Научная статья на тему 'MARGARET ETVUD ADAMS TRILOGIYASIDA DINIY, SIYOSIY VA EKOLOGIK MAVZULAR TASVIRI'

MARGARET ETVUD ADAMS TRILOGIYASIDA DINIY, SIYOSIY VA EKOLOGIK MAVZULAR TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Trilogiya / roman / mavzu / muammo / ilm-fan / din / atrof-muhit / bioinjeneriya / texnologiya / iqlim o‘zgarishi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D. Kadirova

Ushbu maqola Margaret Etvudning “Adams Trilogiyasi”da tasvirlangan distopik jamiyatdagi diniy, siyosiy hamda ekologik holatlar tadqiqiga bag‘ishlanadi. Trilogiyaning birinchi hamda ikkinchi romanlari bir vaqtda sodir bo‘lgan voqealarni tasvirlasa, uchunchi roman avvalgi ikki romanning davomi hisoblanadi. Romandagi mavzular xilma-xil bo‘lib, yozuvchi nafaqat jamiyatning siyosiy tasvirini qalamga oladi, balki turli diniy guruhlarning faoliyati, olimlarning ilm-fanni ahamiyatsiz bo‘lgan tadqiqotlarga sarflashi, hayvonlarni mana shunday foydasiz tadqiqotlar uchun qurbon bo‘lishi kabi masalalarga e’tibor qaratiladi. Maqolaning maqsadi romanlardagi jamiyatdagi din, siyosat hamda atrof-muhit bilan bo‘g‘liq muammolar tasvirlashdan iborat bo‘lib, bunda bevosita insonning roli hamda ilm-fanning ta’sirini yoritib berishdan iboratdir. Maqolada ko‘zlangan maqsadga erishish uchun turli adabiy tanqidchilarning trilogiya haqidagi fikrlarini o‘rganib chiqiqilgan va romanlarni adabiy tahlili amalga oshirilgan. Maqolada tarixiy-madaniy va qiyosiy tadqiqot metodiga murojaat qilindi. Maqolaning kirish qismida Etvud trilogiyasi haqidagi baxsmunozaralar bayon qilingan bo‘lsa, asosiy qismda diniy guruhlar va ularning faoliyatidagi tafovutlar, dinning hamda ilm-fanning ekologik omillarning kelib chiqishiga ta’siri bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARGARET ETVUD ADAMS TRILOGIYASIDA DINIY, SIYOSIY VA EKOLOGIK MAVZULAR TASVIRI»

UZBEKISTAN STATE WORLD LANGUAGES UNIVERSITY

WORLD LITERATURE

ISSN 3060-4559 ___

UDK (UO'K, y^K): 82-313.3

MARGARET ETVUD "ADAMS" TRILOGIYASIDA DINIY, SIYOSIY VA EKOLOGIK MAVZULAR TASVIRI

Kadirova Durdona Dilshadovna

2-bosqich tayanch doktoranti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent, O'zbekiston 0009-0003-1609-6246 durdona20011989@gmail.com

ANNOTATSIYA

KALIT SO'ZLAR

Ushbu maqola Margaret Etvudning "Adams Trilogiyasi"da tasvirlangan distopik jamiyatdagi diniy, siyosiy hamda ekologik holatlar tadqiqiga bag'ishlanadi. Trilogiyaning birinchi hamda ikkinchi romanlari bir vaqtda sodir bo'lgan voqealarni tasvirlasa, uchunchi roman avvalgi ikki romanning davomi hisoblanadi. Romandagi mavzular xilma-xil bo'lib, yozuvchi nafaqat jamiyatning siyosiy tasvirini qalamga oladi, balki turli diniy guruhlarning faoliyati, olimlarning ilm-fanni ahamiyatsiz bo'lgan tadqiqotlarga sarflashi, hayvonlarni mana shunday foydasiz tadqiqotlar uchun qurbon bo'lishi kabi masalalarga e'tibor qaratiladi. Maqolaning maqsadi romanlardagi jamiyatdagi din, siyosat hamda atrof-muhit bilan bo'g'liq muammolar tasvirlashdan iborat bo'lib, bunda bevosita insonning roli hamda ilm-fanning ta'sirini yoritib berishdan iboratdir. Maqolada ko'zlangan maqsadga erishish uchun turli adabiy tanqidchilarning trilogiya haqidagi fikrlarini o'rganib chiqiqilgan va romanlarni adabiy tahlili amalga oshirilgan. Maqolada tarixiy-madaniy va qiyosiy tadqiqot metodiga murojaat qilindi. Maqolaning kirish qismida Etvud trilogiyasi haqidagi baxs-munozaralar bayon qilingan bo'lsa, asosiy qismda diniy guruhlar va ularning faoliyatidagi tafovutlar, dinning hamda ilm-fanning ekologik omillarning kelib chiqishiga ta'siri bayon qilinadi.

