Научная статья на тему 'INKLYUZIV TА’LIM JАRАYОNIDА BОSHLАNG‘ICH SINF О‘QITUVCHILАRINING INKLYUZIV-METОDIK KОMPETENTLIGINI TАKОMILLАSHTIRISH MODELI VA TEXNOLOGIYASI'

INKLYUZIV TА’LIM JАRАYОNIDА BОSHLАNG‘ICH SINF О‘QITUVCHILАRINING INKLYUZIV-METОDIK KОMPETENTLIGINI TАKОMILLАSHTIRISH MODELI VA TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inklyuziv-mrtodik kompetentlik / model / tuzilma / metodologik blok / mazmun va faoliyat / baholashtahlil / komponent / yondashuv / tamoyil / usul / shakl / vosita / kontekstli ta’lim / pedagogik vazifa / pedagogik vaziyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kalbayeva X.D

Maqolada boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv-mrtodik kompetentligini takomillashtirish modelining tuzilmasi, uning tarkibiy bloklari,funktsiyalari, joriy etish bosqichlari tavsiflangan. Modelning metodologik, mazmun va faoliyat, baholash tahlil komponentlarining nazariy asoslari, yondashuvlari, tamoyillari, mazmuni, vazifalari, joriy etish usullari, shakllari va vositalari ochib berilgan. Inklyuziv-metodik kompetenlikni rivojlantiirishda yetakchi usul sifatida kontekstli ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyati, xususiyatlari, qo‘llash yo‘llati ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TА’LIM JАRАYОNIDА BОSHLАNG‘ICH SINF О‘QITUVCHILАRINING INKLYUZIV-METОDIK KОMPETENTLIGINI TАKОMILLАSHTIRISH MODELI VA TEXNOLOGIYASI»

INKLYUZIV TA'LIM JARAYONIDA BOSHLANG'ICH SINF

О' QITUVCHILARINING INKLYUZIV-METODIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MODELI VA

TEXNOLOGIYASI

Kalbayeva X.D

Nizomiy nomidagi TDPU katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11186696

Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarining inklyuziv-mrtodik kompetentligini takomillashtirish modelining tuzilmasi, uning tarkibiy bloklarifunktsiyalari, joriy etish bosqichlari tavsiflangan. Modelning metodologik, mazmun va faoliyat, baholash tahlil komponentlarining nazariy asoslari, yondashuvlari, tamoyillari, mazmuni, vazifalari, joriy etish usullari, shakllari va vositalari ochib berilgan. Inklyuziv-metodik kompetenlikni rivojlantiirishda yetakchi usul sifatida kontekstli ta'lim texnologiyalarining mazmun-mohiyati, xususiyatlari, qo 'llash yo 'llati ko 'rsatilgan.

Kalit so 'zlar: inklyuziv-mrtodik kompetentlik, model, tuzilma, metodologik blok, mazmun va faoliyat, baholash- tahlil, komponent, yondashuv, tamoyil, usul, shakl, vosita,kontekstli ta'lim, pedagogik vazifa, pedagogik vaziyat.

Аннотация. В статье рассматривается модель совершенствования инклюзивно-методической компетентности учителей начальных классов, ее структурные блоки, функции, этапы внедрения. Раскрыты теоретические подходы, принципы, содержание, задачи, методы, формы и средства развития методологических, содержательных и деятельностных, оценочно-аналитических компонентов модели. Описано использование контекстных образовательных технологий,

Ключевые слова: модель, инклюзивно-методическая компетентность,

структурный блок, подходы, принципы, содержание, задачи, методы, формы и средства, методологический, содержательный, деятельностный, оценочно-аналитический компонен, контекстная технология, контекстные задачи.

Summary. The article describes a model for improving the inclusive and methodological competence of primary school teachers, its structural blocks, functions, and stages of implementation. The theoretical approaches, principles, content, tasks, methods, forms and means of developing methodological, substantive and activity, evaluative and analytical components of the model are systematically highlighted.

