Научная статья на тему 'MIRZO SALIMBEKNING RUS DAVLATI TARIXI HAQIDA QARASHLARI'

MIRZO SALIMBEKNING RUS DAVLATI TARIXI HAQIDA QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

140
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
amir / knyaz / tatar / mo‘g‘ul / rus / imperator / imperatritsa / rus-fin urushi / rus-turk urushi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Murodjon Dehqonboy O’G’Li Qurbonov

Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligida faoliyat yuritgan davlat va jamoat arbobi, tarixchi Mirzo Salimbekning ―Kashkuli Salimiy hamda tarixi muttaqadimin va muttaaxirin” asarida Rus davlati tarixi haqida fikrlari, o‘zining Rossiya imperiyasiga sayohati va taasurotlari haqida ma‘lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIRZO SALIMBEKNING RUS DAVLATI TARIXI HAQIDA QARASHLARI»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

MIRZO SALIMBEKNING RUS DAVLATI TARIXI HAQIDA QARASHLARI

Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligida faoliyat yuritgan davlat va jamoat arbobi, tarixchi Mirzo Salimbekning "Kashkuli Salimiy hamda tarixi muttaqadimin va muttaaxirin" asarida Rus davlati tarixi haqida fikrlari, o'zining Rossiya imperiyasiga sayohati va taasurotlari haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: amir, knyaz, tatar, mo'g'ul, rus, imperator, imperatritsa, rus-fin urushi, rus-turk urushi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida dunyoda yuz bergan jadal o'zgarishlar to'lqini Markaziy Osiyo davlatlarini ham chetlab o'tmadi. Uzoq davrlar davomida tashqi dunyodan uzoqlashib, o'z qobiqlariga o'ralashib qolgan xonliklar aholisi asta-sekin dunyo davlatlari bilan yuzlasha boshladilar. Bir qator mahalliy aholi vakillari Yevropa va Rossiya imperiyasining markaziy shaharlari bo'lib qaytdilar hamda o'z esdaliklarida sayohatlari haqida yozib qoldirdilar. Buxoro amirligidan bir qator elchilar o'zlariga yuklatilgan vakolatlar bilan birga tashrif buyurgan davlatlari madaniyati, taraqqiyoti va tarixi haqida o'z zamondoshlari uchun qimmatli ma'lumotlarnin qoldirganlar. Ushbu maqolada Amir Abdulaxadxon elchilari tarkibida bo'lgan Mirzo Salimbekning Rus davlati tarixi hamda o'z sayohati haqida asarlarida keltirgan fikrlari haqida to'xtalib o'tiladi. O'z davrida ajdodlarimizning xorij davlatlari haqida tasavvurlari sizga ham qiziqarli bo'ladi deb o'ylaymiz.

Asosiy qism.

Mirzo Salimbek Buxoro (1848-1930) amirligining yirik davlat arbobi, tarixchi olimdir1. O'z faoliyati davomida Amir Muzaffar, Amir Abdulaxadxon hamda Amir Olimxon davrida davlat va jamoat ishlarini boshqargan. Mohir diplomat va siyosatchi sifatida tariximizda muhim o'rin tutgan shaxs hisoblanadi. Amir Muzaffar davrida Buxoro amirligi Podsho Rossiyasining protektoratiga aylandi. Mustamlaka davlat mulozimi sifatida ushbu davrda Mirzo Salimbek o'z davlati

Murodjon Dehqonboy o'g'li Qurbonov

Buxoro davlat universiteti, o'qituvchi qurbonovmurod1995@gmail.com

ANNOTATSIYA

Kirish

Eyxopnft A.P. PaxuMOB K. Mup3O CanHM6eK KongupraH Mepoc // Mo3HftgaH cago,2006. № 1.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

manfaatlarini himoya qildi. Taxtga Amir Abdulaxadxon o'ltirgach, Buxoroning Podsho Rossiyasi bilan munosabatlari yaxshilashga e'tibor qaratildi. Shu maqsadda Amir Abdulaxadxon hukmronligining dastlabki davrida Rossiyaga o'z vakillarini yubordi. Ular orasida Mirzo Salimbek ham bor edi .

