Научная статья на тему 'MASHINASOZLIKDA AVTOMATLASHTIRISHNING TURLI JARAYONLARGA TA`SIRI'

MASHINASOZLIKDA AVTOMATLASHTIRISHNING TURLI JARAYONLARGA TA`SIRI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
576
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologik jarayon / ishlab chiqarish / ommaviy ishlab chiqarish / yig`ish jarayoni / raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar / technological process / production / mass production / assembly process / digitally controlled devices

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Shahzoda Farmon Qizi Abdullayeva, Aliya Janabay Qizi Kulmuratova, Mexribanu Mirzabek Qizi Allambergenov

Ushbu maqolada mashinasozlikda avtomatlashtirishning ahamyati va uning texnologik jarayonlarga ta`siri haqida so`z boradi. Bundan tashqari mashinasozlikda olib boriladigan turli jarayonlarning avtomatlashtirishga bog`liqligi haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTS OF AUTOMATION IN MECHANICAL ENGINEERING ON DIFFERENT PROCESSES

This article discusses the importance of automation in mechanical engineering and its impact on technological processes. In addition, there is talk about the dependence of automation on various processes in mechanical engineering.

Текст научной работы на тему «MASHINASOZLIKDA AVTOMATLASHTIRISHNING TURLI JARAYONLARGA TA`SIRI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

MASHINASOZLIKDA AVTOMATLASHTIRISHNING TURLI JARAYONLARGA TASIRI

Shahzoda Farmon qizi Abdullayeva

Aliya Jan'abay qizi Kulmuratova

Mexribanu Mirzabek qizi Allambergenov

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali

Ilmiy rahbar: Bektosh Sherquvat o^gli Qodirov

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mashinasozlikda avtomatlashtirishning ahamyati va uning texnologik jarayonlarga ta'siri haqida so'z boradi. Bundan tashqari mashinasozlikda olib boriladigan turli jarayonlarning avtomatlashtirishga bogliqligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: texnologik jarayon, ishlab chiqarish, ommaviy ishlab chiqarish, yig'ish jarayoni, raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar

EFFECTS OF AUTOMATION IN MECHANICAL ENGINEERING ON

DIFFERENT PROCESSES

This article discusses the importance of automation in mechanical engineering and its impact on technological processes. In addition, there is talk about the dependence of automation on various processes in mechanical engineering.

Keywords: technological process, production, mass production, assembly process, digitally controlled devices

Avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash davrida texnik ta'lim dolzarb bo'lib qoldi. XXII asrda Garb muhandislik mutaxassislari ushbu ehtiyojni anglab yetishdi va ushbu davrdan avtomatlashtirish sohasi rivojlana boshladi.

ASOSIY QISM

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish mamlakatimizda texnik siyosatning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanib, har qanday ishlab chiqarishda iste'molchilar talabini qondirgan holda mahsulot ishlab chiqarish hozirgi zamonning asl muammolaridan bo'lib qolmoqda. Bu esa o'z navbatida yangi texnologik jarayonlar va asbob-uskunalarni yaratishni talab qilmoqda.

ABSTRACT

KIRISH

63

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Har qanday zamonaviy ishlab chiqarishni rívojlantirishníng muammolar yechimi bu texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish hisoblanadi. Bu ayniqsa, mashinasozlik uchun juda dolzarb va istiqboli porloq bolgan jarayon hisoblanadi. Chunki avtomatlashtirish orqali inson aralashuvisiz ish jarayonining kinematikasi va geometrik parametrlarini aniqlik va tezlik bilan taminlash mumkin.

Mashinasozlikda avtomatlashtirishning asosiy muammolari mahsulotlarning xilma-xilligi va ushbu ish sikli davomiy emasligidadir. Mashinasozlikda ishlab chiqarish millionlab turli qismlarni ishlab chiqaradi va har bir qismning ishlab chiqarilishi ko'p sonli texnologik operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogliq hisoblanadi. Bularga misol sifatida quyish, payvandlash, issiqlik bilan ishlov berish, yig'ish, mahsulot sifatini sinovdan o'tkazish va bu jarayonlarni yana davom ettirish mumkin.

Avtomatlashtirish orqali ommaviy ishlab chiqarish surati yuqori darajada yuksalishi mumkin. Mashinasozlikda ommaviy ishlab chiqarish atigi 12%, yirik ishlab chiqarish 17%, seriyali va donali ishlab chiqarish esa 71% ni tashkil etadi. Bu raqamlardan ko'rinib turibdiki, mashinasozlikda avtomatlashtirish jarayoni qol mehnatiga qaraganda ancha kam miqdorni tashkil etadi. Bu esa ishlab chiqarishda avtomatlashtirish muammosini hal qilishni qiyinlashtiradi, chunki kichik hajmdagi ishlab chiqarish moslashuvchan, tez sozlanishi mumkin bolgan jarayonni avtomatik boshqarish tizimini talab qiladi.

