Научная статья на тему 'JURNALISTIK MATN TAHRIRI: TIL VA MAHORAT'

JURNALISTIK MATN TAHRIRI: TIL VA MAHORAT Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1049
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
media tili / tahrir mahorati / jurnalistika / mediamatn / publitsistik uslub. / media language / editing skills / journalism / media text / journalistic style.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Teshabaeva, Dilfuza, Israil, Mukaddas

Jurnalistik matnning kommunikativ funksiyasi muharrirdan adresat bilan aloqa o‘rnatuvchi usullar hamda filologik bilim asosida muharrirning ijtimoiy muloqot tizimidagi rolini anglash imkonini beradi. OAVdagi muharrirning ijodiy mehnatning jamoaviyligi, har bir jurnalist uchun zarur kasbiy malakalar hamda lingvistik bilimlar borasidagi mahorati uning o‘z tahriri borasidagi shahsiy fazilatlarni talab qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

JOURNALISTIC TEXT EDITING: LANGUAGE AND SKILLS

The communicative function of a journalistic text enables the editor to realize his role in the system of social communication based on the ways of establishing communication with the addressee and philological knowledge. The collectivity of the creative work of the editor in the media, the professional skills necessary for each journalist, as well as the mastery of the use of linguistic knowledge requires personal qualities in the field of editing.

Текст научной работы на тему «JURNALISTIK MATN TAHRIRI: TIL VA MAHORAT»

JURNALISTIK MATN TAHRIRI: TIL VA MAHORAT

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-378-384

Filol.f.d. Dilfuza TESHABAEVA,

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori,

Toshkent, O'zbekiston.

Tel: +998 (90) 907 72 74); (dilfuza bonu@mail.ru Filol.f.n. Mukaddas ISRAIL, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori,

Toshkent, O'zbekiston.

+998 (90) 905 20 84); (israil 19mukaddas@gmail.com

Annotatsiya. Jurnalistik matnning kommunikativ funksiyasi muharrirdan adresat bilan aloqa o 'rnatuvchi usullar hamda filologik bilim asosida muharrirning ijtimoiy muloqot tizimidagi rolini anglash imkonini beradi. OAVdagi muharrirning ijodiy mehnatning jamoaviyligi, har bir jurnalist uchun zarur kasbiy malakalar hamda lingvistik bilimlar borasidagi mahorati uning o Z tahriri borasidagi shahsiy fazilatlarni talab qiladi.

Kalit so'zlar: media tili, tahrir mahorati, jurnalistika, mediamatn, publitsistik uslub.

Аннотация. Коммуникативная функция журналистского текста даёт возможность редактору осознать его роль в системе социальной коммуникatsiи на основе способов установления коммуникatsiи с адресатом, также филологических знаний. Коллективность творческого труда редактора в СМИ, профессиональные навыки, необходимые для каждого журналиста, мастерство использования лингвистических знаний требует личностных качеств в области редактирования.

Ключевые слова: язык медиа, мастерство редактирования, журналистика, медиатекст, публицистический стиль.

Abstract. The communicative function of a journalistic text enables the editor to realize his role in the system of social communication based on the ways of establishing communication with the addressee and philological knowledge. The collectivity of the creative work of the editor in the media, the professional skills necessary for each journalist, as well as the mastery of the use of linguistic knowledge requires personal qualities in the field of editing.

Keywords: media language, editing skills, journalism, media text, journalistic

style.

R.

om

Ommaviy axborot va targ'ibot vositalari ijtimoiy ongni shakllantirish va aks ettirishning muhim quroli hisoblanadi. Mamlakatda bir iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlardan boshqasiga o'tish, jamiyatimiz barcha sohalarida chuqur islohotlarni amalga oshirish, kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati tomon borish inson huquqlari to'liq kafolatlangan demokratik tuzumni barpo etish borasidagi davlat siyosatini keng targ'ib qilishda ularning xizmati beqiyosdir. Ular hokimiyat idoralarining keng xalq ommasi bilan bog'lovchi vazifasini o'taydi, adabiy tilning rivojiga ulkan hissa qo'shadi, mazmuni, bayoni bilan publitsistik uslubni uning rang-barang leksik, frazeologik, grammatik va uslubiy qirralarini yaqqol namoyon etuvchi soha hisoblanadi.

