CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
BUXORO FAXRI- ISMOIL SOMONIY
Boydedayev Dostonbek Xusniddin o'g'li
Namangan davlat universiteti Tarix yo'nalishi talabasi Tel: 93 190-26-06 e-mail: boydedayevdostonbek7@gmail.com ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Movarounnahr va Xurosonning IX asr oxiri, X asr boshlaridagi tarixiga dahldor bo'lgan shaxs- Ismoil Somoniyning hayoti hamda faoliyati haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Movarounnahr, Xuroson, somoniylar, Ismoil Somoni, Arab xalifaligi, Xalifa, Buxoro, noib, hukmdor.
Annotation: This article deals with the life and work of Ismail Somoni, a man involved in the history of Movarounnahr and Khorasan in the late 9th and early 10th centuries.
Keywords: Movarounnahr, Khorasan, Somonies, Ismail Somoni, Bukhara, caliph, Arab caliphate, viceroy, governor.
IX asrning ikkinchi yarmiga kelganda Movarounnahr va Xuroson hududlari rasman Arab xalifaligiga qaram bo'lsada, amalda o'z mustaqilligini mustahkamlab borayotgan edi. Bu hududda IX asr birinchi yarmidan Tohiriylar sulolasi hukmronligi o'rnatilgan bo'lsa, 873-yildan Safforiylar sulolasi hukmronligi o'rnatildi va bu davrga kelib, Somonxudotning nabiralari ham hokimiyat uchun da'vo qila boshladi. Ulardan biri Safforiy Amir ibn Lays bilan kurash olib borgan mashhur somoniy hukmdor-Ismoil Somoniy edi.
Kirish: IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar sulolasi yuzaga keldi. Bu sulolaga Balx yaqinidagi Somon qishlog'i oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos soladilar. Somonxudotning avlodlari IX asr birinchi yarmida Farg'ona, Shosh, Samarqand, Hirot kabi yirik viloyatlarga hokimlik qilganlar. Lekin xalifalikka qaramlik saqlanib kelgandi. 874-yildan boshlab Buxoroni, 892-yildan boshlab esa butun Movarounnahrni boshqara boshlagan Ismoil Somoniy davriga kelibgina bu qaramlikdan qutulish imkoni tug'ildi[1]. Ismoil Somoniy Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intiladi[2].
O'z navbatida Somonxudot avlodlari turli hududlarni o'zaro taqsimlab oladilar. Bularning ichida Ahmadga Farg'ona tegadi. Bugun biz o'rganadigan Ismoil Somoniy ham aynan Ahmadning o'g'li edi.
O'z navbatida Ahmadning yetti nafar o'g'li bo'lib, katta o'g'li bo'lmish Nasr Samarqandni boshqarar edi[3]. Ahmadning o'g'illari: Nasr, Yaqub, Yahyo, Asad, Ismoil, Is'hoq va Hamid. Ko'rib turganimizdek Ismoil Somoniy Ahmadning beshinchi farzandi hisoblangan.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
Ismoil Somoniy hokimiyatga kelgunga qadar hokimiyat tepasida uning akasi Nasr turgan. Nasr taxtni 865-yilda otasi Ahmad vafot etishi munosabati bilan o'z qo'liga olgan.
Asosiy qism: Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad Somoniy- Somoniylar sulolasi amiri, O'rta Osiyoda davlat shakllanishi asoschisi.
Ismoil Somoniy 849-yili Farg'onada tug'ilgan. 14 yoshida otasi Ahmad vafot etib, akasi Nasr qo'lida qoladi[4]. 907-yilda, 58 yoshdaligida vafot etgan. Ismoil ibn Ahmadning tug'ilgan joyi haqida bir nechta taxminlar mavjud. Bu taxminlar orasida olimlar tomonidan eng ko'p ilgari suriladiganlari Farg'ona hamda Balx shaharlari hisoblanadi. Ismoil Somoniy mahalliy zodagon Somonxudotning o'g'li bo'lmish Ahmadning oilasida tavallud topgan. 874-892- yillarda Buxorodagi akasi Nasrning o'rinbosari va noibi hisoblangan[5].
