Научная статья на тему 'METAFORA LINGVOMADANIY FENOMEN SIFATIDA VA ZAMONAVIY METAFOROLOGIYA'

METAFORA LINGVOMADANIY FENOMEN SIFATIDA VA ZAMONAVIY METAFOROLOGIYA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
88
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
METAFOROLOGIYA / TAVSIFIY YONDASHUV / LEKSIKOGRAFIK YONDASHUV / METAFORANING GERMENEVTIK TADQIQI

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — A’zamova N., To’xtasinova Yo, Yusupova M.

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida metaforalarning lingvomadaniy ahamiyati xususida fikr yuritiladi. Metaforani o’rganish jarayoni fan darajasiga ko’tarilib, uning chet tilini o’rganishdagi ahamiyati tahlilga tortiladi. Metaforaning ikki yirik yo’nalishi bo’yicha chuqur ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METAPHOR AS A LINGUISTIC-CULTURAL PHENOMENON AND MODERN METAPHOROLOGY

This article discusses the linguistic and cultural significance of metaphors in English and Uzbek languages. The process of studying metaphor is raised to the level of a science, and its importance in learning a foreign language is analyzed. In-depth information is given on two major directions of metaphor.

Текст научной работы на тему «METAFORA LINGVOMADANIY FENOMEN SIFATIDA VA ZAMONAVIY METAFOROLOGIYA»

A 'zamova N.

Qo'qon davlatpedagogika instituti o'qituvchisi

To'xtasinova Yo.

Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Yusupova M.

Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

METAFORA LINGVOMADANIY FENOMEN SIFATIDA VA ZAMONAVIY METAFOROLOGIYA

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va o'zbek tillarida metaforalarning lingvomadaniy ahamiyati xususida fikr yuritiladi. Metaforani o'rganish jarayoni fan darajasiga ko'tarilib, uning chet tilini o'rganishdagi ahamiyati tahlilga tortiladi. Metaforaning ikki yirik yo'nalishi bo'yicha chuqur ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: metaforologiya, tavsifiy yondashuv, leksikografik yondashuv, metaforaning germenevtik tadqiqi.

A 'zamova N. teacher

Kokand state pedagogical institute To'xtasinova Yo.

teacher

Kokand state pedagogical institute

Yusupova M. teacher

Kokand state pedagogical institute

METAPHOR AS A LINGUISTIC-CULTURAL PHENOMENON AND

MODERN METAPHOROLOGY

Abstract. This article discusses the linguistic and cultural significance of metaphors in English and Uzbek languages. The process of studying metaphor is raised to the level of a science, and its importance in learning a foreign language is analyzed. In-depth information is given on two major directions of metaphor.

Key words: metaphorology, descriptive approach, lexicographic approach, hermeneutic study of metaphor.

Metaforalarning badiiy yoki lingvistik o'rganilishi Arastu davriga borib taqaladi. Faylasuf o'zining "Poetika" asarida metaforani borliqdagi atalmishlarning o'xshashligi asosida ifodalovchi ma'nosining qayta tushunilishi sifatida talqin qiladi. Tilshunoslar bu tushunchaning fanimizga ritorika orqali

o'zlashganligini ta'kidlashadi. Bu atamani birinchi bo'lib Izokratning "Evagorus" deb nomlangan asarida qo'llangani haqida ma'lumotlar bor[1;110 -115] XX asrga kelib esa u haqiqiy ilmiy tadqiq ob'ektiga aylandi, tilning ajralmas va o'ziga xos fenomenlaridan biri sifatida lingvistikada o'rganila boshlandi [2.].

Bugungi kunda metafora tilshunoslikda hatto fan yo'nalishi darajasiga ko'tarildi va hozirda metaforologiya bo'yicha bajarilgan va amalga oshirilayotgan ishlarni sanash va qayd qilish imkoni cheklanib bormoqda. Bajarilayotgan ishlarda tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan tutashuvi natijasida yangi-yangi muammolar kun tartibiga qo'yilmoqda. Tilshunoslarning umumiy fikrlariga ko'ra, bugungi kunda metaforologiyaning quyidagi ikki yirik yo'nalishlari mavjudligini e'tirof etish mumkin:

1.Tavsifiy yondashuv.

