MILLIY AXBOROTDAGI MEDIANING TARBIYA JARAYONIGA
TA'SIRCHANLIGI
Jamol Komilovich Jurakulov
Renessans ta'lim universiteti "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi dotsenti, PhD
ANNOTASIYA:
Maqolada ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligi milliy axborot orqali ekanligi, ta'lim va tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborotni qayta ishlash, axborot almashinuvi yangi demokratik ta'lim va tarbiya jarayonida ma'naviy tarbiyaning milliy axborot tasirchanligi imkoniyatlar xaqida fikir muloxaza yuritamiz.
Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, milliy, axborotning shaxs, davlat va jamiyat, axborotlashtirish xususiyatlari, milliy axborot.
АННОТАЦИЯ:
В статье показано, что влияние духовного образования на процесс образования и воспитания осуществляется через национальную информацию, компьютерные технологии и обработку информации в процессе образования и воспитания, обмен информацией является национальной информацией духовного образования в процессе нового демократическое образование и воспитание Мы думаем о возможностях эффективности.
Ключевые слова: образование, образование, национальная, индивидуальная, государственная и общественная информация, особенности информации, национальная информация.
ABSTRACT:
The article shows that the impact of spiritual education on the process of education and upbringing is through national information, computer technologies and information processing in the process of education and upbringing, information exchange is the national information of spiritual education in the process of new democratic education and upbringing. We are thinking about the possibilities of effectiveness.
Keywords: education, education, national, individual, state and society information, features of information, national information.
35
May 2024
Ta'lim va tarbiya jarayonida axborot oqimi hayot va madaniyat sharoitlarini, xulq-atvor stereotiplarini, fikrlashmizni tubdan o'zgartirib, jamiyatdagi barcha sohalariga inqilobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligi milliy axborot orqali ekanligini anglashimiz, ta'lim jarayonida milliy axborotni sezilarli yutuqlar ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlarda "ma'naviy tarbiya" nomining paydo bo'lishiga olib keldi. Aksariyat olimlar qarashida milliy ma'naviy tarbiya jamiyatini asosiy mahsuloti axborot bilan bog'lansa samarali deb takidlaydilar. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, bizning eramizning boshidan beri insoniyat tomonidan to'plangan ma'lumotlar ikki baravar ko'paygan, birinchi marta 1750-yilda, ikkinchi marta XX asr boshlarida, uchinchi marta 1950-yilda. 1950-yildan boshlab dunyoda ta'limning umumiy miqdori har 10 yilda ikki barobar, 1970-yildan boshlab har 5 yilda va 1991-yildan boshlab ikki baravar ko'paydi. Demak, bugungi kunda dunyoda ta'lim hajmi 250 ming barobardan ortiq oshgan. Ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligi milliy axborot orqali singdirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
Amerikalik sotsiolog D.Bellning ta'kidlashicha, axborotlashgan jamiyat, avvalo, ma'lumotlilik darajasi va malakasiga ko'ra, millat elitasini shakllantiradigan jamiyat. Tadqiqotchi axborotni jismonan iste'mol qilinmaydigan va eskirmaydigan "jamoaviy mahsulot" sifatida talqin qilib, industrial jamiyatda inson hayotiy faoliyatidagi mutlaqo yangi mahsulot bo'lgani uchun unga nisbatan o'sha davrda muomalada bo'lganidan o'zgacha me'yor va mezonlarni qo'llash kerakligiga e'tibor qaratadi. [1]
Ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligi milliy axborot orqali jamiyatda kompyuter texnologiyalari va axborotni qayta ishlash bo'yicha konsalting, ilmiy axborot va boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi professional guruhlar vujudga keldi. Yangi ilmiy va kasbiy yo'nalishlarning paydo bo'lishi kadrlar tayyorlashning alohida tizimini talab qiladi. Bu tizim nafaqat jamoatchilikni xabardor qilish davrining voqeligi va o'qitish mazmuniga, balki usul va vositalarga ham mos kelishi kerak. Axborotning shaxs, davlat va jamiyat hayotidagi o'rni juda muhim. Axborot insonni atrof-muhitga moslashtirishga qaratilgan aloqa jarayonining natijasidir. [2] Endilikda ijtimoiy muhitda yangi axborot jamiyatini yaratish maqsadi muloqot jarayoniga o'ziga xos xususiyatlar va ta'limda o'zgarishlarni olib keldi.