Adabiy tahrir - maqsadi va tabiatiga ko'ra boshqa amaliy filologik bilimlar sohasi qatoridan o'rin olgan yosh amaliy fanlardan biri hisoblanadi. U ham mazkur sohaga oid boshqa fanlar kabi an'anaviy tarzda, ya'ni matn bilan xususiy usullar orqali muayyan vaziyat va amaliy masalalarni hal etish bilan bog'liq tarzda ishlash, mazkur ishlash usullarini tizimlashtirish va ilmiy anglash asosida shakllanib kelgan. Jurnalist yozish san'atini, mazkur san'at namunalarini, nazariyasini sinchiklab o'rganib, o'z fikr va niyatlarini chiqishlari matnlariga tatbiq etib, butun hayoti davomida o'rganib boradi. Shu bilan birga, har bir jurnalistning faoliyatida boshqa mualiflar tomonidan bitilgan turli materiallar bilan ishlash, ya'ni muharrirlik ishi ham asosiy o'rin egallaydi.

Nashr sohasidagi «tahrir» tushunchasining turlicha talqini mavjud. Tahrir ishi deganda, avvalo, ijtimoiy-adabiy va mafkuraviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat nashriyot, matbuot, radioeshittirish va teleko'rsatuv organlari bilan bog'liqdir.

Tahrir arabcha - xarrara: qutqarmoq, ozod qilmoq ma'no ifodasini beradi. Nashr sohasidagi «tahrir» tushunchasining turlicha talqini mavjud. Tahrir ishi deganda, avvalo, ijtimoiy-adabiy va mafkuraviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat nashriyot, matbuot, radioeshittirish va teleko'rsatuv organlari bilan bog'liqdir.

Adabiy tahrirni qisqacha g'oyalar, tushunchalar, muallif fikrlarini asoslovchi ishonarli dalillarni yanada aniqroq so'zlar, ifodalar orqali yetkazish uchun olib boriladigan izlanishlar jarayoni, deb atash mumkin.

Muharrir kasbi azaldan o'z an'analariga ega bo'lgan, zero dastlab tahrirlash, muharrirlik matnni adabiy qayta ishlash zaylida olib borilgan.

Adabiy muharrir nashrga tayyorlangan materialning mazmuni va adabiy tuzilishiga javob beradi. Bu muallif bilan ishlashda muharrir, birinchi navbatda, publikatsiya mavzusining tanlanishiga e'tiborni qaratishi kerak. Bunda muharrir tomonidan materialning baholanishida uning mavzusining dolzarbligi, ishonchliligi va aniqligi asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi.

Til va uslub tahlili, umuman aytganda, adabiy tahrir amaliy uslubiyat bilan bog'liq. Bunday tahlil ega va kesimning to'g'ri joylashtirilishi, ikkinchi darajali bo'laklarning o'rni va hokazolarnigina nazarda tutmaydi, balki, agar maxsus qo'llash taqozo etilmasa, bir xil so'zlardan yoki o'zakdosh so'zlardan takror foydalanish maqbul emasligini, tildagi tasviriy vositalar, garchi ular nutqning jozibadorligini oshirsa-da, ko'plab ishlatishlik salbiy natija berishini va bermasligini o'rgatadi. Muharrir adabiy tahrir va amaliy uslubiyat tufayli ega - kesim mosligi, qanday hollarda bir so'zni takror qo'llash mumkin yoki o'rinli ekanligini, jumla tuzish qoidalari hamda me'yorlarini bilib oladi.

Adabiy tahrir til me'rlari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, tahrir jarayonida nutqiy xatoliklar tipologiyasi mavjud. Xatoliklar tipologiyasi adabiy til me'yorlarini (fonetik, leksik, orfografik, stilistik va h.k.) o'z ichiga oladi. Nutqning to'g'riligi bu - jurnalist va o'quvchining o'zaro anglashuvini ta'minlovchi asosiy kommunikativ xususiyatdir. Zero, to'g'ri nutq bu nutqning kommunikativ sifatlariga to'la amal qilishdir.

Jurnalist nutq faoliyati davomida ko'zlangan kommunikativ maqsadlarga erishish uchun nutqning kommunikativ sifatlariga amal qilishi, o'z nutqini aniq, to'g'ri, mantiqiy, o'rinli qura olishi va uning sofligini ta'minlashi lozim. Tahrir ijodiy jarayon bo'lib, muxarrirdan nutqiy mahorat va adabiy til me'yorlari bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishni talab qiladi.

Xatolar va ularning turlariga oid tadqiqotlarda ularning turlicha tasniflash hollari kuzatildi. Nutqni grammatik jihatdan to'g'ri qurish, ya'ni so'z yasash, so'z o'zgartirish, so'z birikmalari va gaplardagi to'g'ri grammatik bog'lanishlarning buzilishi grammatik xatolar sifatida tan olinadi. Nutqiy xatolar, grammatik xatolardan farqli o'laroq, til

birliklarining tarkibi yoki tuzilishida emas, balki ularni qo'llashda, aniqroq aytganda, ko'proq to'g'ri tuzilgan so'z va so'z birikmalarini noto'g'ri, noo'rin, nojo'ya qo'llashda kuzatiladi.

