MARKAZIY FARG'ONA SHO'RXOKLARINING AGROKIMYOVIY XOSSALARI 1Yuldashev G'., 2Azimov Z., 3Mamadaliyev A., 4Mamadaliyeva O.
1FarDU q/x fanlari doktori., professor 2FarDU tuproqshunoslik kafedrasi, katta o'qituvchisi.,b.f.f.d (PhD) 3FarDU tuproqshunoslik kafedrasi magistranti 4FarDU tuproqshunoslik kafedrasi, 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11185724
Annotatsiya. Ushbu maqolada Markaziy Farg'ona tabiiy va antropogen sho'rxoklarining unumdorlik darajasini belgilovchi omillar, ya 'ni gumus hamda oziqa elementlari miqdorlarining kesmalar profili bo 'ylab ta'minlanganlik darajasi haqida aniq ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, qolaversa sho'rxoklardan qishloq xojaligi ishlab chiqarishida samarali foydalanish yo'llari keltirilgan.
Kalit so'zlar: sho'rxok, biosfera, atmosfera, gidrosfera, litosfera, biogeokimyo, antropogen, gumus, agrogen, ekotizim.
Аннотация. В данной статье приведены конкретные сведения о факторах, определяющих уровень продуктивности природных и антропогенных солончаков Центральной Ферганы, т.е. уровень обеспеченности гумусом и питательными веществами по поперечному профилю. Кроме того, эффективного использования в производстве продуктов питания представлены.
Ключевые слова: солончак, биосфера, атмосфера, гидросфера, литосфера, биогеохимия, антропогенный, гумус, агрогенный, экосистема.
Abstract. This article provides specific information about the factors that determine the level of productivity of natural and anthropogenic salt marshes of Central Fergana, i.e. level of provision of humus and nutrients along the transverse profile. Ways of effective use in food production are presented.
Keywords: saline soil, biosphere, atmosphere, hydrosphere, lithosphere, biogeochemistry, anthropogenic, humus, agrogenic, ecosystem.
Kirish. Sho'rxoklar ham boshqa sho'rlangan tuproqlar kabi o'zlarining biosferaviy, atmosferaviy, gidrosferaviy, litosferaviy, umumbiosferaviy funksiyalarini ijro etadi. O'zlariga xos ravishda uglerod, azot va boshqa moddalarning boshqaruvida, aniqrog'i biogeokimyoviy aylanma harakatida qatnashadi, o'zlariga xos suv, havo rejimiga, tuproq hosil qiluvchi, profil hosil qiluvchi hususiyatlarga ega.
Ilmiy tuproqshunoslik paydo bo'lgandan buyon antropogen omil muhim tuproq hosil qiluvchi omillar qatoridan joy olib kelmoqda. Chunki inson omili tuproq paydo bo'lish jarayonlarini jadallashtira oladi, bu jarayonda gumusning roli ortib boradi [1,2]. Bu borada inson omilini sho'rxoklar misolida, ya'ni sho'rxoklarni organik moddalari, mineral elementlariga ta'siri alohida o'rin tutadi. Ushbu tuproqlarda, ya'ni sho'rxoklarda organik moddalar miqdori kam bo'lganligi sababli, bu sohaga diqqat e'tibor kam qaratilgan. Tuproq hosil bo'lish jarayonida, uning unumdorligini shakllantirishda gumus rolini benihoya katta ekanligi endilikda yangilik emas.
Tadqiqot natijalari. Markaziy Farg'ona tabiiy va antropogen sho'rxoklarida gumus miqdori profil bo'yicha deyarli bir tekis taqsimlanadi, lekin miqdoriy jihatdan oz bo'lib, hamma kesmalarda 0,10-0,82 % orasida tebranadi. Sho'rxoklarning gumus bilan ta'minlanganligiga
kelsak, ular gumus qatlam qalinligidagi miqdor bilan o'ichanadi. D.S Orlov [3,4] bo'yicha oladigan bo'lsak, ushbu tuproqlarda gumus miqdori 2 % dan kam, demak ta'minlanganligiga ko'ra juda past, M.M Toshqo'ziyev [5,6] bo'yicha oladigan bo'lsak, juda kam hisoblanadi. Harakatchan oziqa elementlar bilan ta'minlanganligiga ko'ra azot, fosfor bilan past, kaliy bilan esa o'rtachaga to'g'ri kelishini ushbu jadval ma'lumotlarida ko'rishimiz mumkin.
