Научная статья на тему 'MATEMATIKAДАН MASALALAR YECHISH BOSQICHLARI'

MATEMATIKAДАН MASALALAR YECHISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
masala / mashq / masla yechish / syujetli masala / masala yo„nalishi / masala bosqichlari / olimpiada masalalari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. Jo‘Rayeva

Ushbu maqola matematika fanining asosiy bo'limlaridan biri bo`lgan masalalar yechish mavzusiga qaratilgan bo`lib, matematikani o`qitishda masalaning roli va dolzarbligi hamda maqsadi va vazifalari matematikadan masalalar yechish bo`yicha umumiy ko`rsatmalar, mashq va masalalar asosiy vosita sifatida bo`lib, unda masalalarni sitemalashtirish bo`yicha tushunchalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MATEMATIKAДАН MASALALAR YECHISH BOSQICHLARI»

МАТЕМАТ1КАДАН MASALALAR YECHISH BOSQICHLARI

M. Jo'rayeva

O'zMU matematika fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola matematika fanining asosiy bo'limlaridan biri bolgan masalalar yechish mavzusiga qaratilgan bolib, matematikani oqitishda masalaning roli va dolzarbligi hamda maqsadi va vazifalari matematikadan masalalar yechish boyicha umumiy korsatmalar, mashq va masalalar asosiy vosita sifatida bo lib, unda masalalarni sitemalashtirish boyicha tushunchalar berilgan.

Kalit so'zlar: masala, mashq, masla yechish, syujetli masala, masala yo'nalishi, masala bosqichlari, olimpiada masalalari

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена теме решения задач, которая является одним из основных разделов математики, роли и актуальности проблемы в обучении математике, а также ее целям и задачам. основной инструмент решения задач по математике, в котором даются понятия по систематизации вопросов.

Ключевые слова: задача, упражнение, решение задачи, сюжетная задача, направление задачи, этапы задачи, олимпиадные задачи

ABSTRACT

This article is focused on the topic of solving problems, which is one of the main sections of mathematics, the role and relevance of the problem in teaching mathematics, as well as its goals and objectives. General instructions, exercises and problems are the main tool for solving problems from mathematics. as, in which concepts on systematization of issues are given.

Keywords: problem, exercise, problem solving, plot problem, problem direction, problem steps, Olympiad problems

Maktabda matematika o'qitish metodikasining asosiy vazifasi o'quvchi yoshiga mos kundalik turmushda va mehnat faoliyatida qo'llaniladigan, kelajakda ta'lim olishni davom ettirishda zarur bo'lgan matematik bilimlar va ko'nikmalarini ongli ravishda mustahkam egallashni ta'minlashdan iborat.

Matematikani o qitishda syujetli masalalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Syujetli masalalar kopincha evristik metodlarda yechiladi. Masalalarni

412

tenglama tuzib echish usullari asosiy va keng tarqalgandir. Masalalar yechishda nimalarga ahamiyat berilishi va qanday vazifa va tavsiyalar asosida berilishiga e'tibor qaratish muhim hisoblanadi.

Ma'lumki, matematikada biror nazariy materialni o'zlashtirish va uni mustahkamlash ko'p hollarda masala yechish orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan masala yechish jarayonini to'g'ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Matematikadan masalalar yechish bo'yicha umumiy ko'rsatmalar

Ma'lumki, matematikada biror nazariy materialni o'zlashtirish va uni mustahkamlash ko'p hollarda masala yechish orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan masala yechish jarayonini to'g'ri tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Matematikadan masalalar qanday yechiladi?

Masalani yechish uchun sizga yaxshi reja kerak bo'ladi. Quyida shunday rejani keltiramiz. Sizga bu raja kelgusida ko'p masalalar yechishga asqotadi.

Masala yechish rejasi 4 bosqichdan iborat.

I bosqich. Masalani tushunish

• Sizga nima berilgan va sizdan nimani topish yoki isbotlash so'ralayapti? Masalani o'z tilingizda ifodalab oling.

• Qanday ma'lumotlar berilgan? Masalada qaysi matematik obekt yoki tushuncha va uning qaysi xossalari haqida so'z boradi? Ular haqida nimalarni bilasiz? Masala shartidagi muhim ma'lumotlarni aniqlab oling.

• Masala shartiga ko'ra imkoni bo'lsa chizma chizib oling. Bu sizga masalani oydinlashtiradi.

• Sizga yana qanday ma'lumotlar, tushuncha, qoida va xossalar kerak bo'ladi? Matematik obektning masala shartida berilgan elementlari va topish talab qilinayotgan elementlari orasidagi bog'lanishlar haqida barcha ma'lumotlarni, qoida va xossalarni eslang. Masalada qo'yilgan savolga javob berish uchun qanday ma'lumotlar kerakligini aniqlab oling.

• Masalada gap borayotgan matematik tushuncha yoki obekt va uning elementlari haqida hamma zarur ma'lumotlar berilganmi? Masalani yechish uchun barcha ma'lumotlarni aniqlang .

II bosqich. Reja tuzish

• Oldin shunga o'xshash masalani yechganmisiz? Berilgan masalaga o'xshash yechilgan boshqa masalalarni eslab ko'ring.

• Qaysi xossa yoki qoidalardan foydalanish mumkin?

