Научная статья на тему 'MASHGʻULOTLARDA OʼZBEK VA RUS TILLARIDAGI TURGʻUN BIRIKMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK QIYOSIY TAHLILI'

MASHGʻULOTLARDA OʼZBEK VA RUS TILLARIDAGI TURGʻUN BIRIKMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
122
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turgʻun birlik / oʻzbek tili / oʻzga til / ibora / ti ta’limi / yosh kategoriyasi / jins kategoriyasi / kummunikativ jihat / lingvokulturologiya / stable unit / Uzbek language / foreign language / phraseology / language education / age category / gender category / communicative aspect / linguoculturology.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Beysenova, Azoda, Kadirova, Xurshida

Oʻzbek tili ta’limida turgʻun birliklarning metodoligik asoslari muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada uning bir necha omillari va mezonlari tahlilga tortilgan. Rus guruhlarida bunday mental xususiyatga ega birliklar lingvomadaniy bilimlarni talab etadi. Maqolada ularni oʻzga til vakilida toʻgʻri tasavvur hosil qilishda oʻqituvchining qiyosiy tahlildan foydalanishi tavsiya etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE LINGUISTIC ANALYSIS OF STABLE COMPOUNDS IN UZBEKI AND RUSSIAN LANGUAGES IN CLASSES

In teaching the Uzbek language, the methodological foundations of stable units are of great importance. The article analyzes some of its factors and criteria. In Russian groups, units with such mental characteristics require linguistic and cultural knowledge. In the article, the teacher is recommended to use a comparative analysis to create their correct image in a representative of a foreign language.

Текст научной работы на тему «MASHGʻULOTLARDA OʼZBEK VA RUS TILLARIDAGI TURGʻUN BIRIKMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK QIYOSIY TAHLILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

MASHG'ULOTLARDA O'ZBEK VA RUS TILLARIDAGI TURG'UN BIRIKMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK QIYOSIY TAHLILI

Azoda Beysenova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 4-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Xurshida Kadirova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili ta'limi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

O 'zbek tili ta 'limida turg 'un birliklarning metodoligik asoslari muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada uning bir necha omillari va mezonlari tahlilga tortilgan. Rus guruhlarida bunday mental xususiyatga ega birliklar lingvomadaniy bilimlarni talab etadi. Maqolada ularni o'zga til vakilida to'g'ri tasavvur hosil qilishda o 'qituvchining qiyosiy tahlildan foydalanishi tavsiya etiladi.

Kalit soizlar: turg'un birlik, o'zbek tili, o'zga til, ibora, ti ta'limi, yosh kategoriyasi, jins kategoriyasi, kummunikativ jihat, lingvokulturologiya

В обучении узбекскому языку большое значение имеют методические основы устойчивых единиц. В статье анализируются некоторые ее факторы и критерии. В русских группах единицы с такими ментальными характеристиками требуют лингвистических и культурологических знаний. В статье учителю рекомендуется использовать сравнительный анализ для создания правильного их образа у представителя иностранного языка.

Ключевые слова: устойчивая единица, узбекский язык, иностранный язык, фразеология, языковое образование, возрастная категория, гендерная категория, коммуникативный аспект, лингвокультурология.

In teaching the Uzbek language, the methodological foundations of stable units are of great importance. The article analyzes some of its factors and criteria. In Russian groups, units with such mental characteristics require linguistic and cultural knowledge. In the article, the teacher is recommended to use a comparative analysis to create their correct image in a representative of a foreign language.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Key words: stable unit, Uzbek language, foreign language, phraseology, language education, age category, gender category, communicative aspect, linguoculturology.

KIRISH

Til ta'limida uchta qadriyat bor:

• til ta'limi davlat qadriyati sifatida;

• til ta'limi ijtimoiy qadriyat sifatida;

• til ta'limi shaxsiy qadriyat sifatida.

