Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023
Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
Te£hnologies^n^heEdueationaiprM
SUN'IY INTELLEKT: KECHA VA BUGUN
L. Dj. Tuganova
ChDPU Fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi
Zamon va inson muammosi doimiy izlanish, rivojlanish va raqobatni talab etadigan tushunchalar sirasiga aylanib bo'lganligi hech kimga sir emas. Texnika taraqqiyotining zamonaviylashuvi, inson hayot tajribasining naqadar xilma-xil imkoniyatlarga ega ekanligini namoyon qiladi va shu bilan birga eng qiziq o'rganilgan, o'rganilayotgan va eskini unutib yangiga moslashish qobiliyatini talab etadigan ko'rinmas bir kuch misoli namoyon bo'ladi. Insonning hayot darajasini onsonlashtirishga qaratilgan sayi-harakatlar oz mevasini berayotganligining guvohiga aylanayotganligimiz informatsion jamiyatning yaqqol misolidir. Uzoq davrlar mobaynida insoniyat eng aqlli, zehni o'tkir yagona mavjudot ekanligi to'g'risida ilmiy-falsafiy munozaralar yuritib kelingan. Intellekt tushunchasiga - insongagina xos bo'lgan oliy tushuncha sifatida qaraldi. XX asrga kelib uzoq yillar mobaynida faylasuflarda mavjud bo'lgan tushunchalarga, insonning oz qo'li bilan yaratayotgan intellektual mashinalarning oylab topilishi asosida malum jihatda yangilik kirita oldi. Bu davrga kelib inson tomonidan yaratilgan komputerlar, robotlar bir soz bilan aytganda elektron tizimlar sun'iy intellekt tushunchasining paydo bo'lishiga olib keldi. Avvalo "sun'iy intellekt" tushunchasini tahlil qiladigan bo'lsak, ma'nosi jihatidan tabiiy bo'lmagan, yani inson qoli bilan yaratilgan degan tushunchaga duch kelamiz. Garchi "intellekt" tushunchasini ta'riflash murakkabroq bo'lsa-da, lugatlarda keltirilgan ta'riflarning xilma-xilligiga kozimiz tushadi. Masalan, unga berilgan ta'riflar quyidagicha, "anglash qobiliyati", "yangi vaziyatlarga moslasha olish", "qaror qabul qila olish qobiliyati" kabi ta riflar mavjud. Ilmiy atama sifatida 1956-yili Stenford universitetida ilmiy anjuman doirasida "artificial intelligence" nomi ostida taklif qilingan edi. Suniy intellekt togrisidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan buyon davom etib kelmoqda, lekin bu soha vakillari ma lum to xtamga kelganlari yo q. Bugungi kundagi bu sohada nom qozongan milliorderlar orasida turli qarashlarning mavjudligi hammamizga malum. Bill Geyts , Ilon Mask suniy intellektning zararli jihatlariga toxtalsalar, Mark Sukerberg uning ikki tomonlama ta'sirini belgilab o'tadi. Asosiy zarar odamlarning o'rnini egallab borayotgan robotlar, texnologiyalar ommaviy ishsizlikni keltirib chiqarishida bo'lsa, yaxshi tarafi hayotda qulayliklarning kopayib borayotganligidadir.
Suniy intellekt informatikaning alohida bir sohasi sifatida, odatda inson ongi bilan bog'liq imkoniyatlar, tarjima qilish, o'rgata olish, muhokamada ishtirok etish, masalani yechish kabi
October 20, 2023
https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug'ullanadi. Hozirda turf axil dasturlar hamda tizimlardan iborat bo'lgan va inson ongi bajarishi mumkin bo'lgan bir qancha vazifalarni bajara oladi. Shu tariqa sun'iy intellekt shiddat bilan jamiyatning ajralmas bo'lagiga aylana boshladi. Bunga yaqqol misol tariqasida shaxmat bo'yicha jahon chempioni Garri Kasparov bilan o'yinda 1997 yilda Deep Blue nomli IBM komputeri tarixda birinchi bor g'alaba qozongan kompyuter bo'lgan.
Inson doimiy qarashlarida o'z faoliyati bilan bog'liq bo'lgan "aqliy mehnatni" qulaylashtirishga harakat qilgan. Sun'iy intellekt borasidagi munozaralar ilk elektron tizimlarning paydo bo'lishi bilan vujudga keladi. Bunga yaqqol misol tariqasida Leybnits tomonidan yaratilgan "arifometr" mexanik hisoblash mashinasini jamoaga taqdim etganligini aytib o'tamiz. Shu tariqa Paskal va Leybnits mashinalari ilk sun'iy vosita sifatida tarixga kirdi. Britaniyalik fizik va matematik Alan Tyuring 1950-yili sun'iy intellektning amalda imkonli yoki imkonsiz ekanligini isbotlash maqsadida test taklifini kiritadi. Alan Tyuring tomonidan taklif etilgan g'oya ko'pchilikda norozilik keltirib chiqarishga sabab bo'ladi, bu esa o'z navbatida sun'iy intellektda ham his-tuyg'ularning mavjud bo'lish shartlarini qo'yilishiga olib keladi.