2.Leksikografik yondashuv.

Bu yo'nalishlarning har biri o'z ichida yangi-yangi yondashuvlarni qamrab oladi va ularning tadqiq predmeti va metodlari o'ziga xosdir. Xususan, tavsifiy yondashuv yo'nalishi keng qamrovli bo'lib, metaforani ilmiy o'rganishning asosiy yondashuvlarini o'z ichiga oladi. Ular sirasiga quyidagilar kirishi mumkin:

1.Metaforaning germenevtik tadqiqi.

2.Metaforaning lingvoaksiologik tadqiqi.

3.Metaforaning lingvodidaktik tadqiqi.

Leksikografik yo'nalishda esa bir tilli, izohli, o'quv lug'atlarida yoki tarjima lug'atlarida metaforani tavsiflashga ixtisoslashgan ko'rinishlari kasb etadi.

Metaforaning germenevtik tadqiqi muammolari qadimiy va hamisha navqiron holatdaligi bilan boshqa yo'nalishlardan ajralib turadi. Metaforik ma'noning lisoniy va kognitiv asosini aniqlash, sharhlash germenevtik yondashuvning asosini tashkil etadi. Muqaddas kitoblar yoki boshqa yozma yodgorliklardagi metaforik ma'nolarni sharhlash germenevtikada ustuvor sohalardan biri hisoblanadi. Bu haqda tilshunos P.Riker quyidagilarni yozadi: "Germenevtika deganda men matnlarni sharhlash, talqin qilishda ularni tushunish amaliyoti mexanizmini anglayman. Germenevtika atamasi matn talqinlarining izchil, bosqichma-bosqich amalga oshirilishidan boshqa narsani bildirmaydi. Ketma-ketlik, bosqichma-bosqichlilik deganda men quyidagilarni tushunaman: tushuntirish, sharh deganda bevosita muayyan matnga nisbatan qo'llaniladigan usullar majmui tushunilsa, germenevtika tushuntirishning umumiy qoidalariga nisbatan qo'llanadigan ikkinchi darajali fan hisoblanadi. Shunday qilib, interpretatsiya (talqin) va tushunish orasida munosabat o'rnatmoq lozim bo'ladi. Tushunish deganda biz bir ong tomonidan uzatiladigan belgi ma'nolarini boshqa ong tomonidan ularning tashqi ifodalovchilari (noverbal vositalar, nutq) vositasida anglanish san'atini nazarda tutamiz. Tushunishdan maqsad - ifodalovchidan belgining mohiyatiga borish,

ifodalovchi orqali undan tashqariga chiqish demakdir. Tushunishdan talqinga o'tish esa belgining moddiy asosga egaligi, bu moddiy asosning modeli yozuv ekanligi bilan belgilanadi. Har qanday dog', iz, har qanday hujjat yoki yodgorlik, har qanday arxiv yozuv bilan qaydlangan bo'ladi va u tadqiqotchini talqinga chorlaydi. Shunga qat'iy rioya qilish kerakki, tushunish atamasi bir ongning ikkinchi ongni tashqi, moddiy ifodalovchi orqali oddiy anglashi bo'lsa, talqin, tushuntirish atamasini qaydlangan, belgining yozma shakliga yo'naltirilgan tushunishga nisbatan qo'llash maqsadga muvofiqdir"[6; 3].

Metaforaning talqini, metaforani tushuntirish matn orqali amalga oshar ekan, uni germenevtik yondashuv sifatida baholash to'g'ri bo'ladi. Tilshunos O.N.Laguta metaforik matndagi metafora va ramzlar sistemasi eng murakkab hodisalarni ham tushuntirib berish darajasida bo'ladi"[5;4] Konfessional metaforalarni milliy metaforik qadriyatlar asosida tushuntirib berish muammosi esa maxsus tadqiq qilinishi lozimligi tilshunoslar tomonidan aytilgan.