Bular o'zaro bir-biriga bog'liqdir. Mamlakatda til ta'liminining rivojlanishi davlat, jamoat va shaxsiy manfaatlar uyg'unlashgandagina ro'y beradi. Unga siyosiy tus berganda, ijtimoiy ahamiyatini muvofiqlahstirganda, inson omili yuqori pog'onaga ko'tarilganda - shaxsiy manfaatlar, xususiy nuqtai nazarlar ustun qo'yilgandagina til ta'limidagi muammolarni hal etish; jamiyat oldida turgan ijtimoiy-pedagogik natijalarga erishish; davlat, ta'lim, ijtimoiy madaniyat maqsadlarining yuqori sifatlariga erishish mumkin. Zero, har qanday tilning roli uning jamiyatdagi, davlatdagi mavqei bilan belgilanadi.

O'zbek tili boy va chiroyli til. O'zbek tilining jonli ekanligiga o'z davrida hazrat Alisher Navoiy ham shubha qilmagan edi. Buyuk davlat arboblarimizning yaratgan katta asarlari esa buning isboti bo'ldi. Biroq o'zga til vakiliga o'zbek tilinining frazeologik birliklarini o'rgatishdek murakkab masala mavjudki, uni o'rganish, tadqiq etish doimo dolzarb.

O'zbek tilida, biror vaziyatni aniq tasvirlash uchun turg'un birliklarga o'xshash birliklar xalq orasida keng tarqalgan. Uni o'rganish uchun bir soat kamlik qilishi tabiiy. O'zga tilni o'rganuvchilar noma'lum bo'lgan madaniy hodisalarga o'zlari bilmagan holda murojaat qilib qolishlari mumkin. Aslini olganda o'qituvchi qaysi tilni o'rgatayotgan bo'lsa o'sha til vakillarining madaniy qirralarini tanishtirish orqali til o'rganuvchilarning madaniy qatlamlari haqida muayyan darajada bilib olish imkoniga egadir. Iboralar madaniyatning bir bo'lagi hisoblanadi. Ular o'zbek tilida juda ko'p bo'lib, o'qituvchi auditoriyaning tili haqidagi axborotga ega bo'lgan holda ushbu kompetentsiyani shakllantirishi zarur. Faol qo'llaniladigan iboralar A2 darjaning boshlaridan har dars berilishi, qaysidir daraja yoki sinfga kelib 1 ta darsda o'rganishdan qulayroq. Birdaniga 1 yoki 2 ta darsda iboralar mavzusini tushuntirishning iloji yo'q. Bu birliklar yangi o'zbek tili darsliklariga ko'proq kiritilsa, o'rganuvchi tabiiy til sharoitiga tezroq moslashadi. N.Azimovaning "Uzbek" kitobida har bir mavzu so'nggida o'zbek mentaliteti va madaniyatiga xos bo'lgan unsur va odatlar kiritilgan. Shunga o'xshab mavzular doirasida qo'llanilayotgan matnlar tarkibiga ham iboralarni qo'shish yoki masalan, oila mavzusiga bir matn tuzilsa va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

matn tarkibiga oilaga tegishli bo'lgan aktiv qo'llaniladigan ibora va so'z birikmalarini qo'shish bolalarning iboralarni o'rganishi tezroq bo'ladi.

Iboralar uchun qoidalar talab etilmaydi, uning bu xususiyati til ta'limida muayyan murakkabliklarni vujudga keltiradi. Ikkinchidan, tilning ajralmas qismi bo'lgan iboralarning yosh xususiyati, leksik qatlamlari, kommunikativ xislatlari, qo'lanilish darajasi va evfemik hamda disfemik xarakterlilari mavjud bo'lib, bu birliklarni o'qish, yozish, talaffuz etish kabi metodolik jarayonlarda mustahkamlab borish talab etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Iboralar qo'llanilish darajasi yoki mazmuni yoki oson-qiyinligiga ko'ra A2 darajadan berib borilishi kerak. 2-sinf darsligining 13-betida gulobod - gul bilan obod deb berilgan jumlaga ko'zimiz tushadi.1 Shu masalada turg'un birliklarning yosh kategoriyasiga amal qilinishi kerakligi ma'lum bo'lib qoladi. Chunki, 2-sinf o'quvchisiga xos bo'lgan turg'un birliklar, ularning idrok etish darajasiga mos kelishi maqsadga muvofiq. Demak, o'zbek tili ta'limida turg'un birliklarning har bir kategoriyasi bo'yicha quyidagi metodologik tahlillarni taklif etish mumkin.

