Научная статья на тему 'AKUTAGAWA RYUNOSUKENING “TO‘QAYDA” HIKOYASINING KONSEPTUAL TAHLILI'

AKUTAGAWA RYUNOSUKENING “TO‘QAYDA” HIKOYASINING KONSEPTUAL TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

44
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konsept / subyetivlik / haqiqat / nomus / to‘qay / ong / kategorial ma’no / konseptual tahlil / falsafiy qarashlar / strukturaviy mantiq

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Laylo Shavkatovna Jalolova

Mazkur maqolada Akutagawa Ryunosukening “To‘qayda” hikoyasidagi assotsiatsiyalar mazmuni, subyektiv tasavvurlar konseptual tahlil qilindi. Hikoyada falsafiy strukturaviy mantiq asosida qurilgan syujetlar, personajlar ifodalagan labirint voqelik yuzasidan mulohazalar keltirilgan. Sovuqqonlik, nomus, haqiqat va yolg‘on kabi konseptlar asarning konseptual jihatlarini yoritgan. Qahramonlar harakati asosan nutqi inson ongida psixologik ziddiyatga uchrab inson ongining to‘g‘riligiga shubha tug‘dirishi tasvirlangan. Voqeliklarning kategorial effekti inson tushunchasining tashqi dunyodan chetlashganini bildirib, qahramonlar uni o‘z haqiqatiga singdirganligi falsafiy konseptual ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKUTAGAWA RYUNOSUKENING “TO‘QAYDA” HIKOYASINING KONSEPTUAL TAHLILI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

AKUTAGAWA RYUNOSUKENING "TO'QAYDA" HIKOYASINING

KONSEPTUAL TAHLILI

Mazkur maqolada Akutagawa Ryunosukening "To'qayda" hikoyasidagi assotsiatsiyalar mazmuni, subyektiv tasavvurlar konseptual tahlil qilindi. Hikoyada falsafiy strukturaviy mantiq asosida qurilgan syujetlar, personajlar ifodalagan labirint voqelik yuzasidan mulohazalar keltirilgan. Sovuqqonlik, nomus, haqiqat va yolg'on kabi konseptlar asarning konseptual jihatlarini yoritgan. Qahramonlar harakati asosan nutqi inson ongida psixologik ziddiyatga uchrab inson ongining to'g'riligiga shubha tug'dirishi tasvirlangan. Voqeliklarning kategorial effekti inson tushunchasining tashqi dunyodan chetlashganini bildirib, qahramonlar uni o'z haqiqatiga singdirganligi falsafiy konseptual ifodalangan.

Kalit so'zlar: konsept, subyetivlik, haqiqat, nomus, to'qay, ong, kategorial ma'no, konseptual tahlil, falsafiy qarashlar, strukturaviy mantiq.

Badiiy adabiyotda tahlil tushunchasi keng sathlarni egallagani bois asarda turli tahlil jarayonlari yuzaga keladi. Tahlilning asosiy bo'lagi tushunish bo'lib, u mentallikni talab etadi. Asarning ichki va tashqi bog'liqligini o'rganish konseptual tahlil deb ataladi. Konseptual tahlilda muayyan konsept asosiy mavqega ega, konsept asar g'oyasining asl mohiyatini: falsafiy, psixologik, madaniy, tarixiy, diniy yondashuvlar asosida talqin etish xususiyatini aks ettiradi. Akutagawa Ryunosukening "To'qay" hikoyasida psixologik va falsafiy g'oya asarning konseptual tahlilini yaratadi. Konseptlar inson ongida shakllanadigan turli kategoriyalarning asosini tashkil qiladi, ular tayanch nuqta bo'lib xizmat qiladi, konseptning umumiy xususiyatlari sifatida uning ichki tuzilish jihatidan aniq ko'rinishga ega emasligi qayd qilinadi biroq, bu haqiqatga yaqin emas[3;17]. Buning sababi konseptlar mavhumlikni yuzaga keltirishi, tarkibiy qurilmaga, mental murakkablikka ega bo'lib, turli kategorial vazifaviy asosga ega bo'lishidir. "To'qayda" hikoyasida "haqiqat" va "yolg'on" konseptlari mavhumlikka aylangan bo'lib, konfliktni tashkil etgan. Konseptual birliklarni asar mazmunidan

