Научная статья на тему 'MILLIY MAKTABGACHA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK DIZAYN IMKONIYATLARI'

MILLIY MAKTABGACHA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK DIZAYN IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inklyuziya / dizayn / pedagogik dizayn / alohida ta’lim olish ehtiyojiga ega bola / ta’lim jozibadorligi / maktabgacha ta’limб tizimli yondashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zuparova Dilnoza Dadaxonovna, Tolipova Noilaxon Nodir Qizi

Mazkur tezis milliy maktabgacha inklyuziv ta’limni rivojlantirishda pedagogik dizayn imkoniyatlarini tahlil etuvchi tadqiqot natijalarini ifodalaydi. Tadqiqot metodologiyasida huquqiy va metodik asos, inklyuzin ta’lim va pedagogik dizayn kategoriyalari, ularning bog‘liqligi va imkoniyatlari retrospektiv tahlil asosida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY MAKTABGACHA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK DIZAYN IMKONIYATLARI»

MILLIY MAKTABGACHA INKLYUZIV TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK DIZAYN IMKONIYATLARI

1Zuparova Dilnoza Dadaxonovna, 2Tolipova Noilaxon Nodir qizi

1MTTDMQTMOI Pedagogik ava psixologiya kafedrasi dotsenti, PhD, 2Toshkentdagi Xalqaro

WUIT magistranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11278976

Annotatsiya. Mazkur tezis milliy maktabgacha inklyuziv ta'limni rivojlantirishda pedagogik dizayn imkoniyatlarini tahlil etuvchi tadqiqot natijalarini ifodalaydi. Tadqiqot metodologiyasida huquqiy va metodik asos, inklyuzin ta'lim vapedagogik dizayn kategoriyalari, ularning bog'liqligi va imkoniyatlari retrospektiv tahlil asosida yoritilgan.

Kalit so'zlar: inklyuziya, dizayn, pedagogik dizayn, alohida ta'lim olish ehtiyojiga ega bola, ta'lim jozibadorligi, maktabgacha ta'lim6 tizimliyondashuv.

Аннотатция. Представленном тезисе приведены результаты проведенного исследования, анализирующего возможности педагогического проектирования в развитии инклюзивного национального дошкольного образования. В методологии исследования, на основе ретроспективного анализа освещены правовая и методическая база, категории инклюзивного образования и педагогического дизайна, их взаимосвязь и возможности.

Ключевые понятия: инклюзия, педагогический дизайн, ребенок с особенными образовательными потребностями, привлекательность образования, дошкольное образование, системный подход.

Abstract. The presented thesis represents the results of a study analyzing the possibilities ofpedagogical design in the development of inclusive national preschool education. The research methodology, based on a retrospective analysis, highlights the legal and methodological framework, categories of inclusive education and pedagogical design, their relationship and possibilities.

Keywords: inclusion, pedagogical design, child with special educational needs, attractiveness of education, preschool education, systems approach.

Bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar har bir fuqaroga shu jumladan alohida ta'lim olish ehtiyojiga ega bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sifatli maktabgacha ta'lim olishda teng imkoniyatlarni ta'minlashni nazarda tutadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida keltirilishicha "Har kim ta'lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi. Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir. Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi".

Inklyuziv ta'lim (fransuzcha inklyuziv - shu jumladan, lot. "Inklude" - "men xulosa qilaman") - bu alohida ta'lim olish ehtiyojga ega maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalarga maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya berish jarayonini tavsiflash uchun ishlatiladigan atama. Inklyuziv ta'lim bolalarga nisbatan har qanday kamsitishlarni istisno qiladigan, barcha odamlarga teng munosabatni ta'minlaydigan, ammo alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun mahsus sharoit yaratadigan mafkuraga asoslanadi. Inklyuziv ta'lim - bu barcha bolalarning

turli xil ehtiyojlariga moslashish nuqtai nazaridan hamma uchun ta'lim mavjudligini nazarda tutadigan umumiy ta'limning rivojlanish jarayoni, bu alohida ehtiyojli bolalar uchun ta'lim olish imkoniyatini ta'minlaydi.

Inklyuziv ta'limning tamoyillari:

- insonning qiymati uning qobiliyatlari va yutuqlariga bog'liq emas; - har bir inson his qilish va fikrlashga qodir; - har kim muloqot qilish va tinglash huquqiga ega;

- barcha odamlar bir-biriga muhtoj; - haqiqiy ta'lim faqat haqiqiy munosabatlar sharoitida amalga oshirilishi mumkin; - barcha odamlar tengdoshlarining qo'llab-quvvatlashi va do'stligiga muhtoj; - barcha ta'lim oluvchilar uchun muvaffaqiyatsizlikka qaraganda, ular qila oladigan narsalarga erishish ehtimoli ko'proq; - turli xillik inson hayotining barcha jabhalarini yaxshilaydi.

