MEVALI DARAXTLARDA KENG TARQALGA ZAMBURUG'LI
KASALLIKLARGA QARSHI KIMYOVIY VA BIOLOGIK USULDA KURASHISH IMKONIYATLARI
Davlatova Mehribon Turgunpolat qizi
Farg'ona davlat unversiteti magistri mehribondavlatova@512 gmail .com
Annotatsiya: Olma biti yashil, ba'zan sariq yashil, qanotli bitlarining old ko'kragining yarmi va keyingi ko'krak bo'g'imlari, qorin uchi va shira naychalari qora rangda. Imagosi 2 mm, nok shaklida bo'ladi. Nok bitining qanotsiz shakli 2,9 mm, qanotlisi 2,2 mm bo'ladi. Rangi to'q qo'ng'ir, qanotsizi gunafsha tusli tovlanib turadi, mo'ylovi sariq, qorin uchi va shira naychalari qora. Qonotli bitning o'rta ko'kragi qora bo'ladi. Shira naychalari qora, oyog'ining yuqori qismida pushti rangli chiziqlari mavjud. Tanasi cho'ziq bo'lib chivinga o'xshaydi. Barcha barg bitlarining tuxumlari qora cho'zinchoq va yaltiroq tusli bo'ladi. Barg bitlari daraxtning yosh shoxlarida tuxumlik bosqichida qishlaydi.
Kalit so'zlar: mevali daraxt, preparat, so'ruvchi, kemiruvchi, zararkunandalar, qanotlilar, tuproq, harorat, qarshi kurash.
Annotation: The apple louse is green, sometimes yellow-green, the front half of the thorax and the posterior thoracic joints, the tip of the abdomen and the sap tubes of the winged louse are black. The image is 2 mm, pear-shaped. A pear louse is 2.9 mm without wings, 2.2 mm with wings. The color is dark brown, wingless, it is yellow, the mustache is yellow, the tip of the abdomen and the sap tubes are black. The winged louse has a black central breast. Aphid tubes are black, with pink stripes on the upper part of the leg. The body is elongated and resembles a mosquito. The eggs of all aphids are oblong and shiny. Aphids overwinter in the egg stage on the young branches of the tree.
Key words: fruit tree, drug, sucker, rodent, pest, winged, soil, temperature, control
Аннотация: Яблочная вошь зеленая, иногда желто-зеленая, передняя половина грудной клетки и задние грудные сочленения, кончик брюшка и соковые трубки крылатой вши черные. Изображение размером 2 мм, грушевидной формы. Грушевая вошь без крыльев 2,9 мм, с крыльями 2,2 мм. Окрас темно-коричневый, бескрылый, он желтый, усы желтые, кончик брюшка и соковые трубки черные. Крылатая вошь имеет черную центральную часть груди. Трубочки тли черные, с розовыми полосками на верхней части ножки. Тело вытянутое и напоминает комариное. Яйца всех тлей продолговатые и блестящие. Зимует тля в стадии яйца на молодых ветвях дерева.
Ключевые слова: плодовое дерево, препарат, лох, грызун, вредитель, крылатый, почва, температура, борьба.
KIRISH
Mevali daraxt - bu hayvonlar va odamlar tomonidan iste'mol qilinadigan yoki ishlatiladigan meva beradigan daraxt. Gullaydigan o'simliklarning barcha daraxtlari meva beradi, ular bir yoki bir nechta urug'li gullarning pishgan tuxumdonlaridan iboratdir . Bog'dorchilikda "mevali daraxtlar" boshqa daraxtlardan meva berishi va inson uchun oziq ovqat manbayi bo'lishi bilan ajralib turadi.Yong'oq daraxti ham bizning yurtimizda mevali daraxt deb hisoblanadi. Mevalarni ilmiy tadqiq etish va yetishtirishni o'simlik morfologiyasi va anatomiyasi asosida mevalarni guruhlarga ajratadigan pomologiya deyiladi. Ushbu guruhlardan ba'zilari olma va nokni o'z ichiga olgan anor mevalari va shaftoli/nektarin, bodom, o'rik, olxo'ri va gilosni o'z ichiga olgan tosh mevalardirxirgi yillarda zararkunanda va kasalliklar bog'larga, ekinzorlarga katta zarar yetkazmoqda. Mevali bog'larning mahsuldorligini oshirishning asosiy omili uni turli kasallik va zararkunandalardan o'z vaqtida va sifatli himoya qilish tadbirlarini bajarishdir. Ushbu mavzuda O'zagroinspeksiyaning Ohangaron tuman bo'limi Paxta xom-ashyosi don, urug'lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sho''basi katta inspektori N.Xolmatov bilan suhbatlashdik. Bugungi kunda qanday zararkunanda va kasallik turlari uchramoqda? Bog' va tokzorlarda uchraydigan zararkunandalarning ayrim turlari - olma, olxo'ri va
