UDK 577.114.7; 615.1.4; 678
MIKROBGA QARSHI XUSUSIYATGA EGA POLIMER TARKIBLI KUMUSH NANAOZARRALARI ASOSIDA OLINGAN OG'IZ CHAYISH VOSITASI
1Azizova Malika Askarovna, 2Sarimsakov Addushukur Abduxalilovich, 3Abdulmyanova Liliya Ilyasovna, 4Rashidova Sayera Sharapovna
1,2,40'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti 30'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.12590732
Annotatsiya. Mazkur maqolada tarkibida 35-60 nm o'lchamdagi kumush nanozarrachalari hamda «SelAgrip» substansiyasi asosidagi og'iz chayish vositasining mikroblarga qarshilik ko'rsatish xususiyatlariga oid tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Vositaning qator bakteriyalar va zamburug'li test-kulturalarda antimikrob faolligi o'rganilib, uning o'sishni bostirish xududi 1628 mm ni tashkil etishi qayd etildi. Mikroblarga qarshi ta'sir samaradorlikni namoyon etuvchi «SelAgrip» (0,09-0,12mkl) va kumush nanozarralarining (100mkg) optimal konsentratsiyasi aniqlandi.
Kalit so'zlar: og'iz chayish vositasi, Na -karboksimetilsellyuloza, kumush nanozarralari, SelAgrip, mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatish xususiyatlari.
Kirish. Xozirgi kunda zamonaviy amaliy tibbiyotda og'iz bo'shlig'ining bakterial va virusli infeksiyalarining oldini olish uchun uzoq muddatli ta'sirga ega og'iz chayish (yuvish) vositasining polimer shaklini olish imkoniyati o'rganilmoqda. Og'iz bo'shlig'i gigiyenasi iste'molchilar orasida shaxsiy gigiyenaning eng muhim jihatlaridan biridir [1]. Dunyo bo'ylab iste'molchilar turli hil og'iz bo'shlig'ini parvarish qilish vositalaridan foydalanadilar. Tishlarni kuniga ikki martta yuvishga qaramay, ko'p odamlar yuqoridagi bir yoki bir nechta kasalliklarning turli shakllaridan aziyat chekishadi va bunga og'iz mukozasida cho'tka o'rtasida taxminan 12 soat davomida harakat qiladigan bakteriyalar sabab bo'lgan deb xisoblanadi [2]. Bunday davrlarda odamlar og'zini antiseptik yuvish vositasi murojaat qilishadi. Asosan antiseptik og'iz yuvish vositalarida og'iz bo'shlig'idagi bakteriyalarni yo'q qilish uchun sezilarli miqdorda spirt (masalan, etil spirti yoki izopropil spirti) xlorgeksidin metiparaben, triklozan va unga uxshash bir kancha kimyoviy vositalartashkil topgan [3]. Shuningdek tarkibida antimikrob xususiyatga ega bo'lgan fenol birikmalari, evkalipt va mentol moylar mavjud og'iz chayish vositalari ishlab chikilgan.Ushbu og'iz yuvish vositalaridan foydalanilgandan so'ng, vaqtinchalik og'iz bo'lig'ida ta'mni sezilarli o'zgarishi, og'iz bo'lig'idagi qurishlar va shunga o'xshash bir qancha kichik yon ta'sirlar paydo bo'lishi kuzatilmoqda [4-6]. Zamonaviy og'iz yuvish vositalari bakteriyalarni o'sishi va rivojlanishini oldini olish uchun tez-tez ishlatilishi kerak, ushbu ishda uzoq ta'sir ko'rsatadigan polimer tarkibga ega og'iz chayish vositalarini yaratish rejalashtirilgan. Og'iz chayish vostalari og'iz bo'shlig'idagi olinishi kiyin (tish oralaridan va x.k) bo'lgan joylardagi ovqat qoldiqlarini olib tashlaydi va og'izni xushbuylashtirish ta'siriga ega [7]. Mikrobga qarshi ta'siri tufayli ular uzok vakt davomida og'izdan yomon hid paydo bo'lishini oldini olishga qodir. Milklardan qon ketishining bu og'iz bo'shlig'idagi shamollashlar, yalig'lanish va bunga asosiy sabab tishlarda yig'iladikan karashlardir (nalyot). Og'iz yuvish vositalari og'iz bo'shlig'ini bakteriyalardan tozalash sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi, milklarni sog'lom saqlashga va qon ketishini bartaraf etishga yordam beradi.