Trilogiya, roman, mavzu, muammo, ilm-fan, din, atrof-muhit, bioinjeneriya, texnologiya, iqlim

o'zgarishi.

РЕЛИГИОЗНЫЕ, ПОЛИТИЧЕСКИЕ И ЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ТЕМЫ В ТРИЛОГИИ «АДАМС» МАРГАРЕТ ЭТВУД

Кадирова Дурдона Дилшадовна

2-курс базовий докторант

Узбекский государственный университет

мировых языков

Ташкент, Узбекистан

0009-0003-1609-6246

durdona20011989@gmail.com

АННОТАЦИЯ

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА

Данная статья посвящена описанию религиозных, политических и экологических тематик в антиутопическом обществе в «Трилогии Адамса» Маргарет Этвуд. Первый и второй романы трилогии описывают события, произошедшие одновременно, а третий роман является продолжением двух предыдущих романов. Темы в романе разнообразны, и писатель не только рисует политическую картину общества, но и акцентирует внимание на деятельности различных религиозных групп, использовании науки учёными для нерелевантных исследований, принесении в жертву животных ради бесполезных исследований. Цель статьи - проанализировать в романах проблемы, связанные с религией, политикой и окружающей средой в обществе, а также выделить роль человека и влияние науки. Для достижения поставленной цели мы изучили и сравнили мнения различных литературных критиков о трилогии. В статье использованы культурно -исторический и сравнительные методы исследования. Во введении статьи описываются споры вокруг трилогии Этвуда, а в основной части анализируются различные факторы влияния религии и науки на на окружающую среду.

Трилогия, роман, тема, проблема, наука, религия, окружающая среда,

биоинженерия, технологии, изменение климата.

RELIGIOUS, POLITICAL AND ECOLOGICAL THEMES IN "THE MADDADDAM" TRILOGY BY MARGARET ATWOOD

Kadirova Durdona Dilshadovna

2-year doctoral (PhD) student UzbeksitanState World Languages University Tashkent, Uzbeksitan 0009-0003-1609-6246 durdona20011989@gmail.com

ABSTRACT

KEYWORDS

This article is devoted to the description of religious, political and environmental conditions in the dystopian society described in Margaret Atwood's "MaddAddam" trilogy. The first and second novels of the trilogy describe the events that happened at the same time, and the third novel is a continuation of the previous two novels. The themes in the novel are diverse, and the writer not only paints a political picture of the society, but also focuses on the activities of various religious groups, the use of science by scientists on irrelevant research, and the sacrifice of animals for such useless research. The purpose of the article is to describe the problems related to religion, politics and the environment in society, and to highlight the role of a person and the influence of science. In order to achieve the goal set in the article, we studied and compared the opinions of various literary critics about the trilogy. In this regard, historical-cultural and comparative research method were applied in the article. The introductory part of the article describes the debates about Atwood's trilogy, and the main part describes the differences in religious groups and their activities, the influence of religion and science on the origin of environmental factors.

Trilogy, novel, theme, problem, science, religion, environment,

bioengineering, technology, climate change

KIRISH

Richard Alan Nortover "Oriks va Kreyk" ning erkaklik, pessimistika va fojiaviy xususiyatlari "Maddaddam" va "To'fon yili" asarlarining feministik, komik va optimistik polifoniyasi bilan almashgan"ini ta'kidlaydi. (Northover R., 2017,93) Shuningdek, u yana "Adams trilogiyasi "ni halokatli bashorat emas, balki Dantening "Ilohiy komediya"si kabi uch tomonlama komediya" deb ataydi. (Northover A.,2017,84). Trilogiyaning birinchi romani "Oriks va Kreyk" haqida tanqidchilar turli ta'rif berganlar: Jumladan, "Yerdagi eng so 'nggi odam haqidagi roman" (Korte B, 2008,156) "Miltonning "Yo'qotilgan jannat" asarining zamonaviy dunyodagi talqini" (Howells C.A.,2006,173). Etvud "Oriks va Kreyk" romanida birinchi bor erkak so'zlovchiga murojaat qildi. Bu haqida Korel Anna Hauls shunday deydi: "U birinchi marta erkak hikoyachini tanladi, hikoya birinchi shaxs tilidan aytilmaydi, balki hikoyaning hozirgi holati va Jimmi/Qorodamning hotiralari o'rtasida bezovtalik bilan almashinadigan uchinchi shaxsning bilvosita ichki manologi orqali hikoya qilinadi. (Howells C.A., 2005,173) Trilogiyaning ikkinchi romani "Yil to'foni" 2009-yilda nashr etilgan. Asar ko'plab mavzularni qamrab olish barobarida

