Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARIDA MASALA YECHISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA MUHIM JIHATLAR HAMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARIDA MASALA YECHISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN MASALALARNING DIDAKTIK FUNKSIYALARI'

BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARIDA MASALA YECHISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA MUHIM JIHATLAR HAMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARIDA MASALA YECHISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN MASALALARNING DIDAKTIK FUNKSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
970
874
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Taqqoslash / sintez / umumlashtirish / algoritm / qisqa yozuv / matematik g‘oyalar / diagramma / o‘zlashtirish darajasi / kompetensiya / kontent / kognitiv

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdug‘aniyeva Shodmonoy Baxodirjon Qizi

Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf oʻquvchilarida masala yechish koʻnikmasini shakllantirishning algoritmi hamda xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang‘ich sinf oʻquvchilarida masala yechish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan masalalarning didaktik funksiyalari keng yoritib berilgan.Oʻquvchilarni mustaqil masalalar yechishga oʻrgatishning to‘rtta bosqichi koʻrsatilgan hamda boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining berilgan masalaga doir qisqa shart tuzishda qanday qoidalarga amal qiilishlari kerakligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARIDA MASALA YECHISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA MUHIM JIHATLAR HAMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARIDA MASALA YECHISH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN MASALALARNING DIDAKTIK FUNKSIYALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MASALA YECHISH KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISHDA MUHIM JIHATLAR HAMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MASALA YECHISH KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN MASALALARNING DIDAKTIK FUNKSIYALARI Abdug'aniyeva Shodmonoy Baxodirjon qizi University of science and technology "Pedagogika" fakulteti o'qituvchisi

Toshkent shahar [email protected] +998900070107 https://doi. org/10.5281/zenodo. 10043505 Annotatsiya: Ushbu tezisda boshlang'ich sinf o'quvchilarida masala yechish ko'nikmasini shakllantirishning algoritmi hamda xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida masala yechish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilgan masalalarning didaktik funksiyalari keng yoritib berilgan.O'quvchilarni mustaqil masalalar yechishga o'rgatishning to'rtta bosqichi ko'rsatilgan hamda boshlang'ich sinf o'quvchilarining berilgan masalaga doir qisqa shart tuzishda qanday qoidalarga amal qiilishlari kerakligi to'g'risida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar:Taqqoslash,sintez,umumlashtirish, algoritm, qisqa yozuv, matematik g'oyalar, diagramma, o'zlashtirish darajasi, kompet ensiya, kontent, kognitiv

O'quvchilar maktabga kelgan davrining ilk kunlaridan boshlab matematik masalalarni o'rganadilar. Bu bosqichda o'quvchilar o'qish va yozishni to'liq bilmasalarda, kundalik hayotda uchraydigan masalalarni og'zaki ravishda bemalol yecha oladilar. Tayyorgarlik davridagi matematikani o'qitishdan maqsad - bolalarga kundalik hayotda yuz beradigan holatlarni matematik belgilar tiliga o'tkazish imkoniyatini anglatishdan iboratdir. Xalqaro baholash dasturlarining masalalari mazmuni aynan shu maqsadga qaratilgan. Bu holatda rasmga qarab masalalar tuzish katta ahamiyatga ega. O'quvchilarga codda, bir amalli masalalarni o'qib berilganda undagi belgilarni daftarga yozishni shakllantirish orqali matematik tafakkur va nutq shakllantiriladi. Yig'indini va ayirmani topishga doir masalalarga namuna sifatida o'qituvchining o'zi sodda masala tuzib beradi.