Laylo Shavkatovna Jalolova

Samamrqand davlat chet tillar instituti, 3- bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

KIRISH

ajratishda ong ishtiroki ahamiyatli ekanligini hisobga olgan holda

October, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

mantiqiy g'oyalarga me'yorlashtirish va ularga asoslanib, konseptual ma'noni ifoda etish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yapon yozuvchisi Akutagawa Ryunosuke yapon adabiyotida takrorlanmas ijod yo „liga egaligi bilan ajralib turadi. U o'z asarlari orqali yapon adabiyotining jahon miqyosiga chiqishida ilk qadamini qo'ygan adib deb tan olingan. Akutagawaning ijodida tasvir uyg'unligi bilan ongning yechib bo'lmas qirralarini asarlarida qo'llaydi. Adibning xuddi shunday asarlarida biri "Yabu no naka" o'zbek tiliga "To'qayda" (Chakalakda) deb tarjima qilinadi, ba'zi adabiyotlarda ushbu asar "Bambukzorda" deb ham nomlangan. "To'qayda" hikoyasi haqida Heri Yuliano[5;37] asarning strukturaviy jihatlarini tadqiq etgan, Takahashi Tsutomu[4;22] Akutagawaning "To'qayda" va "Rashomon" hikoyalaridagi fojiali voqelikni yoritgan. Hikoyada er va xotin Takehiro samuray va Masago yo'lda ketayotib, Tadzyomaru ismli yo'lovchiga duch kelishadi va u er - xotinni aldov yo'li bilan to'qayzorga boshlab keladi. Takehironi daraxtga bog'lab, uning xotini Masagoning visoliga yetishadi. Masago erkaklarning ikkisidan birining o'lishi lozimligini aytadi, erkaklar qilichda jang qilishadi, Tadzyomaru g'olib bo'ladi.Takehiro vafot etadi, Masago ko'zdan g'oyib bo'ladi. Ushbu voqelik yuzasidan hikoyada yetti kishi yetti xil ko'rsatma beradi, ammo yetti ko'rsatmaning barchasi farq qilsa-da, asl haqiqat qanday sodir bo'lganligi aniqlanmaydi. Hikoya markazida voqelik g'oyasi bitta, biroq, guvohlik berayotgan insonlarning ko'rsatmalari syujet jihatidan turlicha. Guvohlik berayotgan kishilarning ko'rsatmalaridan har birini tanlab tahlil qilinganda, barchasi go'yo haqiqatga mos, ular yolg'on so'zlamagan bo'lib chiqadi. Hikoyada ko'p qatlamli syujetga ega bo'lgan bir voqelik bayon qilinadi, asarda aniq xulosani yechishga yo'l yo'q, falsafiy qaraganda tashqi dunyoga chiqib bo'lmaydi. Hikoya jarayonida aniq va haqiqat bo'lgan voqea Takehironing o'limi, Masagoning zo'rlanganligi, Tadzyomaruning yo'lda er xotinni uchratishi epizodlardagi haqiqatdir.

Romanda o'tinchining ko'rsatmasida jasad ko'k kimono kiyganligi, boshida Kiotoliklar kiyadigan qalpog'i borligini aytadi. Lekin, o'tinchi jasadning oldida taroq ham borligini tasvirlaydi, asarda boshqa obrazlar taroq haqida so'z ochishmaydi. O'tinchi tasvirida ot yo'q edi.

Rohib guvohligidagi tasvirlarda u qizning moshrang gulli shoyi ko'yak kiyganligini, erkakni belida shamshiri va o'qdonida yigirmatacha o'qi borligini aytadi. Rohib obrazi juda shubxali obrazdir, u o'zini kamtarlikka olib,

ayolga e'tibor bermaganligini aytadi biroq, ayolning kiyimlari va

October, 2023

uning bo'yini tasvirlaydi. Marhumning aniq yigirmatacha o'qi borligini rohib qachon sanashga ulgurganligi jumboq bo'lib qoladi.