insoniyat taraqqiyotidagi ikki muhim axloqiy buzuqlikning oqibatlariga e'tibor qaratadi: birinchisi erkak tomonidan ayolga qilinadigan jinsiy zo'ravonlik bo'lsa, ikkinchisi insoniyat tomonidan Tabiatga qilinadigan zo'ravonlikdan iboratdir. Syuzn Uotkins "To'fon yili" "Oriks va Kreyk "dagi Jimmi haqidagi fojiali ertakning kulgili qayta ishlangani" (Watkins S.,2012, 132) deb bilsa, L.R.Maksvel ham "To'fon yili"ni kitobxonlarga atrofimizdagi tirik mavjudotlar bilan yaxshi munosabatlarni rivojlantirish uchun o'z xatti-harakatlarimizni o'zgartirishimiz mumkin bo'lgan model deb hisoblaydi." (Maxwell L., 2010, 9)

ASOSIY QISM

Garchi Etvud distopiyasini tashkil etgan jamiyat texnologik jihatdan rivojlangan Kompoundsda yashovchi yuqori martabali odamlar va vayronaga aylangan Pliblandsda yashovchi odamlarga ajralsa-da, ularning hayot istiqbollarida unchalik katta farq yo'q. Texnologik taraqqiyot va u taqdim etayotgan barcha imkoniyatlarga ega bo'lgan dindan keyingi jamiyatda odam diqqat-e'tiborini hayotning moddiy tomoniga qaratadi: "cosmetic creams, workout equipment, Joltbars to build your muscle-scape into a breathtaking marvel of sculpted granite. Pills to make you fatter, thinner, hairier, balder, whiter, browner, blacker, yellower, sexier, and happier." (Atwood M., 2003, 248) Etvud romanidagi jamiyat kapitalizmning oxirgi bosqichidagi jamiyat bo'lib bu jamiyat har qanday dinni rad etib, fuqarolarning transdental qoniqishini yolg'on tuyg'usi bilan ta'minlaydigan tovarlar va hizmatlar bilan to'ldiradi. Etvud bu orqali insonning moddiy xohishi, moddiy intilishi din va diniy qarashlarni ortda qoldiradi, deb hisoblaydi. (Kuznicki S., 2017,250) U o'zining bu qarashlarini asarning bosh qahramonlari va Kreyk tomonidan klonlashtirilgan mavjudotlar misolida ochib beradi. Kreyk yaratgan klon-odamlar inson xohish-istagini qondirish uchun yaratilgan va oddiy mahsulot kabi savdo rastalarida sotilgan: "They were naked, but not like the Noodie News: there was no self-consciousness, none at all. At first he couldn't believe them, they were so beautiful. Black, yellow, white, brown, all available skin colours. Each individual was exquisite." (Atwood M., 2003,302) Bu esa insoniyatga yashash tarzini yaxshilashning sun'iy modelini taklif etdi, o'z xohish-istaklarini sun'iy yo'l bilan qondirishni taqozo etdi. Kreykning insonni klonlashtirish orqali o'zini Xudoga qiyoslashi, Klon-odamchalarning uni osmonda yashovchi, hamma narsani ko'ruvchi va eshituvchi zot sifatida bilishi Kreykning ilm-fanni dindan ustun qo'yishga urinishidan dalolat beradi. Talofatdan so'nggi yangi dunyoda omon qolgan klon-odamchalar Kreykni Xudo deb bilsalar, Qorodamni uning yerdagi vakili deb hisoblaydilar. Jimmi-Qorodam o'z hikoyalarini o'zi mansub bo'lgan nasroniy diniga bog'lagan holda tuzadi va Kreykerlarga dunyo haqidagi ilk tasavvurlarini berishda diniy bilimlaridan foydalanadi. Bu yangi jamiyatda Qorodam uchun din Kreykerlarni o'qitish va boshqarish uchun manba edi. 100