uzum mevaxo'rqurtlari, binafsharang, soxta qalqondorlar, meva o'rgimchak kanalari, nok shirinchasi, nok shira biti, akatsiya soxta qalqondori, sharq meva qurti, g'ilofli kuya mavsum davomida bir necha marta avlod berib katta zarar yetkazadi. Mevali daraxtlarning kasalliklarida teshikchali dog'lanish (klyaster osporiyoz), monilioz (kuydirgi kasalligi), un shudring, parsha (qo'tir kasalligi), shaftolining barg bujmayishi, olxo'rining cho'ntakcha kasalliklari hosilning sifat va miqdoriga katta ziyon yetkazmoqda. Tokning ayrim kasalliklari, ayniqsa, unshudring (oidiun, kul kasalligi), antraknos kasalligi, soxta unshudring (mildyu) kasalliklari keng tarqalgan. Karantin hisoblangan ayrim zararkunandalar - kaliforniya qalqondori, qonli bit, tut parvonasi, sitrus oqqanoti, parazit o'simliklar - devpechak va zarpechaklar yil sayin juda ko'p tarqalib, bog'bon va sohibkorlarimizga juda katta tashvish tug'dirmoqda. Sabzavot va poliz ekinlarida zararkunandalardan o'simlik bitlari, oqqanot, g'ovaklovchi pashsha, zang kanasi, tunlamlar, kolorado qo'ng'izi, karam biti, karam oq kapalagi qurtlari, piyoz pashshasi, sabzi pashshasi, sabzavot ekinlari kasalliklaridan pomidorning fuzarioz, vertitsillioz so'lish kasalliklari, fitoftorioz va qo'ng'ir dog'lanish, kulrang chirish kasalliklari hamda virus kasalliklari (tamaki mozaykasi, juft strigi) va boshqa kasallik va zararkunandalar ochiqda hamda issiqxonalarda katta zarar keltiryapti. Oxirgi yillarda mamlakatimizda uchramaydigan zararli hashorat va kanalar ham turli yo'llar orqali kirib keldi. Bunga misol qilib, sabzavot, poliz va kartoshka zararkunandalaridan kolorado qo'ng'izi, issiqxona oqqanati, g'o'za oqqanoti, g'ovaklovchi pashshalar, zang kanasi, qovun pashshasini ko'rsatib o'tish joiz. Bulardan tashqari qo'shni mamlakatlardan amerika kapalagi hamda kartoshka kuyasining kirib kelish xavfi mavjud. Xo'sh, bog'-rog'larga zarar yetkazayotgan ushbu kasalliklarga qanday kurashish mumkin? Agrotexnik tadbirlar - erta bahorda zararkunanda va kasalliklar ta'sirida qurigan shox-shabbalarni kesish, shakl berish, shox-shabbalarni, ayniqsa to'kilgan barglar va meva, uzum qoldiqlarini daladan chiqarib yo'qotish, qator oralarini shudgorlash lozim. Mavsum davomida agrotexnik tadbirlarni, sug'orish ishlarini belgilangan muddatda va me'yorlarda o'tkazilishini ta'minlash, organik va mineral o'g'itlar bilan o'z vaqtida va me'yorlarida oziqlantirish, ko'milgan toklarni o'z muddatida ochish va ko'tarish, xomtak qilish va chilpish
kerak... Sabzavot va poliz ekinlarida belgilangan barcha agrotexnik tadbirlarni o'z muddat va me'yorlarida amalga oshirish bilan hosilni mo'l qilib olish mumkin. Biologik himoya tadbirlari — hozirgi paytda mevali bog'larda olma qurtining tuxumiga qarshi tuxumxo'r parazit trixogramma, barg shiralariga qarshi oltinko'z, qon bitiga qarshi afelinius, komstok qurtiga qarshi psevdofikus parazitlari hamda barg kemiruvchi qurtlariga qarshi mikrobiologik preparatlar qo'llanilmoqda. Tabiiy kushandalarning faoliyatini kuchaytirish uchun bog'larning ichiga nektarga boy o'simliklar ekiladi. Sabzavot va poliz ekinlarining zararkunandalariga qarshi biologik usulda kurashda ularning tabiiy kushandalaridan enkarziya (oqqanotga qarshi), oltinko'z (shiralar, kanalar va tripsga qarshi), tuxumxo'r trixogramma (yer osti va yer ustki tunlamlar tuxumiga qarshi), brakon paraziti (pomidor, karamda tunlam qurtlariga qarshi) samarali