Научная статья на тему 'NOK BOG‘LARIDA UCHRAYDIGAN ZARARKUNANDALAR ENTOMOFAUNASI'

NOK BOG‘LARIDA UCHRAYDIGAN ZARARKUNANDALAR ENTOMOFAUNASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jaydari nok / O’rta osiyo noki / Turkman noki / Ussuri noki / Nashvati / Tol bargli nok / rеgеl noki / nok shirinchasi / nok kanasi / nokk shira biti.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Teshaboyeva Maftuna, Nishonova Iroda Asqarali Qizi, Akmaljonova Madina Ubaydullo Qizi

Nok bog‘larida mo’tadil iqlim o’simligi bo’lsada, issiqlikni ko’p talab qiladi, sovuqqa kam chidamli va olmaga nisbatan uzoq yashaydi, 100-150 yil, ba'zan esa 200 yilgacha umr ko’radi. Nok zararkunandalaridan: nok shirasi, nok kanasi, nok shira biti kablar bor. Bu zararkunandalar nok hosildorligiga, o‘sib rivojlanishiga, tashqi muhiga moslashishga ta’sir qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOK BOG‘LARIDA UCHRAYDIGAN ZARARKUNANDALAR ENTOMOFAUNASI»

NOK BOG'LARIDA UCHRAYDIGAN ZARARKUNANDALAR ENTOMOFAUNASI 1Teshaboyeva Maftuna, 2Nishonova Iroda Asqarali qizi, 3Akmaljonova Madina Ubaydullo

qizi

1FarDU doktorant 23FarDU talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11210229

Annotatsiya. Nok bog'larida mo'tadil iqlim o'simligi bo'lsada, issiqlikni ko'p talab qiladi, sovuqqa kam chidamli va olmaga nisbatan uzoq yashaydi, 100-150 yil, ba'zan esa 200 yilgacha umr ko'radi. Nok zararkunandalaridan: nok shirasi, nok kanasi, nok shira biti kablar bor. Bu zararkunandalar nok hosildorligiga, o'sib rivojlanishiga, tashqi muhiga moslashishga ta'sir qiladi.

Kalit so'zlar: Jaydari nok, O'rta osiyo noki, Turkman noki, Ussuri noki, Nashvati, Tol bargli nok, regel noki, nok shirinchasi, nok kanasi, nokk shira biti.

Аннотация. Хотя груша и является растением умеренного климата в садах, она требует много тепла, менее устойчива к холодам и живет дольше, чем яблони, 100-150 лет, а иногда и до 200 лет. К вредителям груши относятся: грушевая тля, грушевый клещ, грушевая тля. Эти вредители влияют на продуктивность, рост и адаптацию груши к окружающей среде.

Ключевые слова: груша Джайдари, груша среднеазиатская, груша туркменская, груша уссурийская, нашавати, груша ивнолистная, груша Регеля, груша душистая, грушевый клещ, грушевая тля.

Abstract. Although pear is a plant with a temperate climate in orchards, it requires a lot of heat, is less resistant to cold and lives longer than apples, 100-150 years, and sometimes up to 200 years. Pear pests include: pear aphid, pear mite, pear aphid. These pests affect pear productivity, growth, and adaptation to the environment.

Keywords: Jaidari pear, Central Asian pear, Turkman pear, Ussuri pear, Nashvati, Willow-leaf pear, Regel pear, sweet pear, pear mite, pear aphid.

Kirish.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PK - 4246 - son «O'zbekiston Respublikasida bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'grisida» hamda 2020 yil 28 yanvardagi - PQ-575 - son «O'zbekiston Respublikasi qishloq, xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'grisida»gi qarorlarida yangi mevali bog'larni tashkil etish va eskilarini rekonstruksiya qilish vazifalari alohida belgilab berilgan.

Respublikamiz bog'dorchiligida nok yetishtirishni kuchsiz o'suvchi payvandtaglardagi yuqori samarali intensiv bog'larga o'tkazish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, respublikadagi bog'dorchilikka ajratilgan sug'oriladigan yer resurslaridan oqilona foydalanish, bog'larning hosilga kirishini tezlashtirish, ularning foydalanish davrini uzaytirish xosildorlikni 2-3 barobarga oshirish va eksportni ko'zda tutuvchi jahon standartlariga mos meva yetishtirish maqsadida respublikaning tuproq - iqlimiga mos, intensiv bog' barpo qilish imkonini beruvchi payvandtaglarni ko'paytirish, yangi istiqbolli payvandtaglarning suv va ozuqa tartiblarini ishlab chiqish, ularning eng maqbullarini tanlash va ko'chatini yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirib borilmoqda.

