Научная статья на тему 'MINTAQADA AGROKLASTERLAR VA MAHSULOT YETISHTIRUVCHILAR HAMKORLIGINING IQTISODIYOTDAGI OʻRNI'

MINTAQADA AGROKLASTERLAR VA MAHSULOT YETISHTIRUVCHILAR HAMKORLIGINING IQTISODIYOTDAGI OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

5
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MINTAQADA AGROKLASTERLAR VA MAHSULOT YETISHTIRUVCHILAR HAMKORLIGINING IQTISODIYOTDAGI OʻRNI»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

MINTAQADA AGROKLASTERLAR VA MAHSULOT YETISHTIRUVCHILAR HAMKORLIGINING IQTISODIYOTDAGI O'RNI

Sh. Sh. Fayzieva

Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti. O'zbekiston.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019-yil 29 iyuldagi "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori shu kabi muammolarga tezkor yechim topish, sohaga yangi mexanizmlarni joriy etish maqsadida qabul qilingan edi. Qarorga asosan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha 174 va oziq-ovqat sohasida import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha 24 yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilishi belgilangan, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mavjud samarasiz bog'lar o'rnida 36 ming gektar intensiv bog'lar tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Ana shu vazifalar ijrosini ta'minlash, qaror mazmun-mohiyatini mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, tadbirkorlar va fermerlarga yanada kengroq tushuntirish maqsadida tashkil etilgan seminarda sohaga doir yangiliklar, mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Tegishli dasturlarda belgilangan loyihalarni o'z vaqtida va samarali tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.

Mintaqada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksportini ko'paytirish borasida muhim masalalarni hal qilishga kirishilgan. Jumladan, jahon bozoridagi talablardan kelib chiqqan holda eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga asosiy ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Joylardagi holat tahlil qilinganda, bugungi kunda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 tumandagi ahvol ko'ngildagidek emasligi, bog'dorchilik va uzumchilikdagi ahvolni tubdan yaxshilash maqsadida Qishloq xo'jaligi vazirligi huzurida Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentliklari tashkil qilindi. Bu tizimdagi loyihalarni imtiyozli moliyalashtirish uchun har ikki agentlikda maxsus jamg'arma tashkil qilindi. Bu esa tadbirkorlar va fermerlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Intensiv bog'dorchilikda birinchi marotaba bir qator imtiyozlar joriy qilindi. Jumladan, intensiv bog'larda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha 1 gektarga qilingan xarajatning 6 million so'mi davlat byudjetidan qoplanadi. Shuningdek, umumiy maydoni 35 gektardan ko'p bo'lgan intensiv bog'larga suv

614

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

chiqarish maqsadidagi 120 million so'mgacha bo'lgan xarajatlar uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.

Bugungi kunda ko'p tadbirkorlarimizni tijorat krediti olishda kafillik masalasi qiynab kelayotgani sir emas. Endilikda intensiv bog' barpo etish uchun olinadigan kreditning 50 foizigacha bo'lgan qismi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi tomonidan kafillik asosida berilishi belgilanmoqda. Shuningdek, zamonaviy logistika markazlari, issiqxonalar va muzlatkichli omborxonalar qurishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Bugungi kunda yurtimizda atigi 31 agrologistika markazi faoliyat yuritmoqda. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlaydigan 760 ming tonna sig'imga ega 1500 ta muzlatkichli omborxona mavjud. Ular jami yetishtirilgan meva-sabzavotlarning 4,5-5 foizini qamrab oladi, xolos. 2019-2021-yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg'ona va Xorazm viloyatlarida xalqaro moliya institutlari mablag'lari hisobidan 3 million tonna sig'imga ega, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sig'imi 360 ming tonna bo'lgan jami 37 zamonaviy agrologistika markazlari tashkil etiladi.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek: "Qishloq xo'jaligidagi islohotlar, yer maydonlari to'liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilgani paxtachilikda hosildorlikni bir yilda o'rtacha 10 foizga oshirish imkonini yaratdi. Meva-sabzavotchilik, g'allachilik va chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati yo'lga qo'yildi. Buning natijasida, pandemiyaning salbiy ta'siriga qaramasdan, 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilindi. 2021-yil 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi. 133 ming gektar yoki o'tgan yilga nisbatan 2 barobar ko'p maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi." [1]