Mirzo Salimbek Podsho Rossiyasiga elchilik faoliaytini quyidagicha qayd etadi: "Amir Abdulaxadxon otasi vafotidan keyin Karmana viloyatidan kelib, Buxoro taxtiga ega bo'ldi. Butun ulamovu umaro (amaldor) lar fuqarolarni osuda va xotirjam qildilar. Amoratpanox Ostonaqul qushbegi, Hisor hokimi Shodmonbiyni bir necha kishilar bilan Peterburgga elchi qilib yubordi. Ular orasida kitob muallifi Uroq(Mirzo Salimbek asarlarida o'ziga "Uroq" deb taxallus qo'ygan), ham bor edi. O'sha vaqtda otasharoba (poezd) yo'q edi. Rus pochta arobalariga minib to Orenburggacha borib, u yerdan otasharobaga o'tirib Peterburgga bordik. Imperator Aleksandr Aleksadrovich buyrug'i bilan bizlarni Malamorskoy Goran atel'e nomli mehmonxonaga keltirib ko'p e'zozlar qilib joylashtirdilar"3. Ushbu elchilar guruhi Rossiyada katta hurmat e'tibor bilan kutib olinganligini Mirzo Salimbekning quyidagi tafsilotlaridan bilib olish mumkin: muazzam imperatorni huzuriga bo'lib, bizlarning har birimizga nishon, tillo soat, brilliantli angushtarin (uzuk)lar sovg'a qildi. Butun podsholik chorborlari va qasrlarni, Kranshtat ismli dengiz ichidagi shaharni ko'rsatdilar. Oltmish ikki kun bizlarni saqlab, keyin ruxsat berdi va Buxoroga kelib amirning ziyoratiga musharraf bo'ldik.

Muharrir Uroq (ya'ni Mirzo Salimbek) o'sha vaqtda Xitfar va Somjin4 tumanida amaldorlik mansabida edim. Albatta, Podsho hukumati bunday iltifotdan o'ziga xos siyosiy maqsad ham ko'zlagan edi, ya'ni imperiya shaharlari, zavod va fabrikalari hamda me'moriy yodgorliklarini tanishtirish orqali Rossiya imperiyasining qudratli davlat ekanligiga, kelgusida Markaziy Osiyo xalqlarining Rossiya imperiyasiga doimiy homiysi sifatida tayanishi kerakligi g'oyasi ham singdirilgan edi. Mirzo Salimbek o'zining "Kashkuli Salimiy hamda tarixi muttaqadimin va muttaaxirin" asarida Rus davlati tarixi haqida qisqacha ma'lumotlar ham keltiradi. Bular quyidagilardan iborat: 882- isoviy yilda slavyan rus qabilasidan Yurik5 ismli kishi bir qancha viloyatlarda knyaz buldi. Uning vafotidan keyin Oleg knyaz bulib, Kiyev viloyatini olib poytaxtga aylantirdi. Uning vafotidan keyin Igor

2 Л.П.Епифанова «Рукописные источники по истории Средней Азии периода при соединения её к России», Тошкент.:

1965г.C.34.

December 16

knyaz bo'lib zulmni kuchaytirdi. Ruslar uni uldirib uni o'g'li Svyatislavni knyaz qildilar. U ham otasidek xalqqa zulm qildi. Uni ham qatl qilib uning o'g'li Vladimirni 972-isoviy yilda knyaz qilib ko'tardilar.