Tadqiqot materiallari va uslubi. Nok ayrim mahalliy navlari bir tup daraxtdan 1000-1400 kilogrammgacha hosil berishi mumkin. Nok olma kabi mo'tadil iqlim o'simligi bo'lsada, issiqlikni ko'p talab qiladi, sovuqqa kam chidamli va olmaga nisbatan uzoq yashaydi, 100-150 yil, ba'zan esa 200 yilgacha umr ko'radi. Bizning sharoitimizda 10 ga yaqin mahalliy navlari o'stiriladi. Nokning 60 ga yaqin yovvoyi turlari uchrab, shundan mevachilikda: Jaydari nok, O'rta osiyo noki, Turkman noki, Ussuri noki, Nashvati, Tol bargli nok va regel noki ahamiyatga ega. O'zbekiston sharoitida nokzorlarga ko'plab zararkunanda xashorotlar zarar yetkazadi va hosildorlikni kamayishiga sabab bo'ladi.

Nok shirinchasi (vieabHHiiua) - Zararkunanda asosan nok daraxtlarini zararlaydi. Zararkunanda o'simlikning kurtak, barg, yosh novda, gul barg bandi va mevasining shirasini so'rib zararlaydi. Yetuk hashoratning uzunligi 3 mm bo'lib, bahorda sariq-qo'ng'irdan to sarg'ich-qizg'ichgacha, kuzda to'q jigarrang ko'rinishida bo'ladi. Zararlangan organlar kuchsizlanib barg va tugunchalar qorayib, burishib, qurib tushib ketadi. Zararkunanda o'zidan yopishqoq shira ajratib chiqaradi. Natijada barg va mevalar ifloslanadi. Issiq va quruq havo bu zararkunandani rivojlanishi uchun juda qulay hisoblanadi. Zararkunanda yetuk hashorat holida po'stloqlar osti,

yoriqlar va o'simlik qoldiqlarida qishlaydi. Erta bahorda havo xarorati 2-3oC bo'lganda qishlovdan chiqib, 5oC da urchiy boshlaydi. Harorat 10oC da tuxum qo'yadi. Zararkunanda urg'ochilari tuxumlarini kurtak qobiqlari, gul bandi va barglarni tomiriga zanjirsimon qilib qo'yadi. Umri davomida o'rtacha 600-1200 donagacha tuxum qo'yadi. Bir mavsumda 4-5 ta avlod beradi.

Nok kanasi va nok shira biti shular jumlasidandir. Shuning uchun ularga qarshi kurashish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shish qo'zg'atuvchi nok kanasi - Eriophes pyri Pagst. To'rt oyoqli kanalarning Eriophyidae oilasiga mansub. Nok kanasi, nok barglarida ba'zan juda ko'payib, barglarning, qisman mevalarning talaygina qismini nobud qiladi va daraxtlarni majmag'il qilib qo'yadi. Nok kanasi Osiyo, Yevropa va Amerikada keng tarqalgan. Nok kanasi juda mayda bo'lib, oddiy ko'zga ko'rinmaydi. Kana tanasi cho'ziq, chuvalchangsimon, qornida ko'ndalang egatlar, orqa tomonida do'mboqchalar bor; rostrum (tumshug'i) kalta; oyoqlari faqat ikki juft; kattaligi 230 mikronga boradi. Nok daraxtlarida zararkunanda borligi daraxtdagi xarakterli o'zgarishlardan bilinadi. Nok kanasi yetuk zot shaklida kurtaklar yonida yoki po'stlog'i ostida to'planib qishlab chiqadi. Mart aprel oylarida havo harorati 10° C dan oshganda chiqib oziqlana boshlaydi. Yangi una boshlagan kurtak barglarini so'rishi natijasida barglarning yuqori tomoni qavarib, ostki tomonida 2-3 mm li gall (shish) hosil bo'ladi. Shishlarning ichi kovak bo'lib, bargning ichki tomonidagi kichkina yumaloq teshik yordamida tashqariga tutashadi. Kanalar gallning ichida oziqlanib ko'payadi. Kelgusida mayda gallar qo'shilib, o'ziga xos qora dog'lar hosil qiladi. Nok kanasi mavsumda 45 ta bo'g'in berib ko'payadi. Kana populyatsiyasida erkak zotlari kuzga tomon ko'paya boradi va avgustga borib umumiy soniga nisbatan 14-20 % ni tashkil etadi . Shish hosil qiluvchi nok kanasining zarari tufayli daraxt barglari va mevalarining ko'p qismi yetilmasdan to'kilib ketadi. Hosildorlik ba'zan 50 % gacha kamayib ketishi mumkin.