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev ta'kidlaganidek: "Qishloq xo'jaligining barcha yo'nalishlaridagi klasterlar joylarda tadbirkorlikni rivojlantirishning lokomotivi bo'lishi kerak" hamda "klaster tizimi - bu manfaatdorlik, sohaga ilm-fan va innovatsiyaning kirib kelishi, qishloq xo'jaligining kelajagi va raqobatbardosh bo'lishi demakdir"[3]. Yurtboshimizning qishloq xo'jalik sohasidagi klasterning o'rnini munosib baholaganidan ilhomlanib, dehqonlar va chorvadorlar agroklasterlar rahbarlarining vakillariga murojaat bilan chiqishlari o'zining amaliy ifodasini ko'rsatmoqda.

Klasterlarni shakllantirishdan maqsad - shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo'lgan ta'lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, innovatsion

May 15, 2024

615

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

texnologiyalarni qo'llash va boshqa xizmatlarni uyg'unlashtirish - innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo'naltirishdan iborat. Jahon iqtisodiyotida klaster strategiyasidan samarali foydalanilmoqda. Jumladan, AQSh sanoatining 50 foizdan ortig'ini klaster tarkibida faoliyat yurituvchi korxonalar tashkil etadi. Mamlakat yalpi ichkimahsulotning 60 foizdan ortig'i aynan klasterda faoliyat yurituvchi korxonalar hissasiga to'g'ri keladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa klasterlar soni 2000 dan ziyodni tashkil etib, ularda jami ish bilan band aholining 38 foizi faoliyat yuritadi [4].

Shuningdek, klasterlarni shakllantirishdan maqsad - shahar, tuman va viloyatda joylashgan turdosh korxonalar va ular bilan yagona texnologik zanjirda faoliyat yurituvchi ta'lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va boshqa turli xizmatlarni uyg'unlashtirishdan iborat. Shu bilan birga, klaster innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish asosida korxonalar raqobatbardoshligini ta'minlash vositasi hisoblanadi. O'zbekiston to'qimachilik va yengil sanoati sohasida klasterlarni shakllantirish masalasi o'ta dolzarb hisoblanib, buni ijobiy hal etish mamlakat miqyosida vertikal yo'nalish va gorizontal tizimda, viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni, raqobat muhitini va klasterlash imkoniyatlarini aniqlash asosida shuningdek, sohaga ixtisoslashgan ta'lim va ilm-fan rivojlanayotgan hududlarda shakllantirish maqsadga muvofiqdir.

Agroklasterlarni tartibga solishda muammolar mavjudligi sezilmoqda. Qishloq xo'jaligini jadal rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloq ahlining turmush sharoitini yaxshilash, manfaatdorligini ta'minlash masalalari sohada ishlab chiqarishning zamonaviy usuli - klasterlar tizimi bilan bog'liq. Biroq o'tgan davrdagi tajriba klasterlarni huquqiy jihatdan tartibga solish borasida qator muammolar borligini ko'rsatmoqda. Jumladan:

- agrosanoat klasterining huquqiy maqomi belgilanmagan, ya 'ni normativ-huquqiy hujjatlarda agrosanoat klasterining maqomi, uning mezonlari va tugatish asoslari mavjud emas;

- agrosanoat klasterlarini tashkil etish yuzasidan yagona yondashuv mavjud emas. Meva-sabzavot klasterlari faoliyati tashabbuskor, mahalliy davlat hokimiyati organlari va Qishloq xo'jaligi vazirligi o'rtasida tuziladigan uch tomonlama kelishuv asosida, sholichilik klasterlari tashabbuskor va mahalliy davlat hokimiyati organlar bilan tuziladigan ikki tomonlama bitim asosida yo'lga qo'yiladi;

- agrosanoat klasterlari va davlat o'rtasidagi munosabatlar tartibga solinmagan;

- fermer xo'jaliklarini agrosanoat klasterlariga majburiy tartibda biriktirilishi amaliyoti mavjud;

May 15, 2024

616

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

- agrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini ajratishda yagona yondashuv mavjud emas;

- agrosanoat klasterlarining yer uchastkalarini olib qo'yish va fermerlar xojaliklari bilan shartnomalarini bekor qilishda ma 'muriy aralashuvlar mavjud;

- agroklasterlarning rivojlanishiga asosiy turtki bo'ladigan qishloq xojaligi kooperatsiyalarini shakllantirish tizimi mavjud emas;

- o'zaro hamkorlik munosabatlarini o'rnatish va erkin birlashishga ruhiy (psixologik) jihatdan tayyor emaslik, xo'jalik yuritishda o'z-o'zini boshqarish ko'nikmalarining yetishmasligi;

- kooperatsiya tuzilmalarini tashkil etishga agrobiznesning hissadorlik korxonalari, xususiy tadbirkorlari va vositachilari tomonidan qarshi ta'sir va raqobatning mavjudligi ta 'sir ko'rsatmoqda.

