Научная статья на тему 'MEN O’ZBEK SHOIRIMAN, O’Z XALQIMNING TILIMAN'

MEN O’ZBEK SHOIRIMAN, O’Z XALQIMNING TILIMAN Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
83
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
NASR / NAZM / OʻZBEK SHOIRI / YOZUVCHI / AKADEMIK / ISTE'DOD / NASHRIYOT / QISSA / HIKOYAT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Eraliyeva M.T.

Ushbu maqolada oʻzbek adabiyotining zabardast vakili shoir, yozuvchi va akademik Gʻafur Gʻulomning hayoti va ijodi bayon etilgan. Maqolada, Gʻafur Gʻulomning nasrda va nazmdagi ijodiy faoliyati, adibning boshqa ijodkorlardan ajralib turadigan muhim jihatlari ifoda etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

I AM AN UZBEK POET, THE LANGUAGE OF MY PEOPLE

Keywords: PROSE, POETRY, UZBEK POET, WRITER, ACADEMICIAN, TALENT, PUBLISHER, SHORT STORY

Текст научной работы на тему «MEN O’ZBEK SHOIRIMAN, O’Z XALQIMNING TILIMAN»

Eraliyeva M. T.

Toshkent davlat yuridik universiteti 2-bosqich talabasi

«MEN O'ZBEK SHOIRIMAN, O'Z XALQIMNING TILIMAN»

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek adabiyotining zabardast vakili shoir, yozuvchi va akademik G'afur G 'ulomning hayoti va ijodi bayon etilgan. Maqolada, G'afur G'ulomning nasrda va nazmdagi ijodiy faoliyati, adibning boshqa ijodkorlardan ajralib turadigan muhim jihatlari ifoda etilgan.

Kalit so'zlar: Nasr, nazm, o'zbek shoiri, yozuvchi, akademik, iste'dod, nashriyot, qissa, hikoyat.

Eraliyeva M.T.

2nd year student Tashkent State Law University

«1 AM AN UZBEK POET, THE LANGUAGE OF MY PEOPLE»

Annotation: This article describes the life and work of the poet, writer and academician Gafur Gulam, a great representative of Uzbek literature. The article describes the creative activity of Ghafur Ghulam in prose and poetry, the important aspects of the writer that distinguish him from other artists.

Keywords: Prose, poetry, Uzbek poet, writer, academician, talent, publisher, short story.

Adabiyot olamida sharq adiblariga teng keladigani yo'q. Shunday ijodkorlar borki, ularning ijodini o'rganish uchun bitta insonning umri yetmaydigandek, go'yo. Xo'sh, u holda ular qanday qilib bunday nodir asarlarni yaratdi ekan!? Balki ular Allohning in'omi bilan boshqa insonlar qila olamaydigan, yarata olmaydigan asarlar yaratishga qodir bo'lgandir. Kechalar boshqa odamlar uxlayotgan mahalda, yeyishga bir burda noni qolmagan paytda ham ro'zg'or tebratish, pul topish o'rniga qo'liga qalam olib, adabiyot bilan hamnafas bo'lgan insonlar ham aynan bizning ajdodlarimiz ekanligi biz uchun o'zgacha iftixor, o'zgacha g'urur hissini uyg'otadi. Shunday ulug' insonlardan biri atoqli yozuvchi va shoir, akademik - G'afur G'ulom! Adib 1903-yil 10 may kuni Toshkent shahrining Qo'rg'ontegi mahallasida kambag'al dehqon oilasida tug'ilgan. Uning otasi G'ulom aka Mirzaorif o'g'li Kelesdagi bir parcha yerida ham, shaharda ham ishlasa-da, oila qashshoq hayot kechirar edi, chunki o'sha davrda og'ir mehnat samaralari o'ta qadrsizlangan edi. G'ulom aka ancha bilimli, fors tilini o'rgangan kishi bo'lib, bolalarning tarbiyasiga katta e'tibor bergan. Otasi bilan bir qatorda G'afurga bolalik chog'larida Mirza Abdulla ismli amakisi ham muayyan ta'sir ko'rsatgan edi. Xuddi shu amaki yosh bola qalbida

'^KOHOMHKa h соцнумм №3(94)-2 2022

www.iupr.ru

97

ilk bor adabiyotga havas uyg'otgan bo'lsa ajab emas, chunki u "Mirza" taxallusi bilan she'rlar mashq qilib turar edi.

