Научная статья на тему 'PSIXOLOGIK MAZMUNDAGI ASARLAR TARJIMASIDA EKVIVALENTLIK MASALASI (Hindiy tildagi asarlar misolida)'

PSIXOLOGIK MAZMUNDAGI ASARLAR TARJIMASIDA EKVIVALENTLIK MASALASI (Hindiy tildagi asarlar misolida) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
76
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
monolog / dialog / inson ruhiyati / psixologik tahlil / nutqiy xarakteristika / frazеologik birliklar. / monologue / dialogue / human psyche / psychological analysis / speech characteristics / phraseological combinations

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Fatxutdinova, Iroda

Tarjimashunoslikda psixologik yo‘nalish va uning ekvivalentlik muammolari bugungi kunga qadar yangilik bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotimizning maqsad va vazifalari sifatida biz tanlab olingan hikoyalarda foydalangan psixologik belgilar tarjimasini o‘rganish va undagi obrazlar talqini borasida fikr yuritib, ekvivalentlik masalalari doirasida tahlil qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF EQUIVALENCE IN THE TRANSLATION OF WORKS WITH PSYCHOLOGICAL CONTENT (In the case of works in Hindi)

The psychological orientation and its equivalence problems in translation studies are still a novelty. As the goals and tasks of our research, we studied the translation of the psychological symbols used in the selected stories and thought about the interpretation of the images in them, and analyzed the features of the language within the framework of equivalence issues.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGIK MAZMUNDAGI ASARLAR TARJIMASIDA EKVIVALENTLIK MASALASI (Hindiy tildagi asarlar misolida)»

PSIXOLOGIK MAZMUNDAGI ASARLAR TARJIMASIDA EKVIVALENTLIK MASALASI (Hindiy tildagi asarlar misolida)

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7455113

Iroda FATXUTDINOVA,

TDShU o'qituvchisi, Toshkent, O'zbekiston

Tel: +99890 9182218; E-mail: Irodaislomzoda7@gmail.com

Annotatsiya. Tarjimashunoslikda psixologik yo 'nalish va uning ekvivalentlik muammolari bugungi kunga qadar yangilik bo'lib hisoblanadi. Tadqiqotimizning maqsad va vazifalari sifatida biz tanlab olingan hikoyalarda foydalangan psixologik belgilar tarjimasini o'rganish va undagi obrazlar talqini borasida fikr yuritib, ekvivalentlik masalalari doirasida tahlil qildik.

Kalit so'zlar. monolog, dialog, inson ruhiyati, psixologik tahlil, nutqiy xarakteristika, frazeologik birliklar.

Annotatsiya. Проблемы психологической направленности и ее эквивалентности в переводоведении до сих пор остаются новинкой. Сели и задачи нашего исследования - изучить перевод психологических символов, исползуемых в отобранных рассказах, и подумать над интерпретацией образов в них, проанализировать особенности языка в рамках вопросов эквивалентности.

Ключевые слова. монолог, диалог, психика человека, психологический анализ, речевые характеристики, фразеологические единицы.

Abstract. The psychological orientation and its equivalence problems in translation studies are still a novelty. As the goals and tasks of our research, we studied the translation of the psychological symbols used in the selected stories and thought about the interpretation of the images in them, and analyzed the features of the language within the framework of equivalence issues.

Keywords. monologue, dialogue, human psyche, psychological analysis, speech characteristics, phraseological combinations

Tarjimashunoslik fani yurtimizda yuzaga kelgan yangi tarixiy voqelik munosabati bilan hal qilinishi lozim bo'lgan masalalarni faqatgina ozod xalq manfaati, milliy istiqlol g'oyasi talablari darajasida tahlil va tadqiq etishga ma'suldir. Bu esa tadqiqotchidan tanlagan muammolarning muhimligi, dolzarbligi hamda tadqiq etish usullarining yangiligiga ko'ra

KIRISH

jahon andazalariga mos kelishi va ayni chog'da milliy o'ziga xosligini to'la namoyon qilishini talab etadi. Biz yoshlar ham ana shu jamiyatning a'zosi sifatida vatanimiz taraqqiyotiga o'z bilim va tafakkurimiz, izlanishlarimiz bilan ma'lum ma'noda o'z hissamizni qo'shmog'imiz lozim. Chunki, har qanday buyuk kashfiyot zamirida oddiy haqiqat ya'ni, bilim, aql-zakovat va jiddu-jahd yotadi.

