Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA – MUAMMOLAR YECHIMINING ASOSIY OMILI'

MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA – MUAMMOLAR YECHIMINING ASOSIY OMILI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gegemon kuchlar / integratsiya / iqtisodiy aloqalar / savdo aloqalari / mintaqa ko‘lami / sherikchilik munosabatlari / raqobatbardoshlik muhiti / xavfsizlik / barqarorlik / iqtisodiy manfaat / ijtimoiy muhofaza. / hegemonic powers / integration / economic relations / trade relations / regional scale / partnerships / competitive environment / security / stability / economic benefit / social protection.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Omonov, Bahodir Nurillayevich

Maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasini rivojlantirish omillari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, mintaqada o‘zaro hamkorlik, ijtimoiy-siyosiy birlikni mustahkamlash, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan yaqin qo‘shnichilik siyosatini yurtishdagi xatti-harakatlariga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REGIONAL INTEGRATION IN THE COUNTRIES OF CENTRAL ASIA IS THE MAIN FACTOR IN SOLVING THE PROBLEM

The article examines factors in the development of integration of Central Asian countries. Mutual cooperation in the region, strengthening socio-political unity, and Uzbekistan’s actions to implement a policy of close neighborhood with neighboring countries were also emphasized.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA – MUAMMOLAR YECHIMINING ASOSIY OMILI»

MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA MINTAQAVIY

INTEGRATSIYA - MUAMMOLAR YECHIMINING ASOSIY OMILI

d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11668954

Omonov Bahodir Nurillayevich

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, f.f.d (DSc), dotsenti.

E-mail: bakhodiron@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasini rivojlantirish omillari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, mintaqada o'zaro hamkorlik, ijtimoiy-siyosiy birlikni mustahkamlash, O'zbekistonning qo'shni davlatlar bilan yaqin qo'shnichilik siyosatini yurtishdagi xatti-harakatlariga e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: gegemon kuchlar, integratsiya, iqtisodiy aloqalar, savdo aloqalari, mintaqa ko'lami, sherikchilik munosabatlari, raqobatbardoshlik muhiti, xavfsizlik, barqarorlik, iqtisodiy manfaat, ijtimoiy muhofaza.

РЕГИОНАЛЬНАЯ ИНТЕГРАЦИЯ В СТРАНАХ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ - ГЛАВНЫЙ ФАКТОР РЕШЕНИЯ ПРОБЛЕМЫ

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются факторы развития интеграции стран Центральной Азии. Также подчеркнуты взаимное сотрудничество в регионе, укрепление общественно-политического единства, действия Узбекистана по реализации политики тесного соседства с соседними странами.

Ключевые слова: державы-гегемоны, интеграция, экономические отношения, торговые отношения, региональный масштаб, партнерские отношения, конкурентная среда, безопасность, стабильность, экономическая выгода, социальная защита.

REGIONAL INTEGRATION IN THE COUNTRIES OF CENTRAL ASIA IS THE MAIN FACTOR IN SOLVING THE PROBLEM

ANNOTATION

The article examines factors in the development of integration of Central Asian countries. Mutual cooperation in the region, strengthening socio-political unity, and Uzbekistan's actions to implement a policy of close neighborhood with neighboring countries were also emphasized.

Key words: hegemonic powers, integration, economic relations, trade relations, regional scale, partnerships, competitive environment, security, stability, economic benefit, social protection.

KIRISH.