Sanoatning kimyo oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarining amaldagi korxonalarini zamonaviylashtirish va yangilarini yaratish ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning turli masalalarini hal qilish bilan bogliq katta hajmdagi ishlarni bajarishni kozda tutadi. Avtomatlashtirish sistemalarini ishlab chiqish va bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish-ko'p bosqichli jarayondir. Unga ilmiy tadqiqot, loyihalash va montaj-sozlash ishlari, Shuningdek, ishlatish jarayonida avtomatlashtirish sistemalarining ishonchli ishlashini ta'minlovchi tadbirlar majmuasi kiradi.

Zamonaviy ishlab chiqarishning ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatlashtirish asboblarining tuzilish va ishlash prinsiplarini, avtomatik sistemalarning turli ko'rinishlari va sinflarini yasash metodlarini bilishni ham, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bolgan umumiy texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonini avtomatlashtirishning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan sistemaning avtomatlashtirish sistemalarining montaj qilish sozlash va ishlatish masalalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo'ladigan tilda ifodalash kerak. Bunda barcha

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

mutaxassislarda yaratilayotgan avtomatlashtirish sistemasining asbob bilan ta'minlanishi, berilgan rostlash qonunlarini amalga oshirish, asboblarni va avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish usullarini, impulsli va komanda liniyalarini va manba liniyalarini o'tkazish sohasida tushuncha yagona bo'lishi kerak. Bu bir so'zdan tushunishga, masalan, montaj ishlarida ishlovchilar sistemasini ishlab chiqish yoki ishlatish jarayonida montajchilarning bevosita ishtirokisiz qay tarzda erishish mumkin? Bunday bir-birini tushunish maxsus ishlab chiqiladigan texnik hujjat vositasida ta'minlanadi, bu hujjat texnologik jarayonni avtomatlashtirish loyihasi deyiladi.

Avtomatlashtirish orqali biz yangi bir tushunchani aniqlaymiz, bu raqamlashtirishdir.

Raqamlashtirish bu nafaqat samarali funksiyalar yechimini izlashgagina asoslanmay, balki insonlarni o'sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Raqamli boshqaruvga qo'yiladigan asosiy talablar bu- ishonchlilik, texnologiyalilik, standartlashtirish va ekologiyaga zarali ta'sirlarni chegaralash hamda eng asosiysi tejamkorlik hisoblanadi.

Raqamli boshqaruv paneli tizim o'zgaruvchilarini kuzatish va nazarot qilish uchun ko'plab sohalarda qo'llaniladi. Asosan sanoat, texnika va qishloq xo'jaligida mavjud bo'lgan barcha uskunalarning samarali ishlashi uchun asos hisoblanadi. Namlik, bosim va harorat- bu elektron boshqaruv paneli yordamida osongina boshqariladigan o'zgaruvchilar hisoblanadi. Bu panellar oldindan taxmin qilinadigan xatti-harakatlarni nazorat qilib, korxonalarning mablag'larini tejashga yordam beradi. Ular kompressorlarda, aylanma nasoslarda, ishlab chiqarish tizimlarida, dvigatelni boshqarish panellarida va sovutish zavodlarida asosiy uskuna hisoblanadi. Shuningdek, ishlab chiqarishda ommaviy ishlab chiqarish buyumlarining ayrim komponentlari turli xil mahsulotlarni yaratish uchun RDB dastgohlaridan foydalanish ish oqimini aniqlik, tezlik va ishonchlilik nuqtai nazaridan soddalashtirishi mumkin. Bizga ma'lumki, ommaviy ishlab chiqarishda ko'p chiqindi hosil bo'ladi. RDB dastgohlarida ishlanadigan detallarda esa xom-ashyoning aniqligi va kam isrof qilinishi orqali xarajatlarni kamaytirishga erishiladi.

Bundan tashqari RDB dastgohlaridan foydalanishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

1. Mashinani qo'lda ishlatish nazorat qilib bo'lmaydigan qismlarni ko'chirishga xavf tug'diradi. RDB dastgohlarida ishlov berish esa xavfsizdir.

2. Mashinaning qo'lda ishlashi bilan bog'liq insoniy xato omillarini oldini olish uchun, RDB dastgohalarida bir siklda elementni ishlab chiqarish va uni tez takrorlash lozim.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223P

3. RDB dastgohi puxta dasturlashtirilgan va yaxshi sozlanganidan so'ng, kesish jarayoni tez va sifatli ishlashi uchun aniq ko'rsatilgandek bo'ladi. Yaxshi natijadan so'ng mashina bu qismni har safar xuddi shunday aniqlikda bajaradi.

4. RDB dastgohlari bir vaqtning o'zida egilgan bir nechta o'qda ishlashi mumkin va hattoki burchakda ham ishlay oladi.

5. RDB dastgohlarining yana bir afzalligi shundaki, ular murakkab boshqaruv texnikasini amalga oshirish qobiliyatiga ega.

6. Raqamli boshqaruv panellari bilan o'lchanadigan fizik miqdorlar odatda o'xshash bo'ladi. Raqamli boshqaruv panellari ushbu jismoniy miqdorlarning kirish hamda chiqishlarini kuzatadi va boshqaradi.

