Научная статья на тему 'MILLIY G’OYA VA AN’ANAVIY QADRIYATLARGA DIALEKTIV YONDOSHUV'

MILLIY G’OYA VA AN’ANAVIY QADRIYATLARGA DIALEKTIV YONDOSHUV Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
228
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Milliy g’oya / an’ana / qadriyat / an’anaviy qadriyatlar / an’anaviylik / liberalizm / modernism / milliy taraqqiyot / modernizatsiya

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Oripov Elyorjon Shavkatovich

Ushbu maqolada jamiyatimizdagi islohotlarni “insoniylik” tamoyili asosida olib borishda milliy g’oya va an’analarni dialektik jihatdan o’rganish zarurati ilmiy asoslanadi hamda hozirgi yangilanish jarayonida an’anaviy qadriyatlarni milliy g’oya asosida qayta baholash ahamiyati tadqiq etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY G’OYA VA AN’ANAVIY QADRIYATLARGA DIALEKTIV YONDOSHUV»

MILLIY G'OYA VA AN'ANAVIY QADRIYATLARGA DIALEKTIV

YONDOSHUV

Oripov Elyorjon Shavkatovich [email protected] Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatimizdagi islohotlarni "insoniylik" tamoyili asosida olib borishda milliy g'oya va an'analarni dialektik jihatdan o'rganish zarurati ilmiy asoslanadi hamda hozirgi yangilanish jarayonida an'anaviy qadriyatlarni milliy g'oya asosida qayta baholash ahamiyati tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: Milliy g'oya, an'ana, qadriyat, an'anaviy qadriyatlar, an'anaviylik, liberalizm, modernism, milliy taraqqiyot, modernizatsiya

A DIALECTICAL APPROACH TO THE NATIONAL IDEA AND

TRADITIONAL VALUES

Oripov Elyorjon Shavkatovich [email protected] Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: This article is scientifically based on the need for a dialectical study of national ideas and traditions in carrying out reforms in our society on the principle of "humanity" and examines the importance of re-evaluating traditional values on the basis of national ideas in the current renewal process.

Keywords: National idea, tradition value, values, traditional values, traditionalism, liberalism, modernism, socialism, national development, modernization

Kirish. Hozirgi ijtimoiy yangilanishlar sharoitida xalqimizning ko'p asrlik insonparvarlik an'analarini saqlash, ularning mazmunini yangi zamonaviy qadriyatlar bilan boyitish dolzarb ilmiy amaliy vazifa bo'lib turibdi. Bizningcha, avvalo "insoniylik" tamoyillari asosiga qurilgan an'anaviy qadriyatlarimizni milliy mafkura asosida qayta baholash, ularning shaklini yangilamoq zarur. "Milliy g'oyaning deterministik rolini milliy an'analar va o'zbek xalqi ma'naviy madaniyatining tiklanayotganida" ko'rish mumkin.

Asosiy qism. Bugungi kunda Vatanimiz milliy genofondini, etnik birligini saqlab qolish, milliy g'oyani shakllantirish masalalari milliy an'analarni alohida soha sifatida o'rganishni talab etadi. Bizningcha, bugungi kunda jamiyat siyosiy hayotini

I icclT^^^^H 261 http://oac.dsmi-qf.uz

modernizatsiyalashda liberalizm, demokratizm bilan bir qatorda traditsionalizm (an'anaviylik) ham muhim hodisadir. Jamiyatimizdagi hukmron ijtimoiy-siyosiy ongda fundamentalizm, aqidaparastlik, konservatizm tushunchalarini bir tomonlama tahlil etishga moyillik bor. Bizningcha, ayni paytda jamiyatimiz kelajagi barqarorligi va xavfsizligi uchun modernizatsiya, globallashuv, liberallashuv, demokratiya kabi ta'limotlarni o'rganish qay darajada zarur bo'lsa fundamentalizm, aqidaparastlik, konservatizm, traditsionalizm kabi ta'limotlarni ham o'rganish ob'ektiv zaruratdir.

