Научная статья на тему 'MEXANIK MASHINALARGACHA BO`LGAN DAVR'

MEXANIK MASHINALARGACHA BO`LGAN DAVR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

92
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Firdavs Umed O’G’Li Jo’Rayev, Raxila Xxx Xasanova

Hisoblash ishlarining tarixi odamzod paydo bo`lishidan boshlanadi. Yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi. Qo`l va oyoq barmoqlari ibtidoiy “hisoblash vositasi” vazifasini o`tagan. Binobarin, o`sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli – barmoq hisobi paydo bo`lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta‟minlagan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEXANIK MASHINALARGACHA BO`LGAN DAVR»

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

MEXANIK MASHINALARGACHA BO LGAN DAVR

Firdavs Umed o'g'li Jo'rayev

Chirchiq Davlat pedagogika universiteti talabasi

Raxila XXX Xasanova

Chirchiq Davlat pedagogika universiteti talabasi

Hisoblash ishlarining tarixi odamzod paydo bo'lishidan boshlanadi. Yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi. Qol va oyoq barmoqlari ibtidoiy "hisoblash vositasi" vazifasini o'tagan. Binobarin, o'sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli - barmoq hisobi paydo bolgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta'minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo'l barmoqlari "besh"ni, ikki qo'l barmoqlari "o'nni", qo'l va oyoq barmoqlari birgalikda "yigirmani" bildirgan. Dastlabki va eng sodda sun'iy hisob asboblaridan biri birkadir. Birka 10 yoki 12 tayoqchadan iborat bolib, tayoqchalar turli tuman shakllar bilan o'yilgandir. Kishilar birka yordamida podadagi molar sonini, yig ib olingan hosil miqdorini, qarz va hokazolarni hisoblashgan. Mexanik davr. Hisoblash texnikasida mexanik moslamalar davrini boshlab bergan mashinalardan biri Nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan 1623 yilda ixtiro qilindi. Biroq bu hisoblash mashinasi juda tor doiradagi kishilargagina ma'lum bo'lganligi sababli uzoq vaqtlargacha bu boradagi birinchi ixtirochi 1645 yili arifmometr yasagan Fransuz matematigi Blez Paskal deb hisoblanib kelingan. Lekin 1958 yili Shtutgart shahri kutubxonasidan I. Keplerning Qolyozma va hujjatlari orasidan topilgan hisoblash mashinasi chizmasi bu boradagi birinchi ixtirochi Shikkard ekanligi uzil-kesil tasdiqladi. Lekin qarangki, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967 yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr qilinmagan ikki jildli qo'lyozmasi topildi. Qolyozmaning birinchi jildi deyarli boshdan oyoq mexanikaga bag'ishlangan bo'lib, undagi chizmalar orasida hisoblash qurilmasining chizmasi ham chiqqan. Shu chizma asosida mashina yaratilganda, u qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma'l um bo'ldi. Shunga qaramay Leonardo da Vinchi XV-XVI asrlarda yasalgan hisoblash mashinalarining noma'lum ixtirochilaridan biri deb hisoblanib kelinmoqda. Mexanik hisoblash mashinalarining tarixi esa yuqorida aytib o'tilgandek, Paskal mashinasidan boshlanadi. Blez Paskalning otasi Et'en Paskal moliya ishlariga bo'gliq turli vazifalarda xizmat qilar edi

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

609

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriv etish samaradorligi

g

va tabiyki hisob-kitob uning ko'p vaqtini olar edi. Yosh Paskal otasining mehnatini yengillashtirishga urindi va hisoblash mshinasini yaratishga muvaffaq boldi. Sirasini aytganda, Blez soat mexanizmini hisoblash mashinasiga aylantirdi. Ortadagi tafovut shunda ediki, qo'zg'almas siferblat qo'zg'aluvchan, harakatlanuvchi soat mili esa, aksincha, qo'zg'almaydigan bo'ldi. Siferblat dastlab hisob diskiga, keyinroq esa hisob g'ildiragiga aylantirildi. Paskalning mashinasi bo'yi 30-40, eni 15, balandligi 10 santimetrgacha bo'lgan jez qutichadan iborat edi.

Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Endi mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalgam oshiruvchi hisoblash mashinalari paydo bola boshladi. Shuning uchun ham bunday mashinalar elelktromexanik hisoblash mashinalari deyiladi. Elektromexanik hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga maxsus tugma (klavish) yordamida kiritiladi.

Elektron hisoblash mashinalar davri. Elektromexanik mashinalar ham o z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko'p vaqt talab qilishi, ya'ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi.

Oxirgi paytlarda yer yuzida laboratoriyalarda molekulalar bilan tajriba otkazilmoqda. Ular komputerlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy element ikkilik sanoq sistemasida xotirlovchi katakchalarning vazifalarini o'tayapti. Albatta, ushbu yo'nalish bo'yicha EHM qurish haqida gap yuritish erta albatta, lekin tajribalar yaxshi natijalarga olib kelsa, komputerlaning yangi davrini boshlaydigan biokomputerlarga ega bolishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Kodjaspirova G.M., Petrov K.V, Texnicheskiye sredstva obucheniya i metodika ix ispolzovaniya. - M.: «Akademiya», 2001.-S. 256).

2. Ushinskiy K.D. Izbrannie pedagogicheskiye sochineniya. V 2-x tomax. - Md.: «Pedagogika», 1974. Tom 1. -S. 339-341)

3. Amirov D.M. Atadjanov A.YU. va boshqalar. Axborotkommunikatsiya texnologiyalari izohli lug'ati. BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi, 2010 y.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

4. Ganiev I.D. Basic Requirements For Educational Electronic Resource / Creativity and Intellect in Higher Education: International Scientific-Practical Conference, 138— 139. Retrieved from.

5. Ganiev I.D. (2023). Classification of educational electronic resource and electronic resource. "online - conferences" platform, 135-137.

6. Ганиев И. Д. Тенденции преподавания курса сетевых технологий // Образование и инновационные исследования (2023 год №7). 383-387.

7. Ганиев И.Д. "blended learning" и "flipped classroom" в совершенствовании методической системы обучения сетевым технологиям // Мугаллим х,эм узликсиз билимлендириу. (4/2 2023) 340-343.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.