Ismoil Somoniyning Buxoro taxtiga kelishi quyidagicha yuz bergan:
873-yilda Buxoro shahri va uning atroflarini Tohiriylarning so'nggi vakili Muhammad ibn Tohir egallab olib, ushbu hududlarga soliqlar soldi. Bundan g'azablangan xalq ommasi Muhammadga qarshi qo'zg'olon ko'taradi. 874-yilda Muhammad ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari Nasrdan Buxoroga oila a'zolaridan birini noib etib yuborishini iltimos qiladilar. Nasr Buxoroga tadbirli va Zehnli inisi Ismoil ibn Ahmadni hokim etib jo'natadi. Bu holatda kutilganidek, Nasr Ismoilga o'z noibi sifatida murojaat qilgan. Shu tariqa Ismoil ibn Ahmadning Buxorodagi faoliyati o'z akasiga noiblik qilishdan boshlandi.
Bu orada Buxoro Somoniylar sulolasi hukmi ostiga o'tishi bilan Nasr xalifa Mu'tamiddan 875-yilda butun Movarounnahrni boshqarish uchun yorliq olishga muvaffaq bo'ldi. Ismoil esa Buxoroda o'z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga yuborishi kerak bo'lgan soliqni yubormay qo'yadi. Bu esa uning o'z akasiga bundan buyon tobe bo'lishni istamasligidan dalolat berar edi. Bu holat aka-ukalar o'rtasiga nizo urug'ini sepadi. Buning natijasi o'laroq Nasr va Ismoil o'rtasida 2 marotaba yirik to'qnashuv sodir bo'ladi. Bu to'qnashuvlarning birinchisi 886-yilda yuz berdi va unda mag'lubiyatni qabul qilib olgan Ismoil vaqtinchalik Buxoro noibligidan chetlashtiriladi. Lekin Ismoil tezroq hokimiyatni qaytarib olish haqida o'ylay boshladi, bu esa 888-yilda ikkinchi marotaba to'qnashuv bo'lishiga olib keladi. Bu safar avvalgi mag'lubiyatdan to'g'ri xulosalar chiqargan Ismoil o'z akasiga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi va Nasrni tor-mor etadi. Lekin Ismoil akasini sulola boshlig'i sifatidagi mavqeini saqlab qoladi. Chunki Ismoil ham o'z dinining sodiq ummatlaridan bo'lib, oila va uning a'zolari naqadar muqaddas ekanliklarini yaxshi anglagan edi. Shu tariqa hokimiyat Ismoil qo'lida bo'lsada, Nasr uning rasmiy egasi bo'lib qolaverdi. Bu holat Nasrning o'limiga qadar davom etdi. 892-yilga kelib, Nasr vafot etgach, Ismoil butun Movarounnahrning to'laqonli egasiga aylandi. Shundan
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. so'ng Ismoil Somoniyning MovaraunnahT bilan bog'liq islohotlari to'laqonli harakatga
keldi.
Jumladan, poytaxt tez orada Samarqanddan Buxoroga ko'chirildi. Bu orada Ismoil ko'chmanchilarning bir necha yillik xavf-xatarlaridan qutilish haqida o'ylay boshladi va 893-yilda ko'chmanchilarga qarshi qo'shin tortib, avval Tarozni, keyinchalik Ustrushonani egallab oldi hamda uning hukmdori Sayr ibn Abdullohni taslim etdi.
Bu Somoniylar davrida ko'chmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish bo'ldi. Natijada dashtlik qabilalarining Movarounnahr viloyatlariga bo'lgan uzluksiz yurishlari barham topib, o'troq aholi endi vohalar atrofi bo'ylab yuzlab kilometrga cho'zilgan mudofaa devoñari, qal'alaг quгish va ulami muttasil ta'miгlab tuгishdek og'ir va mashaqqatli ishdan xalos bo'ldi. Xuddi shu davrdan boshlab 300 kilometrdan oshiqroq masofada Buxora vohasining atrafini o'rab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari to'xtatilib, devor qarovsiz qoldirilgan[6].
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, Somoniylar davlati va Ismoil Somoniyning kuchayib borishi sharqiy viloyatlardan undirib kelinadigan boyliklardan mahrum bo'lgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan cho'chitar ham edi. Natijada xalifalik Ismoilni ortib borayotgan qudratini sindirish uchun Safforiylar bilan to'qnashuvini tashkillashga va bu orqali har ikkala davlatni ham zaiflashtiгib, bu viloyatlaróa avvalgi ta'siг doiгasini tiklashga uгina boshladi.
Bu yo'lda Bag'dod xalifasi al-Mu'tazid 898-yilda Ismoilni Movarounnahr noibligidan tushirib, o'rniga safforiy Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq chiqaradi. Movarounnahr noibligi haqida yorliqni qo'lga kiritgan Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qo'shin tortdi.