Bugungi kunda yer yuzidagi barcha davlat, xalq yoki millatlar taraqqiyot yo'lini belgilashda asriy an'analari bilan bir qatorda liberalizm, modernizm, sotsializm kabi ta'limotlarning bunyodkorlik xususiyatlarini o'zida ifoda etgan milliy g'oyaga tayanmoqda. Ushbu ta'limotlar jamiyat barcha sohalaridagi muammolarni hal etishda milliy g'oyaga nazariy va amaliy ko'maklashadi. Shu ma'noda, an'anaviylik ulkan bir daraxt bo'lsa, uning ildizi milliy g'oyadir. Ta'kidlash zarurki, milliy g'oya va an'anaviylik uzviy bog'liq tushunchalar hisoblanib, biri ikkinchisi shakllanishi va rivojlanishi uchun negiz hisoblanadi. "Milliy ma'naviy merosning muhim tarkibiy elementlari urf-odat, an'ana va kadriyatlar milliy o'zlikni anglashda asosiy omil, harakatlantiruvchi kuch bo'lganligi uchun milliy g'oya tizimida muhim o'rin tutishini e'tiborga olish zarur".

Shu ma'noda yurtimizdagi an'anaviylikni tadqiq etish natijasida "milliy g'oya"ning xalqimiz o'tmishi bilan bog'liq jihatlarini bugungi mezonlar doirasida o'lchash imkoni yuzaga keladi hamda ularni amaliy hayotga joriy etishning nazariy-uslubiy asoslari aniqlashadi. Chunki milliy g'oya bugungi rivojlanishga nazariy-uslubiy asos bo'lsa, an'anaviylik milliy taraqqiyotni barqaror va abadiy harakatlantirib turuvchi mehanizmdir. Milliy g'oya ijtimoiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi "ichki kuch" bo'lib, u etnos ruhiy holatini tez va to'g'ri anglaydi, shu asosda xalq orzu-istaklarini amalga oshirishga qodir bo'lgan o'zga mafkuralar yutuqlaridan samarali foydalana oladi.

Bugun "modernizatsiya" deb atalayotgan jarayon an'anaviylik xususiyatiga ega bo'lgan milliy g'oyani o'z ta'siriga olishi yoki inkor etishi mumkin emas, aksincha, "modernizm" jamiyat barcha sohalaridagi o'zgarishlarni etnik birlik turmush-tarziga mos holda amalga oshirishi, yanada aniqroq aytganda, u xalq qadr-qimmati va o'ziga xosligi chegarasini belgilovchi mezon bo'lishi zarur. "Bugungi kunda milliy g'oya jamiyatni demokratlashtirish va yanada modernizatsiyalashishiga xizmat qila boshladi. Chunki milliy g'oya va mafkura yangicha fikr, yondoshuvlarni, uslub va vositalarni e'tirof etgan holda insonning faol ishtirokiga halaqit qiladigan, demokratiyaga zid qarashlar, intilishlarni tan olmaydi. Insonlarning erkin fikri va faoliyatini demokratiyani yanada chuqurlashtirish omili sifatida baholaydi va qadrlaydi" .