O'rmon qorovuli(politsiyachi) ning tafsilotlariga ko'ra Tadzyomaru ko'k suykan kiyganligi uning o'n yettita(rohibning ko'rsatmasida yigitmatacha) o'qi borligini va uni qo'lga olganligini aytadi. Aslida Tadzyomaru oldin ham qotillik qilganini hamda qochib yurganligini bildiradi. O'rmon qorovuli ayolning qayerga gumdon bo'lganligini tagiga yetish lozimligini tergovchiga aytadi, darhaqiqat tergovchi komissar nega boshqa savollarni guvohlarga bermaydi bu o'z o'rnida hodisaning aniqmasligiga yo'l ochadi.

Kampir- ayolning onasi, u kuyovining Vakasadanligini, qizining yo'qolganligini aytib yig'laydi, aslida kampir ayolning haqiqiy onasimi yo'qmi bu kitobxonga noma'lum.

Tadzyomaru iqrorida Takehironi o'ldirganligi, ayolning visoliga yetishganligini tan oladi. Biroq ayolning qayerdaligini bilmaydi. Jasadning shamshir va o'q kamonlarini olganligini tan oladi.

Masagoning aytishicha u hushidan ketadi, hushiga kelganda eri unga jirkanish bilan qaraydi. Masago bunga chiday olmay erini va o'zini o'ldirmoqchi bo'ladi, eriga xanjar sanchadi o'zini o'ldirolmaydi. Hikoyada marhumning ruhi ham ko'rsatma beradi. U o'zini o'ldirganligini aytadi. Lekin uning qilichini kim oladi o'tinchimi yoki o'tinchining o'zi qotillikka sherik bo'lgandir. Agarda, o'liklar bilan suhbat qurish imkoni bor ekan Takehiro bo'lib o'tkan haqiqiy voqeani aytib bergan bo'lmas edimi kabi noaniqliklar paydo bo'ladi. Hikoyada Takehironi kim o'ldirganligini aniqlab bo'lmaydi. Birinchidan, hikoya boshidagi to'rtta personaj hodisada qatnashishmaydi, ularning uchtasi voqelikda bo'lgan va ularning ikkitasi Takehiro ni o'ldirganligini, Takehiro ruhi o'zini o'ldirganligini aytadi. Hikoyada asosiy mavzu qotilni toppish kim kimni o'ldirganligida emas, asosiysi haqiqat uslubining qanday ekanligida.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Akutagawa Ryunosukening "To'qayda" hikoyasida haqiqat yuzga chiqmasligi hikoyaning ahamiyatini oshirgan. Guvohliklarning yolg'on so'zlashi yoxud o'zlarining haqiqatlarini asl haqiqat deb topishlari zamirida yolg'onning borligi bilan bog'liq. Asarda e'tibor berilishi kerak jihatlar mavjud, o'tinchi kimning jasadini topganligi noma'lum, chunki ikkala erkak ham ko'k matodan syukan kiygan. Taroqning borligi uni faqat bitta guvoh ko'rganligi, buddist rohib er-xotin bilan uchrashib qolgandan keyin yo'lda nima qiladi qayerga boradi to'liq tafsiflamagan[6]. Yapon tanqidchisi

October, 2023

111

ISSN: 2181-1Э85 ISI: 0,967 I Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

Yoshida Seiichi Akutagawaning "To'qayda" hikoyasi Biersning "The Moonlit Road"- "Oy yoritgan yo'l" asari bilan o'xshashligini dalilladi. Ikki hikoyaning hikoya qilish strukturasini parallel deb topib, adiblar o'rtasidagi adabiy o 'xshashlikni isbotladi. Biers hikoyada uchta e'tirofiy bayonot bilan shug 'ullanadi qahramonlar tomonidan oxir oqibat sirli qotillikni ochadigan ketma-ketlik holatini tasvirlaydi[4;22] "To'qayda" hikoyasidagi bayonatlarning muhim elementlariga qaramay, bir-biridagi voqeliklarning qarama qarshiligi aniq seziladi[4;32].