Nok shira biti. Voyaga yetgani va lichinkalari nok kurtaklari, barglari, gullari va ingichka novqalarining shirasini so'rib, daraxtlarni juda ham majmag'al qilib qoyadi. Qattiq zararlangan barglar qorayib, to'kilib ketadi. Nok shira bitiga qarshi kurash olib borilmasa, iyul boshlaradayoq daraxtlar batamom bargini to'kib yuboradi. Zararlangan daraxt novdalari qing'ir-qiyshiq, mevasi qattiq, bemaza bo'lib, normal darajada katta bo'lmaydi va ko'pincha shira bitining yopishqoq axlatiga belashadi. Nok shira biti O'rta Osiyoda uchraydi, unga qon-qardosh bo'lgan Psylla pyricola Forst. turi Yevropada tarqalgan, bu tur shimolga va Shimoliy Amerikada ham tarqalgan. Shira biti voyaga yetganda uzunligi 3 mm gacha bo'ladi. Rangi sarg'ish yoki och yashil - qo'ng'ir tusda bo'ladi. Qornida ko'ndalang qora yo'llari bor. Shira bitining qanotlari tiniq bo'lib, orqadagi chekkasida qoramtir dog'i bor; orqa qanotlari oldingilariga qaraganda kaltaroq. Shira bitining urg'ochisi erkagidan biroz katta. Erkaklarida qorin segmentlarining pastki tomonida ikkitadan, ko'ndalang qoramtir yo'l o'tadi, urg'ochisida esa ikkitadan yumaloqqoramtir dog'i bo'ladi. Urg'ochilarining qorin uchi pastga osilib, erkaginiki esa birmuncha yuqoriga ko'tarilib turadi. Qishlayotgan shira bitlari yozgi shira bitlaridan bir oz yirik va qoramtir bo'ladi. Tuxumlari mayda, oq bo'lib, oddiy ko'zga arang ko'rinadi; lichinkalari tuxumdan chiqishdan oldin sarg'ish tusga kiradi. Tuxumning bir uchi kengaygach, kichik poyachasi bo'lib, shu bilan shoxga yopishadi; tuxumning ikkinchi tomoni uchli bo'lib, xivchin shaklidagi maxsus ortig'i bor. Lichinkasi qanotsiz, sariq, ba'zan yashil, yapaloq bo'ladi. Kattaroq yoshdagi lichinkasi birmuncha yirikligi va qanot boshlang'ichi borligi bilan farq qiladi. Shira biti voyaga yetganda nok daraxtlarining shoxlarida va qisman tanasidagi po'stloq po'stlari ostida qishlaydi. Daraxt kurtak ochishidan sal oldin shira bitlari juftlashadi va tuxum qoya boshlaydi. Tuxumni shoxlarning uchiga va kurtaklar yaqiniga qoyadi. Hashoratning birinchi bo'g'ini bo'rtgan kurtaklar, yozilgan burglar va ayniqsa, gul kosachalarining shirasini so'radi. Zararkunanda tez rivojlanadi: aprelning oxiri-mayning boshlarida yangi bo'g'inning qanotli shira bitlari paydo bo'ladi. O'rta Osiyoda shira biti yoz davomida 4-5 ta bo'g'in beradi. Birinchi bo'g'inning qaotli shira bitlari paydo bo'ladigan vaqtgacha qishlab chiqqan yirikroq va qoramtir shira bitlari obud bo'ladi. Yozgi bo'ginlarning urg'ochilari qanot chiqargandan 3-8 kun keinbarg ustki tomonining asosan tomirlari boylab tuxum qoyadi. Urg'ochi shira biti umrida 300-480 ta tuxum qoyadi. Voyaga yetgan shira biti taxminan 2-3 oy yashaydi, shning uchun yozda har xil bo'g'inarning shira bitlari uchraydi. Voyaga yetgan shira bitlari doimo bir joydan ikkinchi joyga uchin yuradi, lichinkalari esa kam harakat qiladi. Birinchi bo'g'indan boshqa bo'g'inlarning lichinkalarijuda ko'p suyuq, yopishqoq shirali axlat chiqaradi, bu hashoratning shira biti degan nomi ham shundan olingan. Yoz ohirlarida shira bitlari ayniqsa ko'p axlat chiqaradi. Bu axlat barglardan oqin tushib, daraxt shoxlari, tanasi va mevalarini iflos qiladi; axlat tekkan mevalarda och qo'ng'ir dog'lar bo'ladi. Voyaga yetgan shira bitlari yozda ham, kuzda ham daraxtdan daraxtga o'taveradi, shu bilan birga ular kuzda ko'plashib qishlaydi. Nok daraxtlarni zararkunadalardan ximoya qilishning o'ziga xos nozik tomonlari bor, chunki mevalarning, ayniqsa ertapishar navlarda zararkunandalarga qarshi uzluksiz insektisidlarni ishlatib bo'lmaydi, ikkinchidan zararkunandalarga qarshi kurash choralari olib borilayotganda faqat birgina zararkunandani xisobga olmasdan balki kompelks zararkunandalarga qarshi ishlov berishi lozim.