Bundan tashqari mashinasozlikda asosiy rol o'ynovchi jarayon bu yig'ish jarayoni hisoblanadi. Yig'ish jarayoni yalpi ishlab chiqarish sharoitida ham qisman qo'l mehnatini talab qiladi va yuqori malakali ishchilar orqali amalga oshiriladi. Lekin shuni aytib o'tish kerakki, ushbu jarayonni avtomatlashtirish orqali ish unumdorligini oshirish mumkin. Avtomatlashtirilgan yig'ish dastgohlarida tayyorlangan detallning sifati yaxshi bo'lip, ushbu dastgohlarda sifat, tezlik va unumdorlik yuqori bo'ladi.

MDK davlatlarida avtomatlashtirish o'rtacha hisobda 7% ni qamrab oladi. Bu avvalo yig'ish jaroyonida yangi xususiyatlarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ular quyidagilardir:

1) Yig'ish hajmining murakkabligi va turli xil yig'ish jarayonlarida yangi uslubdagi dastgohlarning zarurligi.

2) Yig' ish jarayonida qisqa vaqtni talab qilinishi.

Ishlab chiqarish seriyasining o'sishi bilan yig'ish ishlari ko'proq yig'uv birikmalarini talab qila boshlaydi. Bu esa yig'ish ishlarini avtomatlashtirilishiga va samaradorligini o'sishiga sabab bo'ladi. Kozirgi kunda yig'ish ishlarining 25-30% mexanizatsiyalashtirilgan, 5-7% ga yaqini esa avtomatlashtirilgan, qolgan qismi asosan qo'l kuchiga asoslangan. Qo'l kuchining ko'p sarf bo'lishiga asosiy sabab, yig'ish mashinalarining yetishmasligi va ushbu jarayonni texnologik jihatdan nozikligidadir. Kozirgi kunda yig'ish mashinalarini va texnologik jihozlarni ishlab chiqarish hamda ularni hozirgi kunda tadbiq etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanmoqda.[4]

Avtomatlashtirilgan yig'ish dastgohlarida ishlangan mahsulotning sifati qo'l bilan ishlov berilganga nisbatan yaxshilanadi, texnologik jihozni ishlash unumdorligi oshadi va qo'l mehnati qisqaradi. Mashinasozlik korxonalarini avtomatlashtirishning kopmleks muammolarini hal qilish uchun "1C", "KOMPAS-3D" "SiteLine", "IFS Applications", "Autodesk" kabi dasturiy modullardan foydalaniladi. Bundan tashqari yig'ish jarayonini besh sinfga bo'lish mumkin. Bu sinflar: mexanik yig'ish, payvandlash va kavsharlash,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

kleylash, magnitli va kombinatsiyalashgan yoki biriktirish asosida rezbali, kavsharli, payvandli, armaturali va bosim ostida olish.

Ushbu jarayonlarni juda ko'p davom ettirish mumkin, xulosa qilib aytadigan bo'lsak, nafaqat kichik korxonalarda balki barcha mashinasozlik korxonalarida avtomatlashtirilgan jarayonlar ish unumini oshishiga sabab bo'ladi. Shu sababli ham avtomatlashtirilgan dastgohlardan foydalanish orqali biz ko'zlagan barcha maqsadlarimizga erishishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. SH.N.Fayzimatov. "Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari" .Darslik/- Farg'ona:, 2019y. 272b.

2. A.O.Chechuga. "Osobennosti razrabotki texnologicheskix protserrov avtomatizirivannoy i robotizirovannoy sborki". Rossiya

3. G.Y.Sergeevna. "Avtomatizatsiya proizvodstva v mashinostroenii", Texnicheskie nauki/-Rossiya:, 2019y. 6s.

4. Internet sayt http : //www.gemma.ru

5. Smirnova.Z.V, Vaganova.O.I, Cherney.O.T, Bystrova.N.V and Golubeva.O.V. Kinematik study of the cam mechanism by the method of diagrams.

6. Sherquvat o'g'li Q. B. et al. PO 'LATLARNI ISHLAB CHIQARISHINING ZAMONAVIY USULLARI //БАР^АРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ ТАД^ЩОТЛАР ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ. - 2022. - Т. 2. - №. 4. - С. 26-27.

7. Кадыров Бектош Шеркyватoвич, & Абдуллаева Шахзода Фармоновна. (2021). СТОЙКОСТЬ ТВЕРДОСПЛАВНОГО ИНСТРУМЕНТА. Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 796-802.

8. ugli, K. B. S. ., kizi, A. S. F. ., Atabaevich, R. A. ., & kizi, A. M. M. . (2022). Methods of Extracting Steel from Cast Iron. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 5, 27-29.

9. Sherkuvatugli, K. B. ., kizi, A. S. F. ., Atabaevich, R. A. ., kizi, A. U. R. ., & kizi, A. M. M. . (2022). Techniques for Determining the Temperature in the Cutting Area. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 5, 353-355.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.