Axborotning qimmatliligi shaxsning sub'ektiv xulq-atvoriga ega ekanligi bilan izohlanadi. Agar inson maqsadiga yerishsa, u holda foydalanilgan axborot e'tiborga olinmaydi va o'z qiymatini yo'qotadi. Shuni ham yodda tutish kerakki, qadriyatlar turlicha. Axborotlashgan jamiyat rivojlanishining muhim qismi sifatida quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: maqsadga erishish uchun axborotni tanlash imkonini beruvchi axborotning qiymati; ma'lum bir vaziyatga bo'lgan ehtiyojni belgilaydigan
May 2024
36
ma'lumotlarning foydaliligi; ma'lum vaqt davomida ma'lumotlarning buzilishi. [3] Ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligi milliy axborot kishilarning asosiy resursi, asosiy qadriyatiga aylansa ta'limda ma'naviy tarbiya milliy axborotning samarasi ortadi.
Yapon olimi Y.Ma'suda "Axborotlashgan jamiyat insoniyatning eng ulkan yutuqlaridan biri, -deb yozadi. Yangi texnologiyalarning rivojlanishi ijtimoiy hayotning o'ziga xos ijobiy o'zgarishiga olib keladi. Axborotlashgan jamiyatda insoniy qadriyatlar o'zgaradi. Bu jamiyat sinfsiz va ziddiyatsiz bo'lib, uni kichikroq davlat apparati boshqaradi." Hozir va kelajakda yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish jamiyat oldida turgan eng muhim vazifadir. Axborot madaniyatiga ega bo'lgan bilimli shaxs zarur axborotni topa olishi, baholay olishi va undan unumli foydalana olishi, axborotni saqlashning an'anaviy va avtomatlashtirilgan texnik vositalaridan foydalana olishi kerak.[4]
Ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligi milliy axborotning tasiri shaxs xulq-atvori, axborot bilan ishlash qobiliyati va ko'nikmalarini aks ettiradi, o'z axborot maydonini va xatti-harakatlarini tartibga solish va tahlil qilish imkonini oshiradi. Ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilishni moliyalashtirish yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi. Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqasini elektron platforma orqali aloqaga o'tkazish, ya'ni davlat o'z fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko'rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi - bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi.
Mamlakatimizda ushbu sohani keng rivojlantirish Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bizdagi eng asosiy og'riqli muammolardan biri-korruptsiya illatiga barham beradi.[5] Jamiyat taraqqiyotining turli sohalaridagi tub o'zgarishlar axborot va axborot xizmatlari bilan chambarchas bog'liq. Ta'limni axborotlashtirish jarayoni iqtisodiy, texnologik, siyosiy va madaniy rivojlanish imkoniyatlarini keng ochib beradi. O'zbekistonda qator Sharq mamlakatlari kabi qaror topadigan jamiyatning modeli jamoaviylik va undan kelib chiqadigan milliy axloqqa asoslanadi. Shu sababli axborotlashgan jamiyat rivojida ma'naviy tarbiya, milliy-axloqiy masalalarni tadqiq qilish dolzarb vazifa sifatida e'tirof etilmoqda"[7]
Ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligini oshirish milliy axborot orqali, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari XXI asrda jamiyat taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatuvchi muhim yo'nalishlardan biridir. Ularning ta'siri nafaqat inson hayotiga, balki insoniyat jamiyatining barqaror va faol rivojlanishiga ham juda katta ta'sir ko'rsatadi. Shu boisdan ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi
May 2024
37
etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlangan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish" [8] muhim ahamiyatga ega. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi zamonaviy yutuqlar hayotimizda "global axborot jamiyati" deb ataladigan yangi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlarning vujudga kelishiga olib keldi.
J.Yaxshilikov fikricha, "Hamma narsaning yaxshi va yomoni bo'lganidek, bu qulayliklar bilan birga internetdan samarali va maqsadli foydalanuvchilardan tashqari undan vaqtni bekorga o'tkazish, turli ko'ngilochar hamda behayo saytlardan foydalanuvchilar ham ko'payib bormoqda".[9]
O'zbekiston xalqining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotida demokratik islohotlar chuqurlashib, jamiyatni umumiy o'zgartirish jarayoni uchun zarur shart-sharoitlar barqarorlashtirilmoqda. Axborot almashinuvi yangi demokratik imkoniyatlarga, barqaror siyosiy, ijtimoiy va demokratik jarayonlarni qaror toptirishga yo'l ochadi. So'z erkinligi, matbuot erkinligi, fikr plyuralizmi va mustaqil xususiy ommaviy axborot vositalarining paydo bo'lishi O'zbekiston axborot makonidagi demokratik jarayonlarning natijasi ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligi milliy axborot orqali amalga oshirishning imkonini boyitadi.
