Научная статья на тему 'MEVALI BOG‘LARDA BRONZA TUSLI QO‘NG‘IZLARNING (CETONIINI) UCHRASH DARAJASI'

MEVALI BOG‘LARDA BRONZA TUSLI QO‘NG‘IZLARNING (CETONIINI) UCHRASH DARAJASI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
51
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Mevali bog‘ / bronza qo‘ng‘izlar / markaziy hududlar / yashil tusli bronza qo‘ng‘iz / turon bug‘usimon qo‘ng‘iz / qoramtir tusli bronza qo‘ng‘iz / moyli ekinlar.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Xudoyqulov A’Zamjon Mirzoqulovich, Umurzoqov Muzaffar Rasul O‘G‘Li

Ushbu maqolada Toshkent va Samarqand viloyatining mevali bog‘larida bronza qo‘ng‘izlarining tarqalishi, zarari, bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar yoritilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida xulosalar va ishlab chiqarishga tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEVALI BOG‘LARDA BRONZA TUSLI QO‘NG‘IZLARNING (CETONIINI) UCHRASH DARAJASI»

MEVALI BOG'LARDA BRONZA TUSLI QO'NG'IZLARNING (CETONIINI)

UCHRASH DARAJASI

1 2

Xudoyqulov A'zamjon Mirzoqulovich, Umurzoqov Muzaffar Rasul o'g'li

1Toshkent davlat agrar unversiteti, q.x.f.f.d, dotsent Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot

instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8357989

Annotatsiya. Ushbu maqolada Toshkent va Samarqand viloyatining mevali bog'larida bronza qo'ng'izlarining tarqalishi, zarari, bioekologik xususiyatlari bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar yoritilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida xulosalar va ishlab chiqarishga tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Mevali bog', bronza qo'ng 'izlar, markaziy hududlar, yashil tusli bronza qo'ng'iz, turon bug'usimon qo'ng'iz, qoramtir tusli bronza qo'ng'iz, moyli ekinlar.

Kirish. Jahonda olma mevalarini yetishtirish va eksport qilishda Evropa mamlakatlaridan AQSH va Turkiya davlatlari etakchi o'rinlarni egallasa, Osiyo qit'asidan Xitoy hamda Eron davlatlari yuqori natijalarga erishmoqda. Biroq, yog'ingarchilik ko'p bo'lib, havo harorati past va namlik yuqori bo'lgan yillarda olma bog'larida 90,0% gacha hosil zararkunanda va kasalliklar ta'sirida yo'qolishi kuzatilgan.

Qishloq xo'jalik ekinlariga zarar keltiradigan organizmlarning jumladan begona o'tlarning 30,0 ming, hasharotlarning 100,0 ming, nematodalarning 3,0 ming, zamburug'larning 12,0 ming, bakteriyalarning 100,0 ming, viruslarning 600,0 turi fanga ma'lum. Ularning zararli ta'siri natijasida har yili yetishtiriladigan hosil o'rtacha 33,7% ga kamaygan. Shundan 12% kasalliklar, 12% hasharotlar, 10% begona o'tlar hisobiga to'g'ri keladi.

Endilikda nafaqat MDHda davlatlarida qishloq xo'jaligining barcha sohalarida islohotlar o'tkazilib balki mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekistonning tabiiy iqlim va ob-havo sharoiti ko'pgina mevali daraxtlarni o'sib rivojlanishi va shirindan shakar meva maxsulotlarini yetishtirish uchun eng qulay mintaqa sanaladi. Jumladan o'rik, shaftoli, olxo'ri, olcha, gilos, olma, nok, bexi va anor kabi mazzasi bilan dunyoga tanilgan shifobaxsh meva turlari yetishtiriladi va xorijiy mamlakatlarga eksport qilinadi.

Biroq O'zbekiston tabiiy iqlim sharoiti bahori seryog'in va yozi issiq kelganligi sababli mevali daraxtlarga ko'pgina zararkunandalar (hasharotlar, kanalar) va turli xil (zamburug'lar, bakteriyalar va viruslar qo'zgatadigan) kasalliklar hamda begona o'tlar jumladan gulli parazitlardan (devpechak va zarpechak) kabilar ko'p ziyon keltiradi. Shuning uchun yuqoridagi zararli organizmlarga qarshi turli kurash choralari qo'llamay turib yuqori hosil olib bo'lmaydi. Shu sababli mevali bog'larni zararkunandalar, kasalliklardan va begona o'tlardan himoya qilish ishlarini sifatini yaxshilash, o'simliklarni himoya qilish ishlarini takomillashtirish va muvaffaqiyatli amalga oshirish, hozirgi kundagi himoya qilish choralarining samaradorligini ta'minlash va zararli organizmlarga qarshi atrof-muhidga ziyon etkazmaydigan (fizik-mexanik, biologik, kimyoviy va boshqa) ixcham va qulay kurash choralarining zamonaviy usullarini ishlab chiqish hamda qishloq xo'jaligi ekinlarining zararli organizmlariga qarshi chidamli nav va duragaylarni yaratish kabilarni taqazo etadi.