Vladimir vaqtida rus slavyanlari butparast edilar. 988- isoviy yilida Yunonga lashkar tortib, g'olib bo'lib, Yunon podshosi qiziga uylanmoqchi buladi. Ular dedilar, bizlar xristianmiz, bizlar Iso alayhissalomning dinidamiz. Butparastlarga o'z qizimizni bermaymiz. Vladimir butparastlikdan qaytib, Nasoro dinini qabul qildi. Yunon qaysarining (podshosining) qizi Annaga uylanadi. Bir guruh xristianlarni birga olib kelib, katta to'y qilib, o'z qabilasi guruhlarini butparastlikdan xristian diniga kiritdi. Vladimirni ko'p o'g'illari bor edi. Ularni har bir viloyatga knyaz qilib ularni udel knyazlari deb atay boshladilar. Kiyev viloyatidagi knyazni ulug' knyaz deb atadilar. Vladimir vafotidan keyin uning katta o'g'li Yaroslavl ulug' knyaz bo'ldi. Adliya mahkamasini tartibga soldi. Hokimlarga "Qonunnoma6" berdiki, uning yuzasidan qonun chiqarar edilar. 1054 isoviy yilda Svyatoslav degan ulug' knyaz vafot etib, uning o'rniga Svyatopolk ulug' ulug' knyaz bo'ldi. 1113 - isoviy yilda Svyatopolk vafot etib, uning o'rniga Vladimir Soniy (Vladimir Monomax) ulug' knyaz bo'ldi. Bu davrda ilgarigi xarob viloyatlar obod bo'ldilar. 1225 - isoviy yilida Vladimir Soniy vafot etib, knyazlar orasida ixtiloflar kuchayib, Kiyev xarob bo'lib, har tomonga parishon bo'ldilar. Vladimir Soniydan so'ng uning o'g'li Yuriy Dolgorukiy knyaz bulib, rusni ancha osoyishtalikka olib keldi. Rostov viloyatini o'zining poytaxtiga aylantirdi. Uning vafotidan keyin o'g'li Andrey Bogolyubskiy knyazlik mansabiga mingach, o'zining bobosi tomonidan tashkil etilgan Vladimir shahrini o'zining poytaxtiga aylantirdi. Andrey Bogolyubskiy bag'oyat muruvvatsiz, rahmsiz bulib, uning o'rniga Vsevolod Bolshoy Gnezdoni qo'ydilar. Vsevolod Bolshoy Gnezdoning (o'g'illari) nasli ko'p bulib, har bir viloyatga ulardan knyaz tayinlab, bu davrda alohida knyazliklar kuchayib ketdi. U vaqtda Moskva viloyatida bir boyar yashar edi. 1147 - isoviy yilda Moskva viloyati shaharga aylanib kundan-kunga taraqqiy eta boshlaydi.

1224 isoviy yilda totor qavmi Osiyo qit'asidan kelib, Don daryosi bo'ylariga kelib, Polovetslar qabilasini u yerdan haydab u yerlarni o'z makonlariga aylantirdilar. Rus qavmi totor kelishini eshitib, vahm va harosga tushdilar. Polovetslar rusdan yordam so'rab murojaat kildilar. Knyaz Svyatoslav qo'shin to'plab totorlar bilan jang qildi. Totorlar elchilar yuborib, bizlar rus bilan jang qilmokchi emasmiz, ularga daxl qilmaymiz. Knyaz Svyatoslav totorlarning vakillarini o'ldiradi.

6 Mashhur "Rus haqiqati" haqida so'z ketmoqda.

7 Mo'g'ullar bilan birga Rusga hujum qilgan tatarlar.

December 16

258

Totorlar urushmasdan orqaga chekinib, boshqa yo'l bilan ketdilar. Ruslar xursand bo'ib, totorlar bizlardan qo'rqib qochdi deb uylab, ularning orqalaridan quvladilar. Totorlar ko'rdilarki ruslar ularni tinch qo'ymaydilar, rus lashkarlariga to'rt tomondan hujum qilib, ularni qatl qilaverdilar. Rus askarlari qochishga yuz tutdilar. Aytadilarki, totor mo'g'ul qavmidan bo'lib, moldor ko'chmanchi edilar. Sahro va tog'larda yurar edilar. Shuning uchun ularni ruslar totorlar deb atar edilar.

