Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYODA HUNARMANDCHILIKNING TASHKIL TOPISHI VA MEHNAT MUNOSABATLARINING YUZAGA KELISHI'

MARKAZIY OSIYODA HUNARMANDCHILIKNING TASHKIL TOPISHI VA MEHNAT MUNOSABATLARINING YUZAGA KELISHI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Markaziy Osiyo / hunarmandchilik / mehnat munosabatlari / Ustoz-shogird munosabatlari / Hunarmandchilik markazlari / Tarixiy tahlil / Ijtimoiy tabaqalanish / Central Asia / crafts / labor relations / Master-apprentice relations / Crafts centers / Historical analysis / Social stratification

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Israilova Feruza Nazrillayevna

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda hunarmandchilikning tashkil topishi va mehnat munosabatlarining shakllanishi jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda mintaqaning qadimiy hunarmandchilik markazlari, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi hunarmandchilikning rivojlanish bosqichlari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, hunarmandchilikning mehnat taqsimoti, ustoz-shogird munosabatlari va ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari ham oʻrganiladi. Ushbu jarayonlar mintaqaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta ta’sir koʻrsatgan. Maqolada tarixiy yozuvlar, arxeologik topilmalar va etnografik tadqiqotlar asosida hunarmandchilikning rivojlanishi va mehnat munosabatlarining shakllanishi tizimli tahlil qilingan. Natijalar mintaqaning geografik joylashuvi, savdo yo'llari va madaniy an’analarining hunarmandchilikka ta'sirini ko‘rsatadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ORGANIZATION OF CRAFTSMANSHIP AND THE EMERGENCE OF LABOR RELATIONS IN CENTRAL ASIA

This article analyzes the process of formation of crafts and labor relations in Central Asia. The study examines the stages of development of crafts in the ancient craft centers of the region, in particular, in the cities of Samarkand, Bukhara, and Khiva. The division of labor, master-apprentice relationships, and social stratification processes of crafts are also studied. These processes had a great impact on the economic and cultural development of the region. The article systematically analyzes the development of crafts and the formation of labor relations based on historical records, archaeological finds and ethnographic research. The results show the influence of the region's geographical location, trade routes and cultural traditions on the craft

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYODA HUNARMANDCHILIKNING TASHKIL TOPISHI VA MEHNAT MUNOSABATLARINING YUZAGA KELISHI»

MARKAZIY OSIYODA HUNARMANDCHILIKNING TASHKIL TOPISHI VA MEHNAT MUNOSABATLARINING YUZAGA KELISHI

Israilova Feruza Nazrillayevna

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti "Innovatsion Menejment kafedrasi"

mustaqil izlanuvchisi

f.isroilova@tsue. uz

Annotatsiya: Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda hunarmandchilikning tashkil topishi va mehnat munosabatlarining shakllanishi jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda mintaqaning qadimiy hunarmandchilik markazlari, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi hunarmandchilikning rivojlanish bosqichlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, hunarmandchilikning mehnat taqsimoti, ustoz-shogird munosabatlari va ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari ham o'rganiladi. Ushbu jarayonlar mintaqaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatgan. Maqolada tarixiy yozuvlar, arxeologik topilmalar va etnografik tadqiqotlar asosida hunarmandchilikning rivojlanishi va mehnat munosabatlarining shakllanishi tizimli tahlil qilingan. Natijalar mintaqaning geografik joylashuvi, savdo yo'llari va madaniy an'analarining hunarmandchilikka ta'sirini ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, hunarmandchilik, mehnat munosabatlari, Ustoz-shogird munosabatlari, Hunarmandchilik markazlari, Tarixiy tahlil, Ijtimoiy tabaqalanish.

ОРГАНИЗАЦИЯ РЕМЕСЛА И ВОЗНИКНОВЕНИЕ ТРУДОВЫХ ОТНОШЕНИЙ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

Исраилова Феруза Назриллаевна

Ташкентский государственный экономический университет «Кафедра инновационного менеджмента» независимый исследователь

f.isroilova@tsue.uz

Аннотация: В данной статье анализируется процесс становления ремесел и трудовых отношений в Средней Азии. В исследовании рассматриваются этапы развития ремесел в древних ремесленных центрах региона, в частности, в городах Самарканде, Бухаре и Хиве. Изучаются также разделение труда, отношения мастера и ученика, процессы социального расслоения ремесел. Эти процессы оказали большое влияние на экономическое и культурное развитие

региона. В статье систематически анализируется развитие ремесел и становление трудовых отношений на основе исторических данных, археологических находок и этнографических исследований. Результаты показывают влияние географического положения региона, торговых путей и культурных традиций на ремесло.

