O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MediaeiHi
MATEMATIKA FAN TO'GARAKLARIDA FOYDALANISHGA TAVSIYA
ETILGAN MASHQLAR
Abdurasul To'ychiyev
Namangan viloyati, Chust tuman 33-umumiy o'rta ta'lim maktabi matematika fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada matematika darsliklarida uchramaydigan ammo, matematika to'garaklarida foydalaniladigan qiziqarli, o'quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko'maklashadigan mashqlar to'plamidan beshta namularlar hamda ularning yechish usullari ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: matematika to'garagi, mashqlar, yig'indi, toq raqam, juft raqam.
АННОТАЦИЯ:
В этой статье представлены пять примеров из комплекса упражнений, не встречающихся в учебниках по математике, но используемых в математических кружках, которые интересны, способствуют развитию творческих способностей учащихся, а также способы их решения.
Ключевые слова: математический кружок, упражнения, сумма, нечетное число, четное число.
ANNOTATION:
This article presents five examples from a set of exercises that are not found in math textbooks, but are used in math circles, which are interesting, contribute to the development of students' creative abilities, as well as ways to solve them
Keywords: math club, exercises, sum, odd number, even number
Matematika fan to'garaklarida matematik hisob kitoblarga asoslangan fokuslardan foydalanish o'quvchini matematika faniga qiziqishini oshirishga yetarli hissa qo'shadi. Quyida shunday mashqlarga misollar keltiramiz.
1-mashq. Yig'indini hisoblamay oldindan aytish.
Matematik hisoblash yo'l bilan ko'p xonali sonlar yig'indisini osongina oldindan aytish mumkin.Bu ish quyidagicha amalga oshiriladi. Aytaylik siz yig'indida 23843 sonini olmoqchisiz.buning uchun birinchi o'rinda turgan 2 raqamini olib tashlaysiz va bu 2 raqamini xosil bo'lgan 3843 soniga qo'shasiz natijada 3845 xosil bo'ladi.Bu sonni birichi bo'lib siz yozasiz. Keyin o'quvchiga shu sonni tagiga ixtiyoriy to'rt xonali sonni yozishni taklif qilasiz.
May 2024
339
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui
Aytaylik o'quvchu quyidagicha ish bajargan bo'lsin:
3845 +1528 =
Siz o'quvchi yozgan sonnini tagiga ustalik bilan o'quvchiga sezdirmasdan ixtiyoriy to'rt xonali sonni shunday yozasizki sizni yozgan raqamingiz bilan o'quvchini mos raqamlari yig'indisi 9 raqami bo'lsin.Ya'ni quyidagicha bo'lsin:
3845+1528+8471=
Keyin o'quvchi o'zini ikkinchi ixtiyoriy to'rt xonali soninini yozadi.Aytaylik u quyidagicha bo'lsin:
3845+1528+8471+2911=
Keyin siz yana o'quvchini sonini tagiga ustalik bilan o'quvchiga sezdirmasdan ixtiyoriy to'rt xonali sonni shunday yozasizki sizni yozgan raqamingiz bilan o'quvchini mos raqamlari yig'indisi 9 raqami bo'lsin.Ya'ni quyidagicha bo'lsin:
3845+1528+8471+2911+7088=
Bu yozilgan besh xonali sonlarning yig'indisi 23843 ga tengdir.Siz bu yig'indini xisoblash ishini bajarmay aytishingiz mumkin.Bu qyidagicha amalga oshiriladi.
Bu sonni xosil qilish uchun siz 3845 sonini oxirgi raqamidan 2 ni ayirib shu 2 sonini xosil bo'lgan sonni oldiga yozasiz natijada 23843 xosil bo'ladi.E'tibor bergan bo'lsangiz o'quvchi ikki marta o'z sonini yozdi.Bunga sabab 23843 sonini birinchi raqami 2 bo'lgani uchun.Agar sonning birinchi raqami 3 bo'lganda o'quvchiga 3 marta o'z sonini yozishni taklif etar edingiz.Bunda siz ham o'quvchi necha marta o'z sonini yozsa siz ham shuncha marta o'z soningizni yozasiz o'quvchini sonini xona birliklari bilan sizni soningizni mos xona birliklarini yig'indisi 9 raqami bo'ladigan qilib. Bu mashqni yoki matematik fokusni ixtiyoriy ko'p xonali sonlar uchun qo'llash mukin.
Bu mashqni boshqa usulda ham amalga oshirish mumkin.
Buning uchun o'quvchiga ko'p xonali ixtiyoriy son yozishni taklif etasiz va yozgan sonini tagiga yana mos ko'p xonali son yozishni taklif etasiz. Keyin o'zingiz o'quvchini sonini tagiga o'quvchi va sizni soningizni xona birliklari yig'indisi 9 raqamiga teng boladigan qilib son yozasiz. O'quvchiga necha marta son yozdirib o'zingiz xam shuncha marta o'quvchi soni tagiga yuqorida aytilgan qoida bo'yicha son yozsangiz birinchi yozilgan sonni oxirgi raqamidan ayriladigan va birinchi yozilgan sonni oldiga yozilgan raqam o'quvchini shuncha marta yozgan soni sanog'idan 1 ta kam bo'ladi.
Masalan quyidagicha ishni amalga oshirgan bo'laylik.
1620 o'quvchi yozan son. 1
2125 o'quvchi yozan son. 2
7874 siz yozgan son
May 2024
340
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
3456 o'quvchi yozan son. 3
6543 siz yozgan son.
Bu yerda o'quvchi yozgan sonning sanog'i uchga teng.Yuqorida aytganimizga ko'ra 3-1=2. Bundan 1620-2 = 1618, bu sonni oldiga 2 raqamini yozamiz va yig'indiga ega bo'lamiz 21618. Bu usulimiz ancha ishonchli chiqadi.