Ismoil va Amr ibn Laysning bosh sarkardasi Muhammmad ibn Bashar o'rtasidagi ilk jang 899-yilda sodir bo'ldi va unda Ismoil Somoniy g'alaba qozondi. Ismoil ma'rifatli shaxs ekanligini shu voqeada ham isbotini ko'rishimiz mumkin. Ya'ni Ismoil jangdan so'ng hammani hayron qoldirgan holda asirlikka tushgan hammaga o'z vatanlariga qaytib ketish imkonini beradi. Ismoilning bunday oliyhimmatligi safforiy harbiylarini lol qoldirdi va ularning e'tirafiga sazovoг bo'ldi.
900-yilning bahorida Balx shahri yaqinida bo'lgan hal qiluvchi jangda yana Ismoil g'alaba qozonadi. Amr ibn Lays asiг olinib, Bag'dod xalifasi huzuriga yuboriladi. Ma'lumotla^a ko'ra bu jangda Ismoilga Xo^m va Faгg'onadan kelgan qo'shinlaг ham ko'maklashgan. Narehaxiy ma'lumotlaгiga ko'ra, Ismoil bu jangda Buxoro hunarmandlari va oddiy xalqning qo'liga qurol berib, ularni o'z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. Xalq madadi bilan ilk bor Ismoil arab bosqinidan keyin ayanchli ahvolga kelib qolgan o'lkani qudratli va mustaqil davlatga aylantirish yo'lini tutdi.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
Ismoil Somoniyning Ашг ibn Lays bilan bo'lgan to'qnashuvi haqida
Nizomulmulkning "Siyosatnoma" asarida ajoyib ma'lumot^ keltirilgan. Jumladan, Ismoil asirlikka tushgan Amr ibn Laysni ozod qilish haqida shunday deydi: " Bilib qo'yinglar, bu Amru Lays bir buyuk hikmat egasi hotamtoydek saxiy, qudratli, ishlari tadbirli, irodasi kuchli, dasturxoni ochiq kishidir. Mening fikrim shunday: unga zarar yetkazmaslikka harakat qilaman, toki u shu asirlikdan xalos bo'lsin"[7]. Bu xabami Amr ibn Laysga yetkazishgach, bu asirlikdan qutulolmasligini aytadi hamda Ismoilni kuch-qudratiga tan berganini, Alloh hukumatni o'zidan olib, Ismoilga berganini, Ismoilga faqat yaxshiliklar tilashini aytadi. Ismoil davlatni egallagan bo'lsada xazina va oziq-ovqati yo'qligini, shuning uchun o'zidagi barcha xazinalar ro'yxati va kalitlarini Ismoilga tuhfa qilishini bildiradi. Bu esa Amr ibn Laysning makkorligi edi. Ziy^ va zehnli bo'lgan Ismoil buni darrov anglab yetadi va shunday javob qaytaradi: "Buni o'ziga qaytar va ayt, shartaki va o'tkiï bo'lganing uchun hammaning ustidan sakrab o'tmoqchisan. Otalaring Ыг ro'ygar bo'lsa, senga гo'ygaгchilikni o'rgatdi. Osmoniy tasodif tufayli mulkni zo'rovonlik bilan oldingiz. Bu xazinayu dirham va dinorlarning hammasini odaшlaгga zulm qilib, nohaq yo'llaг bilan qo'lga kiritgansiz. Bularning bari qari kishilar-u g'ariblarning moli, yetim-u zaiflar haqidir. Shularning javobini xudoyi taolo oldida o'zlaringiz berishingiz kerak. Sen makkorsan va shu zulmlami mening bo'ynimga qo'ymoqchisan. Erta qiyomatda sizlardan mol tovonini so'rasalaT, nimaiki bo'lsa Ismoilga berdik va undan talab qilinglar, deb javob berasizlar. Mening dushman uchun javob berishga toqatim yo'q". Ko'rinib turibdiki, Ismoil ushbu vaziyatda juda katta zehn bilan ish tutgan.
Bu orada davlat yaxlitligini ancha- muncha tartibga solib olgan Ismoil moliya islohoti ham o'tkazadi. X asrda Buxorodan tilla (dinorlar), kumush (dirhamlar) va mis (chaqa) tangalar chiqarilgan. Dinor^ kichik ko'lamda zarb qilinib, unchalik katta rol o'ynamagan. Ismoil ibn Ahmad nomi bilan so'qilgan Ismoiliy dutemlari ancha mo'l chiqarildi. Цкг yuqoгi sifatli bo'lganligidan xalqaro savdoda juda faol ishlatildi[8].