Key words: inclusive and methodological competence of primary school teachers, structural blocks, functions, stages, content, tasks, methods, forms, means of developing methodological.

Inklyuziv ta'limni rivojlantirish uchun barcha huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish vazifalari davlatimizning ta'lim sohasidagi siyosatining muhim vazifalaridan sanaladi, Bunda alohida ta'limiy ehtiyojlari bo'lgan bolalarning o'ziga xos xususiyatlari, qobiliyatlari va cheklangan imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga qodir mahoratli pedagoglarni tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, inklyuziv ta'lim muhitida o'qituvchilarning funktsional majburiyatlari kengayadi, zimmasiga yangi vazifalar

yuklanadi bu esa undan yuqori darajaliinklyuziv-metodik kompetentlikka ega bo'lishini talab etadi.

"Inkyuziv-metodik kompetentlik" deb, kаsbiy fаоliyаtidа tа'lim jаrаyоni ishtirоkchilаri bilan muvаffаqiyаtli hаmkоrlik qilish, tа'lim оluvchilаrdа, shu jumladan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarda imkoniyatlariga mos sifatli bilim, ko'nikma va tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan metodik bilimlar, malakalar, faoliyat, qadriyatlar va shaxsiy sifatlar majmuasiga tavsiflanadi, uning shaxsiy qadriyat, axborit-bilish, faoliyat, baholash-tahlil mezonlari farqlanadi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining inklyuziv-metodik kompetentligini rivojlantirish uchun, o'z ichiga tashkiliy va psixologik-pedagogik shart-sharoitlar majmuyini olgan modelni ishlab chiqish va uni joriy etish talab etiladi. Bunda, psixologik - pedagogik sharoitlar deb, belgilangan vazifalarni hal qilishga xizmat qiladigan ta'limning mazmuni, shakllari, usullari, vositalari va ta'limiy makon muhitning ob'yektiv imkoniyatlari; o'qituvchilarning pedagogik jarayonning samarali borishini, ma'lum natijaga erishishni ta'minlaydigan psixologik tayyorligi, shaxsiy va kasbiy qadriyatlari, jarayonni loyihalash qobiliyati; kasbiy-metodik faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuyining mavjudligi tushuniladi .Inklyuziv-metodik kompetentlikni rivojlantirish jarayonining modeli pedagogik ob'ekt yoki hodisaning sifati, muhim xususiyatlari va o'zaro bo'ysinuvchi aloqalarini aks ettiruvchi tizim bo'lib, o'rganilayotgan hodisa to'g'risida toliq ma'lumotlarni aks ettiradi, shuningdek ularni tahlil qilish, ta'limiy maqsadldrga erishish uchun didaktik faoliyatni rejalashtirish va loyihalashga xizmat qiladi [1,4].

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining inklyuziv-metodik kompetentligini rivojlantirish modelida uzviy bog'langan va integrativ xususiyatga ega komponenlar ta'limiy maqsadiga erishish vazifalari, tamoyillari, shakllari, usullari va vositalarini o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, model komponentlari mazmuni majmuaviy yaxlitlik, o'zaro uyg'unlashuv, o'zgaruvchanlik xususiyatlariga ega bo'lib, o'qituvchi faoliyatining mazmunini tartibga soluvchi ijtimoiy talab me'yorlari asosida belgilanadi.

Model metodologik, mazmunli faoliyat va baholashga oid samarali bloklardan tashkil topgan. Inklyuziv ta'lim jarayonida o'qituvchilarning inklyuziv-metodik kompetentligini takomillashtirish modelining metodologik blokida maqsad, unga erishish yondashuvlari, tamoillarini belgilangan. Modelning mazmuni faoliyat blok inklyuziv-metodik kompetentligining mazmunidagi asosiy komponentlarni bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan harakatlar algoritmini ochib beradi. Baholash va samarali blok o'qituvchilarning inklyuziv-metodik kompetentligining rivojlantirishini baholashga yo'naltirilgan. Ushbu blok inklyuziv ta'lim sharoitida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining inklyuziv-metodik kompetentligining rivojlanish darajasini aniqlash imkonini beradi[5].

