Научная статья на тему 'ANTIBIOTIKLAR TA'SIR DOIRASIGA KO'RA KLASSIFIKATSIYASI'

ANTIBIOTIKLAR TA'SIR DOIRASIGA KO'RA KLASSIFIKATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Прочие медицинские науки»

CC BY
9013
475
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chlamydia pneumonia / morfologik / serovar / venerik / infektsiya / antibiotik / retikulyar / endotoksin / metabolik / uretran

Аннотация научной статьи по прочим медицинским наукам, автор научной работы — Azzamov Ulug‘bek Azimovich, Shodiyeva Dildora G‘iyosovna, Maxmudov Aziz Akmalovich

Ushbu maqolada antibiotiklar o‘rganilib tahlil qilindi. Antibiotiklar (anti-qarshi va bios–hayot) – baʼzi mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikro-blarning oʻsishi hamda rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikro-blarga qarshi taʼsir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANTIBIOTIKLAR TA'SIR DOIRASIGA KO'RA KLASSIFIKATSIYASI»

ANTIBIOTIKLAR TA SIR DOIRASIGA KO'RA KLASSIFIKATSIYASI

Azzamov Ulug'bek Azimovich

SamDTU.Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti

Shodiyeva Dildora G'iyosovna

SamDTU.Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti

dildoraannayeva786gmail .com Maxmudov Aziz Akmalovich Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti 2 kurs talabasi https ://doi.org/10.5281/zenodo .7583194

Annotatsiya: Ushbu maqolada antibiotiklar o'rganilib tahlil qilindi. Antibiotiklar (anti-qarshi va bios-hayot) - ba'zi mikro-organizmlar (zamburug'lar, bakteriyalar), hayvon to'qimalari va ayrim yuksak o'simliklar hayot faoliyati natijasida hosil bo'ladigan va turli xil mikro-blarning o'sishi hamda rivojlanishini to'xtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil bo'lib, boshqa mikro-blarga qarshi ta'sir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni o'ldiradi yoki o'sishini to'xtatadi. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha ta'sir etadi. Mas, bir antibiotik ma'lum bir mikrobga kuchli ta'sir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz ta'sir qiladi yoki butunlay ta'sir qilmaydi; Antibiotiklarning ko'pchiligi faqat mikroblarni emas, balki odam, hayvon va o'simlik organizmini (to'qima va hujayralarini) ham yemiradi.

Kalit so'zlar: Chlamydia pneumonia, morfologik, serovar, venerik, infektsiya, antibiotik, retikulyar, endotoksin, metabolik, uretran

Kirish. l.Antibakterial antibiotiklar - bakterialarni o'sishi va ko'payishiga to'sqinlik qiladi.Makrolidlar,ritsomitsin(spontin),novobiotsin kabilar faqat gramm+ mikroblarga qarshi ta'sirga ega.Polimiksin faqat gramm- mikroblarga ta'sir ko'rsatsa,tetrosiklin,levomitsin(xloramfenikoil,xloromitsetin),aminoglikozidlar(strept omitsin,novomitsin,kanamitsin,neomitsin,gentamitsin gramm+ va garamm-mikroblarga birdek ta'sir kuchiga ega.

2.Antimikrob ta'sirga ega antibiotiklar - zamburug'lar o'sishini to'xtatuvchi ta'sirga ega nistatin,levorin kabi antibiotiklar kandidoz kabi drojsimon patogen zamburig'larga qarshi tibbiyotda keng qo'llaniladi.Amfoteritsin B umumiy va chuqur mikozlarni oldi olishda qo'llanilinadi.Ushbu preparatlar polienli antibiotiklar guruhiga kiradi. Poliensiz antibiotiklardan Grizeofulvin zamburug'larga qarshi kurashshda samarali hisoblanadi.