Yosh kategoriyasi yoki sinflarda turg'un birliklarning berilishi. Agar tabiiy til sharoitida bola nechi yoshdan iboralarni o'z nutqida qo'llay boshlashiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bu 10-12 yosh atrofidan boshlanadi. Bu, albatta, oilaviy va atrofini o'rab turgan muhitga ham bog'liq. Ayniqsa, hozirgi global internetdan foydalanish davrida bolaning har xil so'zlarni nutqida ishlatishi kengaymoqda. Ba'zi 7-8 yoshdagi bolalar ham o'z nutqida iboralarni qo'llashi mumkin. Demak, o'zbek tilini ikkinchi til sifatida o'rgatayotganda, A2 darajaning o'rtalariga 6- yoki 7-sinfda o'rgatgan ma'qul. Biroq nutqda tez-tez qo'llaniladigan birliklar o'quvchida savollarni tug'dirishini inobatga olib, mavzular orasida berib ketilishi, yoshiga mos turg'un birliklar, masalan, Amerika ochmoq, chaynalmoq, quyon bo 'lmoq, aqli kirmoq kabi birliklar matn ichida takror qollanilib, til o'rganuvchini ong ostiga muhrlab borish orqali maqsadga erishish mumkin. B1-B2 darajlarda esa tepa sochi tikka bo'lmoq, jahli burnining uchida, tarvuzi qo 'Itigidan tushgan kabi iboralar, A darajalarda esa so'ngi soati yetmoq, qazo qilmoq, cho'ntagi quruq kabi frazelogik birliklarga ko'nikma hosil qildirish lingvokulturologik tadbir hisoblanadi. Shuni aytish joizki, rus tilidagi iboralarning yosh kategoriyasi ancha ilgarilagan.2

Turg'un birliklarning jins kategoriyaga ko'ra ajratib tushuntirish metodlari. Har bir xalqda erkaklar va ayollar uchun ishlatiladigan iboralar mavjud bo'lgani kabi, o'zbek tilida ham shunday gender munosabat mavjud. Masalan,

1 Xidoyatova D. [va boshq.] O'zbek tili 2-sinf darslik. - Toshkent, 2021.

2 https://portal.azertag.az/ru/node/20418

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

boshini ikkita qilmoq iborasi faqat yigitlar uchun ishlatilishini o'quvchiga tushuntirish kerak. Lekin bunday iboralar yuqori darajalarda (B2, C1) o'tilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Er yetmoq (bo'yi yetmoq) iborasi ham faqat yigitlarga nisbatan ishlatiladi. Bunda, asosan, ibora tarkibidagi so'zlarning ma'nosi tushuntirib berilsa til o'rganuvchi yaxshiroq tasavvur hosil qila oladi. Masalan, er yetmoq iborasidagi er so'zi bu yigit kishi degani. Ya'ni bu iboraning ma'nosi yigitlikka yetmoq deganidir. Yoki, erga bermoq iborasi faqat qizlarga nisbatan ishlatiladi. Bu yerda, biror yigitga turmushga chiqmoq ma'nosini beradi. Paxmoq qizning baxti iborasi esa, biror kamchiligi bor bo'lgan qizning baxtini topib ketganini bildiradi. Tilini besh qarich qilmoq iborasi esa ko'proq ayollarga nisbatan ishlatiladi. Chunki oilada erkak kishining o'rni baland va ayollar erkaklarning oldida tilini sal tiyishi kerak. Qachonki, ayol kishi eriga so'z qaytarsa, tilini besh qarich qildi iborasi ishlatilishi yuqori sinflarda orgatilishi maqsadga muvofiq.