Mana shunday kuchli inson 907-yilga kelganda vafot etdi hamda uning o'miga taxtga Ahmad ibn Ismoil o'tirdi. Lekin shunday salohiyatli inson vafot etishi, tabiiyki sulolani ancha kuchsizlantridi. Uning o'rniga taxtga kelgan^ Ismoilga munosib bo'la olisholmadi va sulola tobora inqiroz sari yaqinlashib boraverdi.
Xulosa: Ko'rinib turibdiki, Ismoil Somoniy Movarounnahrni arab istibdodidan olib chiqish yo'lida katta harakatlarni amalga oshiïgan, mustaqillik sari oltin ko'prik vazifasini o'tagan buyuk siymo edi. U o'zining aql-zakovati, idroki, tajribasiga tayangan holda mamlakatni imkon qadar adolatli, tizimli va tartibli boshqarib borishga intildi. Davlat boshqamvi sohasida islohot^ o'tkazdi, markazlashgan davlat tuzumi o'rnatishni maqsad qildi. Ismoil Somoniy saroyning maxsus, muntazam sarbozlaridan iboгat yaxshi qurallangan qo'shin tuzadi[9]. O'z xalqini beadad sevgan Ismoil xattoki xalqni og'ir hashaгlaгdan, zaгaг yetkazuvchi og'iï tadbiгlaгdan, devoг va qal'alaг qurish
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. ishlaridan ozod etdi. Bu ishiga qanday ta'rif bergani haqida Nizomulmulk "Siyosatnoma" asarida shunday yozadi: "Toki tirik ekanman, bu viloyatning devori men bo'laman" Bu darajada o'z xalqi uchun qalqon bo'lishga ham tayyor turadigan hukmdorlar u darajada ko'p bo'lmagan. Shuning uchun ham bunday shaxslar, albatta, buyuk bo'lishadi va o'zlaridan doimo munosib nom qoldirishadi.
Ismoil Somoniy ham o'zidan munosib nom qoldirib, tarixda o'chmas iz qoldira oldi. Hozirgi kunda tojik xalqi va hukumati Ismoil Somoniyni Tojikistonning milliy qahramoni deb bilishadi. Shu sababli ham uning nomini abadiylashtirish maqsadida bir nechta makonlarga uning nomini berishgan. Jumladan, Pomir tog'ining eng baland nuqtasi avvallari Kommunizm cho'qqisi deb atalsa, keyinchalik bu cho'qqiga Ismoil Somoniy nomi berildi. Shuningdek, Dushanbedagi ayrim shaharcha va tumanlarga ham uning nomi berilgan.
1999-yil Tojikistonda Somoniylar davlatining 1100 yilligi nishonlangan, Dushanbening Do'stiy maydonida Ismoil xotirasiga bag'ishlangan 113 metrlik me'moriy ansambl bunyod etilgan.
Ismoil Somoniy ordeni ta'sis etilgan, uning surati tushirilgan pul birligi- Somon hozirgi kunda Tojikiston Respublikasining milliy pul birligi hisoblanadi.
Ismoil Somoniyning mana shunday mazmunli va samarali hayot yo'li biz yosh avlod uchun doimiy o'rnak va xulosa bo'lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Азамат Зиё. Узбек давлатчилиги тарихи. Т.: Шарк, - 2001. -Б. 92
2. D. O'roqov, A.Sharopov. O'zbekiston tarixidan universal qo'llanma.- T. Akademnashr. 2013. - B.55
3. A.S. Sagdullayev. "O'zbekiston tarixi". -T.: Vneshinvestrom, 2019. -B.352
4. Наршахий. "Бухоро тарихи". Мерос.- Б.132.
5. Низомулмулк. "Сиёсатнома". Тошкент. Йанги аср авлоди - 2019. - Б.31.
6. Halim To'raev. Buxoro tarixi (o'quv qollanma).-Buxoro. - 2020.- B.97
7. A. Muhammadjonov O'zbekiston tarixi.-T.: Sharq, - 2017. - B.47.
8. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
9. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.
10. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.
11. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.
12. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.
13. Сaрдoржoн Кoдиржoн Yгли Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285