2-mashq.Yoshni topish mashqi.
Bu matematik fokusni amalga oshirish uchun raqamli ildiz tushunchasini bilib olishimiz kerak.Raqamli ildizni topish quyidagicha amalga oshiriladi.
3216 sonini raqamli ildizini topamiz.3+2=5,5+1=6,6+6=12,1+2=3
oxirgi topilgan 3 raqami berilgan 3216 sonini raqamli ildizi bo'ladi.
Endi yoshni topish mashqini boshlasak bo'ladi.Buning uchun o'quvchiga ixtiyoriy sonni yozishini va bu sonni 9 ga ko'paytirishini topshiramiz.O'quvchi quyidagi ishni amalga oshirgan bo'lsin.314*9=2826,bu songa o'quvchi o'zini yoshini qo'shadi.Masalan 2826+40=2866 bo'lsin.2866 sonini raqamli ildizini topamiz.2+8=10,1+0=1,1+6=7,7+6=13,1+3=4 bu sonning raqamli ildizi 4 ga teng ekan.Raqamli ildizga 9 raqamini bosqichma bosqich qo'shib boramiz.13,22,31,40,49 va hakazo.
Biz bu raqamlardan o'quvchi tashqi ko'rinishiga qarab o'quvchi yoshini taxmin qila olamiz.
3)-mashq. Tangalar yordamida quyi sinf o'quvchilari uchun sodda va qiziqarli mashqlarni amalga oshirishimiz mumkin.
Ikkita toq va juft raqamli tangalarni o'quvchiga beramiz.So'ngra bu tangalarni o'quvchi chap va o'ng qo'li kaftlariga ixtiyoriy holatda yashirishini so'raymiz.o'ng kaftidagi tanga raqamini juft songa ko'paytirishni,chap kaftidagi tanga raqamini toq songa ko'paytishni buyuramiz va natijani qo'shishni aytamiz.Yig'indi juft bo'lsa o'ng kaftda toq raqamli tanga bo'ladi. Yig'indi toq bo'lsa o'ng kaftda juft raqamli tanga bo'ladi.
4)-mashq.Bu mashqimiz ham tangalar yordamida amalga oshiriladi.
Buning uchun bir nechta tangani stol yuziga gerb va raqam tomonlari bilan turgan turli xolatda yoyamiz.Matematik fokusni ishonchli chiqishi uchun orqaga o'girilishimizga to'g'ri keladi.Orqaga o'girilishdan oldin stol yuzidagi tangalarni gerbil tomon bilan turganlarini sanab sonini bilib olamiz.Shundan so'ng o'quvchiga istalgan tangani bir necha marta to'ntarishini so'raymiz.Tangani har bir to'ntarishda o'quvchi ovoz chiqarib xo'p deyishini aytib qo'yamiz.Biz sanab olingan gerbli tomon bilan turgan tangalar soniga o'quvchini har bir xo'p deganida bir sonini qo'shib sanab boramiz.Sanoq toq yoki juft sonda to'xtaydi.
341
May 2024
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui
O'quvchi xo'p deyishdan to'xtagandan keyin ixtiyoriy tangani kaftiga yashiradi.Biz o'quvchini kaftiga yashirgan tangasini gerb yoki raqam tomoni bilan turganini aytamiz.
Sanoq toq sonda to'xtasa stol yuzidagi gerb tomonli tangalar soni toq sonda bo'ladi.
Sanoq juft sonda to'xtasa stol yuzidagi gerb tomonli tangalar soni juft sonda bo'ladi.Buni tangalarga qarab aytish oson.
5)-mashq.Taqvim yordamida matematik fokuslar.Sirli kvadratlar.
O'quvchilarga yoki tomoshabinlarga orqa o'girib turasiz.O'quvchilardan biri taqvimdan ixtiyoriy oyni tanlaydi va undan 9 sonni o'z ichiga oluvchi kvadaratni belgilaydi.O'quvchi shu 9 ta sondan eng kichigini sizga aytadi.Siz tez hisoblashdan so'ng bu kvadrat o'z ichiga olgan 9 ta sonlarni yig'indisini aytasiz.Buning uchun o'quvchi aytgan kvadrat o'z ichiga olgan eng kichik songa 8 ni qo'shib 9 ga ko'paytirasiz.
Bu ishni amalda tekshirib ko'ramiz.
2024- yil may oyi taqvimi.
D S CH P J SH YA 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31
Kvadrat o'z ichiga olgan eng kichik son 7. Yuqorida aytilgan ishni bajaramiz: (7+8)*9=15*9=135
Tekshiramiz 7+8+9+14+15+16+21+22+23=135.
Xulosa qilib aytadigan bulsak, bunday mashqlardan foydalanish fanga qiziqish uygotish bilan birga o'quvchilarda faol fikrlash qobiliyatini ham faolashtiradi.
REFERENCES:
1. Бабашев, Ф. А. (2018). Технология интеллект-карты в профессиональной компетентности будущих учителей. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (7), 99-101.
2. U.J.Sodikov. Masalaviy yondashuv orqali o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi. PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi. 2020 yil, Toshkent.
3. Ruzieva, D., Sodikov, U., & Mukhlisov, S. (2023, June). Research of humancomputer interaction in the modern education system. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2789, No. 1). AIP Publishing.
May 2024
342
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
NatjonalUniversity^fUzbekjsjan^^^^^^^^^MlllSeiilie
4. Содикрв, У. Ж. (2021). ЯНГИ УЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА ПЕДАГОГИКА ФАНИНИНГ ТАРА^КИЁТИ ВА ИННОВАЦИЯЛАР. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 41-47.
343
May 2024