Turg'un birliklarni leksik qatlam bilan muqobillik darajasini namoyon etish. Albatta, leksik qatlam til o'rganuvchining til bilish darajasiga muvofiq bo'lishi kerak. Davlat standarti bo'yicha o'quvchi har bir darajada qanday va nechta so'z bilishi kerakligi belgilab berilgan. Mana shu ro'yxatdan kelib chiqqan holda faol va oson so'zlar ishtirok etgan iboralardan boshlash kerak. Hattoki 11 -sinfga borib ham murakkab leksik qatlamli iboralarni berish xato. Chunki bu oquvchini o'zbek tilini o'rganishga bo'lgan ishtiyoqini so'ndirib qo'yishi mumkin.

Madaniyatga tegishli bo'lgan iboralarni tarjima qilib bo'lmaydi. Ular muqobilsiz leksika va lakunalar deb yuritiladi. Har qanday til yoki dialektda boshqa tilga bir so'z bilan tarjima qilib bo'lmaydigan so'zlar mavjud bo'ladi. Bunday so'zlarga muqobilsiz leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos hodisalarni aks ettiradi. U ko'pincha mahalliy xalqqa xos pul, masofa-uzunlik birliklari, ro'zg'or ashyolari, kiyim-kechak, yegulik-ichkilik va h.k. tushunchalarni anglatadigan so'zlardan tarkib topadi. Muqobilsiz leksika boshqa tilga o'zlashtirilganda ularga ekzotik leksika (ekzotizmlar) deyiladi. Ekzotizmlar va etnografizmlar o'zga madaniyatning ramzi sanaladi. Jumladan, spiker, kriket, shilling - Angliya; yaylov, qishloq, ariq, dehqon, cho 'l - O'rta Osiyo: sakura, geysha, ikebana, sake - yapon madaniyatining belgilarini assotsiatsiyalaydi. O'zbek madaniyatining belgilarini palov patir, sumalak, ko'rpacha, belbog' (belida belbog'i bor), do'ppi (do 'ppisi osmonda, do 'ppi tor) va h.k. so'zlarda ko'rish mumkin.

Bir tildagi so'z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o'rinlarda har doim lakuna hodisasi voqelanadi.

Turg'un birliklarning lingvokulturologik xusiyatlarini qiyosiy metod orqali tushuntirish. Turg'un birliklardagi lingvokultrologik xususiyatlar madaniy unsurlar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

bilan bog'liq bo'lgani uchun, o'zga tilda aynan tarjimasini topish yoki o'zga tilga tarjima qilish muammo tug'dirishi mumkin. Madaniyat qanchalik chuqur va tafsilotlari bilan o'rganilsa, uning tafakkuri bilan bog'liq ekanligi seziladi. Shunday ekan, inson ko'z o'ngida aks etgan voqea-hodisalarni madanyati orqali ongiga singdirishga hamisha intiladi. Ma'lumki, insonlar ma'lum bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yashaydilar, u yoki bu milliy tilda so'zlashadilar va ular muayyan milliy ma'naviyat va madaniyatga ega. Milliy ma'naviyat, uni ro'yobga chiqishida muhim o'rin tutadigan til madaniyati va nutq ma'naviyatining o'ziga xos xususiyatlari insonlarning lisoniy kognitiv faoliyatida o'z aksini topadi. Masalan, stol ustidagi biror narsani yerga tushib ketishidagi emotsional holatni ingliz ayoli — "Oaps", nemis ayoli — "Mein Got! ", rus ayoli — "Боже мой! ", o'zbek ayoli esa — "Voy, o'lay" tarzlarida ifodalaydi. Turli millatlarga mansub bo'lgan ayollar til madaniyati va nutq ma'naviyatini qiyosiy tahlil qilish imkonini beruvchi ushbu misoldan ko'rinib turganidek, to'satdan sodir bo'lgan his-hayajonni ifodalashda hech qanday lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan — "Oaps!" undov so'zidan, nemis va rus ayollari o'z ajdodlarining til madaniyati va nutq ma'naviyatiga amal qilgan holda Allohni rozi qiladigan — "Mein Got", — "Боже мой" so'zlaridan foydalanadilar. O'zbek ayoli esa bunday holda salbiy ma'noga ega bo'lgan — "Voy, o 'lay!" so'zlarini ishlatadi. Insonning hayot kechirishida kerakli predmetlar hamda yuzaga keladigan voqea-hodisalarni madaniyat vositasi deb fikr yuritsa ham bo'ladi. Mazkur birliklar yuqori sinflarda o'z aksini topmog'i darkor.