Ko'rinadiki, metaforaning germenevtik tadqiqi masalasi milliy va diniy qadriyatlar tarixi bilan bog'lanib ketadi. Bu masala bilan metaforologiyaning lingvoaksiologik yo'nalishi mashg'ul bo'ladi. Bu borada Dj.Lakoff, M.Djonson, L.Laudov, L.B.Alberti, M.Veber, A.N.Baranov, V.I.Karasik, G.N.Sklyarevskaya, I.I.Dubrovina, Praxonskiy, Filyushin, N.A.Lukyanova kabilarning olib borgan tadqiqotlari e'tiborga molikdir.[4]

Lingvoaksiologik qarashlar zamirida metaforani milliy mental fenomen sifatida tan olish yotadi. Dj.Lakoff va M.Djonson ta'kidlaganlaridek, "nisbatan asosiy va fundamental qadriyatlar ushbu madaniyatning asosiy tushunchalarining metaforik strukturasi bilan to'la muvofiq keladi". Ular bir nechta sotsiologik tajribalar o'tkazganlar. Xususan, "baland/past" makon metaforalari asosida qator aksiologik modellar yaratganliklari tilshunoslikda qayd etilgan. Ular G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika madaniy hududlarida quyidagicha namoyon bo'lishini aniqladilar: "ko'p (miqdor) - yaxshi", "kattaroq (o'lcham) - yaxshi"Metafora bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlar ta'limiy ahamiyatga ham ega bo'lib, uni o'qitish, til ta'limi samaradorligi nuqtai nazaridan, xususan, xorijiy tillarni o'rgatish talabi asosida talqin qilish lingvodidaktik yo'nalishning mohiyatini tashkil etadi. Metafora milliy mental xarakterga ega bo'lganligi sababli uni o'qitish milliy xarakterni ochish va tavsiflash ishiga yo'naltirilgan bo'lib, murakkab didaktik jarayon sifatida namoyon bo'ladi. Dunyo tilshunosligida metaforik lingvodidaktika masalasi bo'yicha N.I.Jinkin, Ye.M.Vereshagin, V.G.Kostomarov, va Ye.D.Averina kabi olimlarning tadqiqotlari e'tiborga molikdir[3;8-9].O'zga ma'naviy olam metaforikasini o'qitish bevosita tarjima amaliyoti va nazariyasi bilan bog'lanib ketadi. Xususan, yuqorida ta'kidlangan milliy tarixiy shaxslar nomining o'zga xalqlar tomonidan metaforik asosda qabul qilinishi yoki ularga metaforik asosda uzatish chuqur va atrorflicha kognitsiyani namoyon qiladi. Zero, kognitiv kontseptning ham milliy xarakterga ega bo'lishi, boshqacha aytganda,

bilimlarning milliy xoslanganligi bu kontseptlarni tashuvchi metaforik nomlar ham ob'ektiv voqelikka, ham milliy kontseptual bilimga mos kelishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Античные теории языка и стиля. - М. - Л., 1936. - С. 217.

2. Moxinur, A. (2022). "Toast" concept in different language system.

3. Azizova, M. (2022, October). Distinctive Features of Natural And Artificial Bilingualism. In " online-conferences"platform (pp. 150-151).

4. Ochildiyeva, H. (2023). NUtqni aloqa vositasi sifatida rivojlantirish. Scientific Bulletin of NamSU--NamDU ilmiy axborotnomasi 2023-yil 3-son.

5. Mashrabovich, Y. E. (2022). The degree of anthropocentricity of terms related to education and upbringing in terminographic research. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 6, 174-177.

6. Юсуфалиев, Э. М. (2022). Терминографик тадкщотларда таълим ва тарбияга оид терминларнинг антропоцентриклик даражаси. integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 3(6), 279-283.

7. Yusufaliyev, E. (2021). Ta'limga oid pedagogik terminlarning lingvistik tadqiqi. журнал иностранных языков и лингвистики, 2(6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.