Hikoyada "haqiqat" va "yolg'on" konseptlari kategorial ma'no bildirgan. Voqelikni ko'rsatish mantiqiy harakatlar intellekt (aql) umumiy boshqaruv funksiyasini ijro etib, psixologik jihatdan haqiqatni ichki dunyodan chiqarolmaslikni ifodalaydi. Mantiqiy subyektiv guvohlikdan hosil bo'ladign hukm nutqiy tafakkur faoliyatini yuqori bosqichga olib chiqqan. Konseptual tahlil assotsiativ strukturaga ega bo'lgan g'oyani tashkil etdi.

"To'qayda" hikoyasida ma'naviy ustunlikka ega xususiyatlar keltirilgan, bu xususiyatlar inson va jamiyat munosabatlarini va insonlarning dunyoqarashi hamda harakterini ularning chirkin illatlarini ko'rsatadi. Salbiy illatlarni jamiyatda aks etgan insonlar ongi tanqidga uchraydi, ushbu epizod Tadzyomaru tomonidan aytiladi:

"Faqat men belimda osig'lik yuradigan manavi qilich bilan o'ldiraman, sizlarning hammangiz esa qilichga qo'l yugurtirmaysizlar: sizlar hokimiyat bilan, pul bilan, babzan esa shirin so'zlar bilan o'ldirasizlar. To'g'ri keyingi hollarda qon to'kilmaydi erkakning joni omon qoladi. Lekin aslida, uning joni emas, quruq jasadigina qoladi, xolos. Qani, bir taroziga solib ko'raylik chi kimning gunohi og'irroq ekan - sizlarnikimi yoki menikimi kim bilsin"[1;157]

Tadzyomaru ushbu iqrori bilan insonni qilich bilan o'ldirishdan ko'ra uni pul, hokimiyat, so'z bilan o'ldirish og'ir gunoh ekanligi aytadi. Buning tag zamirida insonlar orasidagi mansabdorlik, pul sababli inson qadrining o'lchanishi, jamiyatdagi insonlarning tabaqalashuvi tufayli inson qalbi va psixlogiyasiga zarar yetkazishni og'ir gunohligini tasvirlaydi. Ushbu g'oya hikoyaning konseptosferasini ijtimoiylik, insoniylik belgilarini yoritgan. Hikoyada aniq haqiqat qay yo'sinda bo'lganligi mavhum bo'lsa-da, unda insoniy fazilatlarni ko'rish mumkin, ayol Tadzyomaruga ikkingizdan biringiz o'lishingiz kerak deydi va Tadzyomaruga erini o'ldirishini aytadi:

"Qaroqchi unga sinchkov nazar soldi-da, "ha" ham, "yo'q" ham demay, uni bir tepib xazon ustiga ag'darib yubordi. U qo'llarini ko'ksiga chalishtirgancha men tomonga o'girildi. "Bu ayolni nima qilsam ekan-a? O'ldiraymi yo

shafqat qilaymi Qaysi gapimga rozi bo'lsangiz boshingizni

October, 2023

qimirlating. O'ldiraymi?..." Men ana shu so'zlar uchungina qaroqchining hamma gunohlarini kechirishga tayyor edim"[1;160].

Personajlar orasida "nomus" tuyg 'usi shakllanishi Tadzyomaru va Masago va Takehiroda uchraydi. Masago nomusi tufayli ikki erkakdan biri o'lishini xohladi, Tadzyomaru ayolni yoqtirib qoldi biroq, ayol erining o'limini istashini ko'rib hayron qoladi, bu ayol o'z eridan osonlikcha voz kechganini ko'rib menga ham sodiq bo'lmaydi degan hayol kelib, erkaklik nomusi ustunlik qiladi. Takehiro obrazida u xotini va qaroqchi orasidagi munosabatni ko'rganligi, xotini qaroqchiga uni o'ldirishni aytganligiga chiday olmay nomusdan va xorlikdan o'zini o'ldiradi.

