Научная статья на тему 'MEʼMORIY BEZAKLARNI BADIIY TAHLIL QILISH JARYONIDA TALABALARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH'

MEʼMORIY BEZAKLARNI BADIIY TAHLIL QILISH JARYONIDA TALABALARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
taʼlim tizimi / islohotlar / ramziyshunoslik / badiiy tahlil / tafakkur / fikrlash qobilyati / meʼmoriy obida / rivojlanish / taʼlim metodlari.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xoshimova Umida Talat Qizi

Talabalarning mantiqiy fikrlashini, tafakkur va qobilyatlarini rivojlantirish uchun tasviriy va amaliy sanʼat asarlarida va meʼmoriy obidalardagi chin maʼnodagi falsafiy gʼoyalarni chuqur anglashlari uchun tahlil qilish metodlarini ishlab chiqib, uni amaliyotgda qoʼllashimiz lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEʼMORIY BEZAKLARNI BADIIY TAHLIL QILISH JARYONIDA TALABALARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH»

ME'MORIY BEZAKLARNI BADIIY TAHLIL QILISH JARYONIDA TALABALARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH

Xoshimova Umida Talat qizi

Nizomiy nomidagi TDPU ning mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.1081083 7 Annotatsiya. Talabalarning mantiqiy fikrlashini, tafakkur va qobilyatlarini rivojlantirish uchun tasviriy va amaliy san'at asarlarida va me 'moriy obidalardagi chin ma'nodagi falsafiy g'oyalarni chuqur anglashlari uchun tahlil qilish metodlarini ishlab chiqib, uni amaliyotgda qo'llashimiz lozim.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, islohotlar, ramziyshunoslik, badiiy tahlil, tafakkur, fikrlash qobilyati, me 'moriy obida, rivojlanish, ta'lim metodlari.

Аннотация. В целях развития логического мышления, мышления и способностей учащихся мы должны развивать аналитические методы и применять их на практике, чтобы они могли глубоко понимать истинные философские идеи в произведениях изобразительного и прикладного искусства и памятниках архитектуры.

Ключевые слова: образовательная система, реформы, символизм, художественный анализ, мышление, способность мыслить, памятник архитектуры, развитие, методы обучения.

Аbstract. In order to develop the logical thinking, thinking and abilities of students, we must develop analytical methods and apply them in practice so that they can deeply understand the true philosophical ideas in visual and applied art works and architectural monuments. Кеywоrds: educational system, reforms, symbolism, artistic analysis, thinking, ability to think, architectural monument, development, educational methods.

Bugungi kunda O'zbekiston ko'p rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va ta'lim sohalarida yangidan yangi kelishuvlarni amalga oshirmoqda. Yangi g'oyalar, yangi investitsiyalar mamlakatimizda iqtisodni, madaniyatni, ta'limni yanada rivojlanishiga hissa qo'shmoqda. Bu borada mamlakatimiz uchun Eron Islom Respulikasi bilan o'zaro hamkorligi nafaqat iqtisodiy, balki ilmiy-texnikaviy va innovatsion soxalarda, hududlar o'rtasida ham faol kengaymoqda. Bundan tashqari, turizmni rivojlantirish madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish yo'nalishida qo'shma loyihalarni hayotga tadbiq qilish uchun muhim qadam bo'ldi. Eron Islom Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayyirobodiy bilan 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Eron Prezidentining O'zbekistonga rasmiy tashrifi va bu mamlakatning Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi ishtiroki yuzasidan suhbatida "So'nggi yillarda mamlakatlarimiz munosabatida namoyon bo'lgan o'ziga xos xususiyatlardan biri aloqalarning diversifikatsiyalashtirilganidir. bugungi kunda ikki mamlakat siyosiy va savdo-iqtisodiy, transport sohasi, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo'yicha hamkorlikdan tashqari parlamentlararo aloqani, oliy ta'lim, madaniyat, san'at va turizm yo'nalishlaridagi sheriklikni ham yo'lga qo'ygan. Eron va O'zbekiston o'rtasida madaniyat, turizm hamda fan va texnologiyalar sohalarida hamkorlik to'g'risidagi hujjatlar imzolanishi o'zaro munosabatda o'ziga xos, yangi hodisa bo'lib, aloqalar sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi" degan so'zlari buning isbotidir. Ramziyshunoslik sohasida ko'plab tadqiqotlarni amalaga oshirgan professor Bulatov S.S.ning "Qadimiy me'morchilik an'analarida yuzaki qaragandagina oddiy tuyulgan "arzimas" naqshlarda ham olam-jahon hikmat-xazinlalari mujassam topgan. Mazkur falsafiy g'oya faqat islom dini tarafdorlarinigina emas, balki har qanday

