Научная статья на тему 'MARGARET ETVUD “OQSOCH HIKOYASI” “TARIXIY QAYDLAR” QISMINING ASAR MAZMUNINI OCHISHDAGI AHAMIYATI'

MARGARET ETVUD “OQSOCH HIKOYASI” “TARIXIY QAYDLAR” QISMINING ASAR MAZMUNINI OCHISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
distopiya / ilmiy-fantastika / Galad / tarixiy / audiokasseta / jamiyat. / dystopia / science-fiction / Galad / historical / society / audiocassete.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Durdona Kadirova

Margaret Etvudning “Oqsoch hikoyasi” romani 1985yilda yozilgan bo‘lib, feminist distopiyaning ilk namunasi hisoblanadi. Faqatgina bir necha sahifalardan iborat bo'lgan “Tarixiy qaydlar” qismi “Oqsoch hikoyasi”ning mazmun mohiyatini kitobxonga ochib berish bilan bir qatorda romanga yakuniy hulosa chiqarishimizda bizga ko‘mak beradi. Asarning bu qismi epilog tarzida berilgan bo‘lib, tanqidchilar tomonidan eng ko‘p e’tibor qaratilgan hamda o‘rganilgan qism hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Margaret Atwood’s novel “Leap Story” was written in 1985 and is considered the first example of a feminist dystopia. The “Historical Notes” section, which consists of only a few pages, helps us to draw a final conclusion, while revealing the essence of the story to the reader. This part of the work in the form of an epilogue, and it is the most studied and focused part by critics.

Текст научной работы на тему «MARGARET ETVUD “OQSOCH HIKOYASI” “TARIXIY QAYDLAR” QISMINING ASAR MAZMUNINI OCHISHDAGI AHAMIYATI»

MARGARET ETVUD "OQSOCH HIKOYASI" "TARIXIY QAYDLAR" QISMINING ASAR MAZMUNINI OCHISHDAGI AHAMIYATI

Durdona KADIROVA

O'zDJTU tayanch doktoranti e-mail: durdona200189@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11100522

Annotatsiya. MargaretEtvudning "Oqsoch hikoyasi" romani 1985-yildayozilgan bo'lib, feminist distopiyaning ilknamunasi hisoblanadi. Faqatgina bir necha sahifalardan iborat bo'lgan "Tarixiy qaydlar" qismi "Oqsoch hikoyasi"ning mazmun mohiyatini kitobxonga ochib berish bilan bir qatorda romanga yakuniy hulosa chiqarishimizda bizga ko'mak beradi. Asarning bu qismi epilog tarzida berilgan bo'lib, tanqidchilar tomonidan eng ko'p e 'tibor qaratilgan hamda o'rganilgan qism hisoblanadi.

Kalit so'zlar: distopiya, ilmiy-fantastika, Galad, tarixiy, audiokasseta, jamiyat.

Abstract. Margaret Atwood's novel "Leap Story" was written in 1985 and is considered the first example of a feminist dystopia. The "Historical Notes" section, which consists of only a few pages, helps us to draw a final conclusion, while revealing the essence of the story to the reader. This part of the work in the form of an epilogue, and it is the most studied andfocused part by critics.

Key words: dystopia, science-fiction, Galad, historical, society, audiocassete.

Jemi Dopp "Romanda Galad rejimining siyosiy maqsadi hech qanday tushuntirish yoki uning terrorning bunday ekstremal darajalariga murojaat qilish uchun hech qanday izoh berilmaydi" [4:48] deydi. Chinmoy Benerji esa "Etvuddistopiyasining tanqidiy kuchi nasrning tarixni soxtalashtirishidan shubhalanadi" [2:78]deb izohlaydi. Devid Ketterer tarixning chiziqli modelini tsiklik modeliga qarama-qarshi qo'yadi va Etvud ikkinchi modelni qabul qiladi degan fikmi bildiradi. Bu Robert X.Kanareyning yaqin kelajakka asoslangan ilmiy-fantastikadan farqli ravishda uzoq kelajakdagi ilmiy-fantastika ("Tarixiy qaydlar" kelajakda 200 yil ichida sodir bo'ladi) haqidagi munozarasiga mos keladi [3:168]. Patrik Merfi o'z munozarasida bu romanni uzoq vaqt kuzatadi va u Etvud "Tarixiy qaydlar" qismidan romandagi voqealarga ishonch uyg'otish uchun foydalanmaganini bilsa-da, u bu qism kitobxonga voqea real hayotda sodir bo'lganini va jurnal 2195 yilda tanqidiy o'rganilishini ta'kidlaydi [7:34].