Har uchchala personaj talqini inson siyratiga ta'sir kuchi mantiqan to'g'ri asoslangan. Hayotning murakkabligi, inson ongining sarhadsiz botini cheksizligini anglagan Akutagawa Ryunosuke so'z san'ati bilan ong oqimni topishmoq qilib yaratgan. Hikoyada botiniy olam, ayniyat, inson qalbi, yovuzlik xususiyatlari shakllantirilgan.

XULOSA

Akutagawa Ryunosuke asarlarida inson qadri birinchi o'rinda turadi, inson kim, uning harakterining ijobiy va salbiy tomonlari, yovuzlik va ezgulik jihatlari qay darajada shakllanganligi, inson qalbining qaysi qismi o'zgarmas asliyligi aniqlanadi. Akutagawaning asarlarida o'zgacha dunyo hosil bo'lib, botiniy zamon va makong a tegishli bo'lmagan qirralar yaratiladi. Asarlarda g'oyaning o'zgarishi o'tmishga yoki voqelikka ko'chish holati kuzatiladi. "To'qayda" hikoyasidagi tragedik hodisa Akutagawa Ryunosukening "Rashomon" hikoyasida ham uchraydi ikki hikoyada ham yovuzlik, jirkanish hissi tasviri ifodalanib, fojiaviylikka asoslangan.

"To'qayda" hikoyasida voqelik personajlari hikoyaning chiziqli tekis rivojlanishi buzadi, haqiqat hissi ketma-ketligi buziladi. Voqelik inson ongiga yetti mazmunda ziddiyatga kirishadi, har qanday ob'yektiv haqiqat kitobxonga noma'lum bo'lib qolaveradi. Hikoyada inson ongidagi turlanishlar, kutilmaganda yuzaga chiqadi. Adib hayotiy savollarga bir ma'noda bir xil javob qaytarish har doim ham "haqiqat"ga to'g'ri kelmasligini izohlaydi. Asardagi taassurotlar inson ruhiyati, psixologiyasining hali kashf etilmagan jihatiga nazar tashlaydi, Akutagawa inson olami qanday bo'lsa uni shunday o'rganadi. Uning asarlaridagi voqealar silsilasi xoh fantastik dunyoda, xoh yer tagida, xoh do'zaxga, xoh jannatga bog'lanishidan qa'ti nazar, adib inson botinidagi zamonga, davrga bog'liq bo'lmagan xususiyatlarni izlar edi. Shu sababli, u inson qalbinisinab ko'rish uchun keskin syujetli vaziyatlarni topadi [2]. Asardagi hodisani onglashda idrok faoliyati turlicha talqin etadi, hikoya insonning psixologiyasi

October, 2023

113

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

murakkabligiga qaramay, insoniy qadriyatlardan mosivo emas. Inson voqelikdagi haqiqatni qay yo'sinda qanday qabul qilishiga bog'liq bo'lib, har kim haqiqatni o'z qarichi bilan o'lchashi, har kimning o'z haqiqat dunyosi taroziga egaligini ko'rsatgan.

REFERENCES

1. Бокиев Н. "Тукайда" Рус тилидан таржима. "Шарк юлдузи" журнали. 1986. №10, 154-160 б.

2. Нурматов А. Акутагава сийрати билан юзлашганда. "Узбекистан адабиёти ва саньати" газетаси. 2004. №8.

3. Сафаров. Ш. Когнитив Тилшунослик. Рисола. "Сангзор" нашриёти,. 2006. -92 бет.

4. Takahashi Tsutomu. The Irony of Sin: Akutagawa's "Yabu no Naka" and Ambrose Bierce's "The Moonlit Road"// Kyushu University Institutional Repository. 2021. pp. 21-41. https://doi.org/10.15017/4377705

5. Yuliano H. "Analisis Struktural Cerpen Yabu no Naka Karya Akutagawa Ryunosuke"// Japanese Literature, vol. 2, no. 1, 2013, pp. 37-45.

6. https://deviantart.com In a Grove by Ryunosuke Akutagawa. 2021.

October, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.