Totorlar qavmidan ko'p avlod va qabilalar tarqalib, ularning har birini nog'oy, qalmoq, qirg'iz va hokazo nomlar bilan atar edilar. Ba'zi tarixlarda zikr qilinadiki,

о

Kolim daryosi yoki uning nomini Tot deb atar edilar, mana shu Tot daryosi buylarida totorlar maskan qurgan edilar. Shuning uchun bu qavmning nomini ham Tot daryosining nomi bilan totor deb atar edilar. Garchi totor qavmi Xitoy viloyatidan chiqqan bo'lsalar ham 1220- isoviy yillarda rusga ma'lum bo'ladi. O'sha zamonda mog'ul qavmidan Chingizxon xuruj qilib, butun Osiyoni o'ziga tobe qilgan edi. 1224-yilda (isoviy) Yevropa iqlimida totorlar yerlarini kengaytirish uchun ko'pgina viloyatlarni bosib oldilar. Totor qavmidan Botuxon nomli (Chingizxon nevarasi) Kiyevni iste'lo qilib, xalqlarga daxl qilmasdan ularning dinini qabul qildi. 1240-isoviy yilda totorlar ko'pgina rus viloyatlarini olib, qipchoq dashtida Xon Baliq nomli shahar bino qildilar. Totor davlatini tashkil qilib, ularni idora qilish ishlariga daxl qilmadi. Yana har bir sur viloyatini sobiq knyazlarga berib, har yili ma'lum miqdorda xiroj olar edilar. Knyazlarni tayinlash va ularni vazifalaridan bekor qilish totor podshosi ixtiyorida edi. Botuxon Aleksandr Nevskiyni Moskva viloyatiga ulug' knyaz qilib tayinlaydi. Boshqa udelniy knyazlarni unga tobe qilib doimo uni hamiyat qilar edi. 1263- isoviy yilida Aleksandr Nevskiy vafot etadi undan keyin 65 yil knyazlar o'rtasida fitnalar chiqib, bir-birlarini o'ldirib o'zaro urushlar bo'lib turdi. Undan keyin Aleksandr Nevskiyni nabirasi, Ivan ismli totor xoniga ko'p peshkashlar yubordi. Moskvada ulug' knyaz bo'ldi. Zoxirin totor xoniga tobe edi. Totorlardan mustaqil bo'lishga harakat qila boshladi. 1340- isoviy yilida Ivan vafot etib, uning avlodlaridan bir nechalar knyaz bo'ldilar. Ivan Kalitaning nevarasi Dmitriy ismli Moskvada ulug' knyaz bo'lib, yillik xirojni totor xoni Mamayga berishdan bosh tortdi. Mamayxonni elchilarini o'ldirdi. Ko'p qo'shin to'plab 1380- isoviy yilda Kulikov mavzeyida jang qilib, totor lashkarini marlub etdi. Dmitriy Ivanovich Donskoy laqabini oldi.

Totor qavmi Mamayxonni xonlikdan chetlashtirib, To'xtamishxonni podsho qilib ko'tardilar. To'xtamishxon o'zining lashkarlari bilan kelib

