Научная статья на тему 'TARKIBIDA KUMUSH NANOZARRALARI TUTGAN KARBOKSIMETILSELLYULOZA ASOSIDAGI IMLANT-PLYONKANING IK-FURYE SPEKTROSKOPIK TAHLILI'

TARKIBIDA KUMUSH NANOZARRALARI TUTGAN KARBOKSIMETILSELLYULOZA ASOSIDAGI IMLANT-PLYONKANING IK-FURYE SPEKTROSKOPIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARKIBIDA KUMUSH NANOZARRALARI TUTGAN KARBOKSIMETILSELLYULOZA ASOSIDAGI IMLANT-PLYONKANING IK-FURYE SPEKTROSKOPIK TAHLILI»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

TARKIBIDA KUMUSH NANOZARRALARI TUTGAN KARBOKSIMETILSELLYULOZA ASOSIDAGI IMLANT-PLYONKANING IK-FURYE SPEKTROSKOPIK TAHLILI

J.Z.Jalilov

PhD tayanch doktorant, X.E.Yunusov t.f.d., k.i.x., A.A.Sarimsoqov

t.f.d., professor.

O'zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti. polymer@academy.uz, javlonj2204@mail.ru. O'zbekiston.

Tarkibida kumush nanozarralari (AgNZ) tutgan polimer eritmalar va biomateriallar tibbiy-jihozlarni sterillashda, yaralar hamda kuygan yaralarni davolashda keng qo'llaniladi [1]. Kumush ionining tashqi 5s orbitalida bitta elektron yuqotgan holatda bo'lganligi sababli natriy-karboksimetilsellyuloza (Na-KMS) suvli eritmalarida ion almashinish reaksiyalari juda oson boradi va bog'langan metall kationlari bilan barqaror polimermetallokomplekslar hosil qiladi [2]. Na-KMS suvli eritmalarida Ag+ kationlari bilan ta'sirlashib polimermetallokomplekslar sintez qilish va polimermetallokomplekslar asosida tibbiyotda kuygan va yaralarni davolovchi maxsus antibakterial qoplamalar olish imkoniyatlari keng o'rganilgan [3-5].

Mazkur ishning maqsadi, Na-KMS va kumush kationlari asosida polimermetallokomplekslar sintez qilish va ular asosida olingan tarkibida AgNZ tutgan imlant-plyonkalarning IK-Furye spektroskopik tahlil etishdan eborat.

Ishni bajarish uchun barqarorlashtiruvchi sifatida polimerlanish darajasi (PD) 1050 almashinish darajasi (AD) 0,95 bo'lgan tozalangan Na-KMS namunalari tanlab olindi. Na-KMS polimerining 2% -li erigan fraksiyasiga (rN=7.38) 25°C haroratda AgNO3 tuzining 0.1 M konsentratsiyali eritmasidan (rN=5.14) 3-10 ml hajmda qo'shib 30 minut vaqt davomida 1400 ayl/minut tezlikda mexanik aralashtirildi.

340

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Eritma tarkibida Ag+ kationlari va Na-KMS makromolekulalaridagi karboksimetil guruxlar o'zaro ta'sirini aniqlash maqsadida, Na-KMS va Ag+KMS" gidrogelidan imlant-plyonkalar olish uchun gidrogellarni shisha plastinka yuzasiga 1-5 mm qalinlikda quyib fotoliz qilindi va 40-50 °C haroratda 4 soat davomida quritildi. Olingan plyonkalar 400-4000 sm-1 to'lqin uzunligi oralig'ida IK-Furye spektroskopik tahlil etish va namunalardagi funksional guruhlarning o'zgarishi aniqlandi (1-rasm, a,b,s,d).

