Научная статья на тему 'MODIFIKATSIYALANGAN SELLYULOZA HOSILALARI ASOSIDA KOMPLEKS XUSUSIYATLARGA EGA TIBBIYOT MATERIALLARINI OLISH'

MODIFIKATSIYALANGAN SELLYULOZA HOSILALARI ASOSIDA KOMPLEKS XUSUSIYATLARGA EGA TIBBIYOT MATERIALLARINI OLISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MODIFIKATSIYALANGAN SELLYULOZA HOSILALARI ASOSIDA KOMPLEKS XUSUSIYATLARGA EGA TIBBIYOT MATERIALLARINI OLISH»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

MODIFIKATSIYALANGAN SELLYULOZA HOSILALARI ASOSIDA KOMPLEKS XUSUSIYATLARGA EGA TIBBIYOT MATERIALLARINI

OLISH

H. E. Yunusov

t.f.d., O'zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti. polymer@academy.uz O'zbekiston.

Tibbiyot amaliyotida transdermal yetkazib berish orqali keng qo'llaniladigan, yaralarning bitishini ta'minlovchi gipertonik eritmalar, yaraga sepiluvchi vositalar, an'anaviy bog'lov materiallaridan iborat yog'lar asosidagi surtmalar kuygan yaralarning bitishini tezlashtirmasligi, ta'sir doirasining torligi va vaqt davomida biologik xossasini yuqotishi, gidrofobligi, yara yuzasiga yopishib, bog'lov almashtirish vaqtida to'qimalarni shikastlashi, ishlab chiqarish texnologiyasining murakkabligi va qimmatligi, import orqali olinishi kabi bir qancha kamchiliklarga ega.

Yuqoridagi kamchiliklarni inobatga olgan holda antibiotik va boshka yarani bitishini ta'minlovchi vositalarning ta'sir mexanizmidan farqli ravishda transdermal yetkazib berish orqali kuygan va yaralarni davolovchi polimer tarkibli nanotuzulishga ega bakteritsid, kompleks xossaga ega bioparchalanuvchan nanotolali qoplamalarning yangi avlodini ishlab chiqish va ularda noyob xossalarni namoyon etish dolzarb va istiqbolli yo'nalishlardan sanaladi.

Mazkur ishning maqsadi transdermal yetkazib berish orqali infeksiyalangan kuygan va yaralarni davolashga yo'naltirilgan sellyuloza

hosilalari asosida yuqori sorbsion xususiyatlarga ega ko'p funksiyali qoplamalarni olish va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o'rganishdan iborat. Nanotolali noto'qima tibbiy qoplamalarni sintez qilish asosan elektrospining usulida

May 15, 2024

428

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

olib boriladi (1-rasm) [1].

Faol dori vositalarini transdermal yetkazib berishda aynan elektrospining orqali olingan nanotolal inoto'qima qoplamalar samarali hisoblanadi. Bunda nanotolali noto'qima qoplamalar teri to'qimalariga shikast yetkazmasdan olinadi, qisman teri vazifasini o'taydi, yuqori xavo o'tkazuvchan, sorbsion xossalarni namoyon etadi va faol moddalarni teri orqali yetkazib berishda samarali hisoblanadi [2]

Elektrospining asosida nanotolali noto'qima materiallar uglerod to'qimalari (1)

asosidagi qoplama yuzasida sellyuloza hosilalari (3) (gidrooksipropiletilsellyuloza (GPMS), natriy-

karboksimetilsellyuloza (Na-KMS) eritmalaridan nanotolalar sintez qilish orqali erishildi (2-rasm). Faol uglerod to'qimalaridan olingan qoplama yuzasida bog'lovchi vosita (2) sirtida havo o'tkazuvchan polimer qatlam shakllantirildi va uning sirtida elektrospining usulida tarkibida turli o'lcham va shaklli kumush nanozarralari tutgan GPMS, Na-KMS eritmalaridan (3) nanotolalar shakllantirildi (2-rasm). Bunda 1-chi qatlam himoyalovchi va sorbsion xossalarni ta'minlsa, 2-chi-qatlam bog'lovchi vazifasini, 3-chi qatlab polimer qoplama namlik va havo o'tkazuvchanlik xossasiga ega, 4-chi qatlam kumush nanozarralari tutgan nanotolalardan iborat bo'lib u davolovchi, tashuvchi va qisman teri vazivasini o'taydi va yaralarni bitishini tezlashishiga muhim rol o'ynaydi (3-rasm).

429

May 15,2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

3-rasm. Sellyuloza hosilalari asosida nanotolali biomaterialning qo 'llanish

sohasi.

Kuygan va yiringli yaralar uchun zamonaviy koplamalar bir vaqtning o'zida davolovchi va himoyalovchi funksiyalarni namoyon etib, quyidagi xususiyatlarni o'zida mujassam etgan bo'lishi lozim: himoyalovchi, absorbsiyalovchi, davolovchi, antigen bo'lmasligi, tirik to'qimalarga shikast yetkazmasligi, havo o'tkazuvchan, sterillanuvchan, arzon, tuzilishi bo'yicha oddiy bo'lishi kerak. Ideal yara qomlamalari yuqorida ko'rsatilgan talablarga javob berib, yarani davolash jarayonining xamma bosqichlarda qo'llanilishi mumkin bo'lishi kerak.