8 Hozirgi Kolima daryosi Rossiya Federatsiyasi, Saxa (Yakutiya) o'lkasida.

December 16

Moskvani muxosara qilib, Dmitriy Donskoyni o'ziga tobe qildi. Xirojni to'lashga majbur etdi. 1389-yilda Dmitriy vafot etdi. Vasiliy ismli uning o'g'li Moskvada ulug' knyaz bo'ldi. Totor xoni bilan do'stlik aloqalarini mustahkamlab, totorlar yordami bilan rusning ko'p viloyatlarini Moskvaga tobe qildilar. Vasiliy vafot etib, uning o'rniga o'g'li Vasiliy Tyomniy Moskvada knyaz bo'lib, to bir ming turt yuz oltmish ikki isoviy yiligacha hukmronlik qilib, buning zamonida totorlar orasida fitnalar ko'payib, taxt uchun o'zaro kurashlarni boshladilar. Kundan kunga ularning ruslarga nufuzi (ta'siri) kamayib bordi. Shu vaqtda Amir Temur sohibqiron xuruj qilib, Oltin O'rda xonini tor-mor qilib, totorlar Amir Temurdan qo'rqib, har tomonga parokanda bo'ldilar9. Amir Temur ketgandan keyin yana totorlar to'planib Ashtarxon, Qrim va Qozonni birlashtirib, o'z davlatlarini tashkil qildilar. To Ivan Solis vaqtigacha totorlar davlati sekin-sekin kuchsizlandi. Ivan Soniy 1463-isoviy yilida udelniy knyazlarni o'rtadan ko'tarib Moskva atrofiga rus yerlarini birlashtira boshladi, o'zini podsho deb e'lon qildi. Adliya qonunlarini tartibga soldi. O'rus va provoslavlarni birlashtirdi. Qirq ikki yil mustaqil podsholik qildi. Uning vafotidan keyin o'g'li Vasiliy Soniy podsholik qildi. 27 yil podsholik qilib, u o'lgandan keyin uning o'g'li Ivan Grozniy podsho bo'ldi. To 1584- isoviy yilgacha Qozon, Astraxon va Sibirni Rossiya davlatiga tobe qildi, U olgan joylariga rahmsizlik siyosatini yurgizdi. Xususan totorlarga nisbatan qattiq adovat saqlagan edi. U o'lgandan keyin uning o'g'li Fyodor podsho bo'ldi. Yetti yildan keyin Fyodor vafot etib, undan nasl qolmagan edi.

Yurik avlodlaridan bo'lgan knyaz podsholar un besh nafar edilar. Undan keyin har kimni taxtga o'tkazdilar. Bir necha kundan keyin uni o'ldirib yoki taxtdan tushirar edilar. To 1613- isoviy yilgacha juda ko'p to'polonlar, urushlar bo'lib o'tgan edi. Mazkur tarixda boyarlarning mashvarati bilan Mixail Fedorovich Ramanovni Moskva podshosi qilib ko'tardilar-ki, hozirgi imperatorlar uning avlodidandirlar. Mixail Fedorovich o'ttiz ikki yil podsholik qilib, vafot etdi. Uning o'rniga o'g'li Aleksey podsho bo'ldi. 1676- isoviy yilda Aleksey o'lib, uning joyiga o'g'li Fedorni taxtga o'tkazib olti yil podsholik kildi. U o'lgach uni o'g'li 6 yoshar Pyotrni podsho qilib ko'tardilar. Uning ishlarini Anna ismli onasi bajarar edi. Pyotr voyaga yetgandan keyin jamiy ishlarni o'z qo'liga oldi. Kurdiki Rossiya nodonlik, jaxolat yoqasiga tushib taraqqiyotdan juda orqaga qolib ketgan bir mamlakatga aylangan. Bir necha yoshlarni (ko'pchiligi boyarlar avlodidan) olib, farang viloyatlariga yuborib, har xil ilmni xohlasalar o'shalarni egallashni buyurdi. Farang mamlakatlaridan olimlarni olib kelib maktablar joriy qildi. O'zi ingliz mamlakatiga

9 Кашкули Салимий (таворихи муттак;адимин ва муттаахирин), Нарзулло Йулдошев таржимаси, "Бухоро" нашриёти, 2003 йил. Б.310.