Tarjimashunoslikda psixologik yo'nalish va uning ekvivalentlik muammolari bugungi kunga qadar yangilik bo'lib hisoblanadi. Shu bois ham uning dolzarbligi shubhasizdir. Psixologik belgilar tarjimasini o'rganishda biz "Jaynendraning hikoyalari" to'plamidan tanlab olingan

"Hurmatli boshliq" va "Og'riq" nomli hikoyalaridan

foydalangan holda, undagi obrazlar talqini borasida fikr yuritib, til hususiyatlarini ekvivalentlik masalasi doirasida tahlil qildik.

Hindiston yozuvchisi Jaynendra Kumarning hikoyalarida oilaviy mavzular, ota va bola munosabatlari, hind aholisining hayoti va undagi ichki nizolari, turli tabaqalar va albatta, muhabbat mavzusi ko'tarilgan bo'lib, tanlangan ushbu ijtimoi hamda psixologik mavzular tarjimashunoslikda ekvivalenlik masalasi nuqtai nazaridan maxsus o'rganilmagan.

Asosiy qism. G'arb adabiyotida chuqurlashib borgan psixologizm tahminan XX asrning 20-yillaridan ko'zga tashlanadi. G'arbda Tomas Mann va boshqa bir qancha yozuvchilar ijodida intellektual (aqliy, idrokiy) romanlar paydo bo'la boshlangan; masalan, Xeminguey hikoyalarida uchraydigan podtekst ya'ni matn orqasidagi matn va ichki monolog alohida ahamiyatni kasb etadi.

Tanqidchilar Hindistonda psixologik yo'nalishning yetilish vaqtini esa Hindiston o'z mustaqilligiga erishgandan keyingi davr bilan bog'lashadi. Vaholangki bu yo'nalish vakillari-yozuvchilarining ilk romanlari mustaqillikka erishishidan ancha ilgari paydo bo'lgan. Masalan, Ag'eyning "Shekxar" va Jaynendra Kumarning "Sunita" (1926 y) asarlari buning yaqqol misolidir. Hindiy psixologik roman va hikoyalar o'z rivojida g'arb va rus tajribasini olgan, biroq, bu Hindiston tarixiy, madaniy muhitda va hind estetikasiga mos bo'lgan o'z qonunlari bo'yicha rivojlanayotgan mustaqil yo'nalishdir. Hind tanqidchilarining fikricha, yangi psixologik nasrning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

R

1) "Vaqtga murojaat" xususiyati: asardagi harakat davrini qisqartirishga moyillik. Bir kecha-kunduz, gohida bir necha soatlar yozuvchining fikrini o'sha chuqurlik bilan ifodalab beradi, tashqi harakatning qisqartirilishi esa asosiy diqqat va e'tiborni asarning muammosiga qaratishga yordam beradi.

Psixologik nasrda xususan, hikoyada "vaqt" katta zichlikka ya'ni xajmga ega bo'ladi. Hind tanqidchisi Vats'yanning yozishicha, u vaqtni "bir daqiqa" sifatida ko'radi va "vaqt kristali" tushunchasidan foydalanadi. Jaynendra Kumar haqidagi maqolasida u "tasvirni emas, hayot essensiyasini/"yuqori quyuqlikka ega modda/" deb beradi [1,110].