Ishninig maqsadi: og'iz bo'shlig'ining bakterial va virusli infeksiyalarining oldini olish uchun uzoq muddatli ta'sirga ega og'iz chayish (yuvish) vositasining polimer shaklini olish imkoniyati o'rganildi. Tadqiqot obyektlari sifatida polimerlanish darajasi PD = 650±20 va almashinish darajasi AD= 0,85± 3 bo'lgan, nam holatda yuqori adgezion xususiyatni namoyon etuvchi suvda eruvchan, tozalangan Na-karboksimetilsellyuloza (Na-KMS), o'lchamlari 35-60 nm bo'lgan, Na-KMS eritmasida barqarorlashgan, yuqori bakteritsid va virusga qarshi faollikga ega kumush nanozarralari hamda polimer tarkibli, virusli gripp va O'RVI oldini olish va davolash uchun mo'ljallangan "SelAgrip" substansiyasi va sovitish xususiyatini beruvchi mentol tanlab olingan. Polimer shaklli og'ish chayish vositasining fizik-kimyoviy xususiyatlari va bakteriyalar, viruslar hamda zamburug'larga qarshi faolligi o'rganilgan. Polimer asosli og'iz chayish vositasini olish uchun komponentlarning optimal nisbati tanlangan.
Materiallar va usullar.
Tadqiqot obyekti. Og'iz chayish vositasining olishda, ikkita polimer shakli namuna xar xil tarkibga ega namunalar tanlab olindi :
1 namuna (3)
Natriy -karboksimetilsellyuloza-0,2 g.
SelAgrip moddasi (karboksimetilsellyuloza gossipolat) - 0,06 ml.
Stabillashtirilgan kumush nanozarralari - Ag NO3) - 0,05 g.
Mentol yoki yalpiz moyi-0,05 g.
Distillangan suv-99,5 ml.
2 namuna (6)
Natriy-karboksimetilsellyuloza-0,2g.
SelAgrip moddasi (karboksimetilsellyuloza gossipolat - 0,09 ml.
Stabillashtirilgan kumush nanozarrasi - Ag NO3) - 0,1 g.
Mentol yoki yalpiz moyi-0,05 g. - distillangan suv-99,5 ml.
Shartli patogen bakterial shtammlar sinov kulturalari sifatida xizmat qilgan: gram-manfiy -Escherichia coli va Pseudomonas aeruginosa, gram-musbat-Staphylococcus aureus va Bacillus subtilis, shuningdek xamirturushga o'xshash qo'ziqorin Candida albicans, shuningdek O'zR FA Mikrobiologiya institutining «Sanoat miqyosida muhim bo'lgan mikroorganizmlar to'plami» da saqlanayotgan bakteriyalarning shartli patogen shtammlari: Escherichia coli va Pseudomonas aeruginosa - grammanfiy, Staphylococcus aureus va Vacillus subtilis - grammusbat, shuningdek, Candida albicans hamirturushsimon zamburug'i test-kulturalar sifatida olindi. Ijobiy nazorat obyekti sifatida sefotaksim - 5 mkg/disk (III avlod sefalosporinlar guruhi) va flyukonazol - 25 mkg/disk foydalnildi. Mikrobga qarshi xususiyatlar o'yiqli diffuzon usul yordamida o'rganildi [8]. Buning uchun Petri idishlaridagi ozuqa muhiti (bakteriyalar uchun - go'sht - pepton agari (MPA) va zamburug' uchun - Saburo muhiti) yuzasiga test kulturalar suspenziyasi yalpi maysazor kabi kritilildi (ekildi). Kundalik mikrobli suspenziyani tayyorlash uchun MakFarland standartiga muvofiq zichligi 0,5 bo'lgan, tarkibida 1,5x106 KOYE/ml tutgan, NaCl (0,9%) eritmasi qo'llanilib, muhit quritilgach, o'yiqlar hosil qilindi va sinalayotgan namuna o'yiqqa 100 va 200 mkl miqdorda yuborildi. Idishlar termostatda 37°C da 24-36 soat davomida inkubasiya qilindi. Natijalar o'yiqlar atrofidagi test kulturalariing o'sishni bostirish hududlari o'lchamlarini mm da o'lchash orqali qayd etildi.