Endi tahririyat faoliyati tushunchasiga to'xtalib o'tamiz. Tahririyat faoliyati - bu nashrlar matnlarining majmuaviy tekshiruvlarini qamrab oladi, ya'ni: matnning tushunarliligi, mantiqiyligi, dolzarbligi, samaradorligi, aniqligi va tekshirilish nuqtai nazaridan nashr yoki OAV konsepsiyasiga uslubiy va mafkuraviy muvofiqligi nuqtai nazaridan nashr etish uchun tayyorlanadigan harakatlar majmuasidir. Amalda har bir muharrir nashr qilish, dastur uslubi, tahrir qilish usuli hamda o'z g'oyalariga tayanib ish ko'radi. Ta'kidlash joizki, sotsiologlarning fikricha, tahririyat va jurnalistlar o'rtasida ko'pincha paradoks holat yuzaga keladi: jurnalist va tahririyatning g'oyaviy qarashlari bir-biridan keskin farq qiladi [1, 165]. Bu ko'proq xodimlarning tahririyat ish faoliyati bilan aniq tanishmaganliklaridan kelib chiqadi. Bunda jurnalistlar asosan gazeta va jurnal sonlarini tanlov asosida o'qib, e'lon qilingan maqolalarning natijalari bilan yaxshi tanishmaydi. Shuning uchun tahrirlash usulida eng asosiy e'tibor davriy tuzatishni talab qiladi.

OAVda nashr etish uchun mo'ljallangan matnlarni tahrir qilish eng avval janr nuqtai nazaridan tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Matbuot janrlarning tipologiyasiga ko'ra u an'anaviy uch yo'nalishni qamrab oladi: axborot, tahliliy, badiiy-publitsistik. So'nggi o'n yillikda amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko'ra an'anaviy gazeta janrlari klassifikatsiyasi tubdan o'zgardi [2,49]. Biroq, jurnalistik matnlarni tahrir qilishda ko'proq standart yondashuv, an'anaviy janrlarga mos keladi. Har qanday matnning tipologik xususiyati bu matnning kategoriya toifasidan kelib chiqib, o'zida mantiqiy bog'liqlikni aks ettiradi [3, 17]. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, matn quyida berilgan toifalarga bo'linadi:

1. Matn ketma-ketligi tamoyiliga ko'ra til birliklari, unsurlardan tashkil topgan chiziqli kategoriya.

2. Umumiy semantika va matn funksiyalariga bilan birlashtirilgan turli xil lisoniy til birliklari bilan boyitilgan, shuningdek til tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi matn maydoni kategoriyasi.

3. Hajm kategoriyasi - matnning butun mohiyati muallif xohish-istaklarini to'liq aks ettiradi. Matnni tahlil qilishdagi bunday yondashuv

tabiatan lingvistikadan sintaktik-kompozitsiyaviy darajagacha bo'lgan barcha darajalarni qamrab oladi [4, 81]. Ammo fikrimizcha, jurnalistik materialni tahlil qilishda, uning funksional yo'nalishiga alohida e'tibor qaratib, matnning kommunikativ maqsadini aniqlashtirish kerak. Matn tarkibidagi til birliklarining funksiyalari va yo'naltirilgan maqsadi kommunikativ birlik sifatida matnning keyingi vazifalariga erishishdagi ikkinchi yo'nalishdir. Bunda uning janrga mos kelishini hisobga olish zarur.

Til vositalarini tanlashda shaklning murakkabligi bilan baholanib, bu janrlar o'rtasidagi chegaralarning yo'qolishiga olib keladi. Fikrimizcha, ushbu holatdagi janrga bo'lgan qarash matn tahlilini o'zgartirmaydi. Matn tahriri ustida ishlashga tayyorlanish algoritmi quyidagicha ifodalanishi mumkin: ma'lumotlar sababi ^janr tanlash ^funksiyani aniqlash ^maqsadni aniqlash ^ma'lumotni qidirish va tekshirish ^matn ustida ishlash.

Muallifning pozitsiyasi minimal shakldan matnning asosiga qadar o'zgarishi mumkin. Muallifning jurnalistikadagi roli xilma-xil: korrespondent va muxbirdan to feletondagi niqobli komik shaxsgacha. Reportajdan tashqari barcha axboriy janrda muallif pozitsiyasining aks etishi voqelikdagi haqiqat omilini tanlash va unga voqea maqomini berish bilan cheklanadi.