Tarixiy tajribalardan ma'lumki, davlatlar o'rtasidagi doimiy do'stlik yoki doimiy dushmanlikni saqlab qoladi degan tushunchalar nisbiy ahamiyat kasb etadi. Davlatlar paydo bo'libdiki faqat milliy manfaatlarini birinchi o'ringa qo'ygan holda siyosiy faoliyat yuritib keladi. Milliy manfaatdan kelib chiqib, ichki va tashqi siyosatda strategik va istiqbolli rejalar amalga oshiriladi. Har bir mamlakatning asosiy vazifasi qudratli, farovon, tinch va osoyishta davlatni barpo etishdan iborat. Davlatlarning bu darajaga erishishida doimiy muammolarning yengishi ancha murakkab kechgan bo'lib, biron bir davlat doimiy kuch-qudratini va farovon faoliyatini saqlayolmagan. Davlatlar o'rtasidagi raqobati asosida kuch-qudratni birinchisi ikkinchisiga, ikkinchisi boshqalariga o'rnini bo'shatib bergan. Natijada ba'zi davlatlar umuman yo'q bo'lib, o'rnida boshqalari paydo bo'lgan yoki vaqt o'tishi bilan qayta qudratini tiklab, davomiylikni saqlab qolishga intilgan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Mavzuning turli jihatlari jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasini rivojlantirish borasida mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev, mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimov, soha mutaxassislari F.Ravshanov, Q.Nazarov, S.Otamurodov, B.Omonov, G.Ochilova va boshqalar tomonidan o'rganilgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Mavzuning mohiyatini yoritishda tarixiylik, analiz, sintez, umumlashtirish, taqqoslash, qiyosiy tahlil kabi mantiqiy usullardan foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. Bugungi kunda davlatlar o'rtasida ekspansion harakatlarga xalqaro cheklov qo'yilgan bo'lsa-da, qo'shib olish (davlatlar biri-birini bosib olish)ning turlari o'zgarib bormoqda. Davlatlar biri-birini to'liq hududlarini qo'shib olish emas, ularni ma'lum tomonlama (siyosiy, iqtisodiy, harbiy, taransport-kommunikatsiyaviy v.h) qaramlikda saqlashga intilmoqda. Endigina mustaqillikni qo'lga kiritib, rivojlanish sari intilayotgan mamlakatlar ana shu muammolar girdobida qolayotgani jahon ommasiga ma'lum. Bu ko'p qutbli dunyo sari intilayotgan va o'zining tarafdorlari sonini orttirishga urunayotgan davlatlarning xatti-harakatlari ta'sirida kechmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari ham mana shunday gegemon kuchlar ta'siriga uchrayotgan davlatlar sirasiga kiradi.

O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov integratsiyani tashkil etish borasida ko'plab harakatlarni amalga oshirdi. O'zbekiston yo'lining integratsion nazariyasini o'z asarlarida asoslab berdi. Ushbu nazariyaga ko'ra, O'zbekiston

manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjuligiga asoslantirildi. O'zbekiston bir vaqtning o'zida turli darajalarda -dunyo miqyosida va mintaqa ko'lamida - integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik, bir subyekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga yo'l qo'ymasligi [4; 299] ustuvor vazifa sifatida belgilandi. O'zbekiston mintaqa davlatlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni olib borishga keng e'tibor qaratdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari ham mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab taraqqiyot darajasini oshirish, rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilish borasida ijobiy samaraga erishib kelmoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan do'stona hamkorlikni olib bormoqda. Lekin mintaqada to'planib qolgan muammolarning ko'pligi rivojlanishga keskin ta'sir etmoqda. Bu muammolarni oldini olishda ko'plab mamlakatlar bilan ikki va ko'p tomonlama hamkorlik olib borish, xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lish, ularning yordamidan keng foydalanish asosida ma'lum natijalarga erishib kelinmoqda. Ammo bu ishlar ham to'liq o'z natijasini berayotgan emas.

Markaziy osiyo davlatlari rivojlanish darajasining jadal oshirish, mintaqadagi muammolarni bartaraf etish borasida birlamchi yo'l o'zaro ichki integratsiyani mustahkamlashdan iborat bo'lib, bu jarayon juda sust va g'aliz kechmoqda. Bunga asosan mintaqada yagona yakdil integratsion konsepsiyani ishlab chiqilmaganidadir. 1993 yilda O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston davlatlari o'rtasida MOIH (Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorligi) tashkil etilib, mintaqada o'zaro hamkorlik rejasi va dasturi ishlab chiqildi. MOIH ijobiy natijalarga erishgan bo'lsa-da, bu hamkorlik uzoqqa bormadi. Hamkorlikni tashkil etilishidagi asosiy kamchilik shundaki, bu tashkilotga mintaqa davlatlarining barchasi qamrab olinmadi. Faqatgina mintaqaning uchta davlati bilan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirib bo'lmadi. MDH tashkilotining faoliyatida mintaqa davlatlari samarali ishlarni olib bordi. Ammo bu tashkilot ham aynan mintaqadagi muammolar yechimida yetarli natijalarga erishgani yo'q. XXI asrning boshlanishida mintaqa davlatlaridagi bir-biriga bo'lgan ishonchsizlik iqtisodiy rivojlanishda tafovutlarni keltirib chiqardi. O'zbekiston va Qozog'iston rivojlanish darajasida birmuncha yuqori natijalarga erishdi. Tojikiston va Qirg'iziston iqtisodiy tomondan ancha ortda qoldi. Turkmaniston ham bu sohada oqsoqlanib kelmoqda. 2016 yildan mintaqa davlatlari o'rtasida o'zaro ochiq va do'stona munosabatni rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev keng tashabbus bilan chiqa boshladi. Sh.Mirziyoyev Prezidentlik faoliyatiga kirishish chog'idayoq "...yaqin qo'shnilarimiz Turkmaniston, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston bilan ochiq, do'stona va pragmatik siyosat olib borish" [1; 17] yo'lini tanladi. Qozog'iston davlati birinchilardan bu tashabbusni