Ключевые слова: Центральная Азия, ремесла, трудовые отношения, Отношения мастер-ученик, Ремесленные центры, Исторический анализ, Социальная стратификация.

THE ORGANIZATION OF CRAFTSMANSHIP AND THE EMERGENCE OF LABOR RELATIONS IN CENTRAL ASIA

Israilova Feruza Nazrillayevna

Tashkent State University of Economics "Department of Innovation Management"

independent researcher

f.isroilova@tsue.uz

Abstract: This article analyzes the process of formation of crafts and labor relations in Central Asia. The study examines the stages of development of crafts in the ancient craft centers of the region, in particular, in the cities of Samarkand, Bukhara, and Khiva. The division of labor, master-apprentice relationships, and social stratification processes of crafts are also studied. These processes had a great impact on the economic and cultural development of the region. The article systematically analyzes the development of crafts and the formation of labor relations based on historical records, archaeological finds and ethnographic research. The results show the influence of the region's geographical location, trade routes and cultural traditions on the craft.

Keywords: Central Asia, crafts, labor relations, Master-apprentice relations, Crafts centers, Historical analysis, Social stratification.

KIRISH

Hozirda butun dunyoda sun'iy intelektga va texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish mahsulotlari bozorlarni to'ldirgan. Biroq insoniyat inson qo'li bilan yaratilgan mahsulotlarni, tovarlarni, suvenirlarni hanuzgacha katta qiziqish va hayajon bilan qabul qilmoqda. Bizda, vatanimizda bugungi kunda hunarmandchilik sohasida qanday ishlar olib borilmoqda?, qonuniy jihatdan ularning huquq va majburiyatlari borasida keyingi yillarda qanday o'zgarishlar amalga oshirilmoqda? Ushu savollarga quyidagicha javob berishimiz mumkin: O'zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2021 yilda 30 dekabrdagi PQ-77-sonli1 "hunarmandchilik faoliyatini qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ushbu sohaga e'tiborni yanada kuchaytirdi va sohadagi yo'lni belgilab berdi. Ushbu qarorda sohadagi kelgusi ishlar uchun yo'l haridasi, o'quv dasturlari va bozorga kirish tashabbuslari ko'zda tutilgan. Maqsad esa an'anaviy hunarmandchilikni saqlab qolish va shu bilan birga, ushbu sohada innovatsiyalarni rag'batlantirishdir.

"0'zbekiston-2030" strategiyasida ham hunarmandchilik sohasida quyidagilarni ko'rishimiz mumkin:

Hunarmandchilikni rivojlantirish: O'zbekistonning milliy madaniy merosini saqlash va rivojlantirish maqsadida hunarmandchilikning turli yo'nalishlari qo'llab-quvvatlanadi. Bu hunarmandlarning zamonaviy texnologiyalar va an'anaviy uslublarni birlashtirish orqali mahsulotlar yaratishini rag'batlantiradi.

Iqtisodiy yuksalish: Hunarmandchilik O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun muhim sohalardan biri sifatida e'tirof etiladi. Bu soha orqali milliy mahsulotlarni eksport qilish va mahalliy bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta'minlash ko'zda tutilgan.

Yangi ish o'rinlari yaratish: Hunarmandchilikni rivojlantirish orqali yangi ish o'rinlari yaratish, aholi bandligini ta'minlash va kasb-hunar ta'limini kuchaytirish nazarda tutilgan. Bu esa yoshlarga kasbiy mahorat va amaliy ko'nikmalar berishga yordam beradi.

Davlat ko'magini kengaytirish: Hunarmandlarga davlat tomonidan ko'mak berish, ular uchun soliq imtiyozlari, kreditlar va subsidiyalar taqdim etish orqali sohani rivojlantirish choralari ko'riladi.