Odatda, matnda muallifning fikri va bahosi mavjud bo'lmaydi, chunki jurnalistning asosiy maqsadi tinglovchilarga tezkor, aniq va ob'ektiv ma'lumotlarni berish va xabardor qilishdir. Tahliliy matnlarda jurnalistning nuqtai nazari nafaqat to'g'ridan-to'g'ri muallifning o'zinikigina emas, balki manfaatdor tomonlarning dalillarini tanlashda ham namoyon bo'ladi. Ta'kidlash joizki, barcha tahliliy janrlar ichida tahliliy yozishmalar janrdagi matn eng ob'ektiv shakl bo'lib, bu muallifning mavqeiga bog'liq bo'lmaydi, chunki muallif emas, balki voqea yoki hodisaning mantig'i talab etiladi. Bu, ehtimol, muammo emas, balki hodisaga asoslangan yagona tahliliy janrdir [7, 467]. Albatta u ijtimoiy hodisa yoki mavjud muammolar haqida xabar beradigan va boshqa bir-biriga bog'liq o'zaro mutanosib hodisalarni ko'rib chiqadi. Qolaversa, tahliliy janrdagi matnlarni tayyorlashda maqolaga qaraganda ancha kam vaqt sarflanadi. Axborot bazasi ham qat'iy tartibga solinadi: agar axborotni

yozishda axborot agentligining nomi kifoya qilsa, tahliliy korrespondensiyada uning manzili, ma'lumotlarning aniq manbalari topilishi lozim. Axborotni yig'ish usullari janr nuqtai nazaridan qat'iy farq qiladi.

Muharrir matnda ma'lumot to'plash usullarining to'g'ri bajarilishini kuzatishi kerak. Masalan, hujjatlardagi vakolatli shaxslarning unsurlari tahlil qilishning ma'lum bir atributlari bilan aks ettiriladi: "mutaxassislar fikriga ko'ra..."; "so'nggi statistik ma'lumotlarga ko'ra" va boshqalar. Jurnalist kuzatuvlari natijalari turli xil va darajadagi matnlarning ifodalanish usuli: kirish, kiritilgan sintaktik tuzilmalar, baholovchi leksika, frazeologik ifoda usullari va h.k.da ifodalanadi.

Shubhasiz, har qanday matndagi ma'lumotlar bazasi har tomonlama tugal bo'lishi kerak. Mantiqiy g'aliz matnlarga kelsak, ular shartli ravishda kontekstual va assotsiativ bog'langanligini ta'kidlaydi.

Shunday qilib, jurnalist nutq faoliyati davomida ko'zlangan kommunikativ maqsadlarga erishish uchun nutqning kommunikativ sifatlariga amal qilishi, o'z nutqini aniq, to'g'ri, mantiqiy, o'rinli qura olishi va uning sofligini ta'minlashi lozim. Tahrir ijodiy jarayon bo'lib, muharrirdan nutqiy mahorat va adabiy til me'yorlari bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishni talab qiladi

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Социология журналистики. // Под ред. С.Г. Корконосенко. - СПб.: Аспект-Пресс, 2004.

2. Коньков В.И. Речевая структура газетных жанров : учебное пособие. -СПб. :Роза мира, 2004.

3. Ванников Ю.В. К обоснованию общей типологии текстов, функционирующих в сфере научно-технического перевода. // Текст как объект лингвистического анализа и перевода. - М., 1984.

4. Матвеева Т.В. Функциональные стили в аспекте текстовых категорий. -Свердловск, 1990.

5. Накорякова К.М. Литературное редактирование материалов массовой информaции. - М.: МГУ, 1994.

6. Тертычный А.А. Аналитическая журналистика: познавательно-психологический подход. - М.: Аспект Пресс, 2005.

7. Тешабаева Д.М., Бакиева Г.Х., Исраил М.И., Тошмухамедова Л.И., Нуритдинова М.Ч. Журналистика. III жилд. Медиалингвистика ва тахрир. - Т.: O'zbekiston, 2019.

8. Artikova, M. (2015). Los problemas culturales de aprender: La lengua española por los estudiantes uzbekos. In La enseñanza del español en el contexto de las artes y la cultura: actas del XLIX Congreso Internacional de la Asociación Europea de

r

Profesores de Español (AEPE), celebrado en Avila (España), del 21 al 25 de julio de 2014 (pp. 127-132). Asociación Europea de Profesores de Español (AEPE).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.