Yosh G'afur avval eski maktabda ta'lim olgan va to'qqiz yoshida o'qish hamda yozishni o'zlashtiradi. Shoirning singlisi Rahbar G'ulomovaning ma'lumot berishicha, G'afur G'ulom yoshligida "Baroqxon" madrasasida o'qigan. O'shanda mudarris Sayidahror o'zini qarindosh deb bilgan G'afur G'ulomga bir sandiq nodir kitoblar taqdim etgan ekan. Adibning Bedildan chuqur bilimdonligi, arab tilini ajabtovur, fors tilini yaxshi bilishi, Sharq tarixidan teran xabardorligi, madrasa tahsilidan tashqari, ehtimol, ana shu kitoblarga borib bog'lansa ajab emas.

G'afur G'ulomni shu darajaga erishishiga "Shum bola" asari katta sababchi bo'lgan desak, aslo yanglishmagan bo'lamiz. Yozuvchi "Shum bola" qissasining birinchi va ikkinchi qismlarini 1936-yil yozib tugatgan. Uchinchi

мЭкономнка h соцнумм №3(94)-2 2022

www.iupr.ru

98

qismi esa 40-yillarnimg oxirida tugatilgan. 60-yillarning boshlarida qayta tahrir qilingan. G'afur G'ulom qissani salkam 25 yil ishlagani asarning har tomonlama mukammal qilib yozilganini ko'rsatadi. Taniqli o'zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri bo'lgan Said Ahmad G'afur G'ulomning shogirdi edi. Said Ahmad nashriyotda ishlagan paytlari muharrirlar uni G'afur G'ulomning uyiga she'r olib kelishi uchun yuborardi. Uyiga borganida G'afur G'ulom uning oldida go'zal she'rlar yozgan. Said Ahmadni u "Ilhom parisi" deb ham atagan.

Biz G'afur G'ulomni nafaqat nasrda, balki nazmda ham cheksiz iste'dod sohibi ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Shoirning "Vaqt" deb nomlangan she'ridan joy olgan quyidagi misralarga e'tibor qarataylik.

"Har lahza zamonlar umridek uzun, Asrlar taqdiri lahzalarda hal, Umrdan o'gajak har lahza uchun

Qudratli qo'l bilan qo'yaylik haykal". Ushbu misralar orqali shoir o'z tinglovchilariga vaqtni qadrlash kerakligi, bugungi kun boshqa qaytib kelmasligini uqtirgandek, nazdimizda. "Iste'dod, eng avvalo, tabiat ehsoni, Alloh tuhfasidir. Shu ma'noda Yaratganning o'zi G'afur G'ulomdan marhamatini sira-sira ayamagan edi. G'afur G'ulom chindan ham ulug' zakovat egasi edi. Buning isboti - shoirning jo'shqin va dono she'riyati, buning isboti G'afur G'ulomning tug'ma tafakkur sohibi ekanligi, buning isboti - yozuvchi G'afur G'ulomning hech bir adibnikiga o'xshamaydigan chinakam milliy xalqchil prozasi - nasriy asarlaridir. Zamonning nazari nechog'lik sinchkov va yovuz bo'lmasin, G'afur G'ulom deyarli har bir she'rida o'zbek xalqining manfaatiyu obro'sini o'rtaga qo'yib gapirar edi. U zot xalqlar o'rtasidagi beg'araz do'stlikni kuylaganda ham, "men o'zbek shoiriman", "o'z xalqimning tiliman" degan o'qli iqroriga sodiq qoldi. Shoirning faxru g'ururi xalqning milliy iftixori bilan chambarchas bog'lanib ketgan edi" deb aytgan edi sevimli shoirimiz Abdulla Oripov. Biz-yoshlar ham mana shunday buyuk bobolarimizdan faxrlanib, ularning ishlarini davom ettirishimiz kerak. Bu uchun bizda barcha imkoniyatlar yetarli. Bizdan esa faqat va faqat yaxshi o'qish, o'z ustimizda ishlash talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G'afur G'ulom. Tanlangan asarlar. Nazm va nasr.-T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018-y.352 -b.

2. G'afur G'ulom, https://arboblar.uz/uz/people/gafur-gulyam

3. G'afur G'ulom (1903-1966) | saviya.uz https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/gafur-gulom-1903-1966/

4. Zarina, R., Shahram, A., & Umida, K. (2020). Using games to teach management in higher education institute. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(3), 49-52.

5. Аслонова, Ш. И. (2020). ПРОБЛЕМЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ МОЛОДЁЖИ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ. Интернаука, (21-1), 59-60.

"Экономика и социум" №3(94)-2 2G22

www.iupr.ru

99

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.