Научная статья на тему 'MILLIY KURASH BOʻYICHA KURASHCHILARNING TA’LIM OLISHIDA AMALIYOTNING AHAMIYATI VA TA’LIM TIZIMIDA KURASHNING TALABALARGA O‘QITILISHI'

MILLIY KURASH BOʻYICHA KURASHCHILARNING TA’LIM OLISHIDA AMALIYOTNING AHAMIYATI VA TA’LIM TIZIMIDA KURASHNING TALABALARGA O‘QITILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
336
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
texnik va taktil usullar / tayyorgarlik turlari / jismoniy mashqlar / belbogʻli kurash / milliy kurash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Razaxov Kopbergen, Xudayorov Doniyor Davlatyor O‘g‘li

Bu maqolada siz kurashning turlari, kurashning talabalar hayotidagi ahamiyati, kurashda kurashchilarning qanday usullardan foydalanishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek ushbu maqolada jismoniy tarbiya yo‘nalishida kurashdan ta’lim olayotgan talabalarning nazariy bilimlarning amaliyot bilan birga olib borilishi haqida ham fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY KURASH BOʻYICHA KURASHCHILARNING TA’LIM OLISHIDA AMALIYOTNING AHAMIYATI VA TA’LIM TIZIMIDA KURASHNING TALABALARGA O‘QITILISHI»

MILLIY KURASH BO'YICHA KURASHCHILARNING TA'LIM OLISHIDA AMALIYOTNING AHAMIYATI VA TA'LIM TIZIMIDA KURASHNING

TALABALARGA O'QITILISHI THE IMPORTANCE OF PRACTICE IN THE EDUCATION OF NATIONAL WRESTLING WRESTLERS AND THE TEACHING OF WRESTLING TO STUDENTS IN THE EDUCATIONAL SYSTEM

Razaxov Kopbergen Xudayorov Doniyor Davlatyor o'g'li

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti nukus filiali Yakka kurash va tabiiy fanlar kafedrasi

Kurash sport turidan o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7497832

Annotatsiya: Bu maqolada siz kurashning turlari, kurashning talabalar hayotidagi ahamiyati, kurashda kurashchilarning qanday usullardan foydalanishi haqida so'z yuritiladi. Shuningdek ushbu maqolada jismoniy tarbiya yo'nalishida kurashdan ta'lim olayotgan talabalarning nazariy bilimlarning amaliyot bilan birga olib borilishi haqida ham fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: texnik va taktil usullar, tayyorgarlik turlari, jismoniy mashqlar, belbog'li kurash, milliy kurash.

Annotation: In this article, we will talk about the types of wrestling, the importance of wrestling in the life of students, and what methods wrestlers use in wrestling. This article also discusses the theoretical knowledge of students studying wrestling in the field of physical education along with practice.

Key words: technical and tactile methods, types of training, physical exercises, belt wrestling, national wrestling.

Milliy kurashda sport mashg'ulotlarini tashkil etish, sport mashg'ulotlarining maqsadi va vazifalari, Mashg'ulotlarini rejalashtirish xususiyatlari, sikllari, mashg'ulot jarayonlarida kurash harakatlariga o'rgatish uslublari va tamoyillari hamda kurash mashg'ulotlarida nagruzkalarning xususiyatlari va me'yorlash uslubiyati ham qo'llanmada bayon etilgan. Milliy kurash bilan shug'ullanishda zahiralar tayyorlashda sport maktablarining vazifalari, kurashchilarning tayyorlov, ixtisoslashuv, oliy sport guruhlari. Milliy kurash usullariga bolalarni saralash uslubiyoti, xususiyatlari, kurashchilarni terma jamoalarga saralash talablari tahlil etiladi.

Milliy kurash usullari samaradorligini oshirish hamda kurashchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida o'tkaziladigan ilmiy

tadqiqotlar, tadqiqot usullaridan adabiyotlar tahlili, model, tabiiy va ilmiy tajribalar, laborotoriyalar hamda pedagogik nazorat, anketa so'rovlar o'tkazish qoidalari ham berilgan. Shuningdek sport kurashi bilan ayollarni shug'ulanishlarining talablari va qoidalari ham keltiriladi. Milliy kurashi bo'yicha o'quv-trenirovka yig'inlari o'tkazish va masobaqalar tashkil etish talablari va qoidalari ham ta'riflanadi.