Olingan natijalar va ularning muhokamasi. Tarkibida turli konsentrasiyadagi kumush nanozarralari va «SelAgrip» substansiyasi tutgan polimer shaklli og'iz chayish vositasi ikki
namunasining shartli patogen test-kulturalarga qarshi antimikroblik xususiyatlarini tadqiq etish natijalari 1 jadval va 1 rasmda keltirilgan.
Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, ikkala namuna ham barcha o'rganilgan bakterial sinov kulturalariga nisbatan mikroblarga qarshi ta'sir xususiyatlarni namoyish etib, bunda o'sishni bostirish hududi 16 dan 28 mm gacha bo'lgan o'lchamni tashkil etadi. Bunda, gram-manfiy bakteriyalarga (E.coli va P.aeruginosa) bakterisid ta'sir qayd etildi, gram-musbat bakteriyalarga nisbatan (S.aureus va V.subtilis) - bakteriostatik ta'sir kuzatiladi, bu gram-musbat bakteriyalarning ikkilamchi o'sishi bilan tasdiqlanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, V.subtilis ning o'sishni bostirish hududnii nazorat hududi - Sefotaksim bilan taqqoslash mumkin. Ilgari Petica va boshq. [9] tomonidan S.aureus ning E.coli i P.aeruginosa ga qaraganda kumush nanozarralariga nisbatan kam qabul qilishi haqida ma'lumot berilgan, tadqiqotlarimiz natijalari ham ayni ma'lumotni aks ettirmoqda. Bakterisid va bakteriostatik ta'sirlar og'iz chayish vositasi tarkibiy qismlarining konsentrasiyasiga bevosita to'g'ri chiziqli bog'likka ega eanlishi qayd etildi. . Nisbatan yuqori faolllik Candida albicans hamirturushsimon zamburug'iga nisbatan ham kuzatildi, bunda o'sish bostirish hududi 20-23 mm ni tashkil etdi, mazkur ma'lumotlar Kokura et al [10] ma'lumotlariga muvofiq ekanligi qayd etildi.
Shunday qilib, olib borilgan tadqiqotlar asosida, ishlab chiqilgan polimer shaklli yangi og'iz chayish vositasining mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega bo'lib, 0,09-0,12 mkl "SelAgrip" va 100 mkg Ag -kumush nanozarralarining optimal nisbatida ham bakterial va ham kandidoz faolligini namoyon qiladi, bu vositani ommaviy foydalanish va immuniteti zaif bemorlar uchun tavsiya qilish imkonini beradi.