2) Z.Freyd, K.Yung, M.Adlerlarning psixoanalitik ta'limoti bilan tanishish va psixologik tahlil maktabining ta'siri seziladi. XX asr psixologiyasi kashfiyotlari inson fe'l-atvorining ayrim sababchi elementlarini aniqlashga yordam berdi. Tanqidchi R.Bxatnagar ta'kidlashicha, romanistlar bu elementlarni o'z ijodiyot laboratoriyasiga kiritdilar va bu fakt ularning mahoratiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Psixoanalitik ^ïl^^u "manovishleshan" (psixologik tahlilga oid)

va ijtimoiy romandan farqli bo'lgan psixologik roman va hikoyada ichki va tashqi, shaxsiy va ijtimoiy hayotning aloqalari ajralmas bo'lib namoyon bo'ladi.

3) Psixologik asar muallifining diqqat-e'tibori shaxsiyatning ichki dunyosiga, uning mohiyatini aniqlashga qaratiladi. Bunday yo'nalish

"vyakti-kendr" (shaxsiyatga yo'naltirilgan) termini paydo

bo'lishiga ta'sir qildi.

Hind tanqidchilari, shular qatorida hind yozuvchisi va tanqidchisi Govind Mishra, hindiy romanchilikda psixologik yo'nalishning kelib chiqish tarixiga nazar tashlab, uning paydo bo'lishiga 3ta omillarni sabab qilib ko'rsatadilar: syujetning estetik ma'noliligi qiymatining tushib ketishi, ijodiy tajriba (prayog) qiymatining kashf etilishi va yozuvchining o'zini erkin his qilishi hamda psixologiyadagi kashfiyotlardan kelib chiqqan yangi texnik imkoniyatlarga ega bo'lish omilini sanab o'tadi.

Psixologik nasrchilik, Sarveshvar Dayal Saksena (nasriy janrlarda

ham ijod qilayotgan, xususan, "^ï^T çTM" Soya xua djal hikoyasini

o

yaratgan) ning fikriga ko'ra, hayotning mohiyatini, ya'ni ichki, eng

tubdagi va harakat natijasida yuzaga keladigan jihatlarining o'zaro aloqalarini anglashga intiladi. R.Bxatnagar ham shu haqda shunday yozadi: "Tashqi harakatlar, ya'ni insonning hulq-atvori, ongda bo'lib o'tayotgan ichki jarayonlarni aks ettiruvchi omili sifatidagina yozuvchini qiziqtira oladi." Hindiy adabiyotida, ko'pincha kichik janr - hikoyada alohida aksini topgan psixologik tahlil yo'nalishi "chuqur" jarayonlar bilan shug'ullanadi. Ya'ni hind tanqidchilari qarashlarida psixologizm muammosiga qaratilgan nazariy muammolar mavjud. Bular:

a) g'oyani amalga oshirish usuli sifatida "tasvirlash"ni inkor etish;

b) voqealar bir-biri bilan bog'liq va birin-ketin bayon qilinishi shart emas; v) ichki mantiqiy tizim syujetning rivojlanib borishini boshqaradi, tashqi ko'rinishdan esa bu tizimni tashkil qiluvchi qismlari bir biriga aloqasi yo'qdek ko'rinadi.

Psixologik nasrda turtki beruvchi kichik sabab "qo'zg'olon" ko'tarishga zamin yaratadi. Psixologik yo'nalishining paydo bo'lish sababi bu insonning ichki dunyosi va harakat dunyosi o'rtasidagi doimiy nizoli ziddiyat, qarama-qarshilikdan kelib chiqqan faktdir.