Maktabgacha ta'lim tizimida inklyuziyaning shakllanishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi bilan psixofizik rivojlanishidagi nuqsonlarga ega bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalar sifatli maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayoniga jalb etilmoqda. Bu esa o'z navbatida maktabgacha inklyuziv ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil teishda bir qancha masalalarni yuzaga keltirdi:

-sifatli maktabgacha ta'limga erishish metod va vositalarini aniqlash;-har bir shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalash; -maktabgacha ta'lim muhitida qanday yangilanishlar ayniqsa zarur; -maktabgacha ta'lim tizimining moslashuvchanligini ta'minlash; -alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar bilan ishlashda maktabgacha ta'lim sohasi pedagiglarini hissiy zo'riqishdan himoya qilish. Mazkur masalalarni tadqiq etish va maqbul echimlarni izlash asnosinda pedagogik dizaynga murojat etish zarurarti tug'iladi.

Pedagogik dizayn g'oyalarining ilk bor yuzaga kelishi R.M. Gan'ye tadqiqotlari bilan bog'liq. Tadqiqotchi tomonidan inklyuziv ta'lim tarbiya jarayonini loyihalash uchun shart-sharoitlar ishlab chiqilgan. Maktabgacha ta'limga zamonaviy yondashuvlar oqimida qator tadqiqotchi olimlar tomonidan ilgari surilayotgan pedagogik dizayn g'oyalari alohida ta'lim olish ehtiyojiga ega bo'lgan bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim tarbiyadan foydalanishlarida qator yangi imkoniyatlarni ochadi. Maktabgacha ta'lim tizimi tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xususiyatlariga moslashish darajasini oshirish va inklyuziv ta'limni rivojlantirishda pedagogik dizayn imkoniyatlari mavzusi tadqiqotning dolzarb mavzusiga aylanmoqda.

Pedagogik dizayn (Instructional design, ID) —zamonaviy ta'lim tizimiga kirib kelgan nisbatan yangi tushuncha hisoblanadi. So'nggi o'n yillikda xorijiy mamlakatlarda hozirgi kundagi metodikadan farqli ravishda pedagogik dizayn to'g'risida yetarlicha tasavvur paydo bo'ldi va bu yo'nalish yangidan rivojlana boshladi.

Pedagogik dizayn atamasining inglizcha varianti "instructional design", ya'ni yo'riqnomalar ishlab chiqish dizayni ma'nosini bildiradi. Yuqori sifatli bilimlarni shakllantirishga nisbatan bo'lgan ehtiyoj o'sib boryotgan bir sharoitda, ta'limning an'anaviy metodlari bilan cheklanish yetarli samara bera olmasligi namoyon bo'lib qoldi. Nisbatan murakkab ta'limiy dasturlarni ishlab chiqishda an'anaviy metodlardan foydalanish vaqt va ressurslarni tejash imkoniyatini bemasligi oqibatida pedagogik dizaynga murojaat qilish zarurati tug'ildi. Pedagogik dizayn ta'lim jarayonining turli xil tashkiliy-pedagogik shakllari, texnologik, mazmunni shakllantirish, amaliyotga joriy etish va butun kursning samaradorligini baholash kabi barcha komponetlarni o'z ichiga qamrab olishi nazarda tutiladi. Pedagogik dizayn asosida eng muvaffaqiyatli va eng samarali elektron ta'limiy materiallari, ya'ni axborot va kommunikasion texnologiyalar vositalaridan foydalanuvchi turli ta'lim vositalari mualliflari tomonidan ishlab

chiqilgan qonuniyatlar va tamoyillar yotadi. Pedagogik dizayn-ta'limni loyihalash, yaratish, o'quv materiallarni baholashda qo'llaniladigan aniqlashtiruvchi loyihaviy jarayondir. Uning asosini ta'lim jarayonini samarali olib borishga, "ochiq arxitekturali" o'quv jarayonini qurish va zamonaviy ta'lim muhitini ishlab chiqishga oid bilimlarni tizimli qo'llash tashkil etadi. Dizayn, uni o'rgatish vositasi sifatida dizayn ta'limi, dizaynning pedagogikaga taalluqli bir turi sifatida -pedagogik dizayn va nihoyat, pirovard mahsulot sifatida loyihaviy fikrlaydigan inson - loyihalash kompetensiyasiga ega shaxs tarbiyasini maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayonidan boshlab tayyorlab borish zarur.