e'tiqod vakillarini yaxshilikka, ezgulikka da'vat etadi " degan so'zlari bejiz emas. Hozirgi kunda, professor Bulatov S.S oliy talim muassasasi, tasviriy san'at yo'nalishida "Ramziyshunoslik" ni yangi fan sifatida dars jarayonlariga olib kirdi. Bu borada talabalarning fikrlash qobilyatida, tafakkurida o'sish jarayonlari kuzatilmoqda va yaxshi natijalarga erishilmoqda. Talabalarda ramziyshunoslik haqida bilimlani yanada rivojlantirishimiz uchun, ta'lim metodlaridan tasviriy san'at asarlarini, me'moriy obidalarni tahlil qilishda foydalanishimiz kerak. Bu borada, o'zining betakrorligi, kishini lol qoldirib, o'ylantirib qo'yadigan bezaklari bilan ajralib turadigan Guliston saroyi misolida me'moriy obidani tahlil qilib ko'ramiz.

Guliston saroyi madaniy, ijtimoiy va siyosiy nuqtai nazardan Tehronning eng nufuzli va ko'zga ko'ringan tuzilmalaridan biridir. Bu aslida Safaviylar davridan boshlanib, Zand va Qojar davrlarida Pahlaviylar hukmronligigacha mustahkam davom etgan tuzilmdir. Nasriddinshox hukmronligi davrida yuz bergan barcha me'moriy va san'at taraqqiyotining sababi uning o'zi o'z davrining eng yaxshi fotosuratchisi, rassomi, shoiri va xattoti bo'lgan. Guliston saroyi Yunesko tashkilotining № 1422 madaniy merosi sifatida muhofaza qilinadi.

Guliston so'zi forschadan tarjima qilinganda " jl^I^ " - "Atirgullar saroyi" ma'nosini beradi. Ushbu nom Guliston saroyining bezaklarida atirgul timsollaridan devoriy bezak sifatida ko'plab marotaba foydalanilgani asos bola oladi. Aslida atirgul me'moriy bezaklaridan go'zallik timsolda foydalaniladi. 1-rasmda Shams-ul Imro binosidagi devorida atirgul bezaklaridan foydalanilganiga misol bo'la oladi.

1-rasm. Guliston saroyi. Shams-ul Imro devoriy bezak

Guliston saroyining sharqiy tomonida joylashgan Shams-ul Imro binosi 664 m maydonga ega bo'lib, hozirda muzey sifatida foydalanilmoqda. Angliya qirolichasi Viktoriya katta soatni Nasriddin shohga sovg'a qiladi. Ikki minora orasidagi katta soatning ovozi bir paytlar butun shahardan eshitilgan.

Shams-ul Imro binosining sharqiy xonadagi plintuslari marmardan yasalgan, gulli relyeflar o'yilgan, gul naqshlari va manzarali rasmlar bilan bezatilgan. Bu asarlarning barchasi qizil, yashil va oltin ranglarga bo'yalgan. Dekorativ elementlar stukko ishlari, oyna ishlari, kafel plitalari, tosh o'ymakorligi va toshlarga rasm chizish yordamida yaratilgan.

2-rasm. Shams-ul Imro binosining tashqi tomondan devorlari ko'rinishi Shams-ul Imro binosining devorlari uzun bo'lishiga qaramay, devorda aks etgan arkalar takrorlanmas tarzda naqshlar bilan bezatilgan (2-rasm). Bu bezaklarda inson, hayvonlar, qushlar, gular, hamda naqshli bezaklardan tashkil topgan.