Sun'iy intellekt (SI) masalasi jamiyat rivojida jadallashgan va rivojlanayotgan soha sifatida katta o'rin egallash arafasida ekanligi va bugungi kunda uni o'rganilish ko'lamining tez sur'atlarda o'sib borayotganligi bizga yaxshi ma'lum. Sun'iy intellekt jamiyatning bir qancha sohalarida, odatda ishga o'tkazishni tezlashtirish, ishchi kuchini yaxshilash, korxona va tashqi manbalar yordamida tanqidiy yondashish lozim bo'lgan takrorlanuvchi vazifalarni bajarishdan ozod qilish kabi mavzularda muvaffaqiyatli bo'lmoqda. Sun'iy intellekt bugungi kunda qo'shimcha o'rganish, izlanish va o'zini o'rganish qobiliyatiga ega bo'lgan "masofaviy ta'lim" usuli bilan to'liq rivojlansa-da, bu yo'l hali boshqa o'rganish usullarini taklif etgan markaziy muammo sifatida saqlanadi.
Bugungi kunda sun'iy intellekt bilan bog'liq jarayonlar avtomatik tizim bilan tanishish, so'zlar bilan ishlash, ma'lumotlar tahlili, masofaviy ta'lim, so'rovnomalar va tahlillar, obyektlar identifikatsiyasi va tasvirlash sohalarida yuqori darajada yuksalishga ega bo'lmoqda. Yuqoridagi masalalar jamiyatning turli sohalarida, masalan ma'muriyatchilik, tibbiyot, telekommunikatsiyalar, transport, marketing va ta'lim sohalarida amaliyotga qo'llanilmoqda. Sun'iy intellekt jamiyatda ishchi o'rinlarning keskin kamayishiga, hamda jamiyatda mavjud tashkilotlar uchun to'liq yangi ish tartiblarini qurish imkoniyatini beradi. Masalan, sun'iy intellekt jamiyatdagi avtomatlashtirilgan ish jarayonlarini optimallashtirish, buyurtmalar va ta'minotlarni boshqarish, axborot olish va ishlab chiqarish sohalarida xatolar va shu kabi omillarni kamaytirishga qaratiladi. Bu jarayon esa o'z navbatida ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish bilan bog'liq boshqarish jarayonlarining muhim ko'nikmalari vaqt, qimmatbaho resurslar va
https://cspi.uz/
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
784
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital
Technologiesjn^heEd^jatiOmmiPiSamM
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
shu kabu jarayonlarni tolaqonli boshqarishga imkon yaratadi. Bundan tashqari suniy intellekt ish bilan bog liq o zaro aloqa shartnomalarini qabul qilish sohalarining o'rganilishini taminlaydi. Bu, shartnomalarning o'qib chiqilishini avtomatlashtirish va o'rganishni yanada tezlashtirishga imkon beradi, shuningdek, yuridik va yurisdiksiya sohalarida avtomatlashtirish tartibini qo llash orqali huquqiy hato va kamchiliklarni kamaytirishga yordam beradi. Jamiyat rivojidan qatiy nazar, sun'iy intellekt sohasidagi o'rganishning ko'rsatkichlarini to'liq oshirishga va uni jahon taraqqiyotida qollanilishiga muhim etibor berilishi kerak.
Rivojlangan ko pgina davlatlarda robotlar bajarayotgan ish tarmoqlariga xaydovchisiz transport vositalari, hamshiralar, buyurtmalarni yetkazib beruvchi dron hizmatlardan foydalanish kabi vositalar yolga qoyilgan. Bir tomondan ularning sifatiga e'tibor berilayotgan bo'lsa, boshqa tomondan ularning tashqi ko'rinishi insonga oxshatishga urinishlar mavjud. Albatta bunday hizmatlardan xali ham kopchilikning foydalanmayotganligi sun'iy intellektni ommalashishiga halaqt berayotgan to siqlardandir. Insonlarning o ziyurar mashinalar va poyezdlar xizmatlarini qabul qilishlari uchun vaqt talab etiladi, ammo bunday robotlarning foydasini tibbiyot sohasida kuzatishimiz mumkin, jarrahlik operatsiyasi amaliyotini yaxshi bajarayotgan robotlar, qandli diabet bilan ogrigan bemorlarga alohida dasturlar kabi misollar buning yaqqol isboti bo'la oladi.
Demak odamlar orasida bahs-munozaraga sabab bolayotgan suniy intellekt oz navbatida ham ijobiy ham salbiy oqibatlarga ega bo lishi mumkinligi hammamizga ayon, mening fikrimcha ayon jihatlarning salbiylaridan voz kechib ijobiy tomonlariga yondashsakgina uning asl mohiyatiga yetgan bolmaymizmi, axir yaratuvchi bu inson.
REFERENCES
1. Sh.M. Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan.
3. Cynthia Vinney. „Very well mind". What Is Media Literacy? 2022
4. Боровская-Е.В., Н.А.Давкдова "Основы искусственного интеллекта" М., 2020
5. https://www.nur.kz/family/school/ 1817736-iskusstvennyj -intellekt-sovremennye-vozmoznosti-i-perspektivy/.
https://cspi.uz/
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
785