Pedagogik dizaynning asosiy maqsadi - ta'limiy-tarbiyaviy maqsadlar, ta'limiy-tarbiyaviy materiallar va pedagogik vositalarning birligini ta'minlash uchun ta'lim-tarbiya jarayonini qurishga tizimli yondashuv. Ta'limiy-tarbiyaviy materiallarning pedagogik dizayni yaxlit ishlab chiqarish sikli sifatida o'z ichiga quyidagilarni oladi:

- tahlil (inklyuziv guruhlar uchun aloxida ta'lim olish ehtiyojiga ega bolalar uchun xil dastur variantlari bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonini taskil etishda ularnuing ta'lim ehtiyojlari xususiyatlarini tahlil etish majburiydir; taxminan moslashtirilgan ta'lim dasturlari ishlab chiqish); - ta'lim-tarbiya jarayoni dizayni, (alohida ta'lim olish ehtiyojiga ega bolalarga ta'lim-tarbiya berishda ta'limiy materiallarni bolimlarga bo'lish va b.); -ta'lim-tarbiya jarayonida ta'limiy materiallaridan, vaziyatlardan, shu jumladan sun'iy ravishda yaratilgan vositalardan foydalanish (masalan, ta'limiy faoliyatning turli bosqichlarida materialning takrorlanishini kuzatish yoki audiovizual texnik vositalar bilan ta'minlash) sifatida qo'llash; -kuzatish va baholash (barcha ta'lim-tarbiya oluvchilarning yutuqlari natijalari kuzatish asosida alohida ta'lim olish ehtiyojiga ega bolalar bilimini kuzatish va baholashda "qanday edi" va "qanday bo'ldi" tamoyiliga tayanish, ijobiy harakat tendentsiyasini ko'rish va uni bolaning ma'lum bir muvaffaqiyati sifatida belgilash muhimdir).

Zamonaviy texnik vositalardan foydalanishga asoslangan pedagogik dizayn tamoyillarini amalga oshirish alohida ta'lim olish ehtiyojiga ega bolalarga sifatli maktabgacha ta'lim-tarbiya berish uchun zarur bo'lgan maxsus shart-sharoitlarni ta'minlaydi.

O'tkazilgan tadqiqot bizga bir qator xulosalar chiqarishga imkon beradi:

- garchi zamonaviy fanda pedagogik dizaynning muhim va mazmunli asoslarining yagona ta'rifi mavjud bo'lmasada, tadqiqotchilarning turli xil nuqtai nazari uni jarayon, bilim sohasi, pedagogik voqelik sifatida talqin qilishga imkon beradi, pedagogik dizayn samarali maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish vositasidir;

- dizayn loyihalash bosqichida ham ta'lim-tarbiya jarayonini tasavvur qilishga yordam beradi, atrof-muhitni qulay va jozibali qiladi;

- pedagogik dizayn asosida inklyuziv ta'limni rivojlantirish muammosini hal qilishda alohida ahamiyatga ega bo'lgan ta'limga yangi yondashuv qurilmoqda;

- pedagogik dizayn nazariyasi ta'lim oluvchiga rivojlantirishda qanday yordam berish kerakligi haqidagi savolga javob berishda umumiy yo'nalish beradi;

- pedagogik dizayn ta'lim-tarbiya muhitining alohida ta'lim olish ehtiyojiga ega bolalarning psixofizik rivojlanishi xususiyatlariga moslashish darajasini oshiradi.

REFERENCES

1. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.

2. Абызова Е. В. Педагогический дизайн: понятие, предмет, основные категории // Вестник Вятского государственного гуманитарного университета. - 2010. - № 3. -С. 12-16.

3. Демидова И. А. Педагогический дизайн и его средства: теоретический анализ и опыт применения в педагогической практике // Педагогика. Вопросы теории и практики. -Тамбов: Грамота, 2019. - Т. 4. - Выпуск 4. - С. 25-32.

4. Кречетников К. Г. Педагогический дизайн и его значение для развития информационных образовательных технологий: матер. XVI Междунар. конф. «Применение новых технологий в образовании». Троицк, 2005. - С. 135-136.

5. Такушевич И. А. Исследование педагогического дизайна в синхронии и диахронии // Человек и образование. - 2015. - № 2 (43). - С. 95-99.

6. Ткаченко Е.В., Кожуховская С.М. Концепция непрерывного дизайн-образования. М.: Изд. центр НОУ «ИСОМ». 2006.

7. Уваров А. Ю. Педагогический дизайн [Электронный ресурс]. - URL: https://bok.global/book/3297995/54faef (дата обращения: 22.01.21).

8. Условия обучения (Conditions of Learning) (R. Gagne) [Электронный ресурс]. -URL://https://www.sites.google.com/site/teoriipsiholo gii/001 -teorii-2/teorii/10-uslovia-obuceniaconditions-of-learning-r-gagne-

9. Gagne R. The Conditions of Learning (4th Ed.). - New York, 1985. Holt, Rinehart &Winston.

10. Merrill M. David Developing Instructional Design: A Step-by-Step Guide to Success. -1991. - 75 с.

11. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

12. Kalmuratov T.N. Xorijiy davlatlarning maktabgacha ta'lim sohasidagi uzviylik: ilg'or tajribalar."Uzluksiz ta'lim" Ilmiy uslubiy jurnal 2019 y 4-son.—B.107-111

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.