Научная статья на тему 'MATHCAD DASTURI INTERFEYSI. MATEMATIK IFODALARNI QURISH VA HISOBLASH, SONLARNI FORMATLASH'

MATHCAD DASTURI INTERFEYSI. MATEMATIK IFODALARNI QURISH VA HISOBLASH, SONLARNI FORMATLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6110
430
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mathcad dasturi / grafik / matematika / formula / hisoblash / internet / inovatsiya / Mathcad software / graphics / mathematics / formula / calculation / internet / innovation

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Baxora Muratova

Ta’limda yillar davomida yangiliklar takomillashib bormoqda. Insonlar qadimda matematikani xisoblay oladigan va grafiklarini chiza oladigan dasturlar xaqida tasavurga xam ega bo’lishmagan. Ushbu dasturlar ichida eng ommalashgan dastur bu MathCAD hisoblanadi. Bugungi kunda rus va ingliz tillarini mukammal bilgan xar bir insonlar xech qanday qiyinchiliklarsiz MathCAD dasturidan foydalana oladilar. Ushbu dastur bizga matematikaning barcha soxalaridagi misollarni ishlash bilan birga turli xil murakkab grafiklarni ham chiza olish va tasavvur qila olish imkonini beradi. Ushbu dasturda geometric shakllarni xar tomondan kurish mumkin. Bu esa fikrlash qobiliyatini shakllantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MATHCAD SOFTWARE INTERFACE. CONSTRUCT AND CALCULATE MATHEMATICAL EXPRESSIONS, FORMAT NUMBERS

Innovation in education has improved over the years. In ancient times, people had no idea about programs that could calculate in mathematics and draw graphs. The most popular of these programs is MathCAD. Today, anyone who is fluent in Russian and English can easily use MathCAD. This program allows us to draw and present various complex graphs, as well as working examples in all areas of mathematics. In this program, geometric shapes can be built from all sides. This forms the ability to think.

Текст научной работы на тему «MATHCAD DASTURI INTERFEYSI. MATEMATIK IFODALARNI QURISH VA HISOBLASH, SONLARNI FORMATLASH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-41-47

MATHCAD DASTURI INTERFEYSI. MATEMATIK IFODALARNI QURISH VA HISOBLASH, SONLARNI FORMATLASH

Baxora Muratova

Qarshi irrigatsiya va agrotexologiyalar universiteti

ANNOTATSIYA

Ta'limda yillar davomida yangiliklar takomillashib bormoqda. Insonlar qadimda matematikani xisoblay oladigan va grafiklarini chiza oladigan dasturlar xaqida tasavurga xam ega bo'lishmagan. Ushbu dasturlar ichida eng ommalashgan dastur bu MathCAD hisoblanadi. Bugungi kunda rus va ingliz tillarini mukammal bilgan xar bir insonlar xech qanday qiyinchiliklarsiz MathCAD dasturidan foydalana oladilar. Ushbu dastur bizga matematikaning barcha soxalaridagi misollarni ishlash bilan birga turli xil murakkab grafiklarni ham chiza olish va tasavvur qila olish imkonini beradi. Ushbu dasturda geometric shakllarni xar tomondan kurish mumkin. Bu esa fikrlash qobiliyatini shakllantiradi.

Kalit so'zlar: Mathcad dasturi, grafik, matematika, formula, hisoblash, internet, inovatsiya

MATHCAD SOFTWARE INTERFACE. CONSTRUCT AND CALCULATE MATHEMATICAL EXPRESSIONS, FORMAT NUMBERS

ABSTRACT

Innovation in education has improved over the years. In ancient times, people had no idea about programs that could calculate in mathematics and draw graphs. The most popular of these programs is MathCAD. Today, anyone who is fluent in Russian and English can easily use MathCAD. This program allows us to draw and present various complex graphs, as well as working examples in all areas of mathematics. In this program, geometric shapes can be built from all sides. This forms the ability to think.

Keywords: Mathcad software, graphics, mathematics, formula, calculation, internet, innovation

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-41-47

KIRISH

Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir.