3.O'smaga qarshi antibiotiklar - Kimyoviy strukturasiga ko'ra o'sma hulayrasini zararlovchi antibiotiklar quyidagi 6 guruhga bo'linadi:

Birinchki guruh antibiotilari - yuqori zaxarli tabiatiga ega aktinomitsin klinikada buyraklar adinokartsiomasi va bolalarda Vilms o'smasiga qarshi kurashishda qo'llanilinadi.

Ikkinchi guruh antibiotkalari - antratsiklinlar ushbu guruh vakillaridan biri rubomitsin klinikada bachadon xorionepiteliomasini va o'tkir leykoz kabi og'ir kasalliklarni davolashda rubomitsin aksariyat holatlarda o'sma to'la klinik davolanadi.

Uchunchi guruhga mansub bo'lgan antibiotiklar tarkibida aureole kislotasini tutib,klinikada qo'llaniluvchi ushbu guruhga mansub vakillaridan biri olivomitsin hisoblanib,tuxumdon o'smasi va tonzillar,tez metastazlanuvchi hiqildoq o'smalarini davolashda qo'llaniladi.

To'rtinchi o'smaga qarshi antibiotiklar SSSR tomonidan ushbu guruh vakillarida bruneomitsin yaratilgan bo'lib asosan limfogranulematozni davoloshdan qo'llanilinadi.

Beshinchi guruh vakillarini yapon olimlari ikki antibiotiklarni yaratishgan. Dastlabkisi, polipeptidli antibiotik bleomitsin epitelial o'smalarni va ikkinchi Mitomitsin S yangi o'smaga qarshi antibiotik guruhi hisoblanadi.

Oltinchi guruh vakili interferonogenlar (interferon) hayvonlarda turli xil virusli kasalliklarga qarshi ishlatilindi.

Antibiotiklar molekular ta'sir mexanizmiga ko'ra klassifikatsiyasi

1.Bakteriya hujayra qobig'i sintezini to'xtatuvchi(Pennitsilinlar,rinkomitsin vankomitsin,novobiotsin,D-sikloserin va b.);

2.Bakteriya hujayrasining oqsil sintezini buzuvchi(tetrosiklin strukturasiga javob beruvchi antibiotiklar,makrolidlar,levomitsin va h.k.);

3.Bakteriya hujayrasi oqsil sintezini to'xtatuvchi va shu bilan bir vaqtda translatsiya jarayonida genetik kodni buzulish xususiyatiga ega antibiotiklar(aminoglikozidlar);

4.Bakteriya hujayrasida nukleotidlar sintezini to'xtatuvchi antibiotiklar(Rifomitsinlar,o'smaga qarshi antibiotiklar);

5.Zamburug' hujayrasi sitoplazmatik membranasi butunligini buzuvchi (zamburu'ga qarshi tasir kuchiga antibiotiklar polienlar).

Antibiotiklar kimyoviy tuzulishiga ko'ra klassifikatsiysi

l.Betalaktamidlar 2.Glikopeptidlar; 3.Lipopeptidlar; 4.Aminiglikozidlar; 5.Tetrasiklin va (Glisilsiklinlar); 6.Makrolidlar va (Azalidlar); 7.Linkozamidlar; 8.Xloramfenikol(levomitsin); 9.Rifamitsinlar; lO.Polipeptidlar; 11.Polienlar;12.Turli xil antibiotiklar (Fuzidieva kislotasi,fuzafungin,streptograminlar vah.k.).

1.Betalaktamidlar - tabiiy va polisintetik guruhlarni o'z ichiga olib,tarkibida beta -laktam halqasi tutuvchi va ushbu halqa parchalanishi natijasida o'z xayotiy xususiyatlarini yo'qotadi.Bakteriatsid ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega bo'lib,quyidagi sinflardan iborat: Penitsillinlar, sefalosporinlar, karbapenemlar va monobaktamlar.