Hind adabiyotida bugungi kunda ham mavjud bo'lgan turli yo'nalishlar aynan shu davrda vujudga keladi. Bunday oqimlar sirasiga chxayavad, romantizm, pragativad, (taraqqiyparvar), realizm, mistitsizm (tasavvuf), eksperimen-talizm, modernizm va psixologizmlarni kiritish mumkin. Shuningdek, bu davrda siyosiy roman janri bilan birga, ijtimoiy-psixologik roman janri ham keng qo'llanila boshlagan. Unda kurashdan chetlangan odamning ruhiy iztiroblari tasvirlanadi. Bu janr R.Tagor, J.Kumar, I.Joshi va Sh.Chottopadxaylar qalami ostida o'zining kamolot darajasiga ko'tarildi. Jaynendra Kumar Tagor, Nirala, Chottopodxay yozuvchilari bilan birga taraqqiyparvar harakatini qo'llab-quvvatlagan edi. Bulardan tashqari 30-40 yillarda modernizmning har xil shakllari ham Jaynendra Kumar ijodiga o'z ta'sirini o'tkazgan. Lekin Jaynendra Kumar o'z faoliyatini 30-yilarda boshlab, uni 80-yilargacha davom ettirgan. 50-60 yillarda esa adabiyotlarga tushkunlik, ikkilanish, norozilik ruhiyati sezila boshlanadi. Bular mamlakatning siyosiy ijtimoiy holati bilan bog'liq edi.

Mamlakatning bir guruh yetakchi yozuvchilari tashabbusi bilan 1936 yili Hindistoi taraqqiyparvar yozuvchilar uyushmasi tashkil etilgan edi va

u R.Tagor, Sh.Lottopadxay, Nirala, Jaynendra Kumar kabi yirik badiiy so'z ustalari tomonidan qizg'in ma'qullandi.

Jaynendra Kumar asarlarida erkak va ayol munosabatlaridan yuzaga keluvchi psixologik muammolar falsafa, tavba-tazarru va chuqur afsus-nadomat nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Inson tuyg'ularini u yoki bu xarakter fazilatlarini ochib berishda yozuvchi realist sifatida namoyon bo'ladi. Uning asarlaridagi xalqchillik ona diyor manzaralari va maishiy turmush voqeliklarining tasvirlanishida aks etadi. Ma'lumki, asarlardagi aynan shu fazilatlar tufayli ular qayta-qayta nashr etildi. Lekin shu bilan bir qatorda insonning yolg'izliqdan xalos bo'lish yo'lidagi izlanishlarida u ekzistensionalizm falsafasining va u bilan bog'liq bo'lgan insonning jamiyatdan ajralib qolish kayfiyatini, azob chekish g'oyalarini, haqiqiy hayotdan qochishga urinishni targ'ib qilganligi uchun Jaynendra Kumar ko'pgina tanqidlarga ham uchraydi.

J.Kumar hikoyalarida asar asosiga qo'yilgan barcha eng muhim voqealar inson psixikasidan o'tkazilgan: uning ko'zlari, qarashlari orqali voqealar yoritilgan va qahramon tuyg'ulari ochib berilgan.

Obraz yaratishda, uning hulq-atvor belgilarini tasvirlashda ba'zan yozuvchi qahramonning tashqi qiyofasi, ya'ni portret chizgilaridan ham foydalanadi. Ma'lumki, portret tasviri orqali personajlarning tashqi qiyofasi, hayotiy qarashlari, tabiati-yu, odob-axloqi, yoshi va boshqa xususiyatlari ham oydinlashadi. Ammo, kuzatishlarimizdan ma'lum bo'ldiki, Jaynendra Kumarning aksariyat hikoyalarida qahramonning tashqi qiyofasi - portreti, kiyinishi va yurish-turishiga e'tibor qaratavermaydi, ko'proq uning gap-so'zi, atrofdagilar bilan munosabat-muomalasi, o'y-fikrlarini tasvirlash orqali xarakter yaratadi.

Ma'lumki, psixologik tahlilda turli usullardan foydalaniladi. U muallifning bevosita mulohaza-mushoxadalari tarzida yoki qahramonlarning ichki kechinmalari yoxud bilvosita — ularning muallif tomonidan oldindan «tayyorlab» borilgan kitobxon tahliliy tadqiq eta biladigan hatti-harakatlari, qiliqlari orqali yuzaga keladi. Bu kabi barcha tahlil usullari orasida personajlarning tashqi va ichki nutqi (dialog va monologi) alohida o'rin tutadi. Yozuvchining maqsadi uning portretini chizish bilan faqatgina uni tasvirlash emas, balki uning ta'rifi vositasida boshqa obrazni ochib berishdir. Tahlildan ko'rinib turibdiki, muallif ushbu

hikoya bosh qahramonning psixologiyasini sintetik prinsip orqali; yuqorida ko'rgan epizodik qahramonning psixilogiyasini esa dinamik prinsip asosida ochib beradi. To'laqonli badiiy asar yaratish uchun qobiliyat shubhasiz zarurligini e'tirof etgan mutafakkir yozuvchi 3 ta shartni ko'rsatib o'tadi.

