Научная статья на тему 'MATN KOGERENTLIGI TILNING PRAGMATIK ASPEKTI SIFATIDA'

MATN KOGERENTLIGI TILNING PRAGMATIK ASPEKTI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kogeziya / segment / publitsistik matn / funksional-sintaktik vositalar / assotsiativ kogeziya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sarimsokov Sirojiddin

Ushbu maqolada matnning kogerentligi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Bundan tashqari turli foydalanish usullari, vositalari, matn yasovchi vazifalar hamda turlari belgilanib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MATN KOGERENTLIGI TILNING PRAGMATIK ASPEKTI SIFATIDA»

MATN KOGERENTLIGI TILNING PRAGMATIK ASPEKTI SIFATIDA

Sarimsokov Sirojiddin Shoyzoqovich

Samarqand davlat chet tillar instituti o'qituvchisi sarimsokovsiroj iddin@gmail .com

Annotatsiya. Ushbu maqolada matnning kogerentligi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Bundan tashqari turli foydalanish usullari, vositalari, matn yasovchi vazifalar hamda turlari belgilanib berilgan.

Kalit so'zlar: kogeziya, segment, publitsistik matn, funksional-sintaktik vositalar, assotsiativ kogeziya.

Matnda lingvistik vositalardan foydalanishning tizimliligi so'zlarni tanlash va ulardan foydalanish xarakterini normallashtirishga olib keladi. Ayrim sintaktik tuzilmalarning ustun qo'llanishi, tilning obrazli vositalaridan foydalanish xususiyatlari, gap qismlari o'rtasidagi bog'lanishning turli usullaridan foydalanishdir. Bunday tizimlar nutq uslublari deb ataladi.

Akademik V.V. Vinogradov nutq uslubiga quyidagi ta'rifni beradi: "Uslub - bu ijtimoiy ongli va funksional jihatdan aniqlangan, ichki birlashtirilgan foydalanish usullari to'plami, boshqa o'xshash ifoda usullari bilan taqqoslanadigan u yoki bu mashhur, milliy til sohasida nutq vositalarini tanlash va birlashtirish, boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan, ma'lum bir xalqning nutq ijtimoiy amaliyotida turli xil funksiyalarni bajaradi" [1].

Kogeziya bilan bir qatorda matnning yana bir kategoriyasi ajralib turadi. Bu jumlalarning semantik aloqasi sifatida tushuniladigan kogerentlik, va kogeziya bilan aniqlanmasligi kerak bo'lgan izchillikdir [2]. Matn kogerentligi tilning pragmatik aspektini va kognitiv mexanizmlarini aks ettiruvchi semantik bog'lanishlar majmui tushuniladi. Kogeziya matnni tashkil qiluvchi elementlarning o'zaro munosabati emas, balki matnning semantik bir butunlikda qanday tashkil etilganligini ochib beradi.

Ba'zan matnning bir-biridan ancha uzoqda joylashgan alohida qismlari u yoki bu darajada bog'langan bo'lib chiqadi. Bundan tashqari, aloqa vositalari har doim ham an'anaviy vositalar bilan mos kelmaydi. Ammo gapning alohida segmentlarini ulash uchun allaqachon ma'lum bo'lgan vositalar qo'llanilganda ham, ular ob'ekt miqyosini qamrab oluvchi ba'zi xususiyatlarga ega bo'ladi. Matndagi bu kabi uzlukli tarkiblarni birlashtirish uchun matn elementlarini kategorial ko'rsatkichlarini aniqlash muhim. Shuningdek bu uzluksizlikni ta'minlaydigan maxsus aloqa turlari, ya'ni mantiqiy ketma-ketlik, (temporal va/yoki makonga oid) individual xabarlar, faktlar, harakatlar va boshqalarning o'zaro bog'liqligini aniqlash ahamiyatli sanaladi.

Matndagi kogeziya vositalarini turli mezonlarga ko'ra tasniflash mumkin. Matn yasovchi vazifasiga ega bo'lgan an'anaviy grammatiklardan tashqari ularni mantiqiy, assotsiativ, obrazli, kompozitsion-strukturaviy, stilistik va ritmik yasovchi turlarga bo'linadi.