Turg'un birliklarning kommunikativ muhitda so'zlovchi maqsadi bilan bog'liqligi (evfemik va disfemik xususiyati) ni o'zlashtirishda muhim hisoblangan ayrim ta'limiy jarayonlar. Frazeologik birliklar nafaqat stilistik ahamiyat kasb etadi, balki kommunikativ muhitda so'zlovchining maqsadini ham o'zida aks ettirish xususiyatiga ega. Bunda o'zga til vakillari, millat ruhini his etish jarayonini boshdan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. So'zlovchining maqsadi ikki xil: ijobiy yoki salbiy bo'lib, tinglovchining kayfiyatini muayyan darajada tushirish yoki ko'tarish niyyati u ifoda etayitgan birikmada namoyon bo'ladi. Bu ko'chim tilshunoslikda evfemizm va disfemizm deb yuritiladi.

Evfemik va disfemik birliklarni tadqiq etgan X.Kadirova ulaning evfemiklik va disfemiklik xususiyatiga to'xtalgan. O'zbek tili ta'limida nutqiy savodxonlik, mental so'zlashuv uslubi masalalarida, tilning ichki madaniyati bilan tanishtirishga qaratilgan ta'limda o'z aksini topmog'i darkor. Zero, o'zga til vakili onasini uchqo'rg'ondan ko'rgan (frazeologik disfema) yoki yoshini yashab, oshini oshagan, noma 'qul buzoqning go 'shtini yemoq (frazeologik evfema) kabi birlikalar muayyan mental tarixiy bilimlarni talab etadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, turg'un birliklarni o'zga til vakilida idrok etilishini ta'minlashda yosh kategoriyasiga, jins kategoriyasi, ya'ni gender xoslanishga e'tibor qaratilishi, qiyosiy metodlardan foydalangan holda ona tilidagi muqobil ekvivalentlardan keng foydalanishi, lingvokultorologik aspektlarga rioya qilishi va kommunikativ jarayonlardagi ijobiy va salbiy bo'yoqdorligini inobatga olgan holda ta'lim jarayonini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Xidoyatova D. [va boshq.] O'zbek tili 2-sinf darslik. - Toshkent, 2021.

2. Ibrohimova M., Kadirova X. HARAKAT NOMI VA INFINITIVNING QIYOSIY TAHLILI //Prospects of Uzbek applied philology. - 2022. - Т. 1. - №. 1.

3. КАДИРОВА Х. ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕВОДА УЗБЕКСКИХ ЭВФЕМИЗМОВ НА РУССКИЙ ЯЗЫК //Общественные науки. https://science.nuu.uz/admin/pdf/Uzmu-191-2022(3-bolim).pdf#page=38

4. Бейсенова, А., & Kadirova, X. (2022). "Zamonamiz qahramoni" asarida qo'llangan frazeologizmlarning badiiy tarjimada aks etishi (o'zbek va rus tillari misolida). Uzbekistan Language and Culture, 5(1). Retrieved from http : //aphil .tsuull. uz/index.php/language-and-culture/article/view/4

5. Худайбердиева И., Кадирова Х. (2022). СЛОЖНОСТИ РАЗНИЦА ПАДЕЖЕЙ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ. Перспективы узбекской прикладной филологии, 1 (1). URL: http://compling.navoiy-uni.uz/index.php/conferences3/article/view/277.

6. Kadirova, X.B. O'zbek tilini xorijiy til sifatida o'qitishda ta'lim sifatini belgilovchi omillar // International scientific journal of Biruni. 2022. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-tilini-xorijiy-til-sifatida-o-qitishda-ta-lim-sifatini-belgilovchi-omillar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.