Asarda bir necha diniy guruhlar misolida insoniyatga munosabatning qadimdan mavjud bo'lgan shakllari turlicha tadbiq etiladi. Demak, "Maddaddam"dagi ijobiy hodisa madaniy rivojlanish qurilmasi va insoniyatni yo'q bo'lib ketganidan keyin dunyoda omon qolgan biror narsani tiklash uchun asosga aylanadi. Ijobiy yondashuvni taklif qilishdan tashqari din Etvudning fikriga ko'ra, ma'naviyat bilan deyarli umumiy bo'lmagan tashkilot shaklidagi dinlarga xos bo'lgan salbiy mexanimzlarga qarshi kurashmoqda. Bunga erishish uchun Zebning nuqtayi nazaridan uning va Odam Atoning bolaligida ularning otasi-Petrolium cherkovi asoschisi bo'lgan ruxoniyning uyida o'tgan bolaligiga qaytadi. Bu cherkov o'zining ijtimoiy va iqtisodiy holatidan mamnun yashaydigan, boshqalarning baxti uchun qurbonlik keltirishga qodir bo'lmagan boy odamlar uchun diniy maskanga aylanadi. Bu cherkov hukmron tabaqa va zodagon fuqarolar orasida katta muvaffaqiyatga erishadi. Cherkov bunday odamlar o'z vijdonlarini poklab olish uchun bir necha aqchani qurbon qilish orqali o'z moddiy istaklarini va nafsl arini qondirib yashashda davom etadilar. Ruxoniy Rev esa inson turmush tarzini yaxshilashni emas, balki moddiy foyda va farovon hayot haqida qayg'uradi. Bunday muhitda tarbiyalangan Zeb hamda Odan Atoga ham Petrolium cherkoviga xos bo'lgan ta'magirlik va ikkiyuzlamachilik ta'sir qilishi mumkin edi. Lekin Odam Ato Revdan nafratlanishi hamda diniy qarashlari natijasida "Xudoning bog'bonlari" diniy guruhini tashkil etadi. Bu diniy guruh Petrolium cherkovining butunlay qarama-qarshisi bo'lib, insonning moddiy extiyojlaridan ko'ra ekologik qarashlarni ustun qo'yadi.

Etvudning dinni idrok etishining murakkab va noaniq usulini ifodalovchi "Xudoning Bog'bonlari"ni Fredrik Jeymsonning so'zlariga ko'ra, "To'fon yilining eng rag'batlantiruvchi yangi xususiyati" (Jameson F., 2009) sifatida ko'rish mumkin. Diniy guruh eko-xristianlikning qiziqarli, ilmiy asoslangan variantini taklif qiladi, bu ular yashayotgan korporativ dunyoga to'g'ridan-to'g'ri munosabatdir. Binobarin, Bog'bonlar lider Odam birinchining "yashil" ta'limotlariga asoslangan diniy guruh bo'lib, o'zlarini Etvudning kech kapitalistik va gadjetga asoslangan jamiyatiga xos bo'lgan barcha texnologik qulayliklarni ongli ravishda rad etadigan guruh sifatida ko'rsatishadi. Shunga qaramay, sobiq olimlardan tashkil topgan jamiyat haqiqatda eng so'nggi texnologik ixtirolardan foydalansa-da, bu juda uyushgan va xavfli ko'rinadi. O'z e'tiqodlarini asosan yaratilish va apokalipsis, dunyoning boshlanishi va oxiri haqidagi Injil afsonalariga asoslagan holda, Bog'bonlar Glenn/Kreykning biologik falokatiga yaxshi tayyorlangan sanoqli kishilar qatoriga kiradi. Xudoning Bog'bonlarini kamchilik, zo'ravonliksiz diniy guruh, an'anaviy tarzda tushunilgan nasroniylikning bir novdasi, korporatsiyalar va ularning ortidan tijoratlashtirilgan turmush tarzi bilan doimiy xavf ostida yashaydigan guruh sifatida tavsiflash mumkin. Diniy harakatlar jamiyatning dekadant va vayronagarchilik dunyosidan o'sib borayotgan noroziligini kapitalizmning so'nggi bosqichida namayon qiladi. Bunday