Turizmni rivojlantirish: Hunarmandchilik mahsulotlari orqali turizm salohiyatini oshirish, sayyohlarni milliy madaniyat va an'analar bilan tanishtirish strategiyaning muhim yo'nalishlaridan biridir2.

Ushbu strategiyalar hunarmandchilik sohasini yuksaltirishga, milliy madaniyatni saqlash va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, hunarmandchilikni rivojlantirish uchun byudjet ajratmalari haqida to'xtalsak: 2024-yil davlat byudjetida hunarmandchilikni rivojlantirish uchun maxsus mablag'lar ajratilgan. Ushbu mablag'lar o'quv dasturlari, infratuzilmani rivojlantirish va O'zbek hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro miqyosda targ'ib qilish uchun mo'ljallangan. Bu keng ko'lamli strategiyaning bir qismi bo'lib, iqtisodiy o'sishni va madaniy merosni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ushbu yuqoridagi ma'lumotlar bejizga emas, chunki biz tarixan hunarmandchilik markazlaridan hisoblanamiz. Markaziy Osiyo tarixan

1 https://lex.uz/

2 "O'zbekiston-2030" strategiyasi

hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo'lib, mintaqaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol o'ynagan. Hunarmandchilikning tashkil topishi va mehnat munosabatlarining yuzaga kelishi, bu hududda yuz bergan ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarning muhim qismi hisoblanadi. Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda hunarmandchilikning rivojlanishi va mehnat munosabatlarining shakllanishi tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Markaziy Osiyo qomusiy olimlarining hunarmandchilik haqidagi asarlari va fikrlari tarixiy va madaniy jihatdan juda boydir. Ularning asarlari orqali hunarmandchilikning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy ahamiyati ham ochib berilgan.

Ibn Xaldun (1332-1406) arab tarixchisi, faylasufi va sotsiologi bo'lib, uning mashhur asari "Muqaddima"da hunarmandchilik va mehnat munosabatlari haqida muhim fikrlar keltirilgan. U hunarmandchilikni iqtisodiy faoliyatning asosiy turlari qatorida ko'rib, uning jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi rolini ta'kidlaydi. U hunarmandchilikni moddiy boylik yaratishda muhim omil deb biladi3. Ibn Xaldun hunarmandchilikni dehqonchilik va savdo bilan taqqoslaydi va uning murakkabligini, ijodkorlik talab etishini ta'kidlaydi. U hunarmandlarning mehnati yuqori mahorat va tajribani talab qilishini qayd etadi. Shuningdek, Ibn Xaldun shaharlar rivojlanishi bilan hunarmandchilikning rivojlanishini bog'laydi. Uning fikricha, shahar madaniyati va iqtisodiy taraqqiyoti hunarmandchilikning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir.

Markaziy Osiyoda ko'plab qomusiy olimlar hunarmandchilik haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirgan va asarlar yozgan. Ular orasida eng mashhurlari Al-Beruniy va Al-Farobiydir.

Al-Beruniy (973-1048) o'zining ko'p qirrali asarlarida hunarmandchilik va texnologiya haqida ham fikrlar bildirgan. Al-Beruniyning "Kitab al-jamahir fi ma'rifat al-jawahir" (Javohirlar haqida kitob) asarida minerallar va ularning ishlatilishi, shu jumladan zargarlik va hunarmandchilikda qo'llanishi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Al-Beruniy hunarmandchilikda metall va kimyoviy jarayonlar haqida yozib, bu sohalarning rivojlanishiga katta hissa qo'shgan.

Al-Farobiy (872-950) hunarmandchilik va uning jamiyatdagi o'rni haqida falsafiy fikrlar bildirgan. U hunarmandchilikni jamiyatning muhim bir qismi deb biladi va uning ijtimoiy tuzilma va iqtisodiy tizimdagi ahamiyatini ta'kidlaydi. Al-Farobiy hunarmandchilikni rivojlantirish uchun ta'lim va kasbiy tayyorlov muhimligini qayd etadi. Uning fikricha, hunarmandlar yaxshi tayyorlangan bo'lishi kerak va bu jamiyatning umumiy rivojlanishiga yordam beradi.

3 Ibn Xaldun -"Muqaddima".

Ushbu olimlarning asarlari hunarmandchilikning nafaqat texnik jihatlari, balki uning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ham ochib berishga yordam beradi. Ular hunarmandchilikning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sharoitlar va omillar haqida muhim fikrlar bildirgan.