Har bir kompazitsiya o'zining ma'nosi va ramzlariga egaligi bilan kishini o'ylantiradi. Tahlil qilish jarayonida eronlik usta-naqqoshlarning tafakkur bilan o'z ishiga yondashgani kishini lol qoldiradi. Bu naqshlarning koloriti qizil, sariq, pushti, yashil hamda asosi moviy ranglardan tashkil topganligi o'zbek me'moriy obidalarida aks etgan bezaklarning koloriti bilan o'xshashligini ham e'tirof etish lozim. Balki bu ikki xalqning tarixi, tuzumi, dini va qadriyatlari o'xshashligi bilan bog'liqdir. Aslida, bizga tarixdan ma'lum bo'lgan shaharsozlikda mislsiz ishlarni amalaga oshirgan sohibqiron Amir Temur davrida, sohibqironning aql-zakovati bilan eronlik mohir ustlar masjidu-madrasalar qurilishida ishtirok etib, o'z mohirlik san'atlaridan foydalanib, o'zbek me'morchilik bezaklarida o'z ta'sirlarini o'tkazganini ham e'tiborga olish lozim.

Shams-ul Imro binosi devoridagi kompazitsiyani "Blits so'rov-javob usuli" da badiiy, falsafiy tahlil qilib ko'ramiz (1-jadval).

No

Qismlari

Tahlili

1.

Shams-ul Imro binosi devoridagi kompazitsiya

Shams-ul Imro binosi Guliston saroyining sharqiy tomonida joylashgan, kompleksning birinchi binosi hisoblanadi.

Guliston saroyi kompleksining Shams-ul Imro binosini 1876 yilda yevropa me'morchilk san'atidan ilhomlangan holda, butun shaharni baland minoralardan kuzatishni istagan Eronning adolatli podshoxi Nasriddinshox buyrug'iga binoan barpo bo'lgan Shams-ul Imro binosi devoridagi kompazitsiya

2.

Atirgul ramzlar alifbosida go'zallik va sevgi-muhabbat ramzi hisoblanadi.

Atirgul

Chavandozlar

Manzara

Otlar

Farishtalar tasviri

3ta chavandoz bir-biridan farqli tasvirlangan. Mrkazdagi chavandoz- yo'lboshchi kabi libosi ko'k va oti oq rangda tasvirlangani bilan ajralib turibdi. Qo'lida mardonavor nayzani yuqoriga ko"tarib ketmoqda. O'ng tomondagi chavandoz ko'k rangli libos va ko'k rangli otda musiqa asbobini chalib ketmoqda. Bu esa uning san'at ga muhabbat timsolida ekanligi ayon bo'lmoqda. Chap tomondagi chavandoz ko'k libos va pushti otda, qo'lida nayza ko'tarib ketmoqda. Bu uning harbiy ekanligini ayon qilmoqda.

Tabiat manzarasidagi suv, maysalar, gullar, daraxt, baland tog'lar, moviy osmondagi qalin-qalin bulutlar tasvirlanganligi Eron tabiatining go'zallgini, suvlari sokinligini namoyon qiladi.

Ot- serhosillik, hayot ramzi.

It- vafodorlik, sadoqat ramzi.

2ta farishtaning markazda turgan musiqa asbobi arfani ikki tomondan ushlab turganlariga guvoh bo'lishimiz mumkin. Arfa- musiqa asbobi sokinlik ramzida bo'lsa, farishtalar-poklik timsollarini bildiradi.

Kichik kartina ichida old planda oddiy uy va orqa planda davlat idorasining tasviri tushirilganiga guvoh bo'lamiz. Buni yaxshilab tahlil qililb ko'rsak, davlat xalq manfaatlarini o'z manfaatidan ustun qo'yib,

9.

10.

Tasvir

Tasvir

Tasvir

xalqni minnatdorchiligi uchun xizmat qilishini e'tirof etilganiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

Quyosh nurlari aksini bergan davlat xizmat idorasi- bu davlatning adolat bilan tuzumni olib borayotganining tasviri

Baland zina tasviri- Eron davlatining yuqoriga intilib, rivojlanayotgani aks etilgan.

Xulosa: Eronning qudratli, adolatli, xalq manfaatlarini ustun qo'ygan, odil hamda, mamlakatida tinchlikni, osoyishtalikni ta'minlab, yurtiga sadoqatli bo'lib, yurtini rivojlantirib, uni yuqori cho'qqilar sari yetaklab, butun dunyoga tanitgan yetuk podshox- Nasriddinshox ramziy ma'noda ifodalangan.