Xalqaro baholash dasturlari masalalari o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rejalashtirishning foydali vositasi bo'lib, odatda, o'z ichiga "yashirin ma'lumotlarni" oladi. Bu ma'lumotni qidirish, masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o'rgatish matematika o'qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi

Xalqaro baholash dasturlariga muvofiq rasmga qarab masala tuzish topshirig'ini tizimli tarzda umumsinf, guruh hamda yakka tarzda o'tkazish va bunda o'quv ishi tashkiliy shakllarining uyg'unlashuvidan foydalanish o'quvchilar tomonidan mustaqil masala tuza olish qo'nikmasini tarkib toptirishda, o'quvchi ijodiy faoliyatining shakllanishiga xizmat qiladi

Xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida masala yechish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilgan masalalar ust ida ishlash quyidagi algoritm asosida olib borilishi maqsadga muvofiq (quyidagi jadvalga qarang):

t/r Masala ustida ishlash rejasi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

1. Masalani o'qib chiqing, masalada nima haqida gap borayotganini tasavvur qiling.

2. Masalada nima ma'lum va nimani topish kerakligini aniqlab oling. Agar masala matnini tushunib olish qiyin bo'lsa, uni qisqa yozing (yoki masalaga oid chizma tayyorlang).

3. Qisqa yozuv bo'yicha har bir son nimani ko'rsatishini tushuntiring va masala savolini takrorlang.

4. O'ylab ko'ring, masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar mumkin bo'lmasa, nega? Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin?

5. Yechishni bajaring va javobini yozing.

6. O'z yechimingizning to'g'riligini tekshirib ko'ring.

7. O'zingizga qiziqarli savollar bering va ularga javob bering.

Tadqiqotlarda o'quvchilarni mustaqil masalalar yechishga o'rgatishning bir qancha bosqichi ajratib ko'rsatilgan:

1-bosqich. Masala o'qituvchining yo'naltiruvchi cavollari bo'yicha yechiladi va bu yechish dockada va daftarlarda bir vaqtda bajariladi.

2-bosqich. Masala sharti o'qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va yechish rejasi tuziladi. Yechimning o'zi doskaga yozilmaydi, og'zaki aytilmaydi ham, o'quvchilar eca uni mustaqil bajaradilar.

3-bosqich. O'qituvchi rahbarligida masala faqat analiz qilinadi. Masalani yechish rejasi va uni yechishni o'quvchilar mustaqil bajaradilar.

4-bosqich. Masalani o'qituvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish

Ma'lumki, masala sharti murakkab bo'lgan holda, berilganlar orasidagi munosabatlarni tushunib olish qiyin bo'lgan hollarda, shuningdek, yangi xil masalalarni yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining tahlili ham amalga oshiriladi. To'g'risini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham, masala shartining qisqa yozuvi o'quvchilar xotirasiga tayanch bo'lib, sonli ma'lumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga, ularning ratsional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini aniq tushuntirish imkonini yaratadi.

Masalaga doir qisqa shart tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

1. Qisqa shart masala mazmuni bilan tanishtirilgandan keyin tuziladi va yechish yo'llarini izlashning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. O'quvchilar qisqa yozuvga asoslanib, o'qituvchi boshchiligida masalani tahlil qilishadi.

2. Qisqa shart ixcham, aniq bo'lishi va miqdorlar orasidagi bog'lanishlarni aynan aks ettirishi kerak. U har xil shaklda, ya'ni jadval tarzida, chizma, rasm, sxema, qisqa yozuv, diagramma ko'rinishida va hokazo tasvirlanishi mumkin.

3. Qisqa shartning har bir yangi ko'rinishini o'quvchilar o'qituvchi boshchiligida bajaradi.

4. Darsning maqsadlari va masalaning qiyinlik darajasiga qarab qisqa shartni o'qituvchi yoki o'qituvchi boshchiligidagi o'quvchi doskada bajarishi mumkin. Istalgan masalada qisqacha shart masala shartidan kelib chiqqan ko'rgazma qurol hisoblanadi.

636

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

Bosh'ang'ich sinf o'quvchilarida masala yechish ko'nikmasini shakllantirishdagi muhim jihatlar haqida so'z yuritganimizda, xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida masala yechish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilgan masalalarga to'xtalmay iloj yo'q. Xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida masala yechish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilgan masalalarni va ularning didaktik funksiyalarini, boshlang'ich ta'limda ularning ahamiyatini o'rganish muhim.