foydalanilmoqda. Biologik usulni issiqxona va ochiq maydonlardagi sabzavot ekinlarida qo'llash ekologik toza mahsulot yetkazib berishga imkon beradi. Kimyoviy tadbirlar - mevali bog'larda kalmaraz, klyasterosporioz, dog'lanish va boshqa kasalliklarga qarshi erta bahorda kurtaklanish oldidan 3-4 foizli bordo suyuqligi yoki 1 foizli mis kuprosi eritmasi, zararkunandalarga qarshi mineral profinli preparatlar bilan ishlov berish lozim. Tok oidum, antraknoz kasalliklarining oldini olish maqsadida 0,5-1 darajali OOJ (ISO) qaynatmasi sepish va oltingugurt kukunini changlatish, mildyu, antroknoz kasalliklarining oldini olish uchun bordo suyuqligi yoki tarkibida mis tutuvchi fungitsidlar bilan ishlov o'tkaziladi. Mildyu kasalligiga qarshi tok ko'milmaydigan joylarda kuzda, tok ko'miladigan joylarda toklar ochilgandan so'ng 3 foizli bordo suyuqligi bilan ishlov berish, kurtaklar uyg'ongandan so'ng gullashga qadar 5-7 barg bo'lganda va gullagandan keyin 1 foizli bordo suyuqligi yoki tarkibida mis tutuvchi fungitsidlar bilan ishlov o'tkazish zarur. Daraxtlar tabiatning ajralmas bo'lagi, zaminning nafas tizimidir. O'rtacha bir daraxt o'rtacha bir oilaning kislorodga bo'lgan ehtiyojini qoplaydi. Demak bitta daraxtni qulatish bir oilani toza havodan mahrum qilmoq demakdir. Bugun e'tiboringizga havola qilayotganimiz dunyodagi eng yirik daraxtlar haqida qiziqarli malumotlardir Mevali daraxtlarda keng tarqalgan zamburug'li kasalliklarga qarshi kurashishda kimyoviy va biologik usullar birgalikda qo'llaniladi. Bu usullar zamburug'larni samarali yo'q qilish va daraxtlarni
sog'lom saqlash uchun qo'llaniladi. Quyida har bir usulning afzalliklari va ularning qo'llanish yo'llari keltirilgan:
1. Kimyoviy usulda kurashish: Kimyoviy usulda kurashish zamburug'li kasalliklarning tarqalishini tez va samarali ravishda kamaytirish uchun fungitsidlar (zamburug'larga qarshi dorilar) qo'llaniladi. Kimyoviy usulni qo'llashda mevalarning inson salomatligiga xavfsiz bo'lishiga e'tibor qaratish zarur.
• Fungitsidlar qo'llash - mevali daraxtlar uchun ko'plab samarali fungitsidlar mavjud, masalan:
• Bordo suyuqligi (mis sulfat + ohak) - klyasterosporioz (teshik barg kasalligi), monilioz va boshqa zamburug'larga qarshi samarali. U bahorda kurtak ochishdan oldin va kuzda barglar to'kilgandan keyin qo'llanadi.
• Kuprozan va oksixlorid mis - asosan shaftoli va olxo'ri daraxtlari uchun mo'ljallangan.
• Skor va Ridomil Gold - turli xil mevali daraxtlardagi chirish kasalliklariga qarshi qo'llaniladi.
• Topaz - changli chiriyotgan va boshqa barg kasalliklari uchun samarali.
• Dastur jadvali - kimyoviy dorilarni qo'llashda ularning foydali samarasi uchun aniq vaqtlarda dastur qilish zarur. Masalan, kurtaklar ochilishi oldidan, gullashdan keyin va mevalar pishishidan oldin qo'llash tavsiya etiladi.
• Foydalanishda ehtiyot choralariga rioya qilish - kimyoviy usullar qo'llanganda mevalarni yig'ib olishdan oldin belgilangan kutish davrini hisobga olish kerak, aks holda mevalarda kimyoviy moddalar qolishi mumkin.
2. Biologik usulda kurashish; Biologik usul kimyoviy moddalardan foydalanishni kamaytirishga yordam berib, atrof-muhit va inson salomatligi uchun xavfsizroq variant hisoblanadi. Ushbu usulda tabiiy dushmanlar, foydali mikroorganizmlar va biologik preparatlardan foydalaniladi.
• Biologik preparatlar - biologik preparatlar bilan ishlashda foydali bakteriyalar va qo'ziqorinlar ishlatiladi. Masalan:
• Trichoderma - zamburug'larga qarshi biologik vosita bo'lib, ildiz tizimini zararkunandalardan himoya qiladi va tuproq sifatini oshiradi.
• Gamair va Fitosporin-M - changli chiriyotgan va boshqa zamburug'larga qarshi samarali bo'lgan biologik vositalar.