Kurash ham jismoniy tarbiyaning asosiy qismi hisoblanadi. O'zbek kurashi qarshi harakat qiluvchi ikki polvonning bellashuvidan iborat bo'lib, raqibi ustidan g'alaba qozonish maqsadida, musobaqa qoidalari bilan ruhsat etilgan texnik usul va taktik xarakatlar yordamida qatnashuvchilarning o'zaro qarshiligini yengish bilan xarakterlanadi.

Oilada bolalarni milliy kurashga o'rgatish: birgalikda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish bolalarning bu mashqlarni qanday bajarishini tekshirish uchun ota onalarga imkon beradi, yaxshi kayfiyat uyg'otadi, katta va kichiklar o'rtasida ishonchli munosabatni shakllantiradi. Bola mashqni ota-onalariga qaraganda yaxshiroq bajarishga harakat qiladi, musobaqa vaziyati paydo bo'ladi, bu esa jismoniy tarbiya va sportga qiziqish uyg'otishga yordam beradi. Bularning hammasi ota-onalar bilan bolalarning birgalikdagi mashg'ulotlarini muhim tarbiya vositasiga aylantiradi. Oiladagi jismoniy tarbiya muayyan tizimdan iborat bo'lib, u jismoniy tarbiya va sportning milliy turlaridan birini tashkil etadi. An'anaviy tarixiy xarakterga ega bo'lgani holda ular internatsional xarakter kasb etib, xalqning jismoniy madaniyatini boyitadi. O'zbek xalqining eng qadimiy milliy sport turlaridan biri kurashdir. U O'rta Osiyo territoriyasida juda qadim zamonlarda paydo bo'lib va doimo rivojlanib, hozirgacha yetib kelgan.

Sport oilada bolalar hamkorligini mustahkamlashga yordam beradi. Odatda, ko'p bolali oilalardagi uylarda o'tkaziladigan trenirovka bellashuvlarda, ayniqsa musobaqalarda, hamma oila a'zolari ishtiroq etadilar. Binobarin, har qanday bellashuvda tomoshabinlar bo'ladi. Bu esa yosh kurashchilar kuch g'ayratini, faolligini, ularning bellashuvga bo'lgan qiziqishini faollashtiruvchi juda muhim ruhiy omildir. Agar faqat murabbiy ishtirok etsa, o'smirlarning kurashga bo'lgan qiziqishi tomoshabinlar ishqibozlar, o'zlaridan kichiklar ham bor paytlardagiga qaraganda ancha kamayadi. O'zbek oilalarida bolalarni 8-9 yoshdan boshlab kurashga tushishiga o'rgata boshlagan hollar ma'qul. Oilada bolalarni kurashga tushishga o'rgatadigan kishilar yuklamalarni tartibga solishi, ularning o'smirning jismoniy imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirishi kerak, shu bilan birga bunday jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirish zarur. Jismoniy imkoniyatlarni ehtiyotlik bilan salomatlikka zarar yetkazmaydigan qilib rivojlantirish kerak. Buning uchun kuch va harakat yuklamalarini asta sekin oshirib borish zarur. O'smirlar oilada kurash tushishga o'rgatilayotganda trenirovkalariga sarflanadigan vaqtni asta-sekin oshirib

borish, usullar va jismoniy kuch g'ayratni oshiruvchi mashqlarni murakkablashtirish yaxshi samara beradi.

Kurashchilarning tayyorgarlik turlari

Yakkama yakka kurash turlari bilan shug'ullanuvchilarni sport trenirovkasi tayyorgarlikni besh turi bilan mustahkam bog'langan. Nazariyada ularni ba'zan sport trenirovkasi tomonlari deb ataydilar. Ularga quyidagi tayyorgarlik turlari kiradi: nazariy, jismoniy, texnik va taktik, ruhiy, hakamlik va uslubiy tayyorgarliklar.

Kurashchilar jismoniy tayyorgarligi: Kurashchining jismoniy tayyorligi undagi mahoratning tarkib topishida hayotiy muhim sifatlar hamda mehnatda va Vatanni himoya qilishda zarur bo'ladigan malakalarning hosil bo'lishida asos bo'lib hisoblanadi. Sport kurashining xususiyatlarini, sportchilarning individual qobiliyatlarini va ularning texnik taktik tayyorgarligini hisobga olgan holda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni maqsadga muvofiq qo'shib olib borish yuksak sport mahoratini ta'minlaydi. Hozirgi vaqtda sportning hamma turlarida jismoniy tayyorgarlik ikki: umumiy va maxsus qismdan iborat bo'ladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlik uchun asos bo'lib xizmat kiladi. Bu esa, o'z navbatida, texnik tayyorgarlik vazifalarni xal etishga imkon beradi.