Demak, innovatsion iqtisodiyot imkoniyatlaridan foydalangan holda iqtisodiy samaradorlikni oshirishda qishloq xo'jaligi agroklasterlarining ahamiyatini yanada oshirishimiz zarur.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18 noyabrdagi 914-sonli qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatida dastlab 9 ta paxta-to'qimachilik klaster korxonalarining tashkil etilishi, ya'ni ular jumlasiga "Indorama Agro" MChJ, "Sulton Tex Group" MChJ, "Litai textel Overseas" XK, "Bunyodkor" MChJ, "Oq Saroy klaster" MChJ, "Mirishkor nur Cotton klaster" MChJ, "MT Amir tex" QK MChJ, "Kitobipyigiruv" MChJ va "Chiroqchiklaster" MChJ tashkil etildi [5]. Bugungi kunda ushbu korxonalar o'z faoliyatlarini davom ettirayotganligi maqsadga muvofiqdir.

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, agroklasterlar va mahsulot yetishtiruvchilar o'rtasidagi hamkorlikning iqtisodiyotda tutgan o'rni alohida ahamiyatga ega. Agroklaster mahalliy davlat hokimiyati tashkilotlari, qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlovchi korxonalarning o'zaro hamkorlikdagi yoki alohida tashabbusi bo'yicha tashkil etilib, uni tashkil etishning muhim jihatlaridan biri ishtirokchilarining birgalikda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini - ishlab chiqarish - qayta ishlash - sotish - ilmiy-tadqiqot jarayonlarini o'zida mujassamlashtirgan hamkorlikdagi loyihalarni amaliyotda qo'llash orqali bir-birlariga ishonchlarining yuqoriligi hisoblanadi. Bugungi kunda Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan o'tgan davr tahlili hamda xorijiy davlatlarning tajribalarini chuqur o'rgangan holda agrosanoat klasterlari faoliyatida mavjud muammolarni hal etish bo'yicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda. Xorijiy tajribalarga e'tibor qaratsak, AQSh, Kanada, Yaponiya, Xitoy, Yevropa mamlakatlari tajribasida agrosanoat klasterlari

May 15, 2024

617

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

faoliyati qonun, ya'ni normativ-huquqiy hujjatlar bilan to'g'ridan-to'g'ri tartibga solinmagan. Mazkur munosabatlar fuqarolik huquqiy munosabatlar asosida, jumladan sheriklik shartnomasi, kooperatsiyaga birlashishi orqali amalga oshiriladi. O'zbekistonda agroklasterlarni barpo etish zaruriyatidan kelib chiqqan holda rivojlangan davlatlardan Janubiy Koreya tajribalari o'rganilib, tegishli xulosalar asosida amalda qo'llanilmoqda. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasiga qo'shimcha ravishda respublikada go'sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi, tayyorlovchi hamda realizatsiya qiluvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek o'zaro hamkorligini ta'minlashga ko'maklashish vazifasi agroklasterlar faoliyati uchun o'ziga xos tajribalarni qo'llashni ko'rsatadi. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, agroklasterlar va kooperatsiya munosbatlarini huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29 dekabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Yangi O'zbekistonning 2022-0'zbekiston Respublikasining "Qishloq xo'jaligida kooperatsiya to'g'risida"gi Qonuni 2021-yil 23 mart.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaror 2021-yil 3 mart.

4. Mirziyoev Sh. "Qishloqda klaster tizimi — agrar sektorining asosiy o'sish nuqtasi" "Xalq so'zi" gazetasi, 2020-yil 15 oktyabr

5. Qashqadaryo viloyati agroklasterlarining 2020-2021-yillardagi iqtisodiy ko'rsatkichlari va moliyaviy hisobotlari.

618

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.