Tarixdan yaxshi ma'lumki, e'tiqodi sust millatlarda milliy g'oya, milliy g'urur tuyg'ulari ham zaif bo'ladi. Bunday insonlardan iborat jamiyatda an'analar, milliy qadriyatlarga befarq qaraydigan xislatlar tezroq rivojlanadi. Shu ma'noda, shiddat bilan rivojlanib borayotgan fan-texnika asrida an'anaviy qadriyatlarimizga eskilik sarqiti deb qarab, ularning qadri susayishiga yo'l qo'ymasligimiz darkor. Atrofimizdagi ba'zi mamlakatlar an'anaviy qadriyatlarini esdan chiqarganligi yoki mensimasligi oqibatini teran nigoh bilan anglash mumkin. Mantiqan olib qaraganda, har qanday navdagi daraxt o'z holicha kerakligini tushunish qiyin emas-ku. Masalan bu holatga noto'g'ri yondoshuv G'arbni ma'naviy fojealar girdobiga tashladi. Yaxshi ayonki, G'arb muhitida fan-texnika jadal rivojlanishi natijasida mehnat unumi va samaradorligini o'sishi, bir tomondan ayrim kishilar qo'lida katta miqdorda mablag' to'planishiga, ikkinchi tomondan ishlab chiqarishda inson "qadr"ini pasayishiga olib keldi. Bu holat dastlab xalqning an'analari, udumlari, odatlari asta-sekin yuqolishiga sabab bo'ldi, keyinroq, ijtimoiy ongda "qadr"dan qiymat"ni ustun bilish, "inson erki cheksizligi", "vaqt bu pul", jamoa manfaatidan shaxsiy manfaatni yuqori qo'yish kabi tendentsiyalarning shakllanishi ushbu makon ijtimoiy taraqqiyoti voqeligiga bog'liq bo'lmagan butunlay yangicha qadriyatlar tizimi vujudga kelishiga asos bo'ldi. Masalaning qiziq jihati shundaki, ushbu jarayon dialektikaning inkorni-inkor qonunini chetlab o'tgan, ya'ni ikkinchi yangi voqelikni paydo bo'lishi birinchi tarixiy udum asosida emas, balki butunlay o'zga muhitda paydo bo'lgan. Endilikda ular ushbu dialektik qonunni tiklashga harakat qilishmoqda. Lekin bu harakatlar samara bermasligi mumkin, chunki ijtimoiy ong an'anaviy qadriyatlar tizimidan birmuncha begonalashgan. Milliy madaniy meroslarni asrab-avaylash uchun vatanparvar odamlar chiqmagan. Aksariyat kishilar Amerikaga yoxud boshka maskanlarga yashashga intilishgan, zamonaviy hayotni orzu qilishgan. Texnika, texnologiya, kompyuter sohalariga qiziqish ustuvor bo'lib, hech bir madaniyat uylari yoki xalqning urf-odatlarini saqlab qoladigan markazlar tashkil qilinmagan. Bu esa ijtimoiy ongda "moddiyat"ning rivojlanishiga olib kelmoqda. Masalan, Yevropada kishilik turmush-tarzi har yili yangicha shaklda rivojlanadi. Har bir inson o'z hohish-istagiga qarab e'tiqodiga yo'nalish belgilaydi. Asosan pragmatik kayfiyatdagi g'arb jamiyati vakillari uchun ruhga ozuqa bo'luvchi e'tiqod shakli ham ko'p holatlarda moddiy manfaatlarga bo'ysundirilmoqda.

An'anaviylik mohiyati negizida shakllangan va rivojlangan milliy g'oya orqali jamiyat ma'naviy hayoti barqaror va o'zgarmas axloqiy me'yorlar tizimi bilan yanada kengayadi, bu esa jamiyat ma'naviy muhitida sog'lom turg'unlik holatini yuzaga keltirib, islohotlar jarayonida ro'y berishi kutilgan destruktiv vaziyatlarni oldini oladi. An'anaviylik xususiyatlarini o'zida saqlagan milliy g'oya kishilik taraqqiyotining eng og'ir damlarida ham etnik birlikni o'z "Men"iga xos xususiyatlarini saqlab qolishga ko'maklashadi hamda tashqi ta'sirlarga qarshi o'zida ruhiy - ma'naviy kuch topa oladi.