December 16

260

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

borib, kemasozlikni o'rgandi. Qaytib kelgandan so'ng butun kishilarning Hboslarini Yevropacha kiyishga majbur etdi. Soqollarini qirqib, liboslarni kalta qilib, xotinlarni erkaklar bilan tenglashtirdi. Bir necha maxkamalar bino qilib, tijorat ishlarini rivojlantirdi. Peterburg shahrini bino qildirdi. Dengizlarga kemalar yurishini yo'lga ko'ydi. Polsha va Finlyandiya davlatlarini Rossiyaga tobe qildirdi. Undan keyin o'zini imperator deb e'lon qildi. 1725- yilda olamdan o'tdi. Uning qilgan ishlaridan kamgina bayon qilindi. Rossiyaning birinchi imperatoridir. Pyotrdan keyin uning xotini Yekaterina imperator bo'ldi. Ikki yildan keyin vafot etib, uning o'rniga Pyotr Soniy (Pyotr II) imperator bo'lib, uch yildan keyin un besh yoshda vafot etib, undan farzand qolmagan edi. Ivan Alekseyevichni qizi Anna Ivanovnani imperator qilib ko'tardilar. O'n yil podsholik qilib, vafot etib, uning joyiga Pyotr Alekseyevichni qizi Yelizaveta Petrovna taxtga chiqib, yigirma yil imperatorlik qilib, 40 yoshida vafot etib, uning o'rniga Pyotr III imperator bo'ldi. Bir yildan keyin Yekaterina II o'z shavharini ma'zul qilib (chetlashtirib) imperatritsa bo'ldi. Russiya davlatini kengaytirdi. Rossiyani 52 gubernatorlikka taqsimlab, ishlarni raiyatga osonlashtirdi. Adliya maxkamasi va pochta xonalarni tashkil qilib, meditsina maktablari, erkak va ayollar uchun alohida maktablar ochdi. Uning imperatorlik davrida Turkiyadan ko'p viloyatlarni fatx qildi. Yekaterina 34 yil podsholik qildi. Uning vafotidan keyin uning o'g'li Pavel imperator bo'ldi. Besh yil podsholik qilib, undan keyin o'g'li Aleksandr bir ming sakkiz yuz birinchi isoviy yilida imperator bo'ldi. Bir necha dorilfunun va gimnaziyalar ochdi.

Fransuz podshosi Napoleon lashkar tortib, rus viloyatlarini tasarruf qildi. Moskvaga kelib, uni zabt etdi. Qish va sovuq havo ularga yoqmasdan, Napoleon lashkari halokatga uchradi. Undan so'ng Aleksandr lashkar tortib, fransuzlardan viloyatlarni qaytarib olib, usmonli turklar bilan jang qilib necha viloyatlarni oldi. Eron shohidan Gurjiston viloyatlarini bosib oldi. Aleksandr yigirma besh yil podsholik qilib o'tdi, farzandi bo'lmagani uchun uning birodari Nikolay ibni Pavel 1825-isoviy yilda imperator bo'ldi. Turkiya bilan ikki marotaba urush olib borib, Sevastopolni oldi. Uning zamonida Rossiyada ko'p fitnalar avj olgan edi. Nikolay o'ttiz yil podsholik qilib, vafot etib, uning o'rniga o'g'li Aleksandr II imperator bo'ldi. Haddan tashqari aqlli va g'ayur edi. Bir ming sakkiz yuz ellik beshinchi isoviy yilda taxtga o'tirib, xristianlar boyarlarning bandasi (krepostnoy ) edilar; u aytdiki odam farzandi nima uchun xo'kuz va eshakdek ayrim kishilarga tobedirlar. Hamma xudoyi taolloning bandasidir. Men inson farzandini birovga banda bo'lishini xohlamayman. Raiyatning arzi-dodi uchun mirovoy

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonda^

sudyalar ya'ni mustaqil qozilik fuqarolar uchun tashkil qilindi. Askarlik xizmatini muddati 25 yil edi, ularni 6 yilga keltirdi.