• Alirin-B - daraxt barglariga purkaladigan biologik preparat bo'lib, bakterial va zamburug'li kasalliklarga qarshi qo'llaniladi.
• Tuproq va daraxtlar parvarishiga e'tibor berish - tuproq unumdorligini oshirish, mevali daraxtlarga tabiiy raqiblar yoki foydali mikroorganizmlarni joriy qilish orqali zamburug'lar tarqalishini kamaytirish mumkin.
• Ekologik muvozanatni saqlash - foydali hasharotlarni (masalan, qushlar va boshqa zamburug'larni iste'mol qiluvchi hasharotlar) jalb qilish orqali zamburug'larga qarshi tabiiy muhit yaratish.
Kimyoviy va biologik usullarning kombinatsiyasi
Bu ikki usulni muvozanatli tarzda birgalikda qo'llash mevali daraxtlar uchun eng yaxshi natijani beradi. Bahorda zamburug'lar ko'payishni boshlaganda kimyoviy usullardan, vegetatsiya davomida esa biologik usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu kombinatsiya bilan mevali daraxtlarni zamburug' kasalliklaridan samarali himoya qilish va mevalarning ekologik xavfsizligini ta'minlash mumkin.
XULOSA
Shuni qayd etish lozimki, issiqlik tuproqda o'tadigan fizik-kimyoviy va mikrobiologik jarayonlarning samarali va faol o'tishi uchun zarur. Agar issiqlik haddan tashqari ko'tarilib ketsa, o'simlikda o'tadigan biokimyoviy jarayonlar, shu jumladan, fotosintezning kamayishiga olib keladi va pirovard natijada, o'simlik o'sishdan qoladi hamda ayrim holatlarda to'liq nobud bo'lishi ham mumkin. Ba'zi mevali daraxtlar muqobil o'sishi, rivojlanishi va hosil berishi uchun uzoq muddatda sovuq bo'lmaydigan ma'lum davrni talab qilib qolmasdan, balki bu davrlarni o'tishida haroratning bir tekisda bo'lishini talab qiladi.
Xulosa. O'zbekistondagi mevali daraxtlar o'simliklardan mevalarning yirik rangdorligi, uzoq saqlanishi, uzoq masofalarga yuborish mumkinligi hamda sanoat uchun qimmatbaho xomashyo ekanligi va iste'mol qilish uchun zarur bo'lgan moddalarga boyligi, mo'l hosil berishi bilan ajralib turadi. Mevali daraxtlarning o'ziga xos yana bir xususiyati shundan iboratki, deyarli hamma mevali daraxtlar kurtak va
iskana payvand qilish yo'li bilan ko'paytiriladi. O'zbekistonning iqlim-tuproq sharoiti mevali daraxtlarning xilma-xil o'sishiga mos keladi va ulardan yuqori hosil olinadi.umumiy qilib aytganda, O'zbekistonning iqlim sharoiti bog'dorchilikni rivojlantirishga to'liq mos keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma'ruzalari.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'llimizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-kitob. Toshkent.: O'zbekiston, 2018.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kyerak". -T.:O'zbekiston, 2017.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Mirziyoyev "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birga quramiz" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma yig'ilishidagi nutq. -T.:O'zbyekiston, 2016.
II. Asosiy adabiyotlar
1. O.O.Obidov, A.A.Jo'ryeva BIOLOGIK KIMYO Laboratoriya amaliyoti
2. R.P.Ibragimov, M.M. Abdullaeva Biokimyoda laboratoriya mashg'ulotlari
Toshkent-Universitet 2015
3. Oliy ta;lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnalogiyalar asosida o'quv faoliyatini tashkil etish uslub va vositalari. Toshkent davlat texnika universiteti. Toshkent 2017-yil
4. A.A.Xodjimetov biologic kimyo O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi R.A. Sobirova O.A.Abrorov F.X.Inoyatova A.N.Aripov <<biologik kimyo>> <<yangi asr avlodi>> 2018-yil
III. Qo'shimcha adabiyotlar
1. LK.Proskurin, Bioximiya Moskva "Vlados Press", 2001.
2. V.P.Komov, V.N. Shvedova/ Bioximiya, Moskva "Drofa", 2004.
3. Н.С.Курбатова Э.А.Козлова "Конспект Лектсия По Обшебиологии.
2. Грин Н.Биология:3-Томах
3. Ситология:Учебника Для Пед Ин-Тов
4. Северин Э.СБиохимия Москва -Геотармед,2004
5. Березов.Т Биологичиская Химия М.2000
6. Колман Я Рем К.Наглядная Биохимия М.2000 IV. Internet manbalari
1. www.ziyonet.uz
2. www.Pedagog.uz
3. www.maik.ru
4. www.arxiv.uz
5. www.aim.uz