METODOLOGIYA

Maqoladagi tadqiqot ma'lumotlari rasmiy manbalardan olingan bo'lib tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, ilmiy abstraktsiya, qiyosiy tahlil va boshqalar qo'llaniladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Markaziy Osiyoda hunarmandchilikning tashkil topishi va mehnat munosabatlarining shakllanishi uzoq tarixiy jarayonlarning natijasidir. Ushbu tadqiqotda ko'rsatilganidek, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy hunarmandchilik markazlari hunarmandchilik rivojlanishining asosiy bosqichlarini boshdan kechirdi.

Asosiy natijalar quyidagilardan iboratdir:

- Hunarmandchilik va Shahar Madaniyati: Hunarmandchilikning rivojlanishi bevosita shahar madaniyati va iqtisodiy taraqqiyot bilan bog'liqdir. Shaharlar iqtisodiy markaz bo'lib, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosining asosiy manzili hisoblangan.

- Ibn Xaldunning Fikrlari: Ibn Xaldunning "Muqaddima" asarida hunarmandchilikning iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi roli batafsil yoritilgan. Uning fikricha, hunarmandchilik murakkab va ijodkorlikni talab qiluvchi faoliyat bo'lib, shaharlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir.

- Qomusiy Olimlarning Hissasi: Al-Beruniy va Al-Farobiy kabi qomusiy olimlar hunarmandchilikning texnik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari haqida qimmatli asarlar yozgan. Ular hunarmandchilikning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sharoitlar va omillarni tahlil qilib, hunarmandchilikni jamiyatning ajralmas qismi sifatida ko'rsatgan.

- Mehnat Munosabatlari: Hunarmandchilikda mehnat taqsimoti, ustoz-shogird munosabatlari va ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlar hunarmandchilikning barqaror rivojlanishini ta'minlagan va jamiyatdagi mehnat munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan.

- Hozirgi Vaziyat: Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida hunarmandchilikni rivojlantirish uchun keng ko'lamli choralar ko'rilmoqda. Prezident qarorlari va "O'zbekiston-2030" strategiyasida hunarmandchilikni qo'llab-quvvatlash, yangi ish o'rinlari yaratish, turizmni rivojlantirish va davlat ko'magini kengaytirish kabi yo'nalishlar belgilangan. Bu esa milliy madaniyatni saqlash va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan.

Hunarmandchilikning rivojlanishi bilan birga mehnat munosabatlari ham shakllangan. Hunarmandchilik ustaxonalari va gilam to'qish markazlarida mehnat taqsimoti va tashkiloti muhim ahamiyat kasb etgan. Ustoz-shogird munosabatlari asosida hunarmandchilik kasblari avloddan-avlodga o'tib borgan. Har bir hunarmand o'z ishini yaxshi bilishi va uni mukammal darajada bajarishi uchun katta ma'uliyatga ega bo'lgan.

Hunarmandlar orasida ijtimoiy tabaqalanish ham kuzatilgan. Misol uchun, yetakchi ustalar o'zining malakasi va mahsulotlarining sifati tufayli jamiyatda yuqori mavqega ega bo'lgan. Shogirdlar esa ustozdan hunar o'rganish jarayonida mehnat intizomi va kasb sirlarini egallaganlar.

Markaziy Osiyoda hunarmandchilikning tashkil topishi va mehnat munosabatlarining shakllanishi bir nechta omillarga bog'liq bo'lgan. Birinchidan, mintaqaning geografik joylashuvi va tabiiy resurslari hunarmandchilikning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Ikkinchidan, savdo yo'llarining mavjudligi va xalqaro savdo munosabatlari hunarmandchilik mahsulotlarining eksport qilinishiga imkon yaratgan.

Shuningdek, madaniy va ijtimoiy omillar ham muhim rol o'ynagan. Hunarmandchilik an'analari asrlar davomida shakllanib, avloddan-avlodga o'tib kelgan. Bu jarayonda diniy va etnik omillar ham ahamiyatli bo'lgan, chunki hunarmandchilik ko'pincha muayyan etnik guruhlar yoki diniy jamoalar tomonidan qo'llab-quvvatlangan.