Uning vaqtida Turkiston va Kavkaz viloyatlari batamom Rusiya davlatiga tobe bo'lib va Turkiya bilan urush olib borib, Bolgariya, Serbiya va Chernogoriyaki Turkiya tobesi edi, ular har qaysisini mustaqil davlatga aylantirdi. Aleksandr II yigirma olti yil podsholik qilib 1881-isoviy yilda uning dushmanlari yo'li ustiga bomba tashlab uni halok qildilar. Uning o'miga o'g'li Aleksandr Aleksandrovich imperator bo'lib o'n uch yil podsholik qilib, vafot etdi. Uning o'rniga o'g'li Nikolay Aleksandrovich 1894-isoviy yilda saltanat taxtiga imperator bo'lib, holo 1913-isoviy yilda va sana bir ming uch yuz o'ttiz birinchi hijriy yilidirki butun Rossiya viloyatlariga hukmronlik qilmoqda .

Romanovlarning xonadonining saltanati shu muddatda uch yuz yil bo'lib, 21 fevral oyida ya'ni 27 rabiul avval bir ming uch yuz o'ttiz birinchi hijriy va isoviy yilining 1913-da Peterburg viloyatiga katta to'y berildi. Bu to'yda Uroq muharrir qatnashgan edi10.

Xulosa va tavsiyalar.

Xulosa o'rnida shu ta'kidlash mumkinki, XX asr boshlariga kelib, Markaziy Osiyoda katta o'zgarishlar yuz berdi. Bunga bevosita dunyo davlatlari bilan aloqalarning kuchayishi, savdo va elchilik aloqalarining ortishi natijasida boshqa davlatlar madaniyati, taraqqiyoti va ayniqsa tarixiga qiziqish ortib bordi. Bir qator mualliflar tomonidan o'z davrida bir qator asarlar yaratilib, xalqimiz bundan bahramand bo'la boshladi. Yuqorida ta'kidlangandek, Mirzo Salimbek ham Rossiyaning markaziy shaharlarida elchi sifatida tashrif buyurib, o'z esdaliklarida taasurotlarni qayd etib o'tgan. Mirzo Salimbek o'z taasurotlarini sodda tilda bayon etadi. Ularni o'qish orqali ancha maroqli va yangi bilimlar olish mumkin. Shuningdek, muallif ba'zi tarixiy voqealarni tasvirlashda badiiy tasvir vositalaridan ham o'rinli foydalangan. Ma'lumotlar asosida qisqacha 1913-yilgacha bo'lgan Rossiya tarixi haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin. Shu asnoda, ba'zi tavsiyalarni ham keltirish mumkin, ya'ni, Mirzo Salimbek va boshqa tarixchilarimizning xorij davlatlari haqida o'z davrlarida bergan ma'lumotlarini o'rganish orqali o'sha davr ilg'or ziyoli qatlamining dunyo xalqlari haqida fikrlari qanday bo'lganligini bilish mumkin. Jahon tarixi o'quv darsliklarida ma'lum davlat tarixini o'rganishda shu tarzdagi ma'lumotlarni keltirish ham ajdodlarimiz ilmiy me'rosini o'rganishga bo'lgan qiziqishni oshirishiga muhim hissa qo'shishi mumkin.

10

KamKy^H CanuMun (TaBopuxu Myxra^aguMMH Ba MyrraaxHpHH), Hap3yrno HyngomeB TaprnMacu, "Eyxopo" HampnëTH, 2003 nrn. E.312.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqivotidagi o'rni

'qgtyottüa^

REFERENCES

1. Кашкули Салимий (таворихи муттакддимин ва муттаахирин), Нарзулло Йулдошев таржимаси, "Бухоро" нашриёти, 2003 йил. Б.342.

2. Л.П.Епифанова «Рукописные источники по истории Средней Азии периода при соединения её к России», Тошкент.: 1965r.C.345.

3. Бухорий А.Р. Рахимов К. Мирзо Салимбек колдирган мерос // Мозийдан садо,2006. № 1.

4. Мирза Салимбек. Тарих-и Салими (Источник по истории Бухарского эмирата) / Перевод с персидского Н.К.Норкулов. — Тошкент. 2009.

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.