Axborotlashgan jamiyat turli g'oyalar va ta'limotlarni, bilimlarni, turli sivilizatsiya va qadriyatlarni tahlil qiladi, odamlarning tafakkurini kengaytiradi, muayyan g'oyalarga e'tiborni qaratadi, ularni chuqurroq anglashga yordam beradi. Iqtisodiyot davlatning tayanchi bo'lsa, uning milliy ruhi, ongi qalbidir. Jamiyatdagi ijtimoiy institutning o'ziga xos turi bo'lgan ommaviy axborot vositalari davlat qalbi orqali butun organizm uchun zarur bo'lgan oziq moddalarni, fuqarolarning birligi hamda umumiy maqsad va manfaatlarini targ'ib qiladi. Busiz mustaqil davlatning kelajagini bashorat qilish qiyin. Ayni paytda O'zbekiston nafaqat iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan, balki strategik, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy, ta'lim tarbiya jihatdan ham jahon hamjamiyatining e'tiborini tortmoqda.
Ommaviy axborot vositalari orqali odamlar ijtimoiy normalarni, axloqiy va axloqiy qadriyatlarni idrok etadilar, hayotiy tamoyillarni shakllantiradilar. Ommaviy axborot vositalari jamiyatda kechayotgan jarayonlarni yoritish orqali jamoatchilik fikrini shakllantiradi. U jamoatchilik fikrini shakllantiradi va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Ommaviy axborot vositalari ijtimoiy rivojlanish va jamiyat talablariga muvofiq qadriyatlarni shakllantiradi, axborot sohasidagi axborot ehtiyojlarini ta'minlaydi. Shuning uchun ham ommaviy axborot vositalari faoliyati va axborotni ishlab chiqarish, iste'mol qilish va tarqatishdagi axborot munosabatlariga ijtimoiy mas'uliyat yuklanadi.
38
May 2024
Ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligini oshirish shaxsning axborot madaniyatining shakllanishi uning axborotga bo'lgan ehtiyojini qondirish, muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta'minlaydi. Ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligi milliy axborot orqali samaradorligini oshirish bugungi zamonda ommaviy axborot vositalari shaxs va davlat hayotida asosiy o'rinda turishini xisobga olib ijtimoiy tuzilmada axborot jamiyatning muhim ijtimoiy quroli hisoblanadi. Ta'lim va tarbiya jarayoniga ma'naviy tarbiyaning ta'sirchanligini milliy axborot orqali targ'ibot qilish, ijtimoiy jihatdan ta'sirchan video roliklarni ajdodlarimiz o'gitlari, ma'noli so'zlarini, hayotiy rivoyat shaklida ta'lim oluvchilarga yetkizish ma'naviy tarbiyaning tasirchanligini oshiradi, ta'lim olishga qiziqish imkonini zamonaviy yo'l bilan oshirishga xizmat qiladi. Ma'naviy tarbiyani ta'lim oluvchining qiziqishlariga qarab yondoshish ta'limda tarbiyaning samaradorligini oshishi va tajribalarning samaradorligi ortishiga sabab bo'ladi.
REFERENCES:
1. Белл Д. Грядущее постиндустриалное общество: опыт социалного прогнозирования. Пер.с англ. В. Л. Иноземцева. - М.: Academia,1999. - 956с.
2. Бабашев, Ф. А. (2023). МЕДИАСАВОДХОНЛИК ВА ЁШЛАР АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU conference 3), 7-10.
3. Бабашев, Ф. А. (2018). Технология интеллект-карты в профессиональной компетентности будущих учителей. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (7), 99-101.
4. Уэбстер Ф. Теории информационного общества. - М.: Аспект-пресс, 2004. -400 с.
5. Килимова Л.В. Рол информационных технологий в саморазвитии личности: научное издание. - Курск, - 63 с.
6. Masuda Y. Managing in the information Society: Releasing synergy Japanese style. Oxford, 1990. Р. 44.
7. Зиновева Н.Б. Информационная култура личности: Введение в курс / под ред. И.И. Горловой. - Краснодар, - 135 с.
8. https: //strategy.uz/index.php?news=787
9. Karimova G.A. O'zbekistonda axborotlashgan jamiyat shakllanishining milliy-axloqiy jihatlari Fan doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent - 2020. -b.5.
10. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Muraajotnomasi. 24.01.2020 yil. http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01 -2020.
May 2024
39
11. Yaxshilikov J.Y, Muhammadiev N.E. Milliy g'oya: O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Toshkent. Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2018. B 503504.
40
May 2024