101

vaqtlarda ba'zi odamlar yaqinlashib kelayotgan apokalipsis haqida ko'proq xurofotlarga ishonishadi. Eski dunyoning oxiri va uning yangi, tozalangan versiyada qayta tug'ilishi haqidagi hikoyalar va afsonalar bu dinlarni kuchaytiradi. Xudoning bog'bonlariga kelsak, qadimgi masihiylar vorisi, yer yuzidan barcha mavjudotlarni yuvib tashlagan to'fon va Nuhning Injil hikoyasiga ishonadilar. Bu haqida Odam Birinchining quyidagi jumlalaridan bilib olamiz: "We God's Gardeners are a plural Noah: we too have been called, we too forewarned. We can feel the symptoms of coming disaster as a doctor's feels a sick man's pulse. We must be ready for the time when those who have broken trust with the Animals—yes, wiped them from the face of the Earth where God placed them—will be swept away by the Waterless Flood. But we Gardeners will cherish within us the knowledge of the Species, and of their preciousness to God. We must ferry this priceless knowledge over the face of the Waterless Flood, as if within an Ark." (Atwood M., 2009,91) Afsonaning diqqat markazida Xudoning Nuhga barcha turlarning vakillarini olib yuradigan kema qurishni buyurishi va bu o'z navbatida to'fondan keyin yer yuzini to'ldirishga yordam berishi, to'fondan so'ng esa faqatgina tanlanganlarninggina omon qolishi yotadi. Bog'bonlar to'fon haqidagi Injil g'oyasini kengaytirib, uni o'zlarining vaziyatlariga moslashtirdilar. Qizig'i shundaki, Odam Birning so'zlari nafaqat afsonaning omon qolish tomonini, balki mazhab tomonidan qo'llaniladigan ekologik munosabatni ham ta'kidlaydi. Xudoning bog'bonlarining suvsiz to'fon haqidagi talqini "To'fon yili"da kelajak jamiyatining apokaliptik tendentsiyalarida o'zini mukammal tarzda aks ettiradi. Misol uchun, bunday g'oyalar bilan mashg'ul bo'lgan barcha diniy guruhlarda bo'lgani kabi, Bog'bonlar ham o'zlarini faqat omon qolishiga ishonadilar. Ekologik va nasroniy guruh sifatida, Xudoning bog'bonlari o'zlarining e'tiqodlari va harakatlarida nafaqat hurmatni, balki hayvonlarga qandaydir majburiyatlarni ham ta'kidlaydilar. Odam Atoning hayvonlarga qilgan munosabati mehr-oqibat va qarindoshlikni namoyon etadi. Chunki inson o'zining jannatdan quvilgan holatida hali yirtqich emas edi. Injil hikoyalarini ekologik yo'l bilan talqin qilishda Odam Bir o'zini tabiatdan ustun deb hisoblovchi mavjudot emas, balki tabiatning ajralmas qismi bo'lgan insonning idealistik kontsepsiyani taklif qiladi: "What is it about our own Species that leaves us so vulnerable to the impulse of violence? Why are we so addicted to the shedding of blood? Whenever we are tempted to become puffed up, and to see ourselves as superior to all other Animals, we should reflect on our own brutal history." (Atwood M.,2009, 312) Odam Bir diniy guruhning asosiy maqsadi sifatida vegaterianlikni taklif qiladi. Bu orqali diniy guruh tabiatga do'stona munosabatni targ'ib qilibgina qolmay, hayvonlarni iste'mol qilishni ta'qiqlaydi. Bunga qarama-qarshi holda, Petrolium cherkovi hukumat va yuqori tabaqa vakillarining buyrug'i asosida faoliyat olib borib, ularning manfaatini qondirish yo'lida tabiatni vayron qilishga ham tayyor ekanligini ko'rsatadi. 102