Bizga ma'lumki, Bog' agrotsenozida mevali daraxtlarning turli qismlari bilan oziqlanadigan fitofaglarning 400 dan ortiq turi qayd qilingan bo'lsada, iqtisodiy yuqori darajada zarar beradigan turlar soni 150 dan oshmaydi.

Bronza qo'ng'izlar hasharotlar (Insecta) sinfining, qattiq qanotlilar (Coleoptera) turkumi, plastinka muylovlilar (Scarabaeidae) oilasi, Bronza qo'ng'izlar (Cetoniinae) kenja oilasi Bronza tusli (Cetoniini) qabilasiga kiradi. Bu hasharotlar fitofag bo'lib, ular asosan gulli o'simliklarning generativ organlari jumladan (yosh novda kurtak, gul va gul hosilalarini hamda etilgan va etilmagan meva guralarini) kemirish orqali oziqlanishi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Tadqiqot uslublari. Ilmiy-tadqiqot ishlari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi, Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi "Axborot-maslahat markazi" (extension center)da va Toshkent tumanidagi akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti qarashli bog' maydonlarida amalga oshiriladi. Tajribada mevali bog'larda yetishtiriladigan danak va urug'li mevallarnining gul hosil organlarini zararlaydigan bronza qo'ng'izlari va ularga qarshi qo'llaniladigan zamonaviy kimyoviy vositalarga e'tibor qaratiladi. Tadqiqot tajriba uchun ajratilgan mevali bog'larda amalga oshiriladi.

Mevali bog'larning generativ organlarini kemiruvchi bronza qo'ng'izlari turlarining dominantligi K.K.Fasulati [1961] formulasi yordamida aniqlanadi. Bronza qung'izlar soni esa Uspenskiy [1973] hamda Sh.T. Xo'jayev [2004] ning uslubiy ko'rsatmalari asosida tahlil qilindi. Bronza qo'ng'izlarining rivojlanishini o'rganishda E.V. Kojanchikov ([1961], V.I.Tanskiy [1988] hamda Sh.T.Xo'jayev [2004] usullaridan foydalanildi.

Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlar Samarqand viloyati Samarqand tumani "Ohalik oltin bog'i" fermer xo'jaligining 2,5 gektarlik olma mevali bog'larda hamda Toshkent viloyati Qibray tumani ToshDAU o'quv tajriba xo'jaligida olib borildi.

Olingan natijalarga ko'ra, mevali bog'larda bronza tusli qo'ng'izlarning tur tarkibi va tarqalish darajasi bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, Samarqand viloyati sharoitida bronza tusli turon bug'usimon qo'ng'izi nisbatan ko'proq, Toshkent viloyati sharoitida esa o'rtacha darajada tarqalganligi aniqlandi.

Tadqiqotlar davomida yashil tusli bronza qo'ng'izi o'rtacha darajada bo'lgan bo'lsa, Toshkent viloyatidagi kuzatuvlarimiz natijasiga ko'ra eng ko'p tarqalganligi kuzatildi.

Tadqiqotlarga ko'ra, chipor bronza qo'ng'izi Samarqand va Toshkent viloyati hududlarida yuqori darajada tarqalganligi tadqiqotlar davomida kuzatildi.

Olib borilgan tadqiqotlarimiz va kuzatuvlarimiz natijalariga ko'ra, tajriba dalamiz atrofida ekilgan moyli ekinlardagi Samarqand viloyatidagi kuzatuvlarimizga ko'ra, turon bronza qo'ng'izi yuqori darajada, Toshkent viloyati sharoitida o'rtacha darajada tarqalganligi aniqlandi.

Chipor bronza qo'ng'izi esa markaziy hududlardan hisoblangan Samarqand viloyatida o'rtacha darajada, Toshkent viloyatida esa yuqori darajada uchrashi tadqiqotlar davomida kuzatildi.

1-rasm. Tadqiqot olib borilgan hududlarda (Toshkent va Samarqand viloyatlari

2022-2023 y.y.) kuzatuv jarayoni.

Shu bilan birga tadqiqotlar davomida tajriba dalasida moviy ko'kish bronza qo'ng'izi va nuqtali xoldor bronza qo'ng'izlari ham moyli ekinlar ekilgan dalada o'rtacha darajada kuzatildi.

Tadqiqotlar davomida kuzatuv olib borilgan Samarqand viloyatidagi moyli ekin dalasida yana bir bronza qo'ng'iz ya'ni, qoramtir to'q tusli bronza qo'ng'iz Samarqand viloyati sharoitida kam darajada, Toshkent viloyati sharoitida esa o'rtacha darajada tarqalganligi aniqlandi (Jadval-1).