Sho'rxoklarning agrokimyoviy xossalarining o'zgarishi
Kesma Chuqurlik, Gumus, Yalpi, % Harakatchan, mg/kg
t/r sm % N P2O5 K N-NO3 P2O5 K C:N
Tabiiy s îo'rxok
0-3 izlar izlar - - - - - -
3-46 0,711 0,068 0,081 2,18 17,30 13,10 350 7,1
3 46-74 0,410 0,033 0,101 2,04 14,10 10,30 280 8,4
74-107 0,251 0,030 0,110 2,87 10,10 4,15 150 5,7
107-160 0,110 0,085 0,110 1,64 - - - 6,4
Ikkilamchi sho'rxok
0-23 0,627 0,058 0,240 2,38 20,40 17,10 247 7,33
23-40 0,550 0,044 0,201 2,15 15,40 11,40 187 8,5
1 40-50 0,400 0,038 0,120 2,00 11,20 5,20 168 7,1
50-100 0,211 0,019 0,115 1,90 - - - 7,5
100-150 0,098 0,110 0,110 1,97 - - - 6,0
Ikkilamchi sho'rxok
0-33 0,820 0,077 0,258 2,41 24,30 20,10 268 7,2
33-44 0,750 0,054 0,222 2,27 15,80 14,50 194 9,4
2 44-66 0,510 0,043 0,156 2,11 14,20 5,30 178 8,0
66-96 0,220 0,020 0,120 1,95 - - - 7,5
96-115 0,120 0,012 0,115 2,01 - - - 6,8
Jadval ma'lumotlariga qaraydigan bo'lsak, tuproq profilida C:N nisbati agrogen ekotizimlarda o'rmonlarni tabiiy tiklanishida ortib boradi [7,8]. Sho'rxoklarda profil bo'ylab C:N ko'rsatkichi qisqarib borishini ko'rish mumkin. Har uchala kesmada ham oxirgi qatlamlarda 6,06,8 ni tashkil qiladi. Demak, sho'rxoklarda chuqurlashgan sayin gumus tarkibida fulvokislotalar miqdori ortadi, mos ravishda uglerod miqdori kamayib boradi.
Yalpi azotni tebranishi 0,02-0,08 % gacha bo'lib, gumus miqdorining o'zgarishiga mos ravishda o'zgaradi. Yalpi fosfor va kaliyda kesmalar tuproqlari o'rtasida farq keskin ajralib turadi, ya'ni tabiiy sho'rxoklarda (kesma 3) 3-46 sm da yalpi P2O5 0,081 0% bo'lgan taqdirda 1 kesmaning 0-23 sm, ya'ni haydov qatlamida 0,240 % ni, 2 kesmaning haydov qatlamida esa 0,258 % ni
tashkil qiladi. Bu kabi o'zgarishlar haydov qatlami ostidagi, ya'ni keyingi qatlamlarda ham ko'rinadi.
Qolaversa, karbonatli, gipsli tuproqlarda P2O5 deyarli yuvilmaydi. Yalpi kaliy masalasiga kelsak, ushbu sho'rxoklarda 1,64-2,38 % atrofida tebranadi. 1, 2 kesmalarning quyi qatlamlarida buning miqdori 3 kesmadagiga nisbatan ko'proq, buning sababi esa kaliyli o'g'itlarni sug'orishlar ta'sirida quyi qatlam tomon migratsiyasi bilan bog'liq.