Na-KMS makromolekulalaridagi karboksil guruhlar IK-spektrlarda ikkita cho'qqining ya'ni to'lqin uzunliklari 1600-1640 sm-1 va 1400-1450 sm-1 namoyon bo'lishi Pecsok va boshqalar [6] ishlari mos keladi. Olingan natijalardagi 1-rasmdan ko'rinadiki, tozalangan Na-KMS makromolekulalaridagi karboksimetil anionining (COO ) nur yutilish intensivligi 1609.7 sm-1 sohada kuzatildi (1a-rasm). Tozalangan Na-KMS makromolekulasidagi natriy (Na+) va kumush (Ag+) kationlari ta'sirlashganda spektrlarda nur yutilish intensivligi 1596.8 sm-1 sohada siljigan (1b-rasm). Bu esa o'z navbatida Na-KMS makromolekulasidagi karboksil guruhlar (COO ) eritmadagi Ag+ kationlari bilan ion-koordinatsion bog'lar bilan bog'langanligini ifodalaydi. To'lqin uzunligi 1384.16 sm-1 sohadagi yangi tebranish sodir bo'lib (1b-rasm), bu soha kushush kationiga xos ekanligini tasdiqlash maqsadida kumush nitrat tuzining spektri urganilganda 1383.5 sm-1 sohada kuchli deformatsion tebranishlarni ko'rishimiz mumkin (1d-rasm).

Na-KMS makromolekulalaridagi-OH guruhlariga xos to'lqin uzunliklari 3422.26 sm-1 va 3421.6 sm-1 bo'lgan deformatsion tebranishlar energetik jihatdan teng bo'lmagan vodorod bog'larni tavsiflaydi. Bundan tashqari to'lqin uzunliklari 2923.7 sm-1 sohada hosil bo'lgan spektrlar, Na-KMS namunalarining metilen (-S-N) guruhlariga tegishli bo'lgan assimetrik tebranishlarini tavsiflaydi. IQ-Furye spektrning to'lqin uzunliklari 900.42-587.6 sm-1 bo'lgan sohasidagi yutilish cho'qqilari Na-KMS halqasidagi 2-3 uglerod atomida joylashgan gidroksil guruhlarning deformatsion tebranishlarini tavsiflaydi.

341

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Na-KMS va kumush nitrat orasidagi reaksiya sharoitlari aniqlandi. Na-KMS, Ag+KMS , Ag0KMS plyonkalari va AgNO3 tuzi IK-Furye spektroskopik tahlillar orqali o'rganildi.

Na-KMS makromolekulasidagi karboksimetil guruhlar kumush kationlari bilan ta'sirlashib Ag+KMS polimermetallokomplekslar hosil qilishi IK-Furye spektroskopik tadqiqotlar orqali ko'rsatib berildi.

Tarkibida kumush kationlari va kumush nanozarralari tutgan Na-KMS eritmalari va ular asosida olingan imlant-plyonka biomateriallari tibbiyotda kuygan va yaralarni davolashda qo'llanilishi mumkin.

Mazkur tadqiqot ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining bajarilishi 2024-2025-yillarga mo'ljallangan FL-7923051761 "Kompleks xususiyatlarga ega tibbiyot materiallarini olish maqsadida modifikatsiyalangan uglerod va sellyuloza hosilalariniyaratishningfundamental asoslarini ishlab chiqish"fundamental loyiha doirasida bajarilgan.

REFERENCES

1. Klabunde, K. J. Nanoscale Materials in Chemistry; Kenneth, J. K., Ed.; Klabunde, K. J. Nanoscale Materials in Chemistry; Kenneth, J. K., Ed.; Wiley-Interscience: New York, 2001, pp. 1-287.

2. H. D. Juneja, Manisha Joshi, and J. P. Kanfade Synthesis and Characterization of Metallic Gel Complexes Derived from Carboxymethyl Cellulose /Journal of Chemistry Volume 2013, pp. 1-6.

3. Y. Lii, P. Tomasik, H. Zaleska, S. C. Liaw, and V. M.F. Lai, "Carboxymethyl cellulose-gelatin complexes," Carbohydrate Polymers, 2002, vol. 50, no. 1, pp. 1926.

4. S.Bulatovic, D. M. Wysouzil, and F. C. Bermejo, "Development and introduction of a new copper/lead separation method in the Raura plant (Peru)," Minerals Engineering, 2001, vol. 14, no. 11, pp. 1483-1491.

5. S. Kapoor and C. Gopinathan, Reduction and aggregation of silver, copper and cadmium ions in aqueous solutions of gelatin and CMC, Radiation Physics and Chemistry, 1998, V.53, pp.165-170,

6. Pescok R.L., Shields L.D., Caims T., McWilliam IG Modern methods of chemical analysis, Wiley, New York. 1976, pp. 438-442.

342

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.