Jadval-1.

Bronza qo'ng'izlarini meva daraxtlari va moyli ekinlarning uchrashi (Samarqand va

Toshkent viloyati 2022-2023 y.y.)_

№ Samarqand viloyati Toshkent viloyati

Meva bog'larda

Turlari Uchrashi Turlari Uchrashi

1 Turon bo'g'usimon qo'ng'izi Epicometis turanica (Reitter, 1889) +++ Turon bo'g'usimon qo'ng'izi Epicometis turanica (Reitter, 1889) ++

2 Yashil tusli bronza qo'ng'izi Protaetia marginicollis (Ballion, 1870) ++ Yashil tusli bronza qo'ng'izi Protaetia marginicollis (Ballion, 1870) +++

3 Chipor bronza qo'ng'izi Oxythyrea cinctella (Schaum, 1841) +++ Chipor bronza qo'ng'izi Oxythyrea cinctella (Schaum, 1841) +++

Moyli ekinlarda

4 Turon bo'g'usimon qung'izi Epicometis turanica (Reitter, 1889) +++ Turon bo'g'usimon qung'izi Epicometis turanica (Reitter, 1889) ++

5 Chipor bronza qo'ng'izi Oxythyrea cinctella (Schaum, 1841) ++ Chipor bronza qo'ng'izi Oxythyrea cinctella (Schaum, 1841) +++

6 Moviy ko'kish bronza qo'ng'izi ko'k branza Protaetia turkestanica (Kraatz, 1886) ++ Ko'kish bronza qo'ng'izi ko'k branza Protaetia turkestanica (Kraatz, 1886) ++

7 Nuqtali xoldor bronza qung'izi Stalagmosoma allbellum (Pallas, 1771) ++ Nuqtali bronza qung'izi Stalagmosoma allbellum (Pallas, 1771) +

8 Qoramtir to'q tusli bronza qo'ng'izi Protaetia agglomerata (Solsky, 1876) + To'q tusli bronza qo'ng'izi Protaetia agglomerata (Solsky, 1876) ++

Uchrash darajasi- (+++) ko'p, (++) o'rtac ia , (+) kam.

Olib borilgan tadqiqot natijalaridan xulosa shuki, Respublikamizning markaziy hududlarida mevali daraxtlarning gullash davrida gulxo'r bronza qo'ng'izlar o'z vaqtida qarshi kurash tadbirlari olib borilmasa jiddiy zarar yetkazadi.

Mevali bog'larda meva mahsulotlarini yetishtirishda zararkunandalar shu jumladan turon bug'usimon (Epicometis turanica Reitter) va uning turdosh vakillari hamda mevali bog'larning ashaddiy kasalliklarga qarshi kurashda qo'llaniladigan kimyoviy vositarni to'g'ri tanlash va me'yorida qo'llash lozimdir. Agar me'yoridan ortiqcha kimyoviy vositalar ishlatilsa, yetishtirilayotgan meva maxsulotlarining foydali mineral tarkibi, sifati buzilib, insonlarda bir qancha noxush kasalliklarga uchrashishiga olib kelishi mumkin.

REFERENCES

1. Murodov S.A. Umumiy entomologiya kursi: Oliy va maxsus o'rta ta'lim bosh boshqarmasi qishloq xo'jalik institutilari o'simliklarni himoya qilish fak.stud. uchun darslik Mehnat, 1986. 134-136 b.; 169-177 b;

2. Boltaev B.S. «Za^ita rasteniy» uchebnik - T.: Izd. «Navro'z» 2020 g. 264-str.

3. Xo'jayev SH.T., Xolmurodov E.A. Entomologiya, qishloq xo'jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari. Toshkent. "Fan" nashriyoti, 2019 y. 310 -315 b.

4. Kimsanboyev X.X., Boltayev B.S., Sulaymonov B.A. -"Bog' zararkunandalariga qarshi uyg'unlashgan kurash choralari". Toshkent, 1998.

5. V.V.Yaxontov «O'rta Osiyo Qishloq xo'jaligi ekinlari va mahsulotlarini zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari.» Toshkent, 1962-yil. 227-.228; 278-279; 327 b.

6. Medvedev S. I. Plastinchatouswe (Scarabaeidae). Podsemeystvo Cetoninae, Valginae / S. I. Medvedev // Fauna SSSR. Jestokrwlwe. — 1964. — T. X, Vwp. 5. M-L S. 88-102.

7. Doljenko V.I., Doljenko T.V. Biologicheskaya effektivnost i razlojenie ostatochnbix kolichestv insektoakaritsidov na osnove abamektinav sadu // Plodovodstvo i yagodovodstvo Rossii. - 2014. - T. 40. - №. 1. - S. 104-107.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.