qo'llab-quvvatladi. Chunki mintaqada mustahkam hamkorlikka erishmasdan yuqori natijalarga erishib bo'lmasligi kundek ravshan.

Shunga ko'ra, Markaziy Osiyoda ko'p tomonlama o'zaro hamkorlikka asoslangan integratsiyani shakllantirishni davr taqozo etadi. Mintaqadagi muammolarni bartaraf etishning boshlang'ich nuqtasi ham integratsiyadir. Interatsiya jarayonlari aynan bitta maqsadni (faqatgina iqtisodiyotni) ko'zlab tuzilishi natija bermaydi. Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi ko'p tomonlama tizimga asoslanishi maqsadga muvofiqdir. Mintaqa davlatlari xolis faoliyat darajasiga erishuvini aynan integratsiyada topishini anglamoqlari lozim. Buning uchun, o'zaro hamkorlikni ta'minlashda asosan mintaqaning xususiyati e'tiborga olinishi kerak. Mintaqa davlatlaridagi ishonchsizlik ham aynan tabiiy va ijtimoiy xususiyatlarni inobatga olinmayotganligidadir. Masalan, Turkmanisiton, Tojikiston, Qirg'iziston davlatlari ishlab chiqarish sohasida ortda qolayapti. Sababni davlatlar ko'proq eksportga emas, import ulushini ko'paytirayotganida ko'rishmiz mumkin. Natijada xom ashyo eksporti kuchayib bormoqda. Bundan tashqari siyosiy elitalarda ishlab chiqarish sohasini chuqur rivojlantirishga panja ortidan qarayotgani va savdo monopoliyasining saqlanib qolayotganligi, raqobatbardoshlik muhitining juda sustligi. Bu muammolar mintaqa davlatlarining barchasida ham uchraydi. Ammo, yuqoridagi uch davlatda O'zbekiston va Qozog'istonga qaraganda ko'proqni tashkil etadi. Integratsiya jarayonida savdo va iqtisodiy aloqalarda mutadil siyosat yuritishni ta'minlash, uning uchun: birinchi navbatda transport-logistika tarmog'ini yangi qulay liniyalarini birgalikda hal etishi; ikinchidan, mintaqa aholisi uchun chegaralarni to'liq ochish, vizasiz yurish muddatini uzaytirishi; uchinchidan, madaniy-gumanitar, xavfsizlik va barqarorlik sohalaridagi faoliyati samaralidir. Avvalo, yuqori samaraga erishishga mintaqa davlatlarining ishtiyoqi birlamchi omildir. Amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil intilish, shuningdek, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas'uliyatini his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir. Chunki mintaqa davlatlari yaxshi qo'shnichilik va o'zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o'z salohiyatini yanada amalga oshira oladi. Bunda barcha - Markaziy Osiyo davlatlari ham, boshqa mamlakatlar ham birdek manfaat ko'radi [2; 265].