Benerji "Tarixiy qaydlar" ning vazifasi Offred hikoyasini tarixiy nuqtayi nazardan matndan soladi deb hisoblaydi :"Qaydlarning asosiy vazifasi hikoyani dalillashdan iboratdir[2:89] deydi Benerji. Tarixiy sakrash (yoki zamonlar osha sakrash) va harakatning tarixiyligi haqidagi taxminlarimizni qayta baholash muhim ahamiyatga ega hamda bizga o'qigan matnimizning holatiga o'z nuqtayi nazarimizni yaratishda qiyinchilik tug'diradi. "Tarixiy qaydlar" qismida tilga olingan akademik konferensiyadan ma'lum bo'ladiki, Galad respublikasi muvaffaqiyatsizlikka uchragan va vayron bo'lgan. Shu ma'noda konferensiya o'tqaziladigan joy nomi muhim ahamiyatga ega: Dinay universiteti, Nunavit. Bu nom 2 ma'noni o'zida aks ettradi: birinchidan, Dinay va Nunavit ismlari mahalliy Eskimoslar va Hindular qurbonlari bo'lganlarni anglatadi. Ikkinchidan Nunavit Kanada shimolidagi Alaska va Grelandiya o'rtasidagi hudud, rasman Inuitlar tomonidan da'vo qilingan, ularning barcha an'anaviy yerlarini qamrab olgan.

Bundan tashqari, Dinay, Nunavit joy nomlari "Deny, None of it" iborasi bilan o'ziga xos so'z o'yini yaratadi [6].

Asar Offred tomonidan aytilgan hikoyaning transkripsiyasidir. Akademiklar uning hikoyasini matnga solishda uning realligi saqlanib qolganiga shubha qiladilar. Aslida voqea bundanda ayanchliroq bo'lgan, lekin uni yozib olgan shaxs tomonidan asl qo'lyozmadan o'chirib tashlangan. Shuningdek, asar matni uning hikoyasining transkripsiyasi bo'lgani uchun ham faktlarga asoslanmaydi, balki qayta ishlangan nutqidir. Buni Offredning quyidagi jumlasidan bilish mumkin: "This is a reconstruction. All of it is a reconstruction [1:133]. "Tarixiy Qaydlar" anonim hikoyanavisning shaxsini rad etadi. "Tarixiy qaydlar"dagi tanqid Offredning hikoyasida yetishmayotgan tavsif va haqiqatning muhimligini ko'rsatadi. Asar "hikoya tasodif va shubhaning ikkilangan dunyosiga kirib boruvchi" [5:168] tun epizodidan boshlanadi: "But the night my time out. Where should I go? ", "But then what happens?" [1:279] asar yana tun bobi bilan tugaydi va Offred asar so'ngida aytgan so'zlari uning keying hayoti haqida ikkilanishga borishimizga sabab bo'ladi: "And I step up imto the darkness within or else the night."[1:281] Offredning tilidan aytilgan so'zlar tadqiqotchilarda uning hikoyasiga shubha uyg'otadi: "It isn't a story I'm telling, it's also a story I'm telling in my head: as I go along"[1:38]. Offred hikoyasi hozirgi zamonda aytilgani uchun biz uni tarixiy hikoya ekaniga hamda haqiqatda sodir bo'lganiga shubha qilamiz. Professor Pieksoto asardagi hikoya Offredning o'zining hikoyasi emasligini balki bir paytlar Meyn shtati Bangor shaxridagi ayollar yerosti yo'li tomonidan transkripsiya qilinganini aniqladilar. Audiokassetalarni topib olgach, Veyd va Pieksoto hikoyachining haqiqatda ham mavjud bo'lganmi yo'qmi hamda u aslida kim bo'l- ganini aniqlashga harakat qildilar. Offredning o'zi yordam berishi mumkin bo'lgan birorta tafsilot keltirmagani va unga doir hech qanday hujjatlarning yo'qligi sababli uning shaxsini aniqlashning iloji bo'lmaganini ta'kidlaydilar. "Our author was one of many, and must be seen within the broad outlines of the moment in history which she was apart."[1:273] deb Pieksoto kinoya qiladi. Steyn esa : "In Gilead in the hands of scholar, she is reduced to her utility value" [8:269] Biroq ishonchli manbalarning yetishmasligi sababli Pieksoto Ofredning kimligini va lentalarda tasvirlangan ma'lumotlardan u bilan sodir bo'lgan voqealar nima bilan yakunlanganini aniqlay olmaydi. Bu esa, albatta, kitobxon uchun o'zi xulosa chiqarishiga yordam beradi. Shuningdek, hikoyada keltirilgan Luk, Moira, Nik va Jenin kabi ismlar shunchaki taxallus bo'lishi mumkin degan taxminlar Pieksoto tomonidan "Tarixiy Qaydlar" qismida keltiriladi. Pieksoto va Veydning asosiy maqsadi tarixiy dalillarni qayta tiklashdan iboratdir. Ular Offredni jamiyatni chetdan turib kuzatgan inson emas, balki Galaddagi ijtimoiy dinamikani tushunish uchun foydali bo'lgan ma'lum rolga ega jamiyat a'zosi sifatida ko'radilar. Offredning hikoyasi professorlarning maqsadi uchun foydasiz bo'lib chiqqani uchun ular qo'momdondan umid qiladilar. Qo'mondonning shaxsini aniqlash uchun olib borilgan izlanishlar natijasida ular Galadda yashagan 2 ta shu ismdagi insonni aniqlaydilar. Birinchisi Fredirik Voterford va ikkinchisi Fredirik Jud. Lekin ularning hech biri Serena Joy bilan turmush qurmagan. Pieksoto o'z tinglovchilariga o'zi bergan ko'plab faktlar faqatgina tahmindan iboratligini va u qo'mondon Voterfordga tegishli har qanday turdagi hujjatni topishni xohlaganliklarini aytadi: "What would we not give, now, for even twenty pages or so ofprintout from Waterford's private computer. However, we must be grateful for any crumbs the Goddess of History has designed to vouchsafe us." [1:277]Professor nafaqat Offredni qoralaydi, balki uni tarixiy guvoh sifatida bergan ma'lumotlari hikoyani to'liq shakllantirishga foyda bermaganidan va ma'lumotlarning yetishmasligida ayblaydi: "Some of them could have been filled by our anonymous author, has she