Sportchi qancha yosh bo'lsa, har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik ko'rish uning uchun shunchalik zarurdir. Jismoniy tayyorgarlikning maxsus vositalarida ikki guruh mashqlarni hal qilish kerak:

a) muayyan muskul guruhlarini va sportchi uchun kurashda zarur bo'ladigan sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar:

b) kurash usullari, harakatlari texnikasi takomillashtirish mashqlari.

Maxsus jismoniy tayyorgarlikda kurashchi uchun zarur bo'lgan harakat sifatlarini rovojlantirish boshqa sifatlarini rivojlantirish va kurash texnikasi elementlarini takomillashtirish bilan o'zaro bog'langan bo'lishi ayniqsa muhimdir. Maxsus mashqlarni tanlanishi harakat sifatlari kompleksini rivojlantiradi va kurashchi harakatlaridagi texnik tomonlarni takomillashtiradi. Milliy kurash bilan shug'ullanuvchilarning harakat sifatlarida kuchlilik, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik kabi muhim fazilatlar mavjud bo'lib, ana shular kurashchiga yuqori sport natijalariga erishishda yordam beradi.

Nazariy tayyorgarlik. Nazariy tayyorgarlik umumiy va maxsus bilimlar tizimining tarkib topishi va takomillashuvini, sport trenirovkasining ruhiy, fiziologik, gigienik, texnikaviy taktik va boshqa qonuniyatlarini o'rganish hamda tushinishni ta'minlaydi, axloqiy sifatlar, e'tiqod, xis tuyg'u va axloq normalarining tarbiyalanishiga yordam beradi. Nazariy jihatdan maxsus tayyorgarlik esa o'zining va raqibning harakatlarni va taktik amallarini yaxshiroq tushinishga ko'maklashadi, o'zining hamda raqibining xatti harakatini tezda tahlil qilish va sintezlashga imkon

beradi: ong, xotirani boyitadi, harakatlar taktikasi va kurash tushish texnikasini o'stiradi hamda, musobaqalar vaqtida mo'ljalga olish va tafakkur tezligini oshiradi.

Umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik. Milliy kurashda jismoniy jihatdan umumiy tayyorgarlik sportchilarining rivojlanishiga hamda ularning fazilatlari va qobiliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan. O'z salomatligini mustahkamlaydi, kishini hayot uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalar bilan boyitadi xamda unga kurashning tanlangan turi bo'yicha kamol topishi uchun shart sharoit yaratadi. Jismoniy jihatdan maxsus tayyorgarlikning xususiyati shundaki, jismoniy jihatdan umumiy tayyorgarlik harakatlarining o'ziga xosligini hamda eng muhim jismoniy va irodaviy sifatlarni umumiy rejada emas balki kurash turi xususiyatlari hisobga olgan holda rivojlantirish zarurligini e'tiborga olib o'tkaziladi.

Texnik va taktik tayyorgarlik. Kurash sharoitidagi taktik va texnika bir biri bilan uzviy bog'langandir. Kurash texnikasini mohiyati eng samarali maxsus harakat amallaridan, kurashishning usul va uslublarida maqsadga muvofiq foydalanishdan, sportchining kurash musobaqalar paytida uz irodaviy va jismoniy sifatlari hamda kuch va qobiliyatlaridan muvaffaqiyatga erishish uchun oqilona foydalanishdan iboratdir. Bir xildagi sharoitlarda eng yaxshi natija beradigan va sportchining kam kuch sarflashini talab etadigan texnika yaxshi va ancha mukammal texnika deb tan olinishi kerak. Taktika bu ayrim harakatlar yoki kurashni va umuman musobaqani olib borish uslubi. Kurashchining kurashish davrida texnikani, usullarni, harakat yoki kombinatsiyalarni qo'llash uslubi, bu taktika deb ataladi. Sportchi kurashish vaqtida kurash texnikasidan maqsadga muvofiq foydalanish bilan harakatlar taktikasida takomillashib boradi.

Ruhiy tayyorgarlik. Bu intellektual, axloqiy, estetik, irodaviy va ruhiy tayyorgarlikni o'z ichiga oladi, u kurashchilarning trenirovkalari paytida hamda musobaqalar jarayonida va shuningdek shug'ullanuvchilarning o'zaro munosabatlarida amalga oshadi. Ruhiy tayyorgarlik sportchining ongli xatti harakati, ishlarida ham namoyon bo'ladi. Axloqiy, irodaviy sifatlar va xatti harakatlarni tarbiyalash hamda ularning to'g'ri namoyon bo'lishidagi asosiy narsa bu qat'iy e'tiqod, tuyg'u va ahloq talablarga mos bo'lgan odatlardir. Shu boisdan ham ko'p yillik trenirovkalar jarayonida shug'ullanuvchilar ongida burch va sport shon sharafi, o'rtoqlik va boshqa millat sportchilarga hurmat, jamoa oldidagi mas'uliyat hislarini, Vatanga va sportga muxabbat tuyg'usini, ahloq talablariga mos fazilatlarni tarbiyalash ayniqsa muhimdir.