1) muallif predmetga axloq nuqtai nazardan to'g'ri munosabatda bo'lishi kerak;

2) bayon tushunarli yoki shaklan go'zal bo'lishi muhim, aslida, bularning ikkisi ham bir xil ma'noni anglatadi;

3) samimiyat, ya'ni san'tkor o'zi tasvirlanayotgan narsani yolg'ondakam emas, balki chin dildan yaxshi ko'rishi yoki undan nafratlanishi lozim [3, 117].

Umuman olganda, tarjima inson fe'l-atvoriga doir jamiki xususiyatlarni badiiy aks ettirishi mumkin. Fe'l-atvor haqida so'z borganda sa har qanday hayotiy qadriyat axloqiy qadriyatga aylanadi. Binobarin, adabiyot bilan axloq o'rtasida chambarchas bog'liqlik bor.

Jaynendra Kumarning "Hurmatli boshliq" hikoyasining o'ziga xos hususiyatlaridan biri kichik bir davlat idorasidagi bir lavxa orqali jamiyatdagi katta va muhim muammolar ya'ni, hurmat, izzat, burch, insoflilik, hamdardlik munosabatlarining muhim ekanligi, insoniy tuyg'ularning har narsadan ustun bo'lishi kerakligi ko'rsatilgan. Bu bilan muallif inson hayotidagi samimiy munosabatlar uni yuqori cho'qqilarga olib chiqishi haqida so'zlaydi. Asar yakunida mana shu masalaning nozik, psixologik muamolarning yechimini ochiq qoldirgan. Demak, bu bilan muallif: munosabatlar qanday bo'lishi kerak? degan savolni ko'ndalang qo'yish bilan cheklangan xolos. Unga javob topishni kitobxonga qoldirgan.

"Hurmatli boshliq" nomli hikoyasi sodda, o'quvchiga tushunarli tilda yozilgan. Umuman olganda bu hikoyada muallif nutqiga nisbatan diolog ko'p ishlatilgan bo'lib, shuningdek, muallif asar tilining ta'sirchanligini oshirishda solishtirish, qiyoslash, iboralardan ham keng foydalanadi:

1. rt OT^T ^^ ^fr ^fl [4, 9] " Usha sanamdekjoyida turib

2. fe" fà^T- tfr ^T è^T [4, 11] "Usha surat

chizayotgandek boshliqqa tikilib qoldi "

qoldi

Bu jumlalar orqali yozuvchi portret yaratishda badiiy vosita va o'xshatishlar-dan unumli va o'z o'rnida foydalangan. Hikoya badiiyati kuchli bo'lib, oddiy o'xshatish vositalari butun bir voqea va ijtimoiy vaziyatni, insoniy his tuyg'u va ularning xususiyatlarini ochib bera olgan.

Jaynendra Kumarning "Og'riq" (^S") nomli ikkinchi hikoyasi tili sof

hindiy tilida yozilgan bo'lib, kitobxon uni to'g'ridan-to'g'ri tushuna olmaydi va lug'at yordamisiz uni erkin tarjima qila olmaydi. Negaki muallif tanlagan deyarli har bir so'zning kamida 3-4 ta alohida ma'nosi mavjud. Hikoyadagi avtor tilida asosan juft birikmalarni uchratishimiz mumkin.

[5, 62] (ko 'rib-ko 'rib, uxlab-uxlab, hang-

mang)

4. fa^T-fa^T fi ^ ^T-^T ^ ^t? [5, 75] Xavotirda kim bilsin ko 'zga nimalar ko 'rinmaydi?