"Oriks va Kreyk"da atrof-muhit va boshqa muammolar doimiy ravishda yo'q bo'lib ketishning turli shakllari bilan bog'liq holda tasvirlanadi. Kreyk keltirib chiqargan talofatning tarqalishi insonning yo'q bo'lib ketishiga sabab bo'lib qolmay, insonning ochko'zligi va kapitalistik boshqaruv natijasida yuzaga kelgan iqlim muammolariga barham berishni nazarda tutadi. Iqlim o'zgarishi va ifloslanish tuzatib bo'lmaydigan o'zgarishlarni keltirib chiqaradi va bu o'zgarishlar romanning fonini tashkil qiladi. (Sullivan H., 2016,52) Zo'ravonlik korporatsiyalar ham, pleeblendlar ham sotsial darvinizm mantig'i bilan boshqariladigan apogaliptik jamiyatning markazida turadi va unda eng kuchlilar boshqalarni ekspluatatsiyasi tufayli omon qoladi. Tabiat va madaniyatning chigalligi yo'q bo'lib ketishning shafqatsiz doirasi sifatida namoyon bo'ladi: tabiatga nistaban ochko'zlik va keragidan ortig'ini iste'mol qilish natijasida biologik xilma-xillikning yo'qolishi axloq doirasidan chiqqan jamiyat bilan bevosita bog'liq bo'lib ko'rinadi, bu esa o'z navbatida atrof-muhit degradatsiyasini kuchaytiradi. Kreykning "Paradice" loyihasi uning Darvin evolyutsiyasini tubdan noto'g'ri tushunishidan dalolat beradi. Kreykning noto'g'ri tushunchasi pandemiyadan oldingi korporativ dunyoda sotsial darvinistlarniki kabi zararli ekanligi ko'rsatilgan. Uning sayyorani insoniyatning halokatli ta'siridan qutqarish haqidagi qarashlarini Paradice nomi bilan birlashtirib, kitobxonlarga bu ko'plab mumkin bo'lgan natijalardan biri ekanligini eslatib turadi; Kreykning urinishlarining barcha natijalari noaniq bo'lsa-da, bu eng yaxshi holatda noaniq jannat ekanligiga ishonadi. Kreykning evolyutsiya haqidagi tushunchasi tabiatning gomeostatik sifatidagi ekolog qarashlariga ham o'xshaydi va uning teleologik kontseptsiyasi uning Paradice Models (boshqalar tomonidan Crakers deb ataladi) biomuhandislik orqali barcha kiruvchi xususiyatlardan xalos bo'lishga urinishining asosiy sababidir. Asta-sekin rivoyat shuni ko'rsatadiki, pandemiyadan oldingi hayot yovvoyi, deyarli halokatli tajribalarga, ayniqsa biotexnologiyaning turli shakllariga berilish bilan ajralib turardi. Shunday qilib, romanning boshida Qorodam boshchiligidagi mavjudotlar uning apokaliptgacha bo'lgan hayotining keskinlashuvi ekanligini ko'rsatadi. "Oriks va Kreyk"da atrof-muhit muammolariga nisbatan qulayroq texnologik yechimlar kamdan-kam uchraydi. Biroq, bu texnologik o'zgarishlar iqlim o'zgarishini sekinlashtirish uchun juda kech kelganga o'xshaydi. Etvud tomonidan taqdim etilgan dunyoning fojiasi shundaki, Kreykning iqlim muammolariga ekstremal yechimi insoniyat kelajagini optimistik barpo etishga qodir emas. Buning sababi shundaki, "Oriks va Kreyk"da mavjud bo'lgan ko'plab korporatsiyalar ilm-fan bilan boshqariladigan agressiv kapitalizmning namunasi hisoblanadi. Bouson bu haqida shunday deydi: "Etvud uzoq vaqtdan beri jamiyatni qiynab kelayotgan va vaqt o 'tishi bilan utopik umidlarda va unga aloqador bo 'lgan distopik qo 'rquvlarda o'z ifodasini topgan chuqur qayg'uni ifodalaydi: ilmiy yutuqlar ilg 'or utopik kelajakni barpo etmaydi, aksincha, insoniyatning vaxshiy distopik (xatto