Belbog'li kurash texnika va taktikasiga o'rgatish

Har qanday holatida kurashchining boshi raqibning yelka qismida turadi va qo'llari orasidan uning oyog'ini kuzatib turadi. Bel qismini orqaga tashlab o'ng qo'lni raqibning chap qo'li ostidan, chap qo'lni esa raqibning o'ng qo'li ustidan o'tkazib belbog'ni ushlaydi. Belbog'ni ushlashdan oldin qizil belbog'li raqibning

o'ng qo'li bilan ushlaydi, uning raqibi ham xuddi shunday holatda belbog'ni ushlaydi va baravariga yelkalar bilan belni orqaga egadi. Belbog'ni qo'l bilan belbog'ning ichki tomonini tashqariga qayrib ushlanadi. Belbog'ni kurashchi tik holatida ko'krak qismida ikki musht qilib o'lchanadi.

"Siltash" usuli.

Belbog'li kurashda har qanday usul siltash bilan boshlanadi. Bu Belbog'li kurashda kurashchining eng nozik tomoni desak xato qilmaymiz. Siltash orqali raqibning muvozanatini buzish, ya'ni to'rt tomonga ag'darish, o'zgartirish mumkin.

a) raqibni siqib, orqa tomonga itarib kurash holatini buzish:

b) raqibni siqib oldingi tomonga tortib kurash holatini buzish:

v) chap yon yoki o'ng tarafga siqib itarib holatni buzish.

Birinchi holatda raqibni orqa holatga o'tkazish yoki tizzalatish mumkin. Ikkinchi holatda esa raqibni oldingi holatga tizza cho'ktirish yoki bo'lmasa o'tkazish mumkin. Uchinchi holatda esa raqibni o'ng yoki chap tarafga itarish orqali tizzalatish yoki bo'lmasa o'tkazib qo'yish mumkin.

"Kiftlash" usuli.

1. Oyoq va qo'l- yelka yordamida kiftlash.

2. Qo'l va yelka yordamida kiftlash. Kiftlash asosan kurashchining ko'proq yaqin masofadan usul qo'llashda foydalaniladi. Aytib o'tganimizdek, kurashchilar har ikkalasi ham bel qismini orqaga tashlagan holatda yuradi: qo'lning tirsak qismi raqibning tirsak qismiga yaqinroq turadi.

"Bosish" usuli

Bosish usuli asosan raqib usuli chiqmay qolib, muvozanatini yo'qotgan paytda qo'llaniladi. Bu usulni qo'llash uchun kurashchi raqibni qo'llar yordamida siqib o'ziga tortadi, jag' va yelkasi bilan uning ko'krak qismini orqaga itaradi, shu paytda raqib chap yoki o'ng oyog'ining oldinga harakatlanadi.

"Tizzaga mindirish" usuli.

Bu usul raqibni ko'targandan keyin qo'llaniladi. Misol uchun raqibni o'ng oyog'i oldingi holatda bo'lsa:

a) o'ng oyoqni raqibning oyoqlari orasiga qadamlab kiritiladi:

b) raqibni o'ng oyoq tizza yordamida ko'tarib chap yelka tomonga buriladi:

v) burilga tomonga oyoq tizza yordamida ko'tarib tashlanadi.

Chap oyoq oldingi holatda bo'lganda:

a) kiftlab chap oyoq bilan oyoqlari orasiga qadamlab kiritildi:

b) ko'tarib o'ng yelka tomon buriladi:

v) burilgan tomonga oyoq tizza yordamida tashlanadi.

Chap oyoq oldinga holatda yoki baravar holatda chap tizza bilan tashlash mumkin. Raqibning chap oyog'i oldingi holatda bo'lganda,

a) kiftlab chap oyoq bilan oyoqlari orasiga qadamlab kiriladi:

b) ko'tarib o'ng yelka tomon buriladi:

v) burilgan tomonga oyoq tizza yordamida tashlanadi. Bu usul tikroq va oyoqlar yerdan uzilgandan keyin bajariladi.

"To'sish" usuli.