Tablisa 1. Kumush (Ag) nanozarralari tutgan «SelAgrip» substansiyasi asosidagi og'iz chayish vositasi polimer shaklining sinov muhiti (test-kultura) о'sishiga ta'siri
№ namuna Test kultura usmagan qismi, mm
Nazorat Se^OTaKCHM (5 MKr) $nyuK0Ha30n (25MKr) «SenArpun» Konsentrasiya (mkh) h HH Ag (MKr)
0,006/50 0,12/100 0,09/100 0,18/200
(3 h 3*) (6 H 6*)
E. coli 30 18 18 18 16
P. aeruginosa 30 17 20 20 28
S. aureus 36 18 22 22 22
B. subtilis 24 21 24 24 24
C.albicans 28 20 23 23 23
O'rganilgan namunalarning ta'siri Escherichia coli u Pseudomonas aeruginosa 1 o6pa3es - 3 u 3*, 2 o6pa3es - 6 u 6*
O'rganilgan namunalarning ta'siri Ha Staphylococcus aureus u Bacillus subtilis 1 o6pa3es - 3 u 3*, 2 o6pa3es - 6 u 6*
O'rganilgan namunalarning ta'siri Ha gpo««enogo6HiH rpu6 Candida albicans 1 o6pa3es - 3 u 3*, 2 o6pa3es - 6 u 6*
Хулоса. Tozalangan suvda eriydigan Na KMS asosida bakteritsid, bakteriostatik va xususiyatlarga ega eritmalar, plyonkalar, gidrogellarni ultrabinafsha nurlanish ta'sirida tuzilishida turli shakl va o'lchamdagi kumush nanozarrachalarni hosil qilish orqali olishning asosiy tamoyillari o'rnatildi.
Mikrobilogik tadqiqotlar shuni ko'rsatib berdiki olingan namunalar antibotikga yakin ko'rsatkichlar berdi va bu asosida olingan og'iz chayish vositasi og'iz bo'shlig'idagi viruslar va mikroblarga qarshi vosita sifatida ishlatilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Abadi MF, Mehrabian S, Asghari B, Namvar AE, Ezzatifar F, Lari AR. Silver nanoparticles as active ingredient used for alcohol-free mouthwash. GMS Hyg Infect Control. 2013;8(1):Doc05. DOI: 10.3205/dgkh000205, URN: urn:nbn:de:0183-dgkh0002057.
2. Global antimicrobial resistance and use surveillance system (GLASS) report: 2022. World Health Organization, ISBN: 9789240062702.
3. Narovlyansky A.N.1, Mezentseva M.V.1, Suetina I.A.1, Russu L.I.1, Ivanova A.M.1, Poloskov V.V.1, Izmest'eva A.V.1, Ospelnikova T.P.1, Sarymsakov A.A.2, Ershov F.I.1. Cytokine-Regulating Activity of Anti-Virus Preparation CelAgripus In Burkitt's Lymphoma Stable B-Cell Lines. Problems of Virology, 2019; 64(4), 165-172. DOI: https://doi.org/10.36233/0507-4088-2019-64-4-165-172.
4. Sreenivasan PK, Mattai J, Nabi N, Xu T, Gaffar A. A simple approach to examine early oral microbial biofilm formation and the effects of treatments. Oral Microbiol Immunol. 2004, 0ct;19(5):297-302. DOI: 10.1111/j.1399-302x.2004.00158.
5. Holladay R, Moeller W, Mehta D, Brooks J, Roy R, Mortenson M. Silver/water, silver gels and silver-based compositions; and methods for making and using the same. European Patent Office; 2006. Applicationnumber: W02005US47699 20051230.
6. Kokura S, Handa O, Takagi T, Ishikawa T, Naito Y, Yoshikawa T. Silver nanoparticles as a safe preservative for use in cosmetics. Nanomedicine. 2010 Aug;6(4):570-4. DOI: 10.1016/j.nano.2009.12.002.
7. Wei D, Sun W, Qian W, Ye Y, Ma X. The synthesis of chitosan- based silver nanoparticles and their antibacterial activity. Carbohydr Res. 2009 Nov;344(17):2375-82. DOI:10.1016/j.carres.2009.09.001.
8. МУК 4.2.1890-04. Определение чувствительности микроорганизмов к антибактериальшм препаратам. Методические указаниya, М.: Федеральнш sентр госсанепиднадзора Минздрава России, 2004. - c.- 1 92.