Harakatchan azot, fosfor, kaliy miqdorlari sho'rxoklarni madaniylashganlik darajasi ortishi bilan kuchsiz bo'lsada ortib boradi. Misol uchun N - NO3 kesma 3 qatlamlarida 10-17,3 mg/kg, 1 kesmada esa 11,2-20,4 mg/kg, 2 kesmada 14,2-24,3 mg/kg oraliqlarda tebranadi. Fosforda ham shunga o'xshash o'zgarishlarni ko'rish mumkin. Kaliyda esa o'zga ko'rsatkichlar yaqin, kichik-kichik o'zgarishlar ularni, ya'ni sho'rxoklarni madaniylashganlik holati bilan bog'liq.
Xulosa. Gumus tuproqda bo'ladigan dehqonchilik ta'sirini turg'unligini oshiradi hamda tuproqlarni shakllanishida gumus ko'pchilik funksiyalarni bajaradi. Gumus tuproqdagi optimal issiqlik miqdori tartibotini boshqaradi, qimmatli strukturani vujudga keltiradi. Hozirgacha to'plangan ma'lumotlarga ko'ra haydalgan yerlarda gumus miqdorini dastlab kamayishi kuzatiladi. Buning sabablari ko'p. Ayni vaqtda yana shunday ma'lumotlar borki, sug'oriladigan tuproqlarda ularning madaniylashganlik darajasi ortishi bilan gumus miqdori ortib boradi, lekin bu ortish cheksiz emas, ma'lum doiralardagina sodir bo'ladi. Qo'riq va cho'l mintaqalarida, jumladan, Markaziy Farg'ona sho'rxoklarida o'simliklarning ildiz tizimi tuproqni ustki qatlamlarida joylashadi, shu bois gumus miqdori bu tuproqlarning haydov qatlamlarida oz miqdorlarni tashkil etadi. Uning zahirasi ham boshqa tuproqlarga nisbatan ancha kam. Qolaversa, hozirgi kunda Markaziy Farg'onaning tabiiy va ikkilamchi sho'rxoklarida gumus va oziqa elementlar miqdori ko'plab ilmiy tadqiqotlarda o'rganilganligiga qaramay, sho'rxoklar unumdorligini oshirishning ilmiy, amaliy va innovatsion usullari hali hanuz yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi dolzarb muammolardan bo'lib qolmoqda.
REFERENCES
1. Чуков С.Н. Развитие представлений о роли гумуса в биосфере в ХХ-ХХ1 в. // Гуминовые вещества в биосфера. Москва, 04-08 декабря 2018 г.
2. Yuldashev G., Azimov Z., Mamajonov I. Changes in Cyclic Chemical Elements in Saline Landscape //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2023. - Т. 17. - С. 38-42.
3. Орлов Д.С., Садовникова Л.К., Суханова Н.И. Химия почв. М.: 2005. 558 с.
4. Yuldashev G., Azimov Z., Mamajonov I. Ikkilamchi sho 'rxoklar morfologiyasi, shakllanishi, tuz tarkibi va evolyutsiyasi //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 6. -С. 858-862.
5. Тошкузиев М.М., Мухаммадрасулов Ш.Х., Захкаш ерларни мелеоратив холатини яхшилаш ва унумдорлигини ошириш йуллари. // Тупрокшунослик мамлакат экологик ва озик-овкат хавфсизлиги хизматида. Т.: 2017 йил 6-7 сентябрь. 142-146 б.
6. Yuldashev , G., Isag'aliyev , M., Raximov , A., & Azimov , Z. (2023). PEDAGEOCHEMISTRY OF SALINE SOILS AND RESEARCH METHODS. Scientific Journal of the Fergana State University, 28(1), 8. https://doi.org/10.56292/SJFSU/vol28 iss1/a8 More Citation Formats.
7. Рыжова И.М., Ерохова А.А., Подвезенная М.А. Изменение запасов углерода в постагрогенных экосистемах в результате естественного восстановления лесов в костромской области. // Лесоведение. 2015. № 4. 307-317 c.
8. Abakumov E., Yuldashev G. et al. The Current State of Irrigated Soils in the Central Fergana Desert under the Effect of Anthropogenic Factors //Geosciences. - 2023. - T. 13. - №. 3. -C. 90.