Umuman olganda Mathcad - bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo'llashning unikal kolleksiyasidir. U o'z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig'ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.

Mathcad paketi muxandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo'lib, u professional matematiklar uchun mo'ljallangan. Uning yordamida o'zgaruvchi va o'zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni yechish uchun o'z dasturlash tiliga ham ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o'xshash. Mathcad ishga tushurilgandan so'ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag'i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to'plamini o'z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo'yicha bir necha buyruqlarni o'z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o'z ichiga olgan bo'lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo'llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning matematik panel vositalari ko'rsatilgan (1-rasm):

Colculator (Kolkulyator) - asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) - grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) - matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni; Evluation (Baholash) - qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) - differensiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) - mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashirish) - dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish opreatorlari; Greek (Grek harflari) - Symbolik belgililar ustida ishlash uchun

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-41-47

operatorlar.

|o] File Edit View Insert Format Math Symbolics Window Help _ o1 >

□ & y » a % % © O O- | » m i? = & A 1110» Tj|gl t

| Normal jJ| Arial ~3| b i j = — ==

IS * № xs <? £ aß *)

A

+

a ß y 8 s t

v 6 i k X /i

v £ o x p a

t u x v W

A B T A E Z

H © I K A M

N 5 O n P E

T Y <t> X V Q

1-rasm. Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshlang'ich holatda ekranda kursor krestik ko'rinishda bo'ladi. Ifodani kiritishda u kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko'k burchakli holatga o'tadi. Mathcadning har qanday operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin:

• menyu buyrug'idan foydalanib;

• klaviatura tugmalaridan foydalanib;

• matematik paneldan foydalanib.

O'zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori ":=" ishlatiladi. Hisoblashlarni amalga oshirish uchun oldin formuladagi o'zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda yozilib tenglik '-" belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo'ladi.

Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalaniladi.

Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan

• kesib olish - Ctrl+x;

• nusxa olish - Ctrl+c;

• qo'yish - Ctrl+v;

• bajarishni bekor qilish - Ctrl+z.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-41-47

2-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.

Mathcad 200 dan ortiq o'zida qurilgan funksiyalariga ega bo'lib, ulami matematik ifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function (Funksiyani qo'yish) tugmasiga bog'langan muloqot oynasidan foydalaniladi.

Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Inserts-Text Region (Qo'yish^-Matn maydoni) buyrug'ini berish yoki yaxshisi klaviaturadan ikkitali kavichka (") belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma'lumotini kiritish uchun ekranda matn kiritish maydoni paydo bo'ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani yozish uchun matematik maydonni ham qo'yish mumkin. Buning uchun shu matn maydonida turib Inserts-Math Region (Qo'yishs-Matematik maydoni) buyrug'ini berish kifoya. Bu maydondagi kiritilgan matematik ifodalar ham oddiy kiritilgan matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi.

Mathcadda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va uning effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko'rsatilib, undan keyin yuborish operatori (:=) va hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan o'zgaruvchi kattaliklari funksiya parametri qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi (3-rasm).

Diskret o'zgaruvchilar va sonlarni formatlash

Mathcadda diskret o'zgaruvchilar deganda sikl operatorini tushunish kerak. Bunday o'zgaruvchilar ma'lum qadam bilan o'suvchi yoki kamayuvchi sonlarni ketma-ket qabul qiladi. Masalan:

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-41-47

Z^ Mathcad Professional - [Foydal_Funk.mcd] BS®

\g\ File Edit View Insert Format Math Symbolics Window Help

d ^ y # a ^ is да W> = v. ^ л |юо* д.

¡Normal t|| Arial -||l0 в ^ и til IE!

в & т *= ш <? <*ß щ

®oüflajiaHyBMM (JjyHKmincM А |

x := 3 a := 0 .4 z := 2

Гх 3 F(z) := sin'x z*1 Fl(z) := f(z) dz F2(z) := — F(z) F3(z) := -^f(z) ■>o dz dz

Бу ерда x ва а узгармаслар. z нинг бир катор кийматини киритиб функция массав кийматларини ёки функция графигини чиыариш мумкин.