Takroriy so'zlarda aynan bir so'zning takror holda qo'llanilishi natij asida gramatik ma'no anglatilib, u asardagi qahramon psixologiyasini mana shu birikmalar yordamida aks ettirishga xizmat qiladi [6, 15].

Jaynendra Kumar hikoyalarining alohida ajralib turadigan hislati shundaki, u insonlar ruhiyati, ichki dunyosi, dardu-alamlarini psixologik tahlil elementlari ichki monolog, nutqiy xarakteristika, takror so'zlar, ko'p nuqta, fraziologik birikmalar va boshqa tasviriy ifodaviy vositalar yordamida aks ettirib, inson psixologiyasini mohirona tasvirlash bilan uyg'unlashtiradi.

Hind psixologik roman va hikoyalari o'z rivojida g'arb va rus tajribasini olgan, biroq, bu Hindiston tarixiy, madaniy muhitda va hind estetikasiga mos bo'lgan o'z qonunlari bo'yicha rivojlanayotgan mustaqil yo'nalishi hisoblanadi. Hindiy hikoyanavislari zamonamizning muhim masalalarini yechish uchun, inson ichki dunyosini, har gal yanada chuqurroq ochib berish maqsadidan, uning hayot mezonini aniqlashda o'z uslublarini tanlaganlar. Bu uslub orqali ular hayotning tugunlariga adabiy yechim topishga intiladilar.

Jaynendra Kumar insonlar ruhiyati, ichki dunyosi, dardu-alamlarini psixologik tahlil elementlari ichki monolog, nutqiy xarakteristika, takror so'zlar, ko'p nuqta, fraziologik birikmalar va boshqa vositalar yordamida aks ettirib, ularning psixologiyasini mohirona tasvirlaydi. U hech bir qahramonining portretini yaratmaydi, yoshiga ham to'xtalib o'tmaydi. U

inson qalbini, ichki dunyosini chizadi. Qalbning esa yoshu qarisi bo'lmaydi. Bu yo'l qahramonlarning asl maqsadiga yetishish uchun, ularning psixologik xis tuyg'ularini tushunishda, o'zining hayotga bo'lgan shaxsiy qarashlarini, boshqacha aytganda, bu mujmal, qiyin hayot haqiqatini tushunish yozuvchining o'ziga xos qurolidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Шодиев Н. "Рухият рассоми".-Т., 1977. -56б.

2. Современная индийская проза. -М.: ИВА.1962.

3. Основные направления в индийской литературе XX в.-М.,1977.

4. Эминова.С.П. Психологический роман хинди. Традиции и современность в новом романе хинди. - М.,1983.

5. Гинзбург. Л.Я. О психологической прозе//Л.Художественная литература.

6. Егер Г. Коммуникативная и функциональная эквивалентность// Вопросы теории перевода в зарубежной лингвистике. -М., 1978.-115 с.

7. Комиссаров В.Н. Слово о переводе. -М.: Международные отношения, 1973. - 216 с.

8. Художественные направления в индийской литературе XX в.-М., 1977.

9. Чернышев.В. Роман об индийской деревне. Иностранная литература. -М.,1958.

10. Эминова С.П. Психологический роман хинди. Традиции и современность в новом романе хинди. - М.,1983.

11. Челышев Е.П. Индийская литература вчера и сегодня.- М., 1989.

12. Серебриков И.Д. Литературы народов Индии.-М., 1985.

13. iïïrc. it ^тШг. fè^t,

чЭ 7

14. iïïrc. % fà^rc. f^t wa

15. чш^" i^ïït. fè^t ^ч^

16. Ш? -^tt WW it ^464

©Ч

17. чттцг iw -^wliK iт ^464

18.Ochilov, E. (2014). Translation theory. Tashkent: Institute of Oriental Studies.

19.Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.

20.KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.

1977.

21.KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.

22.Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

23.Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.

24. www.wikipedia.com

25. www.kniga.uz

26. www.hindwi.org/poets/sarveshwar-dayal-saxena/ebooks

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.