Hozirgi vaqtda kuygan va yaralarni davolovchi nanotolali noto'qima tibbiy qoplamalar Respublikada ishlab chiqarilmaydi va import orqali olib kelish uchun jahon miqyosida ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmagan. Respublikada kuygan va yiringli yaralarni davolashda asosan impor asosida olib kelingan eritma, maz, gel, aerozol, kukun shaklidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar qo'llaniladi. Kuygan va yaralarni davolovchi analginat natriy asosidagi «Folyderm" qoplamasi o'lchamlari 12x16 sm bo'lib germaniyada ishlab chiqariladi va uning narxi 1 donasi 82 000 so'mni tashkil etadi. Kollagen asosida olingan 10x10 sm o'lchamdagi "Kombutek" qoplamasining 1 dona narxi 68 000 so'mni tashkil etadi.

Xitozan asosida olingan o'lchamlari 5x7,5 sm bo'lgan "Xitopran" qoplamasining 1 dona narxi 152 000 so'mni tashkil etadi.

Ishlab chiqiladigan kuygan va yaraalarni davolovchi nantolali noto'qima polimer qoplamaning sarflanadigan reaktiv-xomashyolar bo'yicha hisoblangan 10x15 sm o'lchamdagi 1 qadoq 5 dona narxi 56 000 so'mni tashkil etadi.

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga qo'ra har yilidunyo aholisining 100 000 tasidan 1500 tasi kuygan yaralar bilan murojat qiladi va ulardan 40% gospitallashtiriladi ulardan 14% da o'lim xolatlari kuzatiladi.

O'zbekiston Respublikasida yiliga 10-12 ming axoli kuygan yaralar bilan ro'yxatga olinadi va ulardan 5-6,5 mingtasi gospitallashtiriladi.

O'zbekiston Respublikasida faqat O'zR SSV Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yiliga 2000 kishi kuygan yaralar bilan gospitallashtiriladi bilan shifoxonaga tushadi va yiliga 10 000 qadoq import asosida olib kelinadigan preparatlar ishlatadi. Respublika miqyosidagi ehtiyoj esa yiliga 80 000-100 000 qadoqni tashkil etadi. Taqqoslash uchun Amerika qo'shma shtatlari kuygan va yaralarni davolash uchun yiliga 2,0-2,5 mln. qadoq preparat ishlatadi. Kuygan va yaralarni davolashga yo'naltirilgan nanotolali noto'qima polimer qoplamasini ishlab

May 15, 2024

430

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

chiqarishni tashkil etishdan xisoblangan iqtisodiy samaradorlik "Xitopran" tibbiy qoplamasiga nisbattan hisoblaganda yiliga 80 000-100 000 qadoq uchun 7,6-9,5 mlrd. so'mni tashkil etadi.

Nanotolali polimer qoplamalarni yaratish uchun belgilangan almashinish darajasi va polimerlanish darajasiga ega tozalangan Na-KMS, GPMS polimer matritsasi tanlandi va xossalari aniqlandi. Belgilangan almashinish darajasi va polimerlanish darajasiga ega tozalangan Na-KMS polimer matritsasi asosida konsentrlangan eritmalar tayyorlandi va elektrospining asosida nanotolalar olishga mos keluvchi namunalari tanlandi hamda ularning reologik va fizik-kimyoviy xossalari aniqlandi.

Tarkibida kumush ionlari va nanozarralari tutgan tozalangan Na-KMS, GPMS eritmalari asosida nanotolalar olish imkoniyatlari aniqlandi, nanotolalar, kumush nanozarralari o'lchamlari turli usullarda aniqlandi.

Tarkibida kumush ionlari va nanozarralari tutgan tozalangan Na-KMS, GPMS eritmalari asosida nanotolalar olish usullari aniqlandi va tanlangan usulda olingan polimer qoplamalarning tarkibi, fizik-kimyoviy, tibbiy biologik xossalari aniqlandi.

Xamkor tashkilot sifatida tibbiy-biologik tadqiqotlar va klinik oldi sinovlarini olib borish uchun O'zR SSV Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida rejalashtirilgan. Tibbiy qoplamaning ishlab tijoratlashtirilishi klinik sinovlar yakunlangandan keyin Respublika farmatsevtika korxonalaridan birida amalga oshiriladi.

Mazkur tadqiqot ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining bajarilishi 2024-2025-yillarga mo'ljallangan FL-7923051761 "Kompleks xususiyatlarga ega tibbiyot materiallarini olish maqsadida modifikatsiyalangan uglerod va sellyuloza hosilalariniyaratishningfundamental asoslarini ishlab chiqish"fundamental loyiha doirasida bajarilgan.

REFERENCES

1. Xue J, et al. Electrospinning and Electrospun Nanofibers: Methods, Materials, and Applications. Chem Rev. 2019;119(8):5298-5415. doi: 10.1021/acs.chemrev.8b00593.

2. Jiffrin R et. el. Electrospun Nanofiber Composites for Drug Delivery: A Review on Current Progresses. Polymers. 2022; 14(18):3725. https://doi.org/10.3390/polym14183725.

431

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.