Kompazitsiyani tahli qiladigan bo'lsak, markazdagi mardonavor nayzasini yuqoriga ko'targan pushti libosli va oq otli chavandozni davlat hukmdori deb olsak, ortidan kelayotgan nayza ushlagan chavandozni harbiy yurishlarida mardonavor g'olib bo'lganligi bilan tenglashtirsak bo'ladi. O'ng tomonidagi musiqa asbobini chalib kelayotgan chavandozni esa davlat hukmdorining san'atni sevuchi, kuchli iqtidor egasi deb bilsak bo'ladi. Chavandozlarning atrofidagi itlarni bo'lsa, ramziy ma'noda hukmdorning o'z mamlakatiga sadoqatliligi bilan baholasak bo'ladi. Agar, tarixga nazar soladigan bo'lsak, Guliston saroyi kompleksining Shams-ul Imro binosini 1876 yilda yevropa me'morchilk san'atidan ilhomlangan holda, butun shaharni baland minoralardan kuzatishni istagan Eronning adolatli podshoxi Nasriddinshox buyrug'iga binoan barpo bo'lganiga guvox bo'lishimiz mumkin. Nasriddinshox o'z davrining yetuk podshoxi sanalib, davlat boshqaruvida, yevropaga sayohatlari, san'atga va shaharsozlikda ko'plab yutuqlarga erishgani bilan boshqa hukmdorlaridan farqli ravishda Eron tarix zarvaraqlaridan joy olgan. Yuqoridagi tarixiy faktlar, badiiy tahlillar, fikrlarni jamlab shunday xulosaga kelish mumkinki, ushbu devoriy kompazitsiya Eronning qudratli, adolatli, xalq manfaatlarini ustun qo'ygan, odil hamda, mamlakatida tinchlikni, osoyishtalikni ta'minlab, yurtiga sadoqatli bo'lib, yurtini rivojlantirib, uni yuqori cho'qqilar sari yetaklab, butun dunyoga tanitgan yetuk podshox-Nasriddinshox uchun ramziy ma'noda bag'ishlanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ushbu

kompazitsiya Nasriddinshox xotirasini viqorli devorlar oralab, yillardan yillarga o'tib, avlodlarga yetkazishi ajab emas.

Mamlakatimiznig boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalari natijasida, biz kabi yosh tadqiqotchilar uchun yangi eshiklarni ochdi. Sababi, tafakkurimizni ortishi uchun nafaqat mamlakatimizdagi, balki jahondagi ko'plab obidalarni o'rganilishimiz biz uchun manfaatli bo'ladi. Guliston saroyining Shams-ul Imro binosi devoridagi birgina devoriy kompazitsiyasi tahlil qilganda oz ramziy ma'nosiga ega ekani namoyon bo'ldi. Bundan tashqari Guliston saroyining 20 ga yaqin binolarining tashqi va ichki tarafidan bir-biriga o'xshamagan, ma'noga, tafakkur va mantiqqa boy bo'lgan kompazitsiya va asrlarini o'rganib tahlil qilinishi lozim.

Oliy ta'lim muassaasalrida yangi fan sifatida qo'yilgan "ramziyshunoslik: darslari jarayonlarida mana shu kabi me'moriy obidalar, san'at asarlarini ta'lim metodlaridan foydalanib tahlil qilish orqali, talabalarda fikrlash qobilyatini rivojlantishi, ularning tafakkurini kengaytirishiga erishishimiz mumkin. Zotan, ertangi kunimiz egalari o'z kasbining ustasi, yuksak iqtidor egalari bo'lib yetsishishlari ta'lim sifatiga bog'liqligini unutmasligimiz lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Asliddin Suyunovning Eron Islom Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayyirobodiy bilan 2022 yil 15-16 sentyabr kuni suhbati.

2. Eron Islom Respublikasi Eron madaniy merosi, hunarmandchilik va turizm tashkiloti ICHHTO. "Guliston saroyi" ensiklopediyasi, Tehron 2012. 500 b.

3. Булатов С.С, Соипова М.С. "Бадиий тах,лил тамойиллари", "Фан ва технология" нашриёти, Т. 2016. 262 б.

4. wikipedia.org

5. uza.uz

6. depositphotos.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.