A.Penitsillinlar tabiiy zamburug'lardan va polisintetik yo'llar orqali olinadi.Tabiiy benzilpenitsillin (penitsillin G) va uning tuzlari ( K va Na) gramm musbat (Masalan:S.Pyogenes ) kabi stafilokokkli kasalliklarga qarshi ishlatilinadi (o'pka zotiljami, xo'ppoz, endokardit, septisemiya kabilardan tashqari).Lekin, uning organizmdan tez chiqarib yuborilishi,kislotali muhitda parchalanishi,beta-laktam halqasini parchalovchi bakterial fermentlar-penitsillinazalar bilan faolsizlanadi. Polisintetik turli xil radikallari evaziga tabiiy penitsillindan keng ta'sir doirasiga egaligi bilan ustunlik qiladi.

B.Sefalosporinlar tarkibida sefalosporin S mavjudligi bilan boshqa antibiotiklardan farqlanadi.Sefalosporinlar quyidagi xususiyatlarga ega:bakteriatsid ta' sir,organizm uchun kam zaharli tabiatga egaligi,keng ta' sir doirasi,enterokokklarga qarshi ta'sirsizligi,10% kasallarda allergik reaksiyalarni qo'zg'atadi.

C.Monobaktamlar - (aztreonam,tazobaktam va boshqalar) monosiklli beta-laktamlar bo'lib,tor ta'sir doirasiga ega.Gramm manfiy bakteriyalarga qarshi kurashishda samarali ta'sir ko'rsatadi shu jumladan,Pseudomonas aeruginosa va gramm manfiy koliform bakteriyalariga qarshi bakteritsid ta'sir ko'rsatadi.

D.Karbapenemlar - (imipenem,meropenem va boshqalar) sillinga qarshilik kuchiga ega bakteriyalar S.aureus va Enterococcus faecium kabilardan tashqari boshqa penitsillinlarga qaraganda kengroq ta'sir doirasiga ega.Karbapenemlar og'ir bakterial kasalliklar bilan og'rigan kasallarga shu bilan birga,turli xil antibiotiklarga chidamlilikka ega bo'lgan va bir necha patogen bakterialar chaqirgan kasalliklarni davolashda tavsiya etiladi.

2.Glikopeptidlar - (vankomitsin,teykoplanin) metisillinga qarshilik ko'rsatuvchi stafilokokklardan tashqari faqatgina gramm musbat bakteriyalarga qarshi ishlatiladi.Glikopeptidlar juda katta molekulali hisoblanganliklari uchun gramm manfiy bakteriyalar kanallaridan kirmasligi sababli ularga nisbatan ta'sir qilish xususiyati mavjud emas.Aksariyat hollarda metisillinga qarshilik kuchiga ega bo'lgan bakterial kasalliklarga va beta-laktamlarga allergiya chaqiruvchi psevdomembranar kolit qo'zg'atuvchisi Clostridium difficile bilan kasallangan bemorlarga davolash maqsadida foydalaniladi.

3. Lipopeptidlar (daptomitsin) - antibiotiklarning yangi guruhi sanalib,streptomitsinlardan olingan. Bakteriatsid ta'sirga ega bo'lib, qo'shimcha patalogik belgilarni yuzaga keltiradi.Shu sababdan qat'iy og'ir teri va yumshoq to'qimalar kasalliklarini davolashda qo'llaniladi.Poli qarshilik kuchiga ega bo'lgan

stafilokokklarga va enterokokklardan (glikopeptid va beta-laktamlarga chidamlilikka ega bakteriyalar) tashqari barcha gramm musbat bakteriyalarga nisbatan yuqori faol ta siriga ega.