< 1 V Jäi

Press Fl For help. AUTO NUM Page 1

3-rasm. Hisoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish.

x:=0...5. Bu shuni bildiradiki bu o'zgaruvchi qiymati qator bir necha qiymatlardir, ya'ni

x=0,1,2,3,4,5.

x:=1,1.1..5. Bunda 1 - birinchi sonni, 1,1 - ikkinchi sonni, 5 - oxirgi sonni bildiradi. x:=A,A+B..B. Bunda A - birinchi, A+B - ikkinchi, B - oxirgi sonni bildiradi.

XULOSA

Izoh! O'zgaruvchi diapazonini ko'rsatishda ikki nuqta o'rniga klaviaturadan (;) nuqta vergul kiritiladi yoki Matrix (Matritsa) panelidan Range Variable (Diskret o'zgaruvchi) tugmasi bosiladi. Hisoblangan qiymatni chiqarish uchun esa o'zgaruvchi va tenglik belgisini kiritish kifoya. Natijada o'zgaruvchi qiymati ketma-ket jadvalda chiqadi. Masalan, x:=0..5 deb yozib, keyin x= kiritish kerak.

Foydalanuvchi funksiyaning uning argumentiga mos qiymatlarini hisoblab chiqarish va bu qiymatlarni jadval yoki grafik ko'rinishda tasvirlashda diskret o'zgaruvchilardan foydalanish qulaylikni keltiradi. Masalan, f(x)=sin(x)DCos(x) funksiya qiymatlarini x ning 0 dan 5 gacha bo'lgan qiymatlarida hisoblash kerak bo'lsa, u holda quyidagi kiritishni amalga oshirish kerak: f(x)=sin(x)DCos(x) x:=0..5 f(x)=javob.

Sonlarni formatlash. Odatda Mathcad 20 belgi aniqligigacha matematik ifodalarni hisoblaydi. Hisoblash natijalarini kerakli formatga o'zgartirish uchun sichqoncha ko'rsatgichini sonli hisob chiqadigan joyga keltirib, ikki marta tez-tez bosish kerak. Natijada sonlarni formatlash natijasi Result Format oynasi paydo

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-41-47

bo'ladi. Sonlarni formatlash quyidagilardir:

• General (Asosiy) - o'z holida qabul qilish. Son eksponensial ko'rinishda tasvirlanadi.

• Decimal (O'nlik) - o'nlik qo'zg'aluvchan nuqta ko'rinishda tasvirlanuvchi son (masalan, 12.5564).

• Skientific (Ilmiy) - son faqat darajada tasvirlanadi (masalan, 1.22*105).

• Engeneering (muxandislik) - sonning darajasi faqat 3 ga karrali qilinib tasvirlanadi (masalan, 1.22*106).

• Fraction (Kasr) - son to'g'ri yoki noto'g'ri kasr ko'rinishida tasvirlanadi.

4-rasm.Sonlarni formatlash va qiymatlarni har xil formada tasvirlash.

REFERENCES

1. Алексеев Е.Р., Чеснокова О.В. Основы работы в математическом пакете MathCAD. ДонНТУ, 2012-187с.

2. Васильев А.Н. MathCAD 13 на примерах. БХВ-Петербург, 2016-528с.

3. Nguyen M.A. MathCAD Professional Tutorial-Colorado State University 2013-312p.

4. Banker Hans. Practical Use of MathCAD; Solving mathematical problems with a computer algebra system. Translated by Anthony Rudd.-springer 1999-505p.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Solodov A.U.Ochkov V.N. Differential models: An Introduction with MathCAD. springer 2012-324p.

6. http://matematika88888.blogspot.com/2009/07/MathCAD.html

7. http://www.MathCAD.org/cms/

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-41-47

8. http: //ru.wikipedia.org/wiki/MathCAD

9. http://www.slideshare.net/marinmets/MathCAD-1962501

10. http://alexlarin.com/viewtopic.php

11. http://marinmets.blogspot.com/2010/02/MathCAD.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.