Bugungi kunda Respublikamizda Hunarmandlar uyushmasi tashkil etilgan bo'lib, asosan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faoliyat olib bormoqdalar:

1-jadval

Respublikamizdagi Hunarmandlar uyushmasidagi faoliyat yo'nalishlari4

Faoliyat Yo'nalishlari Tavsif

Hunarmandlarni qo'llab-quvvatlash Hunarmandlar uchun qo'llab-quvvatlash dasturlari va xizmatlarni taqdim etish

Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturlari Hunarmandchilikni rivojlantirish va yangilash bo'yicha strategik dasturlarni ishlab chiqish

Hunarmandchilik mahsulotlarini targ'ib qilish Hunarmandchilik mahsulotlarini milliy va xalqaro miqyosda targ'ib qilish va savdoni rivojlantirish

Hunarmandlarga kredit va subsidiyalar berish Hunarmandlar uchun moliyaviy yordam, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish

Hunarmandchilik bo'yicha o'quv dasturlari Hunarmandchilik bo'yicha malaka oshirish va kasbiy tayyorlov dasturlarini tashkil etish

Milliy hunarmandchilik merosini saqlash Milliy hunarmandchilik an'analari va

4 Muallif ishlanmasi

merosini asrab-avaylash va rivojlantirish

Hunarmandlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish Hunarmandlar o'rtasida hamkorlik va tajriba almashishni rag'batlantirish

Xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvi Xalqaro hunarmandlar bilan hamkorlik o'rnatish va tajriba almashish

Hunarmandchilik ko'rgazmalari va yarmarkalari tashkil etish Hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmalari va yarmarkalari o'tkazish

Hunarmandlar huquqlarini himoya qilish Hunarmandlar huquqlarini himoya qilish va ularning manfaatlarini himoya qilish

Ushbu rasm Hunarmand Uyushmasining turli yo'nalishlardagi faoliyatlarini yoritib beradi. Uyushma hunarmandlarni qo'llab-quvvatlash, ularni rivojlantirish, mahsulotlarini targ'ib qilish, moliyaviy yordam ko'rsatish, malaka oshirish va kasbiy tayyorlov dasturlarini tashkil etish, milliy hunarmandchilik merosini saqlash, hamkorlik va tajriba almashishni rivojlantirish, ko'rgazmalar va yarmarkalarni o'tkazish hamda hunarmandlar huquqlarini himoya qilish kabi ko'plab faoliyatlarni amalga oshiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Hunarmandchilik Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim rol o'ynaydi. Ibn Xaldun va Markaziy Osiyo qomusiy olimlarining asarlari va fikrlari hunarmandchilikning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ham ochib beradi. Bugungi kunda O'zbekistonda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun qabul qilingan qonun va qarorlar, strategiyalar va davlat ko'magi ushbu sohani yanada yuksaltirishga qaratilgan.

Markaziy Osiyoda hunarmandchilikning tashkil topishi va mehnat munosabatlarining shakllanishi tarixiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlardan muhim jarayonlar hisoblanadi. Ushbu jarayonlar mintaqaning madaniy va iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan. Hunarmandchilikning rivojlanishi va mehnat munosabatlarining shakllanishi bugungi kunda ham Markaziy Osiyo xalqlari uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Abdullaev. N. (2010). "Markaziy Osiyo tarixi." Tashkent: O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

2. Boboyev. S. (2015). "Hunarmandchilik va uning rivojlanish tarixi." Samarqand: Samarqand Davlat Universiteti Nashriyoti.

3. Karimov. A. (2012). "Markaziy Osiyo savdo yo'llari va hunarmandchilik." Buxoro: Buxoro Davlat Universiteti Nashriyoti.

4. Rahmonov. U. (2018). "Hunarmandchilikning iqtisodiy asoslari." Xiva: Xorazm Davlat Universiteti Nashriyoti.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hunarmandchilik faoliyatini qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 17.11.2017-yildagi PQ-3393-son qarori

6. Sh. L. Mamasoliyeva Xalq hunarmandchiligi O'quv qo'llanma Samarqand - 2021.

7. N. Abdunazarov. O=zbekistonda xalq hunarmandchiligi turlari T. 2022

8. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 28.10.2022y.

9. https://lex.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.