4.Aminoglikozidlar - molekulasi tarkibida aminoshakar tutuvchi, dastlabki ushbu guruh vakillaridan streptomitsin 1943-yilda Vaksman tomonidan sil kasalligiga qarshi kurashish uchun yaratadi.Hozirgi kunda turli umimiy antibiotik turlari mavjud:(1) streptomitsin kanomitsin va boshqalar;(2) gentamitsin;(3) sizomitsin,tabromitsin va boshqalar. Pseudomonas aruginosadan tashqari gramm musbat aerob mikroorganizmlarga bakteriatsid tasir ko'rsatadi.Streptokokklarga va anaerob. Enterobakteriyalar va doimiy aerob mikroorganizmlar tomonidan yuzaga keladigan o'gir bakterial kasallik holatlarida foydalaniladi.

5.Tetrasiklin - katta molekulali antibiotiklar guruhi bo'lib, molekulasida to'rtta siklik bog'lar tutadi. Statik tasir ko'rsatib,garmm musbat va garmm manfiy bakteriyalga nisbatan keng tasir doirasiga ega.Aksariyat hollarda hujayra ichi bakterial kasalliklari qo'zg'atuvchilari: rikketsiyalar, xlamidiyalar,mikoplazmala, brutsellalar, legionellalar qarshi kurashishda ishlatiladi. Hozirgi kunda yuqorigi kasalliklarga qarshi polisintetik doksisiklinlar foydalaniladi.Yangi tetrosiklinlar avlodi hisoblangan tetrasiklin analogi - glitsilsiklinlarga tigesiklin kiradi. Glitsilsiklinlar ribasomalar bilan ancha kuchli bog'langan. Tigesiklin metisillinga qarshilikka ega stafilokokklar shtammlari va Acinetobacter spp.kabi ferment ajratmaydigan bakteriyalar,vankomitsin va penitsillinga qarshilik kuchiga ega bakteriyalar,enterobakteriyalardan boshqa garamm musbat va gramm manfiy bakteriyalga qarshi keng tasir doirasiga ega.Ushbu preparat tabiiy tetrasiklinlarga nisbatan chidamlilikka ega bakteriyalarni ribasomalari bilan reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega.P.aeruginosaga qarshilik xususiyati mavjud emas.Tetrasiklinlar bolalarning tish hujayralariga singishi sababli(qora tishlar sindromi) bolalar bakterial kasalliklarini davolash maqsadlarida foydalanilmaydi.

6.Makrolidlar (va azalidlar) - ushbu guruh yirik makrosiklik molekular tuzilishi bilan xarakterlanadi. Eritromitsin tibbiyotda eng keng qo'llaniluvchi antibiotik preparatlaridan biri hisoblanadi. Shu guruhga mansub yangi yaratilgan antibiotiklar-azitromitsin,klaritromitsinlar (kuniga 1-2, marta qabul qilish tavsiya qilinadi). Bakteriostatik (bakteriya turlariga ko'ra bakteriatsid tasirda ham bo'ladi). Hujayra ichi kasallik qo'zg'atuvchi bakteriyalar, xlamidiyalar, rikketsiyalar, legionellalar, mikoplazmalarga qarshi keng tasir doirasiga ega.Makrolidlar guruhi vakillari gramm musbat mikroorganizmlarga,gemofil tayoqchalari, bordetellar, neysseriylarga faol tasir ko'rsatadi.

7.Linkozamidlar (linkomitsin, klindamitsin) - Tasir doirasi makrolidlar singari keng, bakteriostatik tasirga ega. Klindamitsin doimiy anaerob mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol tasirga ega.

8.Xloramfenikol (levomitsin) - Bakteriostatik ta'sirga ega bo'lib,gramm musbat,gramm manfiy,shu jumladan,hujayra ichi bakteriyalari (xlamidalar, rikketsiyalar) va mikoplazmalardan tashqari mikroorganizmlarga keng antimikrob ta'sir doirasiga ega. Molekulasi tarkibida nitrobenzol (yadrosi) saqlaganligi uchun ushbu guruh vakillari organizmga ta'sir jarayonida zaxarli xususiyatini namoyon etadi. Xloramfenikollar ilikning qaytarilmas depressiv qon ketish holatlarini yuzaga keltirishi mumkun. Yangi tug'ulgan chaqaloqlarda esa (kulrang bola) sindromini keltirib chiqarishi mumkun.

