MILLIY HUNARMANDCHILIKKA OID O'QUV MASHG'ULOTLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVLARDAN
FOYDALANISH AHAMIYATI Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova
Nizomiy nomidagi TDPU Texnologik ta'lim magistratura mutaxassisligi II bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7932724
Annotatsiya. Bu maqola orqali bugungi davrga munosib yoshlarni mehnat ta'limi dars jarayonlarida turli kompetensiyalarini shakllantirishda integratsion yondashuvlarga murojaat qilishning samaradorlik jihatlari ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: mehnat ta'limi, integratsion yondahsuv, milliy hunarmandchilik, integratsiya, zamonaviy usullar.
Аннотация. В данной статье рассматриваются аспекты эффективности обращения к комплексным подходам в формировании различных компетенций молодежи, достойных современных учебных процессов трудового воспитания.
Ключевые слова: трудовое воспитание, комплексный подход, народные промыслы, интеграция, современные методы.
Abstract. Through this article, the effectiveness aspects of turning to integrated approaches in the formation of various competencies of young people worthy of today's labor education lesson processes are considered.
Keywords: labor education, integrated approach, national crafts, integration, modern methods.
Hozirgi davr jahon pedagogikasi yoshlarni tarbiyalashda, ularning kasb bo'yicha tor professional bilimlarni egallashlariga chek qo'yishni, uzluksiz ta'lim tizimida, jumladan, umumta'lim fanlaridan keng integrativ bilimlarga ega bo'lishlari zarurligini taqazo qiladi.
Respublikamizda qabul qilingan ta'lim sohasiga tegishli bo'lgan qator qonun-qoidalar fanlararo aloqadorlik asosida o'qitishni o'quv jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi hozirga paytda umumta'lim maktablarida dolzarb muammo qilib qo'yilgan. Mehnat ta'limi darslarida integratsion tarzda o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarini qo'llash, innovatsion yondahsuvlarga ko'proq murojaat etish va ularni chuqur tahlil qilib, amaliy dars jarayonlarida joriy qilish, shuningdek, o'quv-uslubiy ta'minot muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni shular asosida xalq ta'limi tizimini takomillashtirish hamda ularning o'quv-tarbiya jarayoniga axborot kommunikatsion va zamonaviy pedagogik kompyuter texnologiyalarini tadbiq etish respublikamizda ta'lim tizimining rivojlanishi va e'tiborga olinganligidan dalolatdir.
Bugungi davr yoshlarini an'anaviy tizim bilan dars jarayonlarida diqqatini ushlab turish qiyin masala. Ayniqsa, amaliy dars mashg'ulotlarida. Bu bilan kerakli natijaga erishib bo'lmaydi. Aynan mehnat ta'limi jarayonini tashkil etishda zamonaviy integrativ yondashuvlardan keng foydalanish natijasida o'quvchi-yoshlarni milliy hunarmandchilikka oid qiziqish kompetensiyalarini shakllantirishda muammolarni chetlab o'tish imkoniyatiga ega bo'lish mumkin. Chunki pedagogik, ta'limiy jihatdan olib qaralganda, integratsiya — uzviylik, fanlararo va o'zaro aloqadorlikni ifodalaydi. U o'zaro bir-birini to'ldiruvchi, kengaytiruvchi, chuqurlashtiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, integrativ yondashuv
o'rganilayotgan ob'yektni yaxlit tizim shaklida, har tomonlama aloqadorlik nuqtai nazardan o'rganishni talab etadi. Bu bilan aytish mumkinki, umumta'lim maktablarida tashkil etiladigan mehnat ta'limi jarayonlarida amaliy dars mashg'ulotiga mas'ul bo'lgan har qanday toifadagi pedagog, o'qituvchi mashg'ulot mobaynida qo'llaydigan yondashuv asosida metodlarning nazariyasini chuqur egallamog'i va bu bilan o'quvchilarga mavzuga doir bilimlarni berishda xatoliklarga yo'q qo'ymasligi darkor. Chunki o'z nomi bilan mehnat ta'limi amaliy jarayon sanaladi. Bunda qilingan har bir xatolik uni tuzatish uchun yanada ko'proq vaqt va kuchni talab etadi.
Milliy hunarmandchilikka oid o'quv mashg'ulotlari samaradorligini oshirishda integrativ yondashuvlardan foydalanishning ahamiyatini yuqorida birin-ketin sanalganlar natijasida tushunib olish mumkin. Yana aytish kerakki, integrativ yondahsuvlarning mehnat ta'limi darsl;arining ham amaliy ham nazariy qismida o'rinli tadbiq etish o'quvchilarda bugungi zamonaviy usullar haqidagi tushuncha va ko'nikmalarning hamda malakaning taraqqiy etishida xizmat qiladi. Bu esa o'quvchilarning milliy hunarmandchilikka qiziqishini uyg'otish ishlarida ham natijaga erishishda yordamdir.
REFERENCES
1. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com ).
2. Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova. ORGANIZATION OF INDEPENDENT EDUCATION IN THE FIELD OF TECHNOLOGY IN PREPARING PUPILS FOR EDUCATION ON THE BASIS OF FOLK CRAFTS. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 APRIL 2023. 100-101p.
3. Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova. METHODOLOGY OF FORMATION OF COMPETENCES OF PUPILS' INTEREST IN NATIONAL CRAFTS BASED ON THE CLUSTER APPROACH. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 MARCH 2023. 373-374p.
4. Roila Yuldoshevna Xaydarova. CLUSTER TYPES AND ORGANIZATION OF THE PROCESSES OF LESSONS DEDICATED TO NATIONAL CRAFTS FROM TECHNOLOGY SCIENCE BASED ON THEM. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 MARCH 2023. 68-69p.
5. Roila Yuldoshevna Xaydarova. THE IMPORTANCE OF THE CLUSTER APPROACH IN MODERN EDUCATION. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 1 JANUARY 2023. 434-435p.
6. Roila Yuldoshevna Xaydarova. EFFECTIVENESS OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN FORMING THE COMPETENCES OF STUDENTS' INTEREST IN NATIONAL CRAFT. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME2 ISSUE 4 APRIL 2023 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 328-329p.
7. Roila Yuldoshevna Xaydarova. O'QUVCHILARNI MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQTIRISHDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGINING KLASTERLI YONDASHUVLARI. " UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI, MAY 1516, 2023. MEHNAT TA'LIMI DARSLARIDA O'QUVCHILARNI XALQ
HUNARMANDCHILIGI ASOSIDA TARBIYALASH («Klaster yondashuv asosida o'quvchilarni milliy hunarmandchilikka qiziqish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov ishlarining xulosasi sifatida). 271-272-betlar.
8. Roila Yuldoshevna Xaydarova. O'QUVCHILARNI MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQTIRISHDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGINING KLASTERLI YONDASHUVLARI. " UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI, MAY 1516, 2023. 273-274-betlar.
9. Yulchiyeva M.T. O'QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA FOYDALANILADIGAN METOD VA VOSITALARNING AHAMIYATI. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 198-201p.
10. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292
11. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman
12. https://cyberleninka.ru
13. http://scientists.uz