofiq holda kamaytirib boriladi. Aktivlarni qo'lga kiritishda ular uchun pul ko'rinishida haq to'lanmasa ham (qarzga olish yoki barter) bu operatsiya jurnalda baribir pul ifodasida qayd etiladi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Разъяснения Международных стандартов финансовой отчетности. Алматы, 2001.

2. Палий В.Ф. Международные стандарты финансовой отчетности. -М.: ИНФРА-М., 2003 г.

3. З.Эргашева Ш.Т. Международные стандарты финансовой отчетности. Учебник. -Т.: ТГЭУ, 2021 г. - 305 стр.

4. Сирожиддинов И. К. Молиявий хисоботлар халкаро стандартларининг хужалик амалиётида кулланиши масалалари. -Наманган, Усмон Носир нашриёти. 2022.

5. Xolmirzaev, U. A. (2020). Financial assets and improvements of their

analysis. Экономика и социум, (1), 102-105.

6. Juraev, E. S., & Xolmirzayev, U. A. (2020). Supporting small business

subjects by tax reforms. Экономика и социум, (1), 48-52.

7. Juraev, E. S., & Xolmirzayev, U. A. (2019). Profits of housekeeping and its

development. TRANS Asian Research Journals, 8(4).

8. Холмирзаев, У. А. (2021, October). КИСКА МУДДАТЛИ

КИММАТЛИ КОЕОЗЛАРНИ АНАЛИТИК ХДСОБИНИ

ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 396399).

9. Juraev, E., Xolmirzaev, U. A., & Rustamova, M. (2021). INCREASING

THE EFFICIENCY OF REAL INVESTMENT IN THE CONDITIONS OF

ECONOMIC LIBERATION. Интернаука, (21-5), 9-11.

10. Хакимов, Б., Талабоев, Х., & Холмирзаев, У. (2021). ВОПРОСЫ

УЛУЧШЕНИЯ АНАЛИЗА ОБРАЩЕНИЯ ДОЛГОВОЙ ЗАДОЛЖЕННОСТИ В

УСЛОВИЯХ НАПРАВЛЕНИЯ. Экономика и социум, (6-2), 441-446.

11. Xolmirzaev, U., Juraev, E., & Axmadjonova, M. (2021). THE ROLE OF

ACCOUNTING IN SMALL BUSINESS MANAGEMENT. Интернаука, (21-5),

20-22.

12. Камолов, А. А., & Холмирзаев, У. А. (2016). Малый бизнес и частное предпринимательство в Узбекистане. Вопросы экономики и управления, (5), 182-184.

13. Xolmirzaev, U. A., & Juraev, E. S. (2020). Problems of improvement of debitor debt debt analysis. Мировая наука, (1), 100-105.

14. Abdurahmon, K., & Abdulazizovich, K. U. (2021, December). SOME ISSUES OF IMPROVING SECURITIES ACCOUNTING. In Conference Zone (pp. 129-132).

15. Gulshirin, J., & Abdulazizovich, X. U. B. (2022, March). INCREASING THE EFFICIENCY OF INVESTMENT IN THE DEVELOPMENT OF EXPORT

International scientific journal volume 1 issue 3

DIVERSIFICATION IN THE REGION. In Conference Zone (pp. 277-281).

16. Sirojiddinov, I., Xolmirzaev, U., & Axmadj onova, M. (2021). THE NEED

AND FACTORS TO ACCELERATE THE DEVELOPMENT OF PRIVATE

ENTREPRENEURSHIP. Интернаука, (21-5), 14-16.

17. Xolmirzaev, U. A., Juraev, E., & Jamgirova, G. I. (2021). APPROACH TO

ACCOUNTING FOR FINANCIAL ASSETS IN THE ENTERPRISE IN ACCORDANCE WITH INTERNATIONAL STANDARDS. HnmepNayKa, (21-5), 17-19.

18. Khakimov, B., & Kholmirzayev, U. (2020). IMPROVING CASH ACCOUNTING AND ANALYSIS ON THE BASIS OF INTERNATIONAL EXPERIENCES. International Finance and Accounting, 2020(1), 18.

19. Hakimov, B., Yunusov, M., & Holmirzayev, U. (2018). Elaboration of The Balance Sheet Liquidity Analysis-Requirements of The Period. International Finance

and Accounting, 100.

20. Kamolov, A. A., & Xolmirzayev, U. A. (2018). Economic Laws And

Categories. Экономика и социум, (2), 34-36.

21. Убайдуллаев, Т., & Холмирзаев, У. (2019). ФАКТОРЫ И ТЕНДЕНЦИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Мировая наука, (1), 299-302.

22. Abdulazizovich, K. U. (2022). IMPROVING METHODOLOGICAL APPROACHES TO FINANCIAL ASSET ACCOUNTING. INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876,16(4), 56-62.