9.Rifamitsinlar (rifampitsin) - Bakteriatsid ta'sirga ega bo'lib,keng ta'sir doirasiga ega.Shu bilan birga hujayra ichi bakteriyalari ayniqsa mikobakteriyalarga nisbatan samarali ta'sirga ega.Tibbiyotda stafilokokk,streptokokk,legionellalar qo'zg'azuvchi kasalliklarga qarshi kurashishda foydalaniladi.Enterobakteriyalar va psevdomonadalarga nisbatan ta'sirga ega emas.Hozirgi kunda rifamitsinlar sil kasalligini davolashda qo'llaniladi.Ushbu preparatlardan foydalanishdavrida organizmning barcha biologik suyuqliklari Pushti ranga kiradi.Rifamitsinlardan noto'g'ri foydalanish jigarning tranzitor funksiyasini buzulishiga olib keladi.

10.Polipeptidlar(polimiksinlar) - ta'sir doirasi tor, gramm musbat bakteriyalarga bakteriatsid ta'sir ko'rsatadi.Juda zaxarli antibiotiklar guruhi hisoblanib hozirgi kunda ishlatilmaydi.

11.Polienlar (Amfoteritsin B,nistatin va boshqalar) - tibbiyotda zamburug'li kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Lekin yuqari zaxarli tabiatli bo'lganligi uchun uchun tibbiyotda polienlar vakillaridan (nistatin) dan juda kam hollarda foydalaniladi. Turli xil mikozlarda esa amfoteritsin B qo'llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Rasulova Mukhsina Razikovna Forensic examination of fractures of the bones of the nose // European science review. 2018. №7-8. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/forensic-examination-of-fractures-of-the-bones-of-the-nose (дата обращения: 10.01.2023).

2. Индиаминов С., Расулова М. Критерии оценки степени тяжести повреждений носа //Журнал вестник врача. - 2019. - Т. 1. - №. 1. - С. 36-40.

3. Расулова Мухсина Розиковна, Давронов Самижон Фаттоевич Устанавление характера и оценка механизма при переломах костей носа // Судебная медицина. 2019. №S1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/ustanavlenie-haraktera-i-otsenka-mehanizma-pri-perelomah-kostey-nosa (дата обращения: 10.01.2023).

4. Razikovna R. M. Forensic examination of fractures of the bones of the nose //European science review. - 2018. - №. 7-8. - С. 162-164.

5. Расулова, М.., Юлаева, И.., & Шодиев, Ж.. (2023). ПЕРЕЛОМЫ КОСТЕЙ НОСА В ПРАКТИКЕ СУДЕБНО-МЕДИЦИНСКОЙ ЭКСПЕРТИЗЫ. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 3(1 Part 1), 78-84. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/8607

6. Shodievich S. H., Roziqovna R. M. OLIY O 'QUV YURTLARIDA MASHG 'ULOTLAR SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILMIY MAQOLALARNING O 'RNI //PEDAGOGS jurnali. - 2023. - Т. 25. - №. 1. - С. 52-55.

7. Расулова Мухсина Розиковна, Юлаева Ирина Андреевна, Шодиев Жавохир Хамзаевич СОВРЕМЕННАЯ КЛАССИФИКАЦИЯХ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА // Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. 2023. №17. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sovremennaya-klassifikatsiyah-perelomov-kostey-nosa (дата обращения: 27.01.2023).

8. Хусанов Э. У., Расулова М. Р., Шайкулов Х. Ш. Особенности повреждений подъязычно-гортанного комплекса при тупой механической травме //Астана медицинальщ журналы. - 2022. - №. S1. - С. 262-265.