Mintaqada o'zaro hamkorlikni rivojlantirish natijasija mustahkam izchil taraqqiyot shakllantiriladi. Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlashning ustuvor yo'nalishi - ekstremistik g'oyalarga qarshi qat'iy kurashishdan iboratdir. Ko'pincha hayotga endi qadam qo'yayotgan yoshlar uning ta'siriga tushib qolmoqda. Markaziy Osiyo - aholining yoshi bo'yicha eng "yosh"

mintaqalardan biridir: bu yerda aholining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Dunyo bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich yuqoriligini inobatga olsak, birinchi galda yoshlarni ilm-ma'rifatga o'rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi. Barchamizga ma'lumki, mintaqa mamlakatlari terrorizm, diniy ekestremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlarga duch kelmoqda. Ushbu tahdidlarga qarshi kurashishni faqat birgalikda, mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi milliy hamkorlik mexanizmlari doirasida ta'minlash mumkin [2; 265, 270].

Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlash nuqtai nazaridan kelib chiqib, integratsiyani kechiktirib bo'lmasligi quyidagi uch omil bilan izohlanadi.

Birinchidan, Markaziy Osiyo hududidagi davlatlarning birortasida yashayotgan aholi aynan o'sha davlatga tegishli millatni to'la aks ettirmaydi. Mintaqa davlatlarining barchasida ko'psonli milliy ozchilikni tashkil etuvchi guruhlar (o'zbek, tojik, qirg'iz, turkman, qozoq millatlar) mavjud. YA'ni, bu guruhlar mintaqaning barcha davlatlarida asosiy millatdan keyingi o'rinda yuqori foizga ega. Bu borada integratsiya - mintaqadagi milliy etnik mojarolarning va separatizm tahdidlarining oldini oladigan vositalardan biri sifatida maydonga chiqadi.

Ikkinchidan, mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda davlatlarning geosiyosiy aloqalarini o'rni katta. Markaziy osiyo davlatlarining jaxon kommunikatsiya tarmoqlariga to'g'ridan-to'g'ri chiqa olmasliklari davlatlar o'rtasida ikki tomonlama va ko'p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga undaydi.

Uchinchidan, mintaqaning gidrozaxiralari bo'lib, tarix taqozosi bilan daryolarning o'zani bir davlat hududida, irmog'i boshqa davlat hududida joylashib qolgan. Davlatlarda suv zaxirasini yetishmasligi muammosining hal etlishi integratsion faoliyat asosida kechadi. Bu muammolarning to'planib qolishi mintaqa davlatlari o'rtasida o'zaro ichki ziddiyatlarni keltirib chiqardi va 25 yildan ortiq kelishmovchilikni davom etishi integratsion munosabatlarga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Agar mintaqa davlatlari mustaqillikni ilk yillaridan integratsiya muvozanatini tiklay olganda bugungi taraqqiyot darajasi ancha yuqori ko'rsatkichni tashkil etardi. Masalan, BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga ko'ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi samarali kooperatsiya aloqalari 10 yil mobaynida mintaqaviy yalpi ichki mahsulotning kamida ikki barobar oshirish imkonini bergan bo'lar edi. Ushbu mexanizmlar butun Markaziy Osiyoda to'g'ri yo'lga qo'yilib, barqaror rivojlanishni ta'minlagan holda, mamlakatlarimiz hududlarining sanoat, investitsiya va intellektual sohalardagi salohiyatini to'la ishga solish imkonini beradi [2; 267].

2017 yildan keyingi davrda Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida ancha mutadil siyosat yuritilib, ijobiy natijalarga erishilmoqda. 2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning taklifi bilan tashkil etilgan "Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi" integratsiyasini rivojlatirishdan mintaqa siyosiy elitalari umid qilmoqda. 2018 yil 15 martda Qozog'iston Respublikasining Ostona shahrida bo'lib o'tgan birinchi "Maslahat uchrashuvi"da quyidagi vazifalar kelishib olindi: birinchidan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash sohasida samarali mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi zaxira va amaliy mexanizmlarni izlash; ikkinchidan, savdo-iqtisodiy, innovatsiya, investitsiya, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, suv-energetika, va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklik bo'yicha aniq dasturlar - "yo'l xaritalari"ni ishlab chiqish; uchinchidan, eng dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo'yicha keng fikr almashish, ular bo'yicha umumiy pozitsiyani kelishib olish hamda uni BMT, MDH, SHHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surish [2; 350].