Xulosa. Mevali bog'larning hosildorligini oshirishning asosiy omillaridan biri - ularni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishdir. Yurtimiz bog'larida urug' mevali daraxtlardan olma, nok va behiga o'simlik bitlari (shiralar), qon biti, qalqondorlar, mevaxo'rlar va o'rgimchakkana, danak mevali dararxtlarga esa o'simlik bitlari (shiralar), qalqondorlar,

mevaxo'rlar, bargxo'rlar jiddiy zarar yetkazadi. Bu zararkunandalar bioekologiyasini yaxshi bilib,

kurash tadbirlarini ularning eng zaif davrida o'tkazish yaxshi samara beradi.

REFERENCES

1. Низомова, Б. Б. Nok daraxti ayrim zararkunanda xashoratlari va ularga qarshi kurashishning xos tomonlari / Б. Б. Низомова, Х. Р. Бадалов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 38 (328). — С. 217-219. — URL: https://moluch.ru/archive/328/73612/ (дата обращения: 27.04.2024).

2. Xo'jayev Sh.T. O'simliklarni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilish hamda agrotoksikologiya asoslari. Toshkent, Navro'z. 2014 y, 541 b

3. Xо'jayev SH.T. Insektitsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash bо'yicha uslubiy ^'^malar (II-nashr). - Toshkent: Kom DAR, 2004. - 103 b

4. Ostonaqulov T.E., Narziyeva S.X., G=ulomov B.X., Komilova M.M. - Mevachilikdan amaliy mashg'ulotlar. Samarqand, 2016. 128 bet

5. Ikromjonovna, Teshaboyeva Maftuna. "FERULA O'SIMLIGINING MORFOLOGIYASI VA DORIVOR XUSUSIYATLARI." INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 2.24 (2022): 28-30.

6. Teshaboyeva, M. I., I. Ro'zmamatova, and F. Komiljonova. "DORIVOR CHAKANDA (ОБЛЕПИХА) O'SIMLIGINING ZARARKUNANDALARI." Scientific Impulse 2.17 (2024): 764-767.

7. Ikromjonovna, Teshaboyeva Maftuna, and Ro'zmamatova Irodaxon Asqarali Qizi. "SABZAVOT EKINLARI YETISHTIRISHNING YANGI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI." Science and innovation 2.Special Issue 6 (2023): 358-362.

8. https://moluch.ru/archive/328/73612/

9. https://ifoda.uz/uz/item/sosnovaa-siska-medanica

10. https://paxtachi.uz/ru/node/1647

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.