Ma'lumki, boshlang'ich ta'lim - ta'lim tizimining poydevori hisoblanib, o'quvchilarni o'qitish sifati unga bog'liq bo'ladi va bu boshlang'ich maktab o'qituvchisi zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta'lim tizimida boshlang'ich maktab «ko'nikmalar maktabi» bo'lib keldi, ya'ni o'quvchi keyingi ta'lim olish uchun o'qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishi kerak bo'lgan ta'lim bosqichi sifatida qaralgan.

Boshlang'ich ta'limda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta'lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim.

B.S.Abdullaeva[1] tadqiqot ishlarida boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish, uning ahamiyati, turlari, axborot texnologiyalaridan foydalanishda ijodiy faollikni shakllantirishning metodik asoslarini shakllantirishga bag'ishlangan [1].

N.L.Stefanova fikricha, o'quvchilarga matematikani o'rgatishda maq sadga erishish uchun yo'naltirilgan maxsus tashkil etiluvchi, yordamchi elementlar zarur. Ushbu maqsadlarning birinchisi, "Matematika" kursini o'zlashtirish, uning ijtimoiy va mehnat fanlari bilan aloqasini o'rnatish, boshlang'ich sinf matematika kurcida asosiy matematik g'oyalar ahamiyatini tushunish, bilim, ko'nikma va malakalarni mustaqil o'zlashtirish maqsadida bilish faoliyati metodlarini egallash bo'lsa, ikkinchisi, boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematika o'qitish jarayonini amalga oshirishning nazariy asoslari, haqiqiy bilimlari va amaliy metodlarini o'zlashtirishdan iborat, buning salmoqli qismini boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijodkor shaxs elementlarini rivojlantirishni tashkil qiladi [4].

N.Sh.Ruzikulova[2] o'z tadqiqotlarida ta'lim sifatini baholashning xalqaro dasturlari (matematika fanidan o'zlashtirish darajasini baholash bo'yicha TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) xalqaro baholash dasturi) ga uyg'unlashtirish asosida o'quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga aloxida etibor bergan[2].

Xalqaro baholash dasturlari ya'ni xalqaro ta'lim tadqiqotlarida ishtirok etish ko'pgina afzalliklarga ega bo'lib, avvalo ta'limning xalqaro standart va tala blariga moslashuv jarayoni yuz beradi. Ta'limni xalqaro standartlar asosida tashkil etish, monitoring qilish, boshqa davlatlar ta'lim tizimi va darajasi bilan solishtirish orqali ta'limdagi kamchiliklar aniqlanadi va o'rganiladi, kelgusidagi ta'lim rivojlanishi uchun rejalar tuziladi. Ta'lim tizimimiz uchun muhim bo'lgan milliy baholash tizimini yaratish va ta'lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o'tkazishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi[3].

TIMSS xalqaro baxolash dasturiga nazar soladigan bo'lsak, kontent va kognitiv soxalarga bo'linganini, TIMSSning kontent soxasida fanning mazmuni, kognitiv soxasida esa, bilish, qo'llash va muloxaza yuritishga oid bilimlar kirgizilganini va muallifning fikrlari o'rinili yekanligini bilishimiz mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

REFERENCES

1. Abdullaeva B.C. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari: Ped. fan. dok. dicc... . -Toshkent: TDPU, 2006. - B. 263.

2. Ruzikulova N.Sh. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. -Toshkent. 2020. 175 bet.

3. G'ulomova M.R. Xalqaro baholash dasturlari, etimologiyasi va afzalliklari. Science and innovation International scientific journal volume 1 ISSUE 6. UIF-2022: 8.2 | ISSN: 21813337. 210-2013-b.

4. Стефaнoвa Н.Л. Теoричеcкие ocHoBbi рaзвития системы метoдичеcкoй пoдгoтoвки учителям MaTeMaram в педaгoгичеcкoм вузе. Дисс. Д. п. н. , спб, 1996, -307 c.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.