9. Расулова М. Р., Индиаминов С. И. ВОЗМОЖНОСТИ УСТАНОВЛЕНИЯ ДАВНОСТИ ПЕРЕЛОМОВ КОСТЕЙ НОСА МЕТОДАМИ ЛУЧЕВОЙ ДИАГНОСТИКИ //The 6 th International scientific and practical conference—Eurasian scientific congressll(June 14-16, 2020) Barca Academy Publishing, Barcelona, Spain. 2020. 612 p. - 2020. - С. 91.

10. Расулова М., Индиаминов С. Судебно-медицинские аспекты повреждений гортани при тупой механической травме //Журнал проблемы биологии и медицины. - 2019. - №. 1 (107). - С. 159-162.

11. Индиаминов С., Расулова М. Экспертная оценка механических повреждении органа слуха в практике судебно-медицинской экспертизы //Журнал проблемы биологии и медицины. - 2019. - №. 1 (107). - С. 152-153.

12. Индиаминов С., Расулова М. Критерии оценки степени тяжести повреждений носа //Журнал вестник врача. - 2019. - Т. 1. - №. 1. - С. 36-40.

13. Rasulova M. R., Indiaminov S. I. Судебно-медицинская характеристика повреждений органов слуха //Здобутки клтчно! i експериментально! медицини. - №. 2. - С. 145-148.

14. Annayeva D. G. Y., Azzamov U. B., Annayev M. O. S. O'SIMLIGIDAN ENDOFIT MIKROORGANIZMLAR AJRATIB OLISH. - 2022.

15. Azimovich A. U., Sultonuvich B. K., Zokirovna M. M. STREPTOKOKK AVLODIGA MANSUB BAKTERIYALARNING PATOGENLIK XUSUSIYATLARINING TAHLILI //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. -2022. - Т. 1. - №. 13. - С. 95-101. Annayeva, D. (2022). CICHORIUM INTYBUS LISOLATION OF ENDOPHYTIC MICROORGANISMS FROM PLANTS AND

IDENTIFICATION OF BIOTECHNOLOGICAL POTENTIAL. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(6), 54-61. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/1755

16. Annayeva, D. G. Y., Azzamov, U. B., & Annayev, M. (2022). ODDIY SACHRATQI (CICHORIUM INTYBUS L) O'SIMLIGIDAN ENDOFIT MIKROORGANIZMLAR AJRATIB OLISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 963-972. https://cyberleninka.ru/journal/n/oriental-renaissance-innovative-educational-natural-and-social-sciences

17. Azimovich, A. U. B., G'iyosovna, S. D., & Zokirovna, M. M. (2022). XLAMIDIYANING INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRINI MIKROBIOLOGIK

TAHLILLI VA DIOGNOSTIKASI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali,

1(11), 153-161. https://doi.org/10.5281/zenodo.7305057

18. Giyosovna, S. D. (2023). ODDIY SACHRATQI (CICHORIUM INTYBUS L) O'SIMLIK QISMLARIDAN ENDOFIT BAKTERIYALARNING

SOF KULTURALARINI AJRATISH USULLARI. Новости образования:

исследование в XXI веке, 1(6), 387-393.

http://nauchniyimpuls.ru/index.php/noiv/article/view/3573

19. Shodiyeva, D. (2023). SANOAT MIKROBIOLOGIYASINING

BIOTEXNOLOGIYADAGI AHAMIYATI. GOLDEN BRAIN, 1(2), 116-120.

20. Shodiyeva, D. (2023). BIO-MORPHOLOGICAL

CHARACTERISTICS, GEOGRAPHICAL DISTRIBUTION AND USE IN

TRADITIONAL MEDICINE OF CICHORIUM INTYBUS. GOLDEN BRAIN, 1(2),

252-256.

21. Shodiyeva, D. (2023). INDOLIL SIRKA KISLOTA MIQDORINI

ANIQLASH. GOLDEN BRAIN, 1(2), 321-324.

ibki'MkQ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.