• Masalani yechish uchun qanday yo'l tutasiz? Masalani yechish yo'lini tanlang va qanday amalga oshirish rejasini tuzing.

III bosqich. Masalani yechish rejasini amalgam oshirish

413

• Tuzilgan rejaga muvofiq qadam-baqadam masalani yeching. Har bir qadamni ko'rsatib boring.

• Rejaga ko'ra agar lozim bo'lsa, chizmada yordamchi elementlarni ham chizing.

• Javobni yozing.

IV bosqich. Tekshirish

• Berilgan savolga javob berdingizmi? Haqiqatan ham masalaga qo'yilgan savolga javob topganingizni tekshiring.

• Topgan yechimingiz masalani qanoatlantiradimi?

• Masalani boshqa yo'l bilan ham yechish mumkinmidi? Masalani siz yechgan yo'ldan yaxshiroq boshqa yo'l haqida o'ylab ko'ring.

• Boshqa masalalarni ham yechish uchun qo'l keladigan nimalarni o'rgandingiz? Oldin yechgan masalangiz yoki qo'llagan yo'llaringiz haqida eslab ko'ring.

3. Olimpiada masalalari

Quyida mustaqil yechish uchun turli usullar bilab yechiladigan masalalar-olimpiada masalalaridan misollar keltiramiz.

1. Bog'ga kirgan 1-kishi 1 dona, 2-kishi 2 dona, 3-kishi 3 dona, eng oxirgi kirgan kishi nechanchi o'rinda kirgan bo'lsa, shuncha dona olma uzib chiqdi. So'ngra olmalarning hammasini jamlab, baravar bo'lishganda har bir kishiga 15 donadan olma to'g'ri keldi. Xo'sh, bog'ga necha kishi kirgan va hammasi bo'lib nechta olma uzib chiqilgan?

2. Sondan uning uchdan biri va to'rtdan biri ayrilsa, 8 qoladi. Sonning o'zini toping.

3. Ikkita buyumdan birining 10 tasi 1 dinor, ikkinchisining 15 tasi 1 dinor.

Bir dinorga ikkala buyumdan bir xil miqdorda necha donadan sotib olish mumkin?

2007

4. 2007 soni qanday raqam bilan tugaydi?

5. Shaxmat bo'yicha birinchilikda 231 partiya o'ynaldi. Agar har bir shaxmatchi har biri bilan bir martadan o'ynagan bo'lsa, birinchilikda hammasi bo'lib nechta o'yinchi qatnashgan?

6. 1 dan 100 gacha bo'lgan barcha natural sonlarning ko'paytmasi nechta nol bilan tugaydi?

7. x+y=xy tenglamani qanoatlantiruvchi butun sonlarni toping.

8. Ifodani soddalashtiring:

414

368972 368975

9. Qaysi biri katta, 764797 mi, yoki 764804 mi?

10. Yulduzchalar o'rniga raqmlarni shunday qo'yingki, ular takrorlanmasin va bo'lish to'g'ri bajarilsin:

** *

11. Sonli rebusni yeching, bunda bir xil harflar bir xil raqamlar va har xil harflar har xil raqamlar:

T>R>A>N<S<P<O<R<T>I>R>O<V<K<A

12. O'quvchi bir son o'yladi. U son aniq kvadrat edi. U sondan arifmetik kvadrat ildiz chiqardi va 2 ni qo'shdi. Yana ildiz olib, yana 2 ni qo'shgan edi, o'ylagan soni xosil bo'ldi. U qanday sonni o'ylagan?

REFERENCES

1. Канель-Белов А.Я., Ковальджи А.К. "Как решают нестандартные задачи" Москва Издательство МЦНМО 2008 г.

2. Qo'chqorov A., Ismailov Sh. Mantiqiy masalalar. Uslubiy qo'llanma. Toshkent, 2008 y.

3. Madrahimov R.M., Abdullayev J.Sh., Kamalov N.B. Masala qanday yechiladi. Uslubiy qo'llanma. Urganch, 2013. 102 bet.

4. Sodikov U.J.- Masalaviy yondashuv orqali o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy drajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi. Toshkent. 2020 yil. 153 bet.

5. Содиков, У. Ж. (2019). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НАВЫКОВ И ЗНАНИЙ МАТЕМАТИЧЕСКОГО МОДЕЛИРОВАНИЯ У УЧАЩИХСЯ ПРИ РЕШЕНИИ ПРАКТИКО-ПРИКЛАДНЫХ ЗАДАЧ. ПРОФЕССИОНАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ КУЛЬТУРА УЧИТЕЛЯ И ПРЕПОДАВАТЕЛЯ: СОДЕРЖАНИЕ, МОДЕЛИ И ТЕХНОЛОГИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ, 143.

6. Содицов, У. Ж. (2021). ЯНГИ УЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА ПЕДАГОГИКА ФАНИНИНГ ТАРА^ИЁТИ ВА ИННОВАЦИЯЛАР. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 41-47.

7. Садикова, Ш. О. (2023). ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРЛАШ ЖАРАЁНИДА МАЪНАВИЙ МАСЪУЛИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 605-609.

8. Odeldjanovna, S. S. (2019). IMPROVEMENT OF MECHANISMS OF PREPARATION OF UNIVERSITY STUDENTS FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

415

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.