To'sish usulini har qanday kurash holatida qo'llash mumkin. Misol uchun raqibning chap oyog'i oldingi holatda bo'lganda:

a) o'ng oyoqi yon tomoniga chap oyoq bilan qadamlab kiftlanadi:

b) siqib ko'tariladi:

v) chap oyoq bilan o'ng oyoq yon tomonga chalib tashlanadi.

To'sib tashlashni o'ndan ortiq turini bajarish mumkin:

a) o'ng oyoq bilan chap oyoqni yon tomonidan:

b) o'ng oyoq bilan chap oyoqni ichki yon tomonidan:

v) o'ng oyoq bilan har ikkala oyog'ini, ya'ni oyog'ini yon tomonidan chalib tashlanadi. Bu usul asosan yopishib siqib ko'targanda qo'llaniladi.

Kurash trenirovkalarini tashkil etish

Kurash mashg'ulotlarini xaftasiga uch marta o'tkazish mumkin. Lekin mashg'ulot kunlariga o'zgartirishlar xam kiritish mumkin. Biroq xar qanday variantlarda xam mashg'ulotlar orasidagi interval 1-2 kun bo'lishi lozim. Har bir mashg'ulot 1-2 soat davom etadi. Mashg'ulotlarning davomiyligi bolalarning yoshi va jismoniy xolatiga qarab belgilanadi. Kurashga o'rgatish mashqlarida kuch va dinamik yuklamalar asta sekin oshib borishini esda tutish kerak. O'smirning organizmi juda tez rivojlanadi. Bolalarni 12-14 yoshdan boshlab kurashga o'rgatish mumkin. Bu yosh o'tish yoshi bo'lib, o'sish sur'atining tezligi va bir tekisda bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Markaziy nerv tizimida katta o'zgarishlar ro'y beradi. Uning anatomik strukturasi o'smirlarda deyarli butunlay shakllangan bo'ladi, ammo uning funksional faoliyati intensiv rivojlanadi va takomillashadi. Markaziy nerv tizimi juda xam ko'zg'aluvchanligi va tormozlanish reaksiyalarining sustligi bilan ajralib turadi. O'smirlar suyak muskul tizimi rivojlanadi, biroq muskul to'qimalarining o'sishi naychasimon suyaklarning o'sishidan orqada qoladi. Suyaklarning tez o'sishi xali tugallanmagan suyak bo'lib, qotish jarayoni bilan birgalikda boradi. O'smirlik yoshida ba'zan yurak urish ritmining buzilishi, yurakning notekis urishi kuzatiladi, chunki yurakning nerv apparati xali yetarlicha takomillashmagan bo'lib, u o'z vazifalarini uddalay olmaydi. O'smirni kurash kurash bilan shug'ullantirishga jalb qilishdan oldin vrachga murojaat qilish, vrach esa uni salomatligini va kurash bilan shug'ullanishi mumkinligi haqida batafsil xulosa yozib berish kerak.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurashning turlari juda ko'p. bu turlarni kurashchilar birdaniga o'rganisha olmaydi. Ta'lim tizimida ham talabalarga kurashning usullarini o'rgatish uchun ularga nazariy ma'lumotlar beriladi va shu

nazariyani amaliyotda o'rgatiladi. Amaliyot kurash bo'yicha ta'lim olayotganlarda albatta yetakchi o'rinni egallashi kerak.

Adabiyotlar:

1. ATayev А.К. "Правило по натсионалной борбе кураш ". Tashkent.

1979

2. Абдуллаев И. "Натсионалные виды спорта" Махачкала, 1982.

3. A. Atoev Kurash. T. O'qituvchi, 1987.

4. Спортивно-массовая работа. Атаев А. К. Tashkent 1992.

5. Yusupov K.T. Kurash musobaqalarining umumiy qoidalari. T. 1998.

6. Saxabutdinov M.M., Shayxutdinov A.Sh., Bozin.A.A., Axmetxanov R.P., Спортивная борба напоясах. Правила соревнований. Москва 2005.

7. Sport mashg'ulotlarining nazariy asoslari. R. S. Salomov. Toshkent 2005.

8. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish.O. V. Goncharova. Toshkent 2005.

9. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. A. Abdullaev, Sh. Xonkeldiev. Toshkent 2005.

10. Yosh-o'smirlarga o'zbek kurashini o'rgatish uslubiyoti A.K.Ataev Toshkent 2005.

11. Полко Г.М. КОРЕШ. Методика организатсия обучения натсионалной спортивной борбе. Сибай 2007. Татарстан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.