103

insongacha bo'lgan) o'tmishga qaytishiga olib keladi." (Bouson B., 2011, 17) Buni ishlab chiqarish va sotish bilan shug'ullanuvchi "HealthWyzer" korporatsiyasi misolida ko'rish mumkin. Korporatsiya olimlari dori-darmonlar bilan tajriba o'tkazish jarayonida mijozlarga hayvonlardek munosabatda bo'lishadi va shu bilan birga ularni o'z maxsulotlariga qaramga aylantiradilar. Pilar bu haqida Tobini shunday ogohlantiradi: "Those Corporation pills are the food of the dead, my dear. Not our kind of dead, the bad kind. The dead who are still alive." (Atwood M., 2009, 105) Kompaniya Etvudning romanida ko'zda tutilgan barcha korporatsiyalarga xos bo'lgan xususiyatlarni namoyon etadi. Olimlar muhtoj odamlarga yordam beradigan dori-darmonlar yaratish uchun tadqiqotlar qilish o'rniga o'zini boyitish istagida bo'lgan va inson omilini hech narsaga arzitmaydigan "kuchlar" qo'lida o'yinchoq bo'ladilar. Shunday qilib, olimlar foyda mukammallikning o'rnini bosadigan va fan faqat hizmatkor bo'lib qolgan tizimning ajralmas qismiga aylanadi. Bu holat "To'fon yili" haqiqatida fanning materialistik tizimga to'liq bo'ysunishi bilan bog'liq bo'lib, tabiat tizim xizmatida texnologiyaning bebaho yordami bilan foydaga aylanishi mumkin bo'lgan yana bir sohaga aylanadi. Bu ko'proq turlarning yo'q bo'lib ketayotganida ko'rinadi va muammo deb hisoblanmaydi. Korporatsiyalar, umuman, jamiyat yer o'z resurslari bilan odamlarga xizmat qilishi kerak degan aqida bilan ish olib boradilar. Bunga misol "Rarity" deb nomlangan hashamatli restoranlar tarmog'i, o'zining yo'qolib borayotgan turlardan tayyorlangan taomnomasi bilan mashxurdir. Etvud duch keladigan narsa insoniyatning foydalanish muammosi va, adabiy ma'noda, Yer bizga beradigan barcha tabiiy resurslarni yutib yuborishdan iboratdir. Bularga toza suv va havo, balki sayyoramizda yashovchi boshqa barcha turlar kiradi. Eng yomoni, korporatsiyada ishlaydigan olimlar texnologiyani taqdim etadigan eng yangi va inqilobiy vositalar bilan jihozlangan bo'lsalar ham, atrof-muhitni yoki yo'qolib borayotgan turlarni saqlab qolish uchun hech narsa qilmaydilar. Ularning bu sohadagi yagona faoliyati o'simliklar va hayvonlarning yangi bo'laklarini yaratish bilan bog'liq bo'lib, ular eskilaridan ko'ra ko'proq ekanligi bilan ajralib turadi. Bunday ixtirolar aslida jamiyat rivoji yoki iqlim muammolarini hal qilish uchun foydali bo'lmay, balki ekologiyaga qarshi masxaralovchi karikatura kabi ko'rinadi. Olimlarning asosiy maqsadi o'zlarini ko'ngil ochishdir, bu aslida katta maqsad yo'qligi va umumiy befoydalikni ko'rsatadi. Bu holatning fojiasi shundaki, olimlarning ilm-fan ularga beradigan deyarli cheksiz kuchini mayda, ahamiyatsiz tajribalarda isrof qilishlari bilan o'zlarining takabburligi yoki johilligini namoyon qiladilar.

XULOSA.

Margaret Etvudning "Maddaddam" trilogiyasi diniy, ekologik, siyosiy mavzularni qamrab olish barobarida bu mavzular doirasidagi bir necha global

104

muammolarni tahlil qiladi:

1) diniy guruhlar va ularning o'rtasidagi taafovutlarni;

2) dinning siyosatga bo'ysunishi va hukumatning moddiy manfaati inson omilidan ustun ekanligi;

3) turli diniy guruhlarning diniy qarashlaridagi tafovutlarning atrof-muhitga ta'siri;

4) siyosiy tuzumning iqlim o'zgarishi va havf ostida qolgan turlarning yo'qolib ketishini keltirib chiqarishi;

5) ilm-fanning hukumat manfaati uchun hizmat qilishi natijasida tanazzulga yuz tutishi;

Etvud tasvilargan dunyoning siyosiy-ekologik holati va uning natijasida yuzaga kelgan global muammolar XXI asrdagi turg'un ekologik vaziyatni oldindan qilingan bashorati ekanligi aniqlandi. Hukumat hamda dinning ilm-fandan noto'g'ri foydalanishi atrof-muhit tanazzulini keltirib chiqaruvchi omil ekanligi Etvud distopiyasining ommabopligini ta'minlashga hizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Etvud M. Oryx and Crake. London: Bloomsbury, 2003.

2. Etvud M. The Year of the Flood. London: Bloomsbury, 2009.

3. Boson, J. B. "'We're Using Up the Earth. It's Almost Gone": A Return to the Post-Apocalyptic Future in Margaret Atwood's The Year of the Flood." Journal of Commonwealth Literature , 46(1). 2011. - 9-26b.