I ihSi^^Bl ^63 http://oac.dsmi-qf.uz

An'ana va milliy g'oyani birlashtirib turgan omil - har ikkisida ham xalq dardi va orzu-maqsadlari in'ikos etganidir. Milliy g'oyaga nisbatan an'analar xalq qalbiga yaqinroq. Chunki tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida mustamlakachilik ta'sirida milliy g'oya elementlari tayziq ostiga olinib qadrsizlanadi, ma'lum ma'noda oddiy xalq o'z hayotini saqlab qolish uchun ulardan vaqtincha bo'lsa-da voz kechishga majbur bo'ladi. Xususan yurtimiz tarixiy jarayonlaridagi arablar, mo'g'ullar hamda rus mustamlakachilari istilosi oqibatida ajdodlarimiz e'zozlab kelgan milliy va madaniy meros ayovsiz talandi va oyoq osti qilindi. Ular bu xududda hukmronlikni abadiylashtirish uchun o'z mafkuralarini majburan xalq ongi va qalbiga tiqishtirdi, oqibatda mahalliy xalq mafkurasi qadrsizlandi, ba'zi holatlarda tahqirlanishiga olib keldi. Bu esa xalqning qadriyatga aylangan o'tmishidan, ijtimoiy-ma'naviy ideal va maqsadlaridan majburan begonalashuviga sabab bo'ldi. Shunday vaziyatlarda xalq orzu - istaklari va ruhiyatiga ma'naviy madad bergan hodisa uning an'analari bo'ldi. Aynan an'analar xalqning og'ir va yengil kunlarida hamroh bo'luvchi buyuk qadriyatdir, ular millatimizning bugungi va keyingi avlodlari uchun yangi sinovlar davrida kuch va matonat manbai bo'lib qoladi.

Xulosa. Bugun rivojlantirilayotgan milliy g'oyamiz mazmun va mohiyatini boyitishda ushbu xududda yashab o'tgan minglab buyuk insonlar nazariya va qarashlarining ahamiyati beqiyos. Ushbu qarashlar zamirida shakllangan ma'naviy ko'rinishdagi an'anaviy qadriyatlarni e'zozlab, ularni yashash tarziga aylantirilishi milliy fe'l-atvorimizda o'ziga xos xususiyatlarni vujudga keltirdi. An'analar xalq ruhi va dardiga yaqin bo'lgani uchun milliy g'oyani xalq ongi va qalbiga singdirishda ulardan foydalanish ijobiy samara beradi. An'analar orqali etnik birlik ichki dunyosi, tafakkur darajasi, ijtimoiy-ma'naviy ideallari kabi xususiyatlarini aniqlash mumkin. Milliy g'oyaning hayotiylik, xalqchillik tamoyillari aynan ushbu xususiyatlarni o'rganish natijasida rivojlantiriladi. Shu ma'noda milliy g'oyani yaratishda, targ'ibot-tashviqot qilishda an'analarni birma-bir tadqiq etish hamda natijalarni mafkuraviy amaliyotga tatbiq qilish, milliy g'oyani xalq ongi va qalbiga singdirishda juda katta amaliy yordam bo'lar edi. Chunki, "an'anaviy qadriyatlar jamiyatni modernizatsiyalash jarayonini xalqning tub manfaatlari bilan uyg'un kechishini ta'minlaydi, ijobiy jixatlarini rivojlantiradi, salbiy tomonlarini inkor etishning ma'naviy mezoni hisoblanadi" An'anaviy xususiyatlarni saqlagan barcha ko'rinishdagi g'oyalarni tizimlashtirish, xalqimizni beqaror davrda o'ziga xosligini saqlab qolish uchun an'anaviy mohiyatga ega bo'lgan mafkuraviy paradigmani ishlab chiqish bugungi kunning muhim muammolaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Наркулов С.Д. Мустакиллик даврида Узбекистонда фукаролик жамияти ривожланиши ва ижтимоий онгдаги узгаришлар. Т.: фал. фан. док.(DSc). дис. автореф. -Т.: УзМУ, 2018. Б. 19

2. Сапаров Б. Миллий гоя ва узликни англашда кадриятларнинг урни. УзМУ хабарлари, 2019 йил 1/1. Б.128

3. Эргашев И., Жакбаров М., Назаров Н. Жамиятни демократлаштириш ва миллий гоя. Т.: "Академия". 2007. Б. 65-66

4. Oripov E.Sh. A promising concept of ensuring the dialectic of traditional and modern values in society // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal // 2020 (№11, SJIF2020=7.13)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.