Shunday qilib, leksik birikma vositalari matnni makon va zamonni tashkil etish funksiyasini, matn bo'laklarini bir vaqtning o'zida bog'lash va matn hosil qilish funksiyasini bajaradi, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Publitsistik matnda eng ko'p uchraydigan leksik vositalar informativ xususiyatga ega bo'lib, matnning mantiqiy tashkil etilishini ta'minlaydigan kirish so'zlari kamroq ifodalanadi. Hozirgi zamon tilshunosligida matn izchil nutq shaklida namoyon bo'ladi, u nutq sub'ektlarining o'zaro ta'siri tufayli uni kontekst bilan to'ldiradi. Nutq matnini tizimli-strukturaviy ko'rib chiqish matnning muhim xususiyatlarini bir butun sifatida tugatmaydi, chunki matn faqat grammatik tuzilish bilan tavsiflanmaydi. Matnning uyg'unligi va yaxlitligi tabiatan har xil bo'lishi mumkin. Matnni jarayon va natija sifatida ko'rib chiqsak, publitsistik tizimida har qanday turdagi ma'lumotlarning axborot yordamida aktuallashuvi boshqa turdagi munosabatlarga bog'liqligini ta'minlashga xizmat qilishini ko'rish mumkin.

Tadqiqotchilar kogeziyaning quyidagi vositalarini aniqlagan: leksik (takrorlashning turli xil turlari, sinonimlar, antonimlar, paronimlar va boshqalar); fonetik (intonatsiya, ovoz yozish vositalari); morfologik (fe'llarning aspektual-zamon aloqasi, shaxs shakllari, mayl, bog'lovchilarning qo'llanilishi, bog'lovchi so'zlar,

olmoshlar va boshqalar); sintaktik (so'zlaming tartibi, sintaktik parallelizm va boshqalar); stilistik (turli xil obrazlar, shakllar, rag'batlantirish usullari va turlari).

Kogeziyaning funksional-sintaktik vositalari sifatida leksik-grammatik vositalar ya'ni otlar, olmoshlarning barcha turlari (kishilik, egalik, gumon, ko'rsatish va boshqalar) makonga va zamonga oid ravishlar; alohida yakka ko'rsatish olmoshlari; mavhum va desemantlashgan otlar, murakkab birikmalar kiradi. Funksional-sintaktik vositalarga maxsus aloqa tuzilmalari, kirish so'zlari, anaforik muvofiqlashtiruvchi birikmalar va mantiqiy ravishlar kiradi narechiya [3]. Maxsus aloqa tuzilmalarining leksik-grammatik vositalardan asosiy farqi shundaki, ular gapning leksik tomoni bilan bog'lanmaydi va faqat sintaktik vazifani bajaradi.

Sanab o'tilgan vositalarni mantiqiy kogeziya deb hisoblash mumkin. Chunki ular mantiqiy - falsafiy tushunchalar, mazmun ketma-ketligini ta'minlovchi, vaqt va makonga oid ma'lumotlar mosligi, sabab-oqibat munosabatlari tushunchalarini qamrab oladi. Ushbu vositalar osongina dekodlanadi va shuning uchun o'quvchilarning e'tiborini tortmaydi, ixtiyoriy yoki ixtiyoriy bo'lmagan holda bog'langan birliklar va kogeziya vositalari o'rtasidagi nomuvofiqlik aniqlangan hollar bundan mustasno. Aynan, mantiqiy kogeziya vositalarida muloqotning grammatik va matn shakllarining kesishishi kuzatiladi.

Kogeziya maqomini olgan grammatik vositalar qayta ta'kidlanadi va shu tariqa matnga aylanadi. Assotsiativ kogeziya matn strukturasining boshqa xususiyatlariga, ya'ni retrospeksiya, konnotatsiya va sub'ektiv-baholash modalligiga asoslanadi. Assotsiativ kogeziya har doim ham qo'lga kiritilmaydi. Biroq, u ba'zan tasvirlangan hodisalar orasidagi bog'lanishlarni aniqlaydi.

Kompozitsiyaviy-strukturaviy kogeziya shakllariga, birinchi navbatda, xabarning ketma-ketligi va mantiqiy tashkil etilishini buzadigan, hikoyaning asosiy mavzusi (syujeti) bilan bevosita bog'liq bo'lmagan hodisalar, voqealar, harakatlarning qo'shimchalari, vaqt yoki makonga oid tavsiflari kiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Виноградов В.В. Итоги обсуждения вопросов стилистики // Вопросы языкознания. - М., 1955. - №1. - С. 73.

2. Бабенко Л.Г. Лингвистический анализ художественного текста. Теория и практика: Учебник. Практикум / Бабенко Л.Г., Казарин Ю.В. - 4-е изд., испр. -М.: Флинта, 2006. - 496 с.

3. Котюрова М. П. О понятии связности и средствах ее выражения в русской научной речи // Язык и стиль научной литературы: теоретические и прикладные проблемы: сб. М.: Изд-во «Наука», 1977. С. 139-159.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.