had a different turn of mind. She could have told us much about the workings, of the Gileadean Empire, had she had the instincts of a reporter or a spy."[1:276]

Demak, "Oqsoch hikoyasi" ning epilog qismi bo'lgan "Tarixiy qaydlar"da umid va ijobiy qarash mavjud. 22-asr dunyosi Galadda mavjud bo'lgan ayol va erkak notengligidan ayro holda rivoj topganidan faxrlana oladi. Lekin 'Tarixiy qaydlar" romanning eng muhim savollaridan biriga javob izlaydi: rivojlangan 2195-yil qanday qilib Galaddan o'zgacha bo'lishi mumkin? Biz konferensiyadagi taqdimotchilarning shariflarining turlichaligidan oliy ta'lim nihoyat gender tengligiga bo'ysunganiga guvoh bo'lamiz: Running Dog, Crescent Moon, Piexoto, Wade, Chetterji. Taqdimotchilarning ismidan ularning jinsini aniqlab bo'lmaydi. Bu o'z-o'zidan gender masalalari 22-asrda muhim ahamiyat kasb etmasligi, jamiyatni tubdan gender masalalariga nisbatan qarashlari o'zgarganidan dalolat beradi. Shu bilan birga konferensiya raisi professor Marian Crescent Moonning ayol ekanligi jamiyat yanada teng huquqli bo'lib qolganini anglatadi.

Shunday qilib "Oqsoch ertagi" roman ichida hikoya tarzida yozilgan va Galaddan keying kelajakda Professor Pieksoto tomonidan aniqlangan Offredning hikoyasidan iboratdir. "Tarixiy qaydlar" roman voqealariga qisman to'liq bo'lmagan baxtli yakun berishdan tashqari tub utopik tasavvurni ham uyg'otadi. Go'yo Etvud o'z kitobxonlariga asar asosiy qismi haqida o'ylash uchun yetarli vaqt berganidek, asarning so'nggida "Tarixiy qaydlar" shaklida kitobxonga o'zi tahlil qilishi uchun qo'shimcha material tarzida beradi. Bu qism Offredning hikoyasi qanday qilib hozirgi zamonda bizgacha yetib kelganligi va kelajak o'tgan zamondan farqli ravishda o'zgargani haqaida ma'lumot beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Atwood, M. (1985). Handmaid's tale. New York: Fawcett Crest p133

2. Banerjee, Chinmoy. "Alice in Disneyland: Criticism as Commodity in The Handmaid's Tale," Essays on Canadian Writing 41 (1990): 74-92.(78)2:

3. Canary, Robert H. "Science Fiction as Fictive History." In Many Futures, Many Worlds: Theme and Form in Science Fiction, ed. Thomas D. Clareson. Kent, OH: Kent State UP, 1977. 164-81.

4. Dopp, Jamie. "Subject-Position as Victim-Position in The Handmaid's Tale," Studies in Canadian Literature 19.1 (1994): 43-57.(48)

5. Garlick, Barbara. 1882. The Handmaid's Tale: Narrative voice and the primacy of the tale. In K.Filmer Twentieth-century fantasists. (pp. 161-121). Basingstoke, Hampshire: Palgrave Macmillan

6. https://www.cliffsnotes.com/literature/h/the-handmaids-tale/summary-and-analysis/historical-notes-on-the-handmaids-tale

7. Murphy, Patrick D. "Reducing the Dystopian Distance: Pseudo-Documentary Framing in Near-Future Fiction," SFS 17.1 (March 1990): 25-40.(34)

8. Stein, Karen F. "Margaret Atwood's The Handmaid's Tale: Scheherazade in Dystopia." University of Toronto Quarterly 61, no. 2 (winter 1991-1992): 269-79.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.