23. Abdulazizov, K. U., Sherzod, I., & Abdulkhodinevna, S. M. (2022). IMPROVING THE METHODOLOGICAL BASIS OF ACCOUNTING FOR FINANCIAL ASSETS. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429,11, 3439.

24. Abdulazizovich, X. U. B., Qutbiddinovich, S. I., & Sobirjon o'g'li, J. E. (2021). POSITIVE ASPECTS OF THE CASH METHOD IN SMALL BUSINESSES IN A PANDEMIC ENVIRONMENT. American Journal of Economics and Business Management, 4(3), 1-8.

25. Abdulazizovich, K. U. IMPROVING THE REFLECTION OF MONEY AND CASH EQUIVALENT IN THE ACCOUNTING BALANCE. Dear Academicians & Research Scholars, 55.

26. Ogli, I. S. H., & Oglu, O. I. A. Peculiarities of the Development of

Industrial Production in Namangan Region. Volume, 9, 544-547.

27. Abdullayevich, A. O., & Abdullajanovich, U. T. (2021, December).

DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE

ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN. In Conference Zone (pp. 123-128).

International scientific journal volume 1 issue 3

28. Abdullajanovich, U. T. (2022, March). THE ROLE OF INDUSTRIAL

ENTERPRISES IN THE DEVELOPMENT OF THE NATIONAL ECONOMY.

In Conference Zone (pp. 271-276).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

29. Abdullajanovich, U. T. (2021). THE MAIN DIRECTIONS OF

DIVERSIFICATION OF EXPORTS OF INDUSTRIAL PRODUCTS ON THE BASIS OF LOCALIZATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 70-75.

30. Abdullayevich, A. O., & Abdullajanovich, U. T. Ibrogimov Sherzodbek Halimjon ogli.(2021). In Development of small business and private entrepreneurship

in Uzbekistan. Conference Zone (pp. 123-128).

31. Abdullayevich, A. O., & Abdullajanovich, U. T. (2021, December).

DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE

ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN. In Conference Zone (pp. 123-128).

32. Xolmirzayev, A. X. (2021). RISK FACTORS AND UNCERTAINTIES IN THE ECONOMY. Мировая наука, (2), 24-27.

33. Юлдашев, К. М., & Холмирзаев, А. Х. (2019). Осуществление реализации механизма частного партнерства в Узбекистане. Молодой ученый, (51), 435-437.

34. Roxatalievich, S. B., Xakimovich, A. R., Mamadjanovic, Y. K., Xapizovich, H. A., & Bulturbayevich, M. B. (2020). The Results Of The Assessment Of The Investment Potential Of The Regions Of The Republic Of Uzbekistan. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(3), 4428-4437.

35. Ишимбаев, Р. Н., & Холмирзаев, А. Х. (2021). ЦИФРОВИЗАЦИЯ МАЛОГО И СРЕДНЕГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. Экономика и социум, (7), 304-307.

36. Холмирзаев, А. Х., & Ишимбаев, Р. Н. (2021). СУЩНОСТЬ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МАЛОГО БИЗНЕСА И ВАЖНОСТЬ РАЗВИТИЯ. Экономика и социум, (7), 520-526.

37. Kholmirzaev, A. K. (2021). Criteria and directions of development of small business activities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 730-735.

38. Yuldashev, Q. M., Tursunov, N. N., & Kholmirzaev, A. X. (2020). Analysis of small business and private entrepreneurship in the development of the economy of the republic of Uzbekistan. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(8), 60-67.

39. Abdullayevich, A. O. (2022). OPPORTUNITIES FOR SUSTAINABILITY OF SMALL BUSINESS ENTERPRISES ON THE BASIS OF IMPROVING THE BUSINESS ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE &

INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11, 8387.

40. Abdullayevich, A. O. (2022). THE DEVELOPMENT OF MANAGEMENT SCIENCE IN THE ANCIENT WORLD. INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(4), 33-39.

41. Арипов, О. А. (2012). Узбекистонда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни давлат томонидан тартибга солиш. Т.: Фан, 272.

42. Арипов, О. А. (2015). Современное развитие малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане. Молодой ученый, (22), 332-334.

43. Sirojiddinov, I. Q., & Abdumalik o'g'li, M. М. (2022, June). SIGNS AND APPEARANCE OF ECONOMIC HELPLESSNESS. In Conference Zone (pp. 8-14).

44. Tursunpulatovna, N. N. (2022). THEORETICAL ANALYSIS OF THE CONTENT AND CHARACTERISTICS OF MARKET COMPETITION.

INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(4), 79-85.

45. Tursunpolatovna, N. N. (2022). NEED AND DUTIES OF ACCOUNTING IN BUSINESS ENTITIES. INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(11), 8-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.