Ushbu vazifalarning amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilib, mintaqa davlatlari o'rtasidagi hamkorlik ijobiy natijalarini aks ettirdi. Savdo aylanmasi, tovar ayriboshlash darajasi ko'tarildi. Xususan, O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayriboshlash hajmi so'ngi yillarda ikki barobar, qo'shma korxonalar soni to'rt marta o'sdi [3; 270]. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi "Maslahat uchrashuvi" 2019 yil 29 noyabrda O'zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida o'tkazildi. Ikkinchi "Maslahat uchrashuvi"da Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari mintaqaning mavjud ulkan iqtisodiy salohiyatidan foydalangan holda, ustuvor sohalarda muloqot va sheriklikni rivojlantirishga kelishib olishdi. Ushbu kelishuvga ko'ra: davlatlar o'rtasidagi savdo to'siqlarini bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish; energetika infratuzilmalarini modernizatsiya qilish va mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yirik loyihalarni ro'yobga chiqarish; iqtisodiy va transport koridorlarining samarali mintaqaviy tizimini yaratish; suv resurslaridan birgalikda foydalanish, iqlim o'zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish, ekologik xatarlarga qarshi kurashish; innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, "yashil iqtisodiyot" prinsiplarini joriy etish; mintaqa davlatlari o'rtasida faol muloqotni qo'llab-quvvatlash, ilm-fan, ta'lim, turizm, madaniyat va sport sohalarida qo'shma tadbirlarni muntazam o'tkazib borish; Markaziy Osiyo xalqlarini birlashtirib turadigan umumiy qadriyat va an'analarni asrab-avaylash, keng targ'ib qilish bo'yicha qo'shma dasturlarni amalga oshirish; mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash uchun ko'p tomonlama o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi [3; 276-277]. 2021 yil, 6 avgust kuni Turkmanistondagi "Avaza" milliy sayyohlik

zonasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvi, 2022 yil, 21 iyul kuni Qirg'izistonning Cho'lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarmmg to'rtinchi Maslahat uchrashuvi, 2023 yil, 14 - 15 sentabr kunlari esa Tojikistonning Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi o'tkazildi. Ushbu sammitlarda qator muhim va dolzarb taklif va tashabbuslar, mintaqada savdo-iqtisodiy, transport, "yashil iqtisodiyot", energetika, suv va ekologiya sohalaridagi hamkorlik masalalariga shartnomalar imzolandi. Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni rivojlanishida Maslahat uchrashuvining ta'siri bo'layotgan bo'lsa-da, mintaqa davlatlari kutayotgan mustahkam birlashish natijalari to'la shakllangan emas. Ushbu sohada va mintaqaning rivojlantirish borasidagi boshqa masalalar keyingi uchrashuvlar doirasida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

XULOSA VA TAKLIFLAR.

Umuman olganda, Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy integratsiyani kuchaytirmasdan rivojlanishning yuqori darajasiga erishishi shubha ostidadir. Buni mintaqaning barcha davlatlari anglab yetmoqliklari zarur. Integratsiyaning yuqori bosqichga ko'tarish mintaqada iqtisodiy o'sish sur'atlarini tezlashtiradi va xavfsizlikni ta'minlashning ishonchli kafolati bo'lib qoladi. Integratsiyaning rivojlanishi: birinchidan, mintaqadagi barcha davlatlar milliy mustaqilligining kafolati; ikkinchidan, Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanishida tashqi kuchlarning salbiy ta'sirini qisqartirish uslubiyoti; uchinchidan, demokratik islohotlarni amalga oshirishning muhim yo'nalishi bo'lib qoladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild. - T.:O'zbekiston, 2017. 592 b.

2. Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. - T.: "O'zbekiston", 2018. 508 b.

3. Mirziyoyev Sh. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. 4-jild. - T.: "O'zbekiston", 2020. 456 b.

4. Каримов И. Узбекистан XXI аср бусагасида: хавфсизликка тахдид, баркарорлик шартлари ва тараккиёт кафолатлари. Т.: "Узбекистан", 1997. 326 б.

5. Омонов Б. Н. Идейно-политический путь просветительского и джадидского движения //Gospodarka i Innowacje. - 2024. - Т. 44. - С. 235-242.

6. Очилова Г.А. Омонов Б.Н. Чучук сув танкислиги муаммосининг Марказий Осиёга хавфи.

7. Omonov B. "Dastur ul-Muluk" va "Saddi Iskandariy" asarlarida geosiyosiy qarashlar //News of UzMU journal. - 2024. - Т. 1. - №. 1.2. - С. 180-183.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.