4. Hauells, C. A.Margaret Atwood, 2nd edition. New York: Palgrave Macmillan, 2005.

5. Hauells, C. A. "Margaret Atwood's Dystopian Visions: The Handmaid's Tale and Oryx and Crake", in: Howells (ed.), 2006. -161-175b.

6. Jeymsn, F. "Then You Are Them." Review of The Year of the Flood, by Margaret Atwood. London Review of Books, 2009. http: //lrb .co. uk/v31 /-n 17/fredric-j ameson/then-you-are-themED 11/2010

7. Korte, B. "Women's Views of Last Men: Mary Shelley's The Last Man and Margaret Atwood's Oryx and Crake", in: Charlotte Sturgess/Martin Kuester (eds.), Reading(s) from a Distance: European Perspectives on Canadian Women's Writing, Augsburg: Winner, 2008. - 152-165b.

8. Maksvell, L. A. Rule. "Desperate Times, Desperate Measures: Atwood's Speculative Fiction and Environmental Activism." Margaret Atwood Studies 3.2, 2010. -4-10b.

9. Kuznitski,S. Margaret Atwood's Dystopian Fiction: Fire Is Being Eaten. Cambridge Scholars Publishing, 2017. -277b.

10. Nortover, R.A. "Ecological Apocalypse in Margaret Atwood's Maddaddam Trilogy." Studia Neophilologica: A Journal of Germanic and Romance Languages and Literature 88.sup.1 (2016): 81-95. Taylor & Francis Online. Web, 2017.

11. Sallivan, H. I. "The Dark Pastoral: Goethe and Atwood." Green Letters 20.1, 2016. - 47-59b. Print.

12. Vatkins, S. "Future Shock: Rewriting the Apocalypse in Contemporary Women's Fiction." Lit: Literature Interpretation Theory 23.2 (2012): 119-37b. Taylor & Francis Online. Web. 14 Jun. 2012

REFERENCES

1. Atwood M. (2003). Oryx and Crake. London: Bloomsbury.

2. Atwood, M. (2009). The Year of the Flood. London: Bloomsbury.

3. Bouson, J. B. (2011). "'We're Using Up the Earth. It's Almost Gone": A Return to the Post-Apocalyptic Future in Margaret Atwood's The Year of the Flood." Journal of Commonwealth Literature 46(1).9-26p.

4. Howells, C. A.(2005). Margaret Atwood, 2nd edition. New York: Palgrave Macmillan.

5. Howells, C. A. (2006). "Margaret Atwood's Dystopian Visions: The Handmaid's Tale and Oryx and Crake", in: Howells (ed.), 161-175.

6. Jameson, F.(2009). "Then You Are Them." Review of The Year of the Flood, by Margaret Atwood. London Review of Books. http: //lrb.co.uk/v31/-n17/fredric-

j ameson/then-you-are-themED 11/2010

7. Korte, B. (2008). "Women's Views of Last Men: Mary Shelley's The Last Man and Margaret Atwood's Oryx and Crake", in: Charlotte Sturgess/Martin Kuester (eds.), Reading(s) from a Distance: European Perspectives on Canadian Women's Writing, Augsburg: Winner, 152-165.

8. Maxwell, L. A.(2010). Rule. "Desperate Times, Desperate Measures: Atwood's Speculative Fiction and Environmental Activism." Margaret Atwood Studies 3.2 . 410. Margaret Atwood Society.

9. Kuznicki,S. (2017). Margaret Atwood's Dystopian Fiction: Fire Is Being Eaten. Cambridge Scholars Publishing.277p.

10. Northover, R.A. (2017)."Ecological Apocalypse in Margaret Atwood's Maddaddam Trilogy." Studia Neophilologica: A Journal of Germanic and Romance Languages and Literature 88.sup.1 (2016): 81-95. Taylor & Francis Online. Web. 31 Mar.

11. Sullivan, H.(2016). I. "The Dark Pastoral: Goethe and Atwood." Green Letters 20.1. 47-59. Print.

12. Watkins, S. (2012). "Future Shock: Rewriting the Apocalypse in Contemporary Women's Fiction." Lit: Literature Interpretation Theory 23.2 (2012): 119-37. Taylor & Francis Online. Web. 14 Jun. 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.