Modelning mazmun, faoliyat bloki inkyuziv-metodik kompetentlik mazmun-mohiyati va tuzilishini hisobga olgan holda o'quv materialini tanlash yoki ishlab chiqishni belgilaydi: birinchi bosqichda inklyuziv-metodik kompetentlik mazmunidagi shaxsiy-qadriyat, axborot-bilish, faoliyat, baholash-tahlil komponentlarini rivojlanganligini tashxis qilish; har bir komponent mazmunida takomillashtirilishi lozim bo'lgan mezonlar aniqlanadi[4].

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarning inklyuziv-metodik kompetentligini rivojlantirish modelini joriy etish shakllari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

"Boshlang'ich sinf o'qituvchisining inklyuziv-metodik komptentligini rivojlantirish" modulli o'quv dasturni joriy etish, bunda:

- o'quv dastur mazmunini, ta'lim usullari (pedagogik vaziyatlar va vazifalarni hal qilish, loyihalash va b.)ni qo'llash inklyuziv ta'lim sifatini oshirish maqsadlariga yo'naltirish;

- o'qituvchilar kasbiy rivojlantirishning turli shakllari (o'quv, trening. mahorat darslari, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z harakatlarini mustaqil nazorat qilish, axborot-tashviqot tadbirlari, munozarali video namoyishlari, jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar, nogironligi bo'lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish) dan foydalanish va ularning uslubiy ta'minotini amalga oshirish;

- inklyuziv ta'lim muhitining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan pedagogik vazifalarni hal qilishni o'z ichiga olgan o'quv loyihalarini amalga oshirish (dars, mashg'ulot mazmunini moslashtirish, o'quvchi uchun individual rivojlanish trayektoriyasimi tuzish va h.k.).

O'quv kursi modullarining mazmuni inklyuziv ta'lim, inklyuziv ta'lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv; boshlang'ich sinf o'qituvchisining inklyuziv- metodik kompetentligi; korreksion-pedagogik jarayonni modellashtirish sohasida nazariy bilimlar, amaliy malakalarni takomillashtirishga qaratilgan. Nazariy qismda inklyuziv-metodik kompetentlikning mazmun-mohiyati, rivojlantirish maqsad va vazifalari, tamoyillari, yondashuvlari, shakl, usul va vositalari ochib beriladi. Amaliy mashg'ulotlarda inklyuziv ta'limning mazmun-mohiyatii, tashkiliy shakllari kontekstli ta'lim texnologiyalari yordamida turli kasbiy vazifalarni modelleshtirish va yechishda qo 'llaniladi.

Kontekstli ta'lim texnologiyalarining maqsadi pedagog kasbiy faoliyati va vazifalari kontekstida pedagogik vazifalarni va muammoli vaziyatlar yechimini topish, "vaziyatga cho'mish" jarayonlarda kognitiv, metodik va ijtimoiy-shaxsiy kompetensiyalar majmuasini rivojlantirish, natijada inklyuziv ta'lim sharoitida o'qituvchining kasbiy faoliyati muvaffaqiyatini ta'minlash [2,3,5].

Kontekstli ta'lim texnologiyalariga taalluqli "kontekstli muammoli vazifalar va vaziyatlar" dolzarb muammoli pedagogik vazifalarni hal qilish, muammoli holatlaryyechimini topishga oid kasbiy vazifalar yechimini topishni nazarda tutadi. Shunigdek, pedagogik vazifalar va vaziyatlarning yechimini topish uchun kichik loyihalari amalga oshirish; rolli va ishbilarmon o'yinlar, ijtimoiy videolavhalar va boshqa ish turlari amalga oshiriladi. Pedagogik vaziyatlar va muammolarning yechimi uchun dalillarini izlash turli fanlar (falsafa, pedagogika, psixologiya, metodika va b.)ga oid bilim va malakalarni jalb qilish talab etiladi. Kontekstli muamoli vaziyat bo'yicha qaror qabul qilishdan avval uni tahlil qilish, muqobil yechimlarni va ularning dalillarini taklif qilishda tahlil, sintez,umumlashtirish operatsiyalariga tayaniladi[5].

Kontekstli muammoli vaziyatlarning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: kompetensiyalarni shakllantirish va kasbiy-pedagogik muammo yechimlarining asoslab berilishi; olingan natijalarning kasbiy, ijtimoiy, kommunikativ jihatdan ahamiyatliligi; pedagogik vazifalar mazmunining nostandart tuzilishi, ma'lumotlarning xilma-xilligi, mazmunni taqdim etish shakllarining (jadvallar, grafikalar, diagrammalar, chizmalar, matnlar) o'zgaruvchanligi; vazifani muqobil hal qilish usullarining mavjudligi. Shuningdek, turli ilmiy sohalar yoki bir xil ilmiy sohaning turli yo'nalishlaridan olingan ma'lumotlardan, bilim va malakalardan muammoni hal qilishda foydalanishi; olingan natijaning kasbiy faoliyatda qo'llash ko'lamini aniq ko'rsatib berilishi; mavjud sharoitlarni va olingan natijalarning ilmiy nazariyalar, tushunchalar, qarashlar,

tadqiqot va amaliy kuzatuvlar natijalari asosida talqin qilinishi, dalillar keltirishga kasbiy va shaxsiy qiziqishini rivojlantirishi kontekstli muammoli vaziyatlarga xosdir[3.5].

Muammoning mazmuniga va uni hal qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarning tabiatiga ko'ra kontekstli vazifalar va muammoli vaziyatlar ilmiy, amaliy, aralashga ajratiladi. Muammoli vaziyatning xususiyatlariga ko'ra ichki kontekst: sog'ligida cheklovlari bo'lgan bolani psixologik qabul qilish, tashqi kontekst: o'quvchilarning o'zaro munosabati va hamkorligidagi muammolarni hal etish masalasi yoki aralash kontekst ko 'rib chiqiladi. Kontekstli vazifalar va muammoli vaziyatlar kompetensiyalarining (bilishga doir, kasbiy faoliyatga doir, yoki shaxsiy sifatlar va qadriyatlariga doir) bir guruhini yoki barchasini rivojlantirishga qaratilishi mumkin [2.3.5].

Demak, kontekstli muammoli vazifalar va vaziyatlar o'qituvchilarning inklyuziv-metodik kompetentligini rivojlantirish j arayonida kompetensiyaviy yondashuvga asoslanadi va kontekstli ta'lim texnologiyalarni joriy etishda samarali metodik usul hisoblanadi. Kontekstli ta'lim texnologiyalar universal tabiatga ega bo'lib, shaxsiy-qadtiyat komponenti( shaxsiy qadriyatlar, fazilatlar va kasbiy sifatlar, pedagogik bag'rikenglik, shuningdek, inklyuziv - metodik kompetentlikning boshqa mezonlarining shakllanganlik darajasining tashxislash vazifasini hal qilishga imkon beradi.

Faoliyat komponentiga doir j amoani uyushtirish<boshqarish va kelishilgan qarorlarni qabul qilish; refleksiv va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish, o'qituvchilarning inklyuziv ta'lim berish sohasidagi kasbiy va ijtimoiy tajribasini baholash; inklyuziv ta'lim jarayoni ishtirokchilari (pedagoglar, ota-onalar, bolalar va boshqalar) bilan ishlashning metodik yo'llarini shakllantirish, inklyuziv ta'lim g'oyalari va qadriyatlarini singdirishda ham kompetensiyaviy yondashuv asosidagi kontekstli ta'lim texnologiyalardan keng foydalaniladi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining inklyuziv metodik kompetentligining rivojlantiruvchi texnologiyalarini har bir komponent uchun alohida tavsiflaydigan bo'lsak, shaxsiy qadriyat komponentini rivojlantirish uchun aqliy hujum, muvaffaqiyat va rag'batlantirish vaziyatlarini yaratish, asosiy atamalar bilan tanishish, intervyu, rolli o'yin, esse, pedagogik vaziyatni tanqidiy tahlil qilish texnologiyalaridan; faoliyatga doir komponentini takomillashtirish maqsadida ishbilarmon, rolli o'yinlar, pedagogik jarayonni, individual ta'lim dasturini loyihalash, bahs-munozara, guruh ishi, vizuallashtirish texnikasi qo'llaniladi. Boshlang'ich sinf

o'qituvchilarining inklyuziv-metodik kompetentligini rivojlantirishda treninglardan foydalanishning dolzarbligi va zarurati ularning funksional imkoniyatlari va xususiyatlari bilan tasdiqlanadi. Psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili, trening ta'limning shakli va usuli sifatida diagnostik va korreksion, tarbiyaviy, kommunikativ, refleksiv, jamoa bo'lib ishlash funksiyalarini bajarish mumkinligini ko'rsatadi. Tadqiqotchilar treningning asosiy xususiyatlari orasida mazmun, tashkiliy interfaollik, tashxislash va kommunikativ xususiyatlar ajratiladi. Trening kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish vositasi sifatida axborot-bilish, kommunikativ kompetensiyalar, pedagogik muammolarni hal qilish, ta'lim texnologiyalaridan, shu jumladan, axborot texnologiyalardan foydalanish(raqamli) kompetensiyalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.

Trening quyidagi omillar bilan tavsiflanadi: interaktivlik va sub'yektivlik (har bir ishtirokchining faol intellektual, samarali va amaliy reaksiyasi, yangi harakat usullarini mustahkamlash); kommunikativlik (muammoni hamkorlik asosida hal qilish usullarini baholamay muhokama qilish); maqsadga yo'naltirilganlik (treninglar mazmunini ishtirokchilarning shaxsiy, ijtimoiy, kasbiy so'rovlariga muvofiq ishlab chiqish; hissiy ko'tarinkilik (ishtirokchilar tomonidan ijobiy munosabatlarni amalga oshirish, hamkorning ijobiy fazilatlarini, uning xizmatlarini tan

olish); refleksivlik (mashg'ulot ishtirokchilarining diqqatini o'z shaxsiga, qarashlariga, fikrlariga, harakat usullariga qaratish); texnologiya (izchillik; boshqaruvchanlik; samaradorlik; taqdimot etish imkoniyati[].

Modelning samaradorlik (baholash-tahlil) bloki inklyuziv metodik kompetentlikning rivojlanishini baholash, kasbiy-metodik faoliyat natijalarini bashorat qilish jarayonini aks ettiradi. Baholash-tahlil bloki diagnostik nazorati funksiyalarini bajaradi, bunda inklyuziv-metodik kompetentlikni rivojlanganlik darajalari; inklyuziv-metodik kompetentlik mezonlari va ko'rsatkichlari; inklyuziv-metodik kompetentlikning mazmunini belgilaydigan qobiliyatlarning rivojidagi o'zgarishlar tahlil qilinadi va baholanadi .

O'qituvchi inklyuziv ta'lim jarayonida samarali kasbiy-metodik faoliyatning muvaffaqiyatli olib borilishi, inklyuziv-metodik kompetentlikning barcha mezonlari ko 'rsatkichlarining o'sishi: ta'lim oluvchilarni xayrixohlik bilan qabul qilishi, bolalar jamoasida o'zaro do'stona munosabatlar rivojlanishi; har bir bolaning ta'limiy ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olinishi, shuningdek, ta'lim usullari, texnologiyalari va vositalarini optimal darajada moslashtirilgani modelning samaradorligini ko'rsatadi.

Demak, shaxsiy-faoliyatli, aksiologik, sinkretik kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan boshlang'ich sinf o'qituvchilarining inklyuziv-metodik kompetentligini takomillashtirish modelining eng asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

- inklyuziv ta'limning mazmun-mohiyati va tamoyillarini, o'qituvchining kasbiy-metodik faoliyatini qadriyat sifatida anglash va uni amaliy pedagogik vazifalarni hal qilishda qo'llash; nogironlikning ijtimoiy modelini tushunish; inkyuziv ta'lim makonida kamsituvchi munosabatning oldini olish va bunday holat bilan kurashish;

- har bir bolaning shaxsiy imkoniyatlari va alohida ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta'lim olish huquqini belgilaydigan xalqaro va milliy normativ-huquqiy hujjatlar qoidalarini qo'llash;

- maxsus ta'lim ehtiyojlari bo'lgan turli toifadagi bolalarning aqliy va hissiy rivojlanishining, ta'lim olishida muloqot usullari va o'zaro munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlarini bilish; inklyuziv muhitda ta'lim-tarbiya berish pedagogik texnologiyalari va usullarini bilish; ta'lim mazmunini har bir ta'lim oluvchining xususiyatlari va ehtiyojlariga moslashtirish; universal dizayn tamoyili asosida o'quv materiallari va o'quv vositalarini ishlab chiqish; inklyuziv ta'lim sharoitida ta'lim jarayonini tahlil qilish, loyihalash va rejalashtirish; inklyuziv ta'lim strategiyalari, shaxslararo muloqotni tashkil etish va maxsus ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar bilan ishlashda nazorat va baholash usullaridan yetarli darajada foydalanish;

- inklyuziv ta'lim maqsadlariga erishish usullari va vositalari, inklyuziv ta'limning barcha ishtirokchilari uchun o'quv seminarlar, treninglar o'tkazish usullari va texnologiyalarini qo'llash; inklyuziv ta'lim makonida o'zaro ta'sir shakli sifatida ko'p tarmoqli hamkorlikni amalga oshirish; ta'lim muassasasida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish, inklyuziv amaliyotni rivojlantirish, inklyuziv ta'lim sifatini ta'minlash mexanizmlarini aniqlash va ulardan foydalanish.

O'qituvchilarning inklyuziv-metodik kompetentligining yuqori darajasi kasbiy kompetentlikni oshirish, kasbiy faoliyat samaradorligini ta'minlashga xizmat qiladi. Bunda ta'lim texnologiyalari ta'lim jarayonining barcha (mazmunli, uslubiy, didaktik) jihatlariga ta'sir qiladi, shuningdek, kasbiy-metodik tafakkur va xulq-atvor modellarini belgilaydigan zarur shaxsiy (kognitiv, hissiy, motivatsion, mazmun, kommunikativ) o'zgarishlarga hissa qo'shadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Масюкова Н.Г. Развитие методической компетентности учителя в процессе повышения квалификации с использованием дистанционных образовательных технологий / Монография. - Ставрополь: СКИРО ПК и ПРО, 2018 г. - 216 с.

2. Muslimov N.A., Qо'ysinov O.A., Abdyllayeva Q., Gaipova N., Karimova, Qodirov M.,: Kasb ta'lim о^киусЫкпп^ kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Monografiya. T.: "Fan va texnologiya", 2013.-128b.

3. 4.Хитрюк В. В. Инклюзивное образование: педагогическая технология формирования готовности будущих педагогов / В. В. Хитрюк //Вестник Московского университета. Серия 20: Педагогическое образование. - 2015. - № 1. - С. 100 -112.

4. 5.Хитрюк В.В. Контекстные проблемные задачи и ситуации в формировании инклюзивной готовности будущих педагогов / В.В. Хитрюк